Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

U yerda quraysh mushriklari majlis tuzib o‘ltirgandilar. Hech qaysisiga iltifot etmayincha 



to‘g‘ri borib Ka’bani yetti bor tavof qildilar. Undan keyin bemalol namozni o‘qidilar. Keyin 

majlisdagilar oldiga bir-bir qadam bosib borib o‘zlarini Madinaga xijrat etmoq 

ekanliklarini aytdilar. Hamda kimda-kim onasini bolasiz, bolasini yetim, xotinini tul 

qoldirmoqchi bo‘lsa, menga falon yerda uchrashsun dedilar. Lekin ortlaridan biron-bir 

ta’qib etuvchi bo‘lmadi. Yigirma choqli kishi o‘sha kuni Umar (r. a.) bilan barobar 

Madinaga jo‘nab ketgandilar. 

Hazrati Umar xijratdan avval Rasululloh va Islom himoyatida qanchalik jonbozlik 

ko‘rsatgan bo‘lsalar, xijratdan keyin ham shunday qildilar. Rasulullohga hech bir 

kimsadan zulm va izo yetishini aslo xohlamasdilar. Munofiq va mushriklarning 

harakatlarini doimo ziyraklik bilan kuzatib turardilar. Rasulullohga biron bir kimsadan izo 

yetganini yoki suiqasd tayyorlanayotganini bilsalar darhol oldilariga kelib haligi kishiga 

adab berishlikka, aksariyat esa o‘ldirishlikka ruxsat so‘rardilar. Ishni ko‘pincha qilich 

bilan hal qilishga kirishardilar. Rasulullohga qarshi nutqlar so‘zlagan mashhur arab notiqi 

Suxayl ibni Amr Badrda asir tushganida hazrati Umar Rasulullohning oldilariga kelib uni 

o‘ldirib yuborishlikka ruxsat so‘raydilar. Hazrati Umar «Yo Rasululloh, menga ruxsat 

eting, buning tishlarini sindirib, tillarini sug‘urib olay. Toki ikkinchi bor sizga qarshi gap 

qilolmay qolsin», degavdylar. Badr jangida asir tushgan mushriklarni o‘ldirib yuborishga 

maslahat bergan ham Umar edilar. Mushriklarni naqadar yomon ko‘rganliklaridan, 

Islomga ne darajada muhabbatlari bo‘lganligidan shunday maslahat bergandilar. Umar 

ibni Vahob degan kimsa Badr fojiasidan keyin Safvon ibni Umayya kengashi bilan 

Rasulullohni o‘ldirishlik uchun Madinaga kelgan edi. Buning yomon niyat bilan kelganini 

sezib qolgan Umar darhol ikki qo‘lidan mahkam tutib, Rasululloh huzurlariga 

kiritmaslikka harakat qilgandilar. Bu ishlarning hammasi Umarning ne darajada 

Rasulullohga muhabbatli ekanliklarini isbot etadi. Bundan boshqa juda ko‘p urushlarda 

hazrati Umar Rasululloh hamda Islom himoyasida jonbozlik ko‘rsatganlarki, bularning 

har biri zikr etilaverilsa, alohida kitob kerak bo‘ladi. 

Hazrati Umar favqulodda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli kishi edilar. Bir necha masalalar, 

jumladan, Ummul mo‘‘minlarni hijob ostiga oluv, hamda araqni harom etuvlarda Qur’onu 

Karim Umarning ra’yilariga muvofiq nozil bo‘lgandi. Shuning uchun Rasululloh 

alayhissalom Umar haqlarida «Olloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi», 

degandilar. Rasululloh hazratlari Umar (r. a.) Islomiyatga qilgan xizmatlarini juda 

qadrlar edilar. Janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam ko‘p vaqtlarda: «Men, Abu 

Bakr va Umar kirdik, men, Abu Bakr va Umar chiqdik», deya bu ikki ulug‘ning nomlarini 

o‘zlari bilan qo‘shib so‘zlar edilar. Hamda o‘zlaridan keyin bu ikki zotni o‘zlariga namuna 

etarga va ularga ergashishlikka asxobni undar edilar. 

Umar ibni Hattob Rasululloh bilan birgalikda butun g‘azotlarda ishtirok etgandilar. 

Ba’zi bir qo‘shinlarga Rasululloh Umarni lashkarboshi qilib yuborganlar. «Zotis salosil» 

seriyasida Amr ibni Os qo‘l ostlarida, Rasulullohning oxirgi kasalliklari paytida esa Usoma 

ibni Zayd qo‘l ostlarida oddiy askar sifatida ham janglarda ishtirok etgandilar. Hazrati 

Umar qaysi bir sifatda — xoh qo‘mondon, xoh oddiy askar sifatida qatnashgan 

bo‘lmasin, har qanday holatda ham ko‘zlagan maqsadlari bir — Islom kalimasining yer 

yuzida oliy bo‘lmog‘i edi. Butun fikr-zikrlari, o‘y-xayollari dushmanni yakson etishlik 

bo‘lgandi. U janobning maqsadlari tugal edi. 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish