Microsoft Word xulafoi roshidiyn ziyouz com doc



Download 380,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/125
Sana01.01.2022
Hajmi380,59 Kb.
#282950
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
Bog'liq
Rizouddin ibn Faxriddin. Xulafoi Roshidiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

«Jurf» degan qishloqda edi. 



Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib 

saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta 

jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni 

to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday 

taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga 

yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh 

buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar. 

Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka 

ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va 

azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta’siri ostida Islom davlati ichida paydo 

bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina 

davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr 

(r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, 

ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat’iy 

lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma 

askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib 

bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai 

Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi 

qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. 

Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon 

etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda 

qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini 

aytdilar. 

Abu Bakr (r. a.) qat’iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda 

qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta’yinlash lozimligini maslahat 

tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, 

Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga 

kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» 

dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham 

xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini 

ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e’tibor bermay 

Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu 

safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni 

e’zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror 

berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib 

tayinladilar. O’zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan 

holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar. 

Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, 

yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,— deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men 

ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb 

javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib 

ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. 

Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, 

Islom askariga bo‘lgan tavozu’lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga 

dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir 

qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat 

so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. 

Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e’tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan 




Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin 

 

 




Download 380,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish