www.ziyouz.com kutubxonasi
27
IKKINCHI HALIFA UMAR IBNI HATTOB
(Raziyallohu anhu) DAVRLARI
UMAR IBNI HATTOBNING TARJIMAI HOLLARI SIFAT VA OILALARI
Umar ibni Hattob qoruvli, uzun bo‘yli, quyuq-soqol mo‘ylovli, boshlarining old tomoni
sochsiz, ikki qo‘llari bilan teng harakat qila oladigan, ulkan odimlar tashlab, biroz
shoshilibroq yuradigan kishi edilar.
O’zlari Quraysh qabilasidan bo‘lib, otalarining nomlari Hattob o‘g‘li, Nufayl o‘g‘li, Abdul
Uzzo o‘g‘li, Riyoh o‘g‘li, Qurt o‘g‘li, Razoq o‘g‘li, Adiy o‘g‘li Ka’bdur. Nomlari Umar,
kunniyalari Abu Xafs, laqablari esa Foruqdir.
Haq birla botilni o‘rtasini to‘g‘ri ajratganliklari uchun Rasu-lulloh hazratlari
tomonlaridan ushbu Foruq, ya’ni ajratuvchi de-gan laqab bilan laqablangandilar. Onalari
Xantama nomli ayol bo‘lib, Qurayshning bani maxsum naslidandurlar. Umar (r.a.) fil
yilidan uch yil keyin tug‘ilgan bo‘lib, Rasululloh payg‘ambarlikka musharraf bo‘lgan
vaqtlarida 27 yoshlar chamasida edilar.
Umar ibni Hattob johiliyat zamonida sharif va sayyid kishilardan bo‘lib, Qurayshning
elchilik xizmatini bajarardilar. Yoshlik pallalaridan tortib to xalifa bo‘lgunlariga qadar
savdogarlik bilan shug‘ullangandilar. O’zlarining aytarlik katta boyliklari yo‘q edi. Yoshlik
vaqtlarida otalarining qo‘ylarini boqib yurardilar. Xalifa bo‘lib, amalga mingan vaqtlarida
mana sho‘ yoshlik ayyomlarida qo‘y boqib yurgan yerlaridan o‘tib qolsalar har doim
«Mana shu yerlarda Hattobning qo‘ylarini o‘tlatib podachilik qilardim. Otam muomalasii
qattiq kishi edilar. Ba’zan qo‘y boqib, ba’zan esa o‘tin terib kunni o‘tkazardim. Hozir esa
xalqni kutishga boshladim. Endilikda mendan ustun Rabbil olamindan boshqa kimsa
yo‘q» — der ekanlar.
Ular johiliyatda Abu Jahl kabi xalq ichida nufuzga ega kimsa bo‘lgandilar. G’oyat qattiq
qo‘lliklari bilan omma o‘rtasida shuhrat topgandilar. Musulmon bo‘lmasliklaridan burun
ahli Islom Umardan juda qattiq izolar chekkandilar. Shu sababdan Rasululloh Abu Jahl
yohud Umarni Islomiyatga kiruvlarini orzu etardilar. Shunday bo‘lganda ahli Islomga
mushriklar izolari bilan pasayar, degan umidda bo‘lardilar. Umar Islomga kirmaslaridan
avval ahli Islom o‘zlarining ozchiliklari hamda qurayshlarning jafolaridan ehtiyot chorasi
sifatida ibodatlarni yashirin tarzda ado etardilar. Ko‘proq ular Arkam ibni Abu Akram
hovlilariga yashirincha yig‘ilib ibodatlarini o‘tashar va hamda Rasulullohdan din
ta’limlarini o‘rganishardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |