www.ziyouz.com kutubxonasi
7
ko‘rsatmalaridan bo‘yin tovlamay to‘xtovsiz ravishda bajo keltirganlar. Biror ra’yilariga
qarshi o‘laroq fikr ham bildirgan emasdilar. Qanday bir masala ko‘ndalang kelmasun, har
qanday hodisa yuz bermasun Rasululloh, hazratlari hamma holda Abu Bakr (r. a.)
uchun, o‘z bolalaridan, ahli ayollaridan ko‘ra va moli dunyolaridan ko‘ra ham sevikliroq
bo‘lardilar. Janob risolat maob xushliklari boisida Abu Bakr (r. a.) har bir narsa-laridan
hech qanday qaroxiyatsiz voz kecha olardilar. Abu Bakr (r. a.) Ollohga bo‘lgan
iymonlarining natijasi o‘laroq, uning payg‘ambariga mana shunday jon fidoliklar
qilardilar. Rasululloh alayhissalom bir safar Oyisha onamiz bilan o‘z o‘rtalarida yuz
bergan bir voqeada hukm chiqarmoq uchun Abu Bakrni chaqirtirib kelganlarida Abu
Bakrning tutgan yo‘llari bunga eng yaxshi misol bo‘la oladi. Rasululloh alayhissalom
Oyisha onamizga qarab «men gapirib beraymi yoki siz gapirasizmi?» deganlarida,
Oyisha onamiz «siz gapiring, ammo faqat haqiqatni ayting, deydilar. Shunda Abu Bakr
o‘rnilaridan shartta turib qizlarining yuziga tarsaki tushiradilar. Va «Ey beadab, hali
Rasululloh haqiqatdan tashqari gapni gapirarmidilar!» deydilar. Ehtimol mana shu xodisa
va bunga o‘xshash yuz bergan hodisalar Abu Bakr (r. a.) ning iymonlari janob
risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam vasf etgan darajaga yetkanligiga dalil, hujjat
bo‘lib isbot etsa kerak. Janob sarvari olam «Butun yer yuzi aholisining iymoni Abu Bakr
iymoni bilan tarozuda solishtirilganda, albatta, uning iymoni ularning iymonlaridan bosib
ketgan bo‘lardi», deb marhamat etgandilar.
Hazrati Sodiqul amin alayhissalom Abu Bakr to‘g‘rilarida «agar men do‘st tutadigan
bo‘lsam edi, albatta Abu Bakrni do‘st tutardim. Lekin Islom birodarligi o‘zi kifoya qiladi»,
deganlarida Abu Bakr sha’nlariga ko‘p gapirilgan bo‘lmaydi. Balki janob risolat maobning
u janob haqlarida «Quyosh chiqishi va botishida Abu Bakrdan ko‘ra boshqa yaxshiroq
kimsaga duch kelmaydi», demaklariga ajablanmasa bo‘ladi. Abu Bakr raziyallohu anhu
zaiflarga g‘oyatda shafqatli, xushxulq, latofatli bo‘lishliklari bilan birgalikda din
dushmanlariga benihoya qattikqo‘l edilar Xususan, Madina shahriga to‘lib kettan
yahudiylarga nisbatan chek siz nafrat-la shiddatli muomalada bo‘lardilar. Ularning
tilyog‘lamaliklariga aldanib, yolg‘on maqtovlariga uchib, bergan ba’zi bir sovg‘alaridan
xush bo‘lib o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasdilar Mo‘‘minlar buyoqda qolib, ularni maqtashga
o‘tib ketmasdilar.
Rasululloh hazratlarining payg‘ambarliklarshi o‘zi tavrotdan o‘qib bilgani holda inkor
etganida Pinxos ismli yahudiyga qattiq tanbeh berganlari va «Olloh kambag‘al, biz
boymiz, Olloh bizga muhtoj bo‘ladi», degan vaqtida og‘ziga qarab ayamay urganlari u
janobning iymonlari qanchalik quvvatli ekanligiga, ishonchlari mustahkamligiga dalil
bo‘lolsa kerak. Xalifalik mansabiga minganlaridan keyin ahli riddalarga qarshi
urushmoqlik uchun muzokara ketayotgan vaqtda tutgan o‘rinlari u janobning
sobitqadam bir kishi ekanliklarini isbot etsa kerak. Umar (r. a.) «Zakot berishdan bosh
tortganlarga qarshi urushmang», deb iltimos qilganlarida Abu Bakr qatiy suratda rad
etganlari va bu bilan dinning haybatini va sharafini saklab qolishda o‘zlarini tutishlari u
janobni qanchalik sohibi ra’y kishi ekanliklarnni ko‘rsatolsa kerak. Qur’oni karim bir
necha mavzularda Abu Bakr Siddiq sha’nlariga ishora qilgandur. Surai Laylda shunday
deyiladi: «Bas, kimki bersa va o‘zi taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa, biz uni tezda
osonlikka yo‘llaymiz».
Surai Nurda qarindoshlarn bo‘lgan Mistah bo‘hton qiluvchilarga qo‘shilib Oyisha
onamizni bo‘hton qilganligi uchun unga berayotgan ehsonlarini bermayman deb qasam
ichgan paytlarida u janobga ishoratan shunday deyilgan: «Sizlardan bo‘lgan boylar va
ne’mat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va Ollohning yo‘lidagi muxojirlarga ehson
qilmoqlikdan qasam ichmasun. Ularni avf etsunlar va kechirsunlar. O’zingiz ham Olloh
sizni kechirishini istamaysizmi. Olloh kechiruvchi mehribon zotdur».
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |