www.ziyouz.com kutubxonasi
21
bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
Abu Bakr xalifa bo‘lmaslaridan avval Madinaning yuqori tarafida Sux degan yerdagi
hovlilarida yashardilar. G’oyat shafqatli va marhamatli hamda kichik ko‘ngil
bo‘lganliklaridan qo‘ni-qo‘shnilariga har vaqt yumshoqlik etar, hatto joriyalarga qo‘y-
echkilarni sog‘ishga yordamlashar, podalarni haydashar edilar. Xalifa bo‘lganlaridan
keyin bir qiz «Abu Bakr endi bizga qarashmasa kerak» degan ekan. Buni eshitib haligi
qizni oldiga borib qo‘ylarini sog‘ishdilar va «Sizga albatga yordamlashib yuraman, xalifa
bo‘lmoqligim — avvllgi xulqimni o‘zgartirmasa kerak, degan umiddaman», dedilar.
Voqean Suxda turgan vaqtlarida bularga yordam etib yurdilar. Bir kuni Abu Bakr bir
necha kishilar bilan o‘ltirgandilar. Shunda bir kishi kelib «Assalomu alaykum, yo xalifai
Rasululloh», degan edi. Bunga Abu Bakrning achchig‘lari kelib, «Boshqalarni qoldirib
yolg‘iz mengagina salom berasanmi?», deb tanbeh etgandilar. Umar ibni Hatgob kun
sayin bir qari kampirning oldiga borib yordam etib kelib yurarkanlar. Ko‘p vaqt o‘tmay
o‘zlaridan avval kimdur unga yordam ko‘rsatib ketayotganini fahmlab holdilar. Shunda
bu kim ekan deb poylab turdilar. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinlarki, kampirga kelib yordam
etayotgan xalifa Abu Bakr ekanlar. Abu Bakr (r. a.)ni yozamiz desak, maqtovga sazovor
sifatlari juda mo‘ldur. U janobning Islom yo‘lida qilgan xizmatlarini yozib adosiga yetish
mushkuldur.
Biroq biz bu yerda maqsadimiz qisqacha bayon etishlik bo‘lgani sa-babli mazkur bir-
ikki voqeani yozish bilangina kifoyalandik, xolos.
Birgina Abu Bakr emas, balki Rasulullohning sahobalaridan har birlari ham maqtovga
sazovor sifatlarga ega edilar. Xususan, xulafoi roshidin deb atalmish Umar, Usmon va Ali
kabi zotlarning barchalarida xalqqa o‘z islomiy xulqlari bilan muqtado bo‘luvchi, go‘zal,
ergashiluvchi namunalar mavjud edi. Ularni bu borada birlarini birlaridan ajratib
bo‘lmasdi. Hammalari ham Olloh yo‘lida haqqoniyatni olamga hukmroi bo‘lishi yo‘lida
dunyo xalhlarini ozodlik, erkinlik, hurfikrlilik kabi asriy orzulari bo‘lgan narsalarga
yetishlari yo‘lida hech bir narsalarni, hatto jonlarini ayamay sarf etgandilar. Ularning
amal g‘ururi alday olmagandi. Xushomadgo‘ylar maqtovi xushlarini o‘g‘irlamagandi.
Katta mansabga minsalar edi, oddiy xalq kiyadigan kiyimdan ham arzon bahoroq
kiyimlar kiyishardi, oddiy tarzda ovqatlanishardi. Oddiy hovlilarda faqirona tarzda hayot
kechirishardi. Dunyo matolariga ahamiyat ko‘zi bilan aslo boqishmagandi. Ular
hukmdorlik vazifasini to‘liq ado etishlikda hanuz olam osmonida yagona yorug‘ yulduz
bo‘lib porlab turishmoqda. Olloh hammalaridan rozi bo‘lsin, bialardan ham o‘zi rozi
bo‘lsin, rahmatiga musharraf aylasin. OMIN!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |