Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

ichkariga suzub kirdilar. 



Basra yaqinidagi «Xafir» nomli suv yoqasida dushmanni qarshi oluv uchun Xolid ibni 

Valid askarlarni uch qismga taqsimlab kutib turdilar. O’sha davrda Iroq muzofotiga 

Xurmuz ismli Eron sarkardalaridan zo‘r bir kishi boshchilik etardi. U juda katta qo‘shinga 

ega edi. Xolid ibni Valid Xurmuzga talabnoma jo‘natdilar. Mazmuni quyidagicha: «Yo 

Islomni qabul qilib, joningni saqlab qol, yohud bizning zimmamiz ostida himoyalanuvni 

qabul qilib juz’ya berishga rozi bo‘l. Agar bu ishlardan birisini qabul qiluvdan bosh 

tortsang, unda o‘zingdan ko‘r. Men shunday lashkar bilan keldimki, ular o‘limni sizlar 

hayotni sevganingiz kabi sevadilar». 

Xurmuz talabnomani Eron shohi Kisroga jo‘natib, o‘zi qo‘shinga bosh bo‘lib Xolid 

askarlariga qarshi so‘qishuv uchun yo‘lga chiqdi. Ular Kozifa degan yerda ro‘paro‘ 

keldilar. Jang boshlanmasdan oldin har ikki qo‘mondon o‘rtaga chiqib kuch sinashdilar. 

Xolid ibni Valid jang maydonida Xurmuzning boshini tanasidan judo qil-dilar. Keyin ikki 

o‘rtada qattiq olishuv bo‘ldi. Islom lashkarlarining hammasiga dosh berolmagan Xurmuz 

qo‘shinlari betartib suratda tumtaraqay qochdilar. Dushman askarlari qochmaslik uchun 

bir-birlari bilan bog‘lanib olishgan ekan. Shu sababli ushbu jang tarixda «Zotissalosil» 

jangi deb nomlanadi. 

Kisro Xurmuzga yordam bsrish uchun Qorin nomli sarkardasi boshchiligida katta 

qo‘shin junatdi. Bular Xurmuzning qochoq qo‘shinlari bilan birgalashib Sano degan yerda 

Xolid ibni Valid askarlari bilan yana to‘qnashdilar. Jang oqibati shu bo‘ldiki, Qorin 

qilichdan kechirilib, askarlari esa butunlay tor-mor etildi. Mazkur jangdagi olingan asirlar 

ichida Hasanul Basriyning otalari Habib ham bulgan ekanlar, Qorin mag‘lubiyatidan so‘ng 

Eron shohi «Anzar zargar» nomli sarkardasi boshchiligida yanada kuchliroq qo‘shin 

jo‘natdi, Bular bilan ham «Nalija» nomli joyda qattiq jang qildilar. Oqibat dushman 

askarlarini Islom lashkarlari o‘rab oldilar va butunlay tor-mor etadilar. Bu voqea 12 yil 

safar oyida bo‘lib o‘tadi. 

Nalija voqeasida arab nasroniylaridan ham qo‘shin ichida jangda qatnashganlari qirilib 

bitgandi. Qolgan nasroniy arab qabilalari bularning o‘chini olish uchun eronliklarga 

yordam tariqasida askar yuborishga qaror qildilar. Eron va arablardan to‘plangan juda 

katta qushin «Ulays» degan yerda jamlanib Xolid ibni Valid askarlari bilan 

to‘qnashadilar. Jang benihoya qizg‘in kechadi. Dushman askarlari son jihatidan 

musulmon askarlaridan bir necha barobar ortiq edilar. Ammo Ollohning kalimasini 

baland-latuv maqsadida jang qilayotgan oz sonli qo‘shin kufr saltanati himoyasida 

shaytonga tarafdorlik qilib jang etayotgan ko‘p sonli qo‘shin ustidan zafar topdilar. Bu 

zafarli voqea 12 yil safar oyining oxirlarida (623 yil may oyida) Firot daryosi yakinida be-

nihoya ko‘p qonlar to‘kilganligidan o‘sha yerdagi bir jilg‘aga «qonli jilga» deb nom 

berildi. 

Mazkur zafardan so‘ng Xolid ibni Valid lashkarlarni «Munozara» davlatining poytaxti 

Xira shahriga qarab boshladilar. Yo‘ldagi qo‘rg‘onlarni zabt eta borib Xira shahrini qamal 

etadilar. Oqibatda xiraliklar bilan Xolid har yili 190-ming dirxam juz’ya beruv barobariga 

sulh tuzadilar. Xira axolisi, eski odatlariga ko‘ra, Xolidga ham hadyalar berishadi. Xolid 

bularni Madinaga juz’yaga qo‘shib jo‘natib yuboradilar. 

Abu Bakr pora olishga bahona topilmasligi uchun mazkur hadyani juz’yadan hisob 

etishga buyuradilar. «Munozara» davlatining poytaxti Xira qo‘lga olinganidan keyin shu 

atrofdagi qolgan viloyatlardan ham sulh tuzishlik uchun Xolid huzurlariga elchilar kela 

boshladi. Xususan Banikiya va Barusi viloyatlarining bosh-liqlari Xolid huzurlariga kelib 

yiliga o‘n ming dirxam juz’ya beruv barobariga sulh tuzadilar. 

Shundan ksyin Xolid ibni Valid butun Iroq muzofotini to‘laligicha qo‘lga kirituv 

harakatiga tushadilar. Bir necha janglar davomida dushman askarlariga orqama-orqa 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish