Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

yerga tushirib qoldirdilar. Umarning singillari eshikni ochgach, shu zahotiyoq, «Sen 



badbaxt dindan qaytdingmi?!» deb yuzlariga qo‘llaridagi narsa bilan urib jarohatladilar. 

«Ha, men musulmon bo‘ldim, qo‘lingizdan kelganini qiling!» deb singillari ham bo‘sh 

kelmadilar. Ushbu gapdan Umar darg‘azab bo‘lib, bo‘g‘ilishlariga sal qoldi. Yerdagi 

qog‘ozni ko‘rib: «Nima u, olib kel menga», dedilar. Singillari avval qog‘ozni bermaslikka 

tirishsalarda, oxiri majburan olib berdilar. 

Umar «Bismillohir rohmanir rohim» degan yozuvga ko‘zlari tu-shishi bilan qog‘ozni 

chetga otib yubordilar. Birozdan keyin jahllari sal bosilib, qog‘ozni qaytadan qo‘llariga 

olib o‘qishga tutindilar. Qog‘ozdagi «XADID» surasi edi.  

Yozuvda Ollohning ismi zikr etilgan sayin Umarning achchiqlari bosilib, qo‘rquvlari orta 

bordi. Shu tariqa suraning oxirigacha o‘qib chiqdilar va o‘sha zahotiyoq butunlay boshqa 

Umarga aylanib qoldilar. Birdaniga shahodat keltirib, dinni qabul etib yubordilar. Kishilar 

shodlikdan na qilarlarini ham bilmay qoldilar. Takbirlar aytib, quvonchlarini namoyon 

etdilar. «Dushanba kuni Rasululloh rabbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni 

madadlantiruvlarini so‘rab duo qilgandilar. Ollohga hamdlar bo‘lsinki, ushbu sharafga siz 

noil bo‘ldingiz», deb Umarni muborakbod etdilar. Umar ulardan Rasulullohning 

qaerdaliklarini bildilarda, to‘g‘ri Arkamning hovlilariga kelib eshikni qoqdilar. U yerdagilar 

Umar kelganliklarini bilib nima qilarlarini bilmay shoshib qoldilar. Yolg‘iz Rasulullohgina 

hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan darajadagi xotirjamlikla eshikni ochishga 

buyurdilar. 

Umar eshiqdan kirganlarida Rasulullohga suiqasd niyatida kelgan bo‘lmasin, deya ikki 

kishi qo‘llaridan ushlamoqchi bo‘lishdi. Biroq Rasululloh tegmanglar, deya ishorat etdilar. 

Umar janob Rasulullohning oldilariga yaqinlashganlarida, Rasululloh Umarning 

ko‘ylaklaridan tortib: «Ey Hattob o‘g‘li, Islomga kelsang bo‘lmaydimi?» dedilar. Bunga 

javoban Umar hech kutilmaganda, Ashhadu anlo iloha illallohu va annaka rasulullohu — 

deya shahodat kalimasini aytib yubordilar. Kishilar shodlikdan hamma yoqni takbir 

sadosida to‘ldirib yuborishadi. Umar musulmonliklarini yashirgilari kelmadi. Bu yerdan 

to‘g‘ri chiqib Abu Jahlning oldiga borib, musulmon bo‘lganliklarini aytadilar. Abu Jahl 

uyiga kiritmaydi. Keyin Ka’baga borib jam bo‘lib o‘ltirgan quraysh mushriklariga 

Islomiyatga kelganliklarini so‘zlaydilar. Ular bundan g‘oyat g‘azablanib Umarni ta’na va 

dashnomlar ila so‘ka boshlaydilar. Janjal ko‘tarilib ahvol yomonlashuvini sezgan 

Umarning ona tomonlaridan qarindoshlari bo‘lgan Os ibni Voil nomli kishi ajratib oladi. 

Umar ibni Hattob (r. a.) Islomga kelgan vaqtlari payg‘ambarlikning 6-yilida bo‘lib, bu 

davrda 39 erkak va 23 ayol kishigina dinni qabul qilgandilar. Umar o‘zlari ibodatni 

mushriklardan yashirib qilishga rozi bo‘lmaganlaridek, o‘zga musulmonlarni ham yashirin 

tarzda ibodat etishlariga rozi bo‘lmadilar. Ochiq, erkin suratda ibodat qilishlikka targ‘ib 

etdilar. 

Rasululloh alayhissalom ham asxobni o‘z dinlarini xalq orasida oshkora etishga 

ko‘rsatma berdilar. Shundan so‘ng asxoblar Umar va Hamza kabi jasur kishilar panohi 

ostida Ka’baga borib ochiq ibodat etdilar. Mushriklar ahli Islomning qilgan ishlaridan o‘lar 

darajada bo‘g‘ilsalar-da, biroq ularga qarshilik etishga jur’at qilolmadilar. Hazrati Umar 

Islomga kelganlaridan so‘ng butun kuch-g‘ayratlarini Islom va Rasululloh himoyatlarida 

sarf etdilar. Avvalda Islomga qanchalik qarshi bo‘lsalar, dinga musharraf bo‘lganlaridan 

keyin esa mushriklarga bundan ko‘ra bir necha daraja ortiq qarshi bo‘ldilar. Xijrat-da 

ko‘rsatgan atvorlarida buni ochiq ko‘rsatsa kerak, jami ashob berkinib qochib xijrat 

etganlari holda, hazrati Umar ochiqdan-ochiq yashirinmay xijrat etishga qaror qildilar. 

Zero, «Haq hamisha g‘olib keladi: uni yashirish kerak emas», degan e’tiqodda edilar. 

Shu sababdan xijrat etmoqqa qaror qilganlaridan so‘ng qilichlarini taqib, kamonlarini 

belga osib bir necha dona o‘qlarini o‘qdonga joylab tayoqlariga tayanib Ka’baga kirdilar. 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish