www.ziyouz.com kutubxonasi
24
chiquvchi kimsa topilmadi. Bu narsa Abu Bakrning xotirlarini saqlov va u janobga
ehtirom yuzasidan bo‘lgandi. Hazrati Umar valiahd tayinlangan chog‘da bir qadar
kimsalar norizo bo‘lgan bo‘lsalarda, ammo xalifalik mansabida yuritgan adolat siyosatlari
tufayli oxiri hammalari Umardan bag‘oyat minnatdor va rozi holda bo‘ldilar. Umardan
keyingi xalifa saylov vaqtida Abu Bakr va Umarlar yurgan yo‘ldan yurishlikni shart etiluvi
buning eng ochiq isbotidur.
Umar (r, a.) xalifalik davrlarida shunday adolat bir tarzda hukm yurgizganlari sababli
sharqu g‘arb tarixchidari tomonidan dunyoda eng adolatli, to‘g‘ri ijro etgan hukmdor
sanaladi.
Abu Bakrning ahvollari og‘irlashib qolganidan keyin qizlari Oyisha (r. a,)ni chaqirib
hujralarida qabr uchun joy hozirlamoqqa vasiyat etdilar. Ustlaridagi ikki qavat kiyimlarini
yechib shunga, uchinchi qavat bir kiyimni qo‘shib kafan qilishga buyurdilar. Oyisha
onamiz «Ey, ota, hozir biz boymiz, yangi kafan olib kafanlatsak ham bo‘ladi-ku»,
deganlarida, Abu Bakr «yangi kiyimga mendan ko‘ra tirik-lar muhtojrok», dedilar.
Yuvishlikni xotinlari Asmo bintu Umaysga vasiyat qildilar. Yordamga o‘g‘illari
Abdurahmonni olishni buyurdilar. Baytulmoldan olingan narsalarni o‘z kissalaridan
to‘lashga amr etdilar. Mollaridan beshdan birini hayrot yo‘llariga sarf etishlikka
buyurdilar, Vafot etgan kunlaridan kechiktirmay darhol dafn etarga amr qildilar. Abu
Bakr mazkur kasallaridan shifo topmayincha 13-yil-ning jumodil oxir oyining 21-kuni
dushanba shom bilan hufton o‘rtasida fano olamidan tinchlik ila baqo olamiga rohat bilan
safar etdilar. Bu melod hisobiga 634 yil avgustga to‘g‘ri keladi.
U janobning oxirgi so‘zlari: «Ey Rabbim, meni musulmon etib o‘ldirgin va solihlarga
qo‘shgii» degan duolari bo‘ldi. Vasiyatnomaga binoan Asmo bintu Umays Abdurahmon
yordamlarida yuvdilar, uch qavat kafanga kafanlanib minbar masjid orasiga qo‘yilib,
hazrati Umar tomonlaridan janoza o‘qiddi. Qabrlariga Umar, Us-mon, Talxa va
Abdurahmon ibni Abu Bakr tushdilar. Janoza o‘qilib dafn etilgan kun ham dushanba
kechqurun edi. U janobning hukmdorlik davrlari ikki yilu uch oy davom etdi.
Abu Bakrning vafot etuvlari Rasulullohning vafotlari kabi asxobi kiromga favqulodda
qattiq ta’sir etdi. Butun Madina qayg‘u va dahshat ichida koldi. Ushbu vaqt Abu ibni Ali
Tolib yoshlariga belanib yugurib kelib Abu Bakrning eshiklari oldida to‘xtadilar va u
janobning fazl va sifatlarin bayon etuvchi ushbu xutbani so‘zladilar:
«Ey Abu Bakr, Olloh seni rahmat etsun, sen hammadan avval Islomni qabul qilgan,
imoni eng eski, ishonchi eng aniq kishi eding. Sen Rasulullohga eng mulozim, xulk va
fazl hamda siyrat jihatdan eng yaqin, ahl Islomni himoya etuvchi kishi eding. Butun xalq
Rasulullohni yolg‘onga chiqarganda, sen uni tasdiq etding. Xalq izo yetkazganda, sen
yordamga shoshilding. Xalq o‘ldiradigan vaqtida sen u bilan birga bo‘lding. Olloh seni o‘z
kitobida Siddiq deb atadi. Sen ahli Islom uchun bir tayanch, kofirlar uchun balo va
musibat eding. Sen yo‘lingda hech birda adashmading, senga za-iflik va qo‘rqoqlik aslo
yo‘l topaolmadi. Sen go‘yoki subutda salobatli tog‘dek eding. Sen Rasululloh
aytganlaridan badaning zaif, dining quvvati, tavozuli, Olloh qoshinda ulug‘, mo‘minlar
qoshinda buyuk va qudratli eding. Senga hech kim biror xususda tama’ etolmasdi.
Kuchli va kuchsiz sening qoshingda barobar edi. Kuchlidan kuchsizning haqqini olib
berganga qadar kuchli sening qoshingda kuchsiz sanalardi. Kuchsiz esa kuchli sanalardi.
Olloh sening ajringdan bizlarni mahrum qilmasun. Sendan so‘ng bizni adashtirmasun...»
Umar ibni Hattob ham Abu Bakr yonlariga kirib qisqa, ammo g‘oyat mazmunli bir nutq
irod etdilar. «Ey Rasulullohning xalifasi, sen o‘zingdan so‘ng xalqqa goyat og‘ir yuk
yuklading. Senga yetish qayoqda, sening ortingdan boruvga bizga mumkin
bo‘lmayajak!»
Abu Bakrga marsiya o‘laroq Ummul mo‘‘minin Oyisha va boshqalar tarafidan xutbalar
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |