www.ziyouz.com kutubxonasi
5
quraysh mushriklaridan haddan ziyoda izo jafolar chekayotganlarini ko‘rib, ularga
bemalol ibrat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish hamda dinlarining asosini kenglikka
yoyishga erisha olishga sharoit yaratish uchun Madina shahriga ko‘chib borishlariga
ruxsat etdilar. Juda ko‘p musulmonlar Makkadagi yer-suvlardan, hovli-joylaridan ba’zilari
esa boyliklaridan xam kechib Madinaga ko‘chib ketishdi. Makkada juda oz musulmonlar
qolishdi. Shular qatorida Abu Bakr ham hanuz jo‘nab ketmagan edilar. Ustozlari va yo‘l
ko‘rsatuvchilari bo‘lgan Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib birodarlari va
hamkorlariga ergasharoq Madinaga ko‘chib borishlikka ruxsat so‘radilar. Shunda Risolat
panoh sallallohu alayhi vasallam: «Kutib turing, shoyad Olloh subxonahu vataalo sizga
biror yo‘ldoshni belgilasa», dedilar. Hazratning gaplarini eshitib Abu Bakr sohibin nazir
va bashir janoblarining o‘zlari ushbu tarixiy safarda hamroh bo‘lishliklarini his etdilar.
Rasululloh alayhissalom har kuni kechqurun Abu Bakrning hovlilariga borardilar. U yerda
ko‘p vaqtlarini o‘tkazardilar. Quraysh mushriklari esa o‘zlarining majlisxonalariga
to‘planib bu janob taqdirini nima qilish tug‘risida bosh qotirardilar. Mana u Madinada
o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchilarga ega bo‘ldi, juda ko‘p safdoshlari Madinaga
ko‘chib borib o‘rnashdi. Endi nima qilishim kerak?» deya tinmay kengashlar
o‘tkazishardi. Mana shu majlislarida shayton boshliqlaridan bo‘lgan bir iblisi la’in,
ularning hozir qanday qaror qabul qilishlarini kuzatib turardi. Ular turli takliflarni o‘rtaga
tashlashdi. Shaytonsifat chol esa hammasini rad etaveradi. Oxiri munfiqlar sardorlaridan
bo‘lgan Abu Jahl o‘rnidan turib majlis a’zolariga har bir qabiladan bittadan qonxo‘r
yigitlarni atrofdan taklif etdi. Abu Jaxlning rejasi bo‘yicha, bu qonxo‘r yigitlar Rasululloh
eshiklari yonida payt poylab, ertalab Rasululloh odatlariga binoan, masjidga namoz
o‘qimoq uchun hovlilaridan chiqqanlarida birdaniga tashlanishlari, hazratning aziz
jonlariga qasd qilib, o‘ldirmoqlari zarur edi. «Shunday qilinsa,— dedi u la’in,—
Muhammadning qoni butun qabilalarga tarqalib ketadi, natijada Abu Mannof urug‘i
majburan xunbahosini olishdan o‘zga chorasi qolmaydi». Ushbu taklifdan Iblis benihoya
shodlandi va uni qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin tayyorgarlik ko‘rishga kirishdilar.
(Ular ham tadbir ko‘rdilar, Olloh ham tadbir ko‘rdi. Olloh eng yaxshi tadbir ko‘ruvchidir!)
Olloh subhonahu o‘z payg‘ambarini kofirlar qilayotgan yashirin xiylalaridan xabardor etdi
va Madinaga xijrat etmoqliklariga amr qildi. Safar yo‘llarini Olloh subhonahu ko‘rsatib
berdi. Shundan so‘ng Rasululloh alayhissalom darhol Abu Bakrning hovlilariga jo‘nadilar.
Borib xabarni aytdilar. «Safarga tayyorgarlik ko‘ravering», dedilar. Abu Bakr (r. a.) esa
allaqachon safar jabduqlarini tayyorlab, ikkita nor tuyani uzoq yo‘lga mo‘ljallab boqib
turardilar. Abu Bakr Rasulullohdan xabarni eshitgan onlarida ko‘zlaridan sevinch yoshlari
oqdi. Ummul Mo‘‘minin Oyisha onamiz shunday deydilar:
— «Men hech kimni Rasululloh Abu Bakrga, «siz men bilan Madina safarida hamroh
bo‘lasiz», degan paytlarida shodlikdan yig‘laganlaridsk yiglaganini aslo ko‘rmadim.»
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tuzib berilgan ko‘rsatma bo‘yicha do‘stlari va
rafiqalari Abu Bakr (r. a.) bilan birgalikda uylaridan chiqib Savr nomli g‘orga yetib
keldilar. G’orga avval Abu Bakr kirib, ichini tekshirib, do‘stlariga zarar yetkazadigan biror
hasharot yo‘qligiga ishonch xosil qilib xotirjam bo‘ldilar. Yo‘lda borishayotganda Abu
Bakr goh oldinga o‘tib, goh esa orqada qolib yurdilar. Rasululloh alayhissalom nega
bunday qilayotganlarini so‘raganlarida «Goho oldinga o‘tib ketishim — yo‘lni tekshirib
biror xavf yo‘qligini bilib kelish uchundir. Gohida orqada kolishim — yana orqamizdan
biror kimsa ergashib kelayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib men yo‘liqay deganligimdan edi»,
dedilar. Ular g‘orda berkinib yotganlarida izlariga tushganlar yaqiniga kelib izlashganda
Abu Bakr Rasulullohni xavfdan ogoh etib, qattiq xayajonga tushdilar. «Agar birontasi
shunday pastga qarasa, bizni ko‘radi», dsganlarida, Rasululloh u janobga qarab: «Ey,
Abu Bakr, ikki kishining uchinchi xamrohi Ollohning o‘zi bo‘lsa, nsga gam qilasiz», dsya
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |