Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

jo‘natdilar: 



«Bismillohir rohmanir rohim, Ollohning elchisi Muhammaddan, yolg‘onchi 

Musaylamaga ma’lum bo‘lsinki, yer Ollohning o‘ziga xos mulkidur, kimga xohlasa 

o‘shanga beradi. Oqibat mutaqqiylar foydasidadur». 

Buning orqasidan bir ayol kishi ham bani Tamim qabilasidan payg‘ambarlik da’vo etib 

chiqqandi, Bu ayol Abu Bakr xalifalik zamonlarida Musaylama bilan urushgani o‘z 

ergashuvchilarini boshlab ham chiqdi. Biroq, Musaylama xiyla ishlatib, ayolning ko‘nglini 

topib unga uylaidi. Shu zaylda ayol payg‘ambarlikni Musaylamaga ravo ko‘rib, 

tarafdorlarini Musaylamaga ergashmoqlikka amr etadi. Har ikki qabilaning qo‘shilishi 

oqibatida kattagina qo‘shin tuziladi. Bu ham yetmaganday Talxatubni Xuvaylidin va 

Asvad ibni Xabs kabi kimsalar ham payg‘ambarlikni da’vo etib Islom hukumatiga qarshi 

bosh ko‘tardilar. Ahvol juda jiddiy tus olgandi. Bir tomonda payg‘ambarlik da’vosi, 

ikkinchi tomonda zakot bermaslik da’vosi bilan hukumatga qarshi kuchlar maydonga 

kelgandi. Bularning barchasi bilan urush qilmoqlikka musulmonlarning kuchlari yetmaydi 

degan mulohaza bilan Abu Bakrning xuzurlariga kelib, zakot bermovchilar bilan 

vaqtinchalik sulh tuzib turmoqlikni ham taklif etdilar. Ko‘proq kuchga ega 

bo‘lgunlarigacha urushmay turishni o‘tindilar. Maslahatchilar safidagi kibor sahobalaridan 

Umar ibni Hattob Abu Bakrga qarab «Zakot bermovchilar bilan urushmay turing», 

dedilar. Shunda Abu Bakr (r. a.) xalqqa qarab «Agar ular Rasululloh vaqtla-rida berib 

kelgan birgina uloqchani bermasalar, o‘shalarga qarshi urush ochaman», dedilar. 

Umar ibni Hattob ham nihoyat Abu Bakrning ra’yilarini qabul qildilar. So‘ng qolgan 

musulmonlar ham o‘z ra’yilaridan qaytib Abu Bakr (r.a.)ning fikrlarini ma’qulladilar. 

Keyin o‘n qo‘mondon rahbarlik ostida alohida-alohida askar to‘pladilar. 

Islom lashkarida Xolid ibni Valid, Amr ibni Os, Ukrima ibni Abu Jahl kabi jasoratli 

sahobalar boshchilik qildilar. Abu Bakr bularning barchalarini to‘plab xutba 

o‘qiganlaridan so‘ng ular birin-ketin belgilangan marraga qarab yo‘l oldilar. 

Bu sa’y harakatdan oldinroq isyonchilarni ogohlantirib maktub ham yozib yubortirdilar. 

Zakotlardan bosh tortgan qabilalardan bir qanchasi xatolarini anglab, qilgan ishlariga 

pushaymon yeb tezdan yana zakotlarni yig‘ib, xalifa huzuriga yubordilar. Qo‘shin 

zimmasidagi vazifalarini sharaf bilan ado etib, isyonchilarni butunlay tor-mor keltirib

Madinaga zafar g‘alabalari ila qaytib keldilar. Islomning avvalgi haybati qaytadan yana 

tiklandi. 

Musaylama jangda quturgan itdek o‘lib ketdi. Yolg‘ondakam payg‘ambar Talxa ibni 

Xuvaylidin askarlari ham Islomning shavkatli, bahodir, jonfido jangchilari hamlasiga 

dosh berolmay jangda butunlay tor-mor bo‘ldi. Talxa ibni Xuvaylidin esa ahvol 

jiddiylashganini ko‘rgach, qo‘shinni tashlab, juftakni rostlab qoldi. Keyin har yerlarda 

yashirinib yurdi. Umar ibni Hattob xalifalik vaqtlarida tavba bilan kelib Islomni qabul 

qildi. Islom tarixida «Ridda» deb nomlangan voqea mana shulardan iboratdur. Arablar 

butunlay Islomdan chiqib ketmagan bo‘lsalar-da, biroq besh farzdan birisini ya’ni zakot 

berishlikdan bosh tortganlar. 

Abu Bakr (r. a.) ning to‘g‘ri ra’yilari hamda jasoratlari tufayli Islom davlati o‘z ichida 

paydo bo‘lgan ixtilofga tez orada barham berdi. Va dinning shavkatini saqlab qoldi. 

Butun ahli Islom tutgan to‘g‘ri siyosatlari uchun Abu Bakrdan minnatdor bo‘lib qoldilar. 

Agar Abu Bakrning o‘z ra’yilarida qattiq turishlari bo‘lmaganda edi, ehtimol Islom 

hukumati ichida paydo bo‘lgan ixtilof yomon oqibatlarga olib kelgan, dinning yuksak 

shavkati balki mustahkam o‘rnashib qolmagan bo‘lurdi. Lekin Ollohning inoyati ila 

bunday nochor ahvolning oldi to‘g‘ri yo‘l bilan olindi. Islomning so‘nmas shavkati arablar 

ichida saqlab qolindi. 

Albatta, ushbu mavqe’da Abu Bakr (r. a.)ning tutgan o‘rinlari katta ahamiyat kasb 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish