ABU BAKR DAVRLARIDAGI FUTUXOTLAR
Arab yarim orolida yangidan tashkil topgan Islomiy ta’limot Hukmronligi ostida
yashovchi davlatni ikki tomondan o‘sha davrlarda eng madaniylashgan va taraqqiy
topgan Eron va Rum davlatlari o‘rab olgan edi.
Miloddan 753 yil avval tashkil topgan, dunyoning eng kuchli va taraqqiy topgan
davlatining poytaxti avvalda Rum shahri bo‘lgandi. Konstantin tomonidan 330 yidda
Konstantinopol shahri bino etilgach, poytaxti mazkur shaharga ko‘chirilgandi. Oradan bir
necha asrlar kechgach, Rum saltanati (imperiyasi) sharqiy va g‘arbiy saltanatlarga
bo‘linib ketgandi. G’arbiy Rum saltanatining poytaxti Eski Rum shahrini poytaxt etgan
g‘arbiy Rum saltanati oz muddat ichida inqirozga uchrab dunyo yuzidan yo‘qoldi. Biroq
sharqiy Rum saltanati yoki Vizant saltanati deb nomlangan davlat esa milodiyning V
asriga kelib kuchaydi. Sharqda Dajla daryosiga, g‘arbda Adriat dengaziga, shimolda
tatar yerlariga, janubda esa Xabashiston mamlakatiga qadar bepoyon yerlarni qanoti
ostiga oldi. Inchunun, Eron saltanati ham o‘sha davr muqobalasida bepoyon
mustamlakalarga ega bo‘lgan qudratli davlat hisoblanardi. Rum va Eron saltanatlari
o‘rtasida eskidan qattiq adovat mavjud edi. Bunga sabab o‘zaro raqobat, yangi
mustamlakalarni talashuv edi.
Islom olami zuhur etgan paytga kelib ular o‘rtasidagi adovat juda keskin tus olgan.
Rum bilan Eron har yer-har yerda o‘zaro urushlarni davom ettirishardi. Erondagi ichki
kelishmovchiliklar esa davlatning anchagina zaiflashuviga olib keldi.
Abu Bakr (r. a.) xalifalikka o‘ltirganlaridan so‘ng chet davlatlarga qarshi muxoraba
etuv niyatida bo‘ldilar. Birinchi maqsad, ezilayotgan mazlumlarni ezuvchi hukmdorlar
zulmidan ozod etuv bo‘lsa, ikkinchidan, Islom davlati sarhadini kengaytiruv edi. Zotan,
arab yarim orolida tuzilgan davlat agar o‘z yerlarini chetki mamlakatlarini istilo etish
hisobiga kengaytirmasa, tabiiyki, quruq sahro bag‘rida tashkil topgan davlat xalqaro
maydonda taraqqiy etgan qo‘shni davlat bilan raqobatda teng kela olmas edi. Zero,
yuksak taraqqiy etgan qudratli davlatning qad rostlashi uchun eng avvalo odam va yer
boyliklari yetarli miqdorda ta’minlangan bo‘lmoqligi zarurdir. Bularsiz xalqaro maydonda
zo‘rlar bilan bellasha oladigan davlatni barpo qilish o‘yi bir xom xayol bo‘lurdi. Siyosat va
ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatib yuksak malaka hosil qilgan Abu Bakr buni juda to‘g‘ri
baholay olgandilar. Shuning uchun birinchi bo‘lib Eron saltanatiga qarashli bo‘lgan Iroq
orlariga qo‘shin yuborish taraddudiga tushdilar. Xolid ibni Valid qo‘l ostlarida Iroqga
qarshi muxoraba olib borish uchun Hijriyning 12 yili (melodiy 663 yil boshlari) 10 ming
askarni yubordilar. U yerda Musanno ibni Xorisa 8 ming askar bilan kutib turardi. Har
ikki firqa birga qo‘shilganidan so‘ng Xolid ibni Valid qo‘shin bilan Iroq chegarasidan
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |