IDORALARI
Umar ibni Hattob davrlarini ko‘zdan kechirsak, u janobni ikki qarama-qarshi,
qattiqqo‘llik va adolat sifati bilan imtiyoz etilganliklarini ko‘ramiz. Bir qo‘llariga darralarini
tutib, ikkinchi qo‘llarida esa adolatni ushlab davlatni idora etardilar. Bu xususda shunday
muvaffaqiyat qozondilarki, tarix u janobni eng zo‘r siyosiylardan hamda eng adolatli
xukmdorlardan sanaydur. Biror kishiga jabr yohud biror munosabatsiz gunoh ish qilgan
kim-sa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasun Umarning darralaridan qutula olmasdi. Shu
sababli Umar xalifalik qilgan davrlarida boshboshdoq arab sardorlari, cheksiz hur
imtiyozlarni sevuchi amal-Dorlar podachi qo‘lidagi yuvosh qo‘ylar kabi intizomli bo‘lib
qolgandilar.
Umar ibni Hattob raiyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalarda halq u janobdan mamnun
hamda rozi edi. Chunki adolatlari hech bir kishini nohaq jabr chekuviga imkoniyat
bermasdi. Zero, Umarning qattiqqo‘lliklari dastavval asosan o‘zlarining ma’muriyatlariga
va davlat arboblariga tegishli bo‘lgandi. Hazrati Umar amaldorlarni xalqqa qay tariqa
muomala qilayotganlarini kuzatish bilan birgalikda yana yeyish-ichish va kiyinish kabi
shaxsiy ishlarida ham nazorat o‘rnatgandilar. Ularni oddiy kiyinishlikka, ortiq darajada
dunyoga berilib ketmasliklariga, yeyish-ichishda ham maishatbozlik qilmasliklariga amr
etardilar. Biror viloyatga voliy tayin etadigan bo‘lsalar, unga izvoshda yurmaslikga,
qimmatbaho kiyimlar kiymaslikga, yeyish-ichkshda haddan oshmaslikga, hojatli kishilar
uchun eshigini doim ochiq tutmoqlikni tavsyya etardilar. «Men sizlarni xalqning mol-
mulkiga, taniga va obro‘siga xo‘jayin qilganim yo‘q, balki sizlarni ularga namoz o‘qib
berishlikka va o‘rtalarida adolatni o‘rnatishlikka amaldor qildim», der edilar. Voliylarni
bunday qattiq nazorat ostida tutishlarining sababi, ular odmi kiyinish va oddiy hayot
kechirishliklari bilan isrofsiz yashash bobida xalqqa namuna bo‘lishlari, hamda dabdabali
turmushga o‘rganib qolib, pora olishga o‘tib ketmasliklarini ko‘zda tutganlaridan edi.
O’zlari qattiqqo‘llik ko‘rsatsalarda, ammo qo‘l ostilaridagi amaldorlarga xalqqa
yumshoqlik ila muomalada bo‘luvlarini tavsiya etardilar. Shu sababli yumshoq ko‘ngil
kishilarni voliy tayin etardilar. Bir vaqt Abu Muso Ash’ariy bir kishini aroq ichganligi
uchun jazo berib, bunga qo‘shimcha yana sochini qirdirib, yuziga kuya surkatib ko‘chada
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |