www.ziyouz.com kutubxonasi
11
xizmatlarini bir-bir yodga ola boshladilar. Kishilar shovqin-surondan tinchib qoldilar.
Keyin yana so‘zlarida davom etib dedilar:
— Arablar hargaz bu ishni bilaolmagan bo‘lurdilar. Zero ular faqat Qurayshlardan
bo‘lgan zotga kelgan vahiy orqali bunday yuksak ilmiy va olamiy fazilat cho‘qqilarini
egallash vositasini bilib yetdilar, Quraysh qabilasi esa arablar ichida o‘rnashgan yeri
hamda nasabi jihatidan eng o‘rtadagi xalq hisoblanadi. Sizlar Umar yoki Abu Ubaydani
o‘zlaringazga Rasulullohdan xalifa etib saylab olsangaz men roziman.
Abu Bakr so‘zlarini tugatib o‘rinlariga o‘ltirgashshrqdan keyin muxojirlardan bittalari
o‘rinlaridan turib: «Balki biz Abu Bakrga ba’yt etamiz. Rasululloh diniy ishimizni ishonib
u janobga topshirgan ekanlar, nechuk biz dunyoviy ishimizni ishonib topshirmaylik?»
dedilar. O’rtada ancha tortishuv bo‘ldi. Har kim o‘z tomonidan ko‘rsatgan nomzodni
mansabga ega qilishlik uchun harakat qilib ko‘rdi. Ahvol keskinlashib ketib va ixtilofga
aylanib ketishligidan havf etgan Umar o‘rinlaridan turib Abu Bakrga «Qo‘lingizni
cho‘zing, men sizga bay’at beraman», dedilar.
Abu Ubayda ham o‘rinlaridan turib, «Men oramizda Rasulullohga g‘orda ikkinchi
hamroh bo‘lgan kishi turib ushbu ishga u janobdan ilgari qo‘l urmasmen», dedilar va
qo‘llarini Abu Bakrga bay’at berishlik uchun uzatdilar.
O’sha ovda Abu Bakrga bay’t berdilar. Muxojir va ansorlar ham birin-ketin Abu
Ubaydaga ergashib Abu Bakr raziyallohu anhuga bay’at bera boshladilar. Oxiri
xammalari Abu Bakr mu-sulmoilarning halifalari deb tan olib bay’at berib bo‘ldilar. Abu
Bakr raziyallohu anhuga bay’at berilib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib so‘zlashga botshtadilar.
Avvalo Olloh taologa hamd va sano aytganlaridan keyin o‘zlarini xalifalik mansabiga
minganlaridagi birinchi hutbani irshod etdilar. U quyidagi mazmundan iborat edi:
— Ey odamlar, men sizlarga ishboshi bo‘ldim, aslida sizlardan ko‘ra yaxshiroq
emasman. Bas, agar ishni to‘g‘ri olib borsam, menga yordam beringlar va agar noto‘g‘ri
qadam qo‘ysam, meni to‘g‘rilab qo‘yinglar. Rostlik Olloh tomonidan berilgan omonatdur.
Yolg‘onchilik esa xiyonatdur Sizlarning ichlaringizda zaif sanalganlar mening qoshimda
quchlidir. Toki haqqini zo’e etmay undirib bergum, inshoolloh, ichlaringizda kuchli deb
e’tibor etiladiganlar mening qoshimda zaifdur. Toki birovning haqqini undan oldirib
bergum, inshoolloh, qaysi bir qavm Olloh yo‘lida jihod etishlikdan tiyilsa, albatta Olloh
ularga xorlik libosini kiyguzur. Qaysi bir qavm ichida yaramas buzuq ishlar avj olsa,
barchalarini balo yakson etur.
Sizlar men Ollohga va Rasuliga qanchalik itoat etsam, menga shunchalik itoat
etinglar. Agar men ularga itoat etmay, osiylik qilib o‘z xohishim yo‘liga kirib ketsam, u
takdirda sizlarga itoat etishlik lozim bo‘lmay qoladi. Namozlaringazga turinglar! Olloh
sizlarga rahm etsun!..
Avvalda ba’zi bir bani Hoshim ularning ichlarida Ali ibni Abu Tolib ham Abu Bakrga
bay’t berishliqdan bosh tortib turdilar. Biroq uzoq vaqt o‘tmay hammalari bay’at etishdi.
Zero, Abu Bakr raziyallohu anhuning yurgizgan go‘zal siyosatlari, Qur’on va sunnat
talablariga binoan yuritgan ish uslublari Ali ibni Abu Tolib kabi Islom donishmandini ham
Abu Bakrga ixtiyoriy ravishda sidqidildan bay’t berishlikka undagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |