MAHMUD OLAQOSH: “PESHONAMDAGI NUR”
Mahmud Olaqoshning ushbu qissasini bir vaqtlar boshlab qo'yib , keyin o'qimagandim ( har doimgi odat) Bugun "Jinoyat va jazo" mutolaasidan sal chalg'ish va biroz osonroq o'qiladigan asar o'qimoqchi bo'ldim va shu kitobni o'qidim.
Asar nomiga kelsak, "Peshonamdagi nur" deb nomlanishiga sabab asar oxirida asar qahramoni Saljuqbeyning iqrori orqali oydinlashadi , u peshonasiga yaqin joylashgan o'simtani dard deb emas, uni to'g'ri yo'lga boshlagan nur deb qaray boshlaydi.
Asar Saljuqbeyning miyasida o'simta borligi haqidagi xabarni eshitishi va turli tekshiruvlardan o'tishi lavhasi bilan boshlanadi. Saljuqbey bir necha katta fabrikalar egasi bo'lib, juda badavlat inson , 2 nafar - Asmo va Qutsal ismli farzandlarning otasi edi. Unga nogahon yopishgan bu dard esankiratib qo'yadi. ."Nega aynan men!" Shu savol qiynardi uni. Dunyoda qanchadan qancha yomon insonlar, o'g'riyu kazzoblar bor, lekin nega aynan men... U hatto Allohni eslamaslikka harakat qiladi, undan xafa bo'lgandi, chunki hali qirq yoshga ham yetmasdan, farzandlarining katta bo'lganini ko'rmasdan bu dunyodan ketish unga alam qilardi. Saljuqbey juma namozlarini qoldirmasdan ato etardi, ro'za tutardi , zakot, sadaqa beradi va hatto ikkita masjid ham qurdirgandi. Lekin u haqiqiy islomni , haqiqiy dinni kasal bo'lganidan so'ng anglab yetdi. Bunda unga Ismoil ismli do'sti hamda Said domla juda katta yordam berishdi. Saljuqbey din haqida shu vaqtgacha yuzaki bilimlarga ega bo'lganligi, aslida esa hech narsa bilmasligi, 5 vaqt namoz o'qigan bilan musulmon bo'lib qolmasligini , haq va botil dinlarning farqini, avvalgi zamonda ham hozir ham dinni noto'g'ri talqin qilayotganlar har qadamda uchrayotganligi kabi bir qancha masalalarni Said domladan bilib oladi va undan minnatdor bo'ladi. Uning rafiqasi Shirin xonim esa hijobga kiradi.
Bir qancha tekshiruvlardan ma'lum bo'ladiki, Saljuqbeyning miyasidagi o'simta hajmi o'zgarmagan va hatto sekin asta yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Lekin endi unga bu narsa ahamiyatsiz edi. Saljuqbey "O'lmasdan avval o'lingiz" degan hikmatni anglab yetgandi. U o'simtaga endi nur sifatida qarayotgandi.
Saljuqbeyning boshidan kechirganlari faqat dard yetgandagina Allohni eslaydigan kimsalarning qilmishlari va kechmishlariga bir misoldir. Aslida ham ko'pchiligimiz shundaymiz. Saljuqbey chorasizligidan qabristonga borgandi, Allohga yolvorib najot so'ragandi va u Said domlaga duch keldi. Endi u tushunib yetdiki, hech narsa bejizga emas, har narsada hikmat bor , hattoki musibatda , kulfatda , dardda ham. Bu narsalarning hammasi Allohning bir sinovi! Alloh esa suygan bandalariga sinov yuboradi.
Ushbu qissani o'qib shunday xulosaga keldimki, hech qachon bir qarorga kelishga shoshilmaslik, o'zini baxtsiz his qilishga , Allohni ayblashga emas , balki har narsadan hikmat izlashga intilish kerak ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |