www.ziyouz.com kutubxonasi
9
bunga rozi bo‘lmaydilar», dedilar.
Voqe’a bunday bo‘lgandi:
Rasulullohning buyurganlaridan bexabar bir sahoba Abu Bakrning yo‘qliqlarini ko‘rib,
Umarga «siz imom bo‘lib qo‘yaqoling», degandilar. Shu tufayli Umar hazratlari imom
turgakdilar. Keyin Abu Bakr qaytib keldilar, namoz Rasululloh buyurganlariga amal
qilinib qaytadan o‘qildi.
Ruhi poklari malail a’lo tamon parvoz etgan dushanba kuni Rasululloh hazratlari
muborak boshlari bog‘langan holda Oyisha onaning eshiklaridan masjidga chiqdilar.
Odamlar janobi risolat maob sallallohu alayhi vasallamning nurona chehralarini ko‘rib
behad shodlandilar. Janobi Risolat maob ularga namozlaringizni davom ettiravering
degan ishorani qildilar. Abu Bakr, raziyallohu anhu, ham odamlar harakatlarini ko‘rib,
namozgohlaridan orqaga chekinmoqchi bo‘ddilar. Lekin Rasululloh alayhissalom
«o‘rningizda turib, namozni o‘qib bering» dedilar. Janob rasuli akram Abu Bakrning
yonlariga kelib o‘ltirgan holda namozni o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan keyin
odamlarga yuzlandilar, ularni atroflariga to‘pladilar. Muborak ovozlari masjidning eshigi
yonida ham eshitilib turdi. Hamma jamlanib bo‘lgach, ularga qarab: «Ey, insonlar,
do‘zax qizitilgan, fitnaning esa zulmat tuni kabi qorong‘uligi yuzaga chiqqan. Men
faqatgina sizlarga Olloh halol qilgan narsani halol qilganman, xarom qilgan narsani men
ham xarom qilganman», dedilar.
Rasuli akram so‘zlarini tugatib ichkariga kirib ketadilar. Ali karamallohu vajhahu
Rasulullohning oldilaridan tashqariga chiqqanlarida odamlar Rasulullohning ahvollari
nechuk dsb so‘radilar. «Ollohga shukrlar bo‘lsin ahvollari ancha yaxshi», deb javob
beradilar. Abbos ibni Abdumuttalib hazrati Alining qo‘llaridan ushlab turib: «Ey Ali,
Ollohga qasam ichib aytaman-ki, men Rasulullohning muborak yuzlarida
Abdumuttalibning so‘nggi soatlarida yuzlarida ko‘rgan holatni ko‘rdim. Shuning uchun
bizni Rasululloh huzurlariga boshlab kirsangiz. Agar xalifalik bizning haqqimiz bo‘lsa
unda bilib olamiz va gar bizdan boshqalar haqqi bo‘lsa talab qilamiz. Xalifalik bizni
haqqimiz ekanligini odamlarga tavsiya etadilar», dedilar.
Hazrati Ali Abbosning gaplariga javoban: «Ollohga qasamki, men hargiz bunday
qilmasmen. Agar u janob bizdan xalifalikni ma’n etsalar, xudoga qasamki, hech kim
bizga uni qaytarib berolmaydi, dedilar.
Kun choshgohga ko‘tarilgan vaqtida janob risolat maob sallallohu alayhi vasallamning
ruhi poklari fano olamidan baqo gulistoniga rabbil izzatning ne’matlaridan faraxbol
bo‘lishlik uchun parvoz etdi.
Mash’um xabar bir zumda butun Madinaga yoyildi. Kibor sahobalardan birinchi bo‘lib
eshitgan kimsa Umar ibni Hattob bo‘ldilar. Eshitgan zahotlaridayoq shoshilib
odamlarning oldilariga keldilar. Ularni to‘plab, ularning o‘rtasida turib: «Munofiqlar
Rasululloh vafot etdilar, deya da’vo etmoqdalar. Rasululloh alayhissalom o‘lgan emaslar,
lekin Rabbilarining oldiga, Muso alayhissalom ham qavmlarini qoldirib borganlari kabi
ketdilar. Muso alayhissalom qirq kundan keyin, hamma Muso o‘ldi, deb gap tarqatib
yurganida tirik qaytib kelganlar. Ollohga qasamki, Rasululloh ham Muso alayhissalom
qaytib kelganlaridek, albatta qaytib keladilar. Keyin esa Rasululloh o‘ldilar deb gap
tarqatgan kishilarning qo‘l-oyoqlarini qirqadilar», dedilar. Xabarni eshitgan onlarida Abu
Bakr ham masjidga qarab yugurdilar. Umar odamlar o‘rtalarida turib so‘zlab turardilar.
Hech kimga qaramay to‘g‘ri Rasululloh alayhissalom yotgan xonalariga kirdilar. Xonaning
bir yonida Janob Rasulullohning jasadi muboraklari oq yamaniy choponlariga o‘rab
qo‘yilganini ko‘rdilar. Gulgun chehralarini ochib yuzlaridan o‘pdilar. Faraxbaxsh yuzlariga
boqib, «Ey Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Olloh azalda yozgan ajal zavqini
tortibdilar-da», dedilar. Keyin gulgun chehralarini avvalgidek urab qo‘ydilar. Tashqariga
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |