www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Mana bu odamning o‘z qavmiga yangiliklar kiritgani kabi biron kishining yangaliklar
kiritib fitna qo‘zgaganini ham bilmaymiz. Endi u dinimizni ayblamoqda, aqlimizni
kamsitmoqda, olixalarimizni esa obro‘sizlantirmoqda. Boshimiz qotib, nima qilishni ham
bilolmay qoldik.
Mushriklar shunday deb turgan paytlarida Rasululloh hazratlari behosdan kirib kelib,
rukn oldiga yetib qoladilar. Ularning yonlaridan o‘tayotganlarida ular axmoqona so‘zlar
aytib Rasululloh hazratlarini masxaralashdi. Rasululloh hazratlari tavof qilib bo‘lgach,
yana ularning oldilaridan o‘tadilar. Mushriklar beandisha gaplarini yana takror aytishadi.
Shunda Rasululloh hazratlari ularga qarab: «Ey, quraysh jamoalari, men sizlarga
qurbonlik keltirdim», deydilar. Odamlar biror narsa deb javob berishga yarolmay jim
bo‘lib qolishadi. Keyin tarqalib ketishadi. Ertasiga yana to‘planishib, kechagi bo‘lib o‘tgan
gaplarni eslashadi. Shunda bittasi o‘rnidan turib, ularga: «Ey, qurayshlar, kecha uni
yo‘qligida rosa chaynadinglar. Oldingizga kelganida esa lom-mim deyolmay qoldinglar-
ku?» dedi.
Ular suhbatlashib turgan onlarida Rasululloh hazratlari baytulxaramga adl qadamlar
bilan kirib keladilar. Shunda ular janobi sarvari olamga har tomondan itday tashlanib,
«senmi hali bizga falon-falon gapni aytgan», dsb so‘roqqa tutadilar. Sarvari koinot dadil
«Ha!» deb javob berganlaridan so‘ng oralaridan bittasi belbog‘ini yechib Rasulullohning
muborak bo‘yinlariga solib bo‘g‘moqqa boshlaydi. Bu holni ko‘rgan Abu Bakr ularning
oldiga tezlik bilan yetib keladilar. Ularga qarab: «Qanday badbaxt kishisizlar! Axir
«rabbim — yagona olloh!» degan kimsani bekordan-bekorga o‘ldirmoqchimisizlar?!»—
deydilar. Ular endi Abu Bakrga tashlanib, uzun soqollaridan tortqilab, urmoqqa
boshlaydilar. Ular hech ayamay rosa do‘pposlab, urib azob berishadi. U janob uylariga
boshlari yorilgan holda, og‘riq zo‘ridan aziyat chekib, arang yetib keladilaru hushlaridan
ketib qoladilar. Ancha vaqt behush bo‘lib yotadilar. Hushlariga kelgach, birinchi savollari
«Rasulullohning ahvollari qanday?»— deb so‘rashlik bo‘ladi. «Yaxshi» deyishlariga ham
qanoat qilmay, ko‘ngillari xotirjam bo‘lmay, onalariga va yana bir qo‘shnilariga suyanib
Rasulullohning hovlilariga yo‘l oladilar. Rasululloh alayxissalomning nodonlar qo‘lidan
eson-omon qutulganlarini ko‘rib, xursandliklaridan o‘zlarini tutib turolmay Rasululloh
hazratlarini quchoqlab oladilar.
Ha! Islom yuksalishi yo‘lida mana shunday jonfidoliklar ko‘rguzishgandi! Olloh yo‘lida
jonlari o‘zlariga hech qanday qiymatsiz tuyulgandi. Ular jonlarini aziz bilib, uzoq tinch
yashab yuraylik, deb quyon yuraklik qilishmay, «bizning hayotimizdan ko‘ra olloh
kalimasining yer yuzida o‘rnashib oliy bo‘lishligi qiymatliroq, muhimroqdir», deb
bilishgandi. Zero, ular insoniyatni jon-dillaridan sevadigan, unga yaxshilikni xolis dil
bilan istaydigan yuksak ong egalari, ko‘zi ochiq kimsa edilar. Shuning uchun narsalar
qiymatini baholashda xatoga hech yo‘l qo‘yishmagandi. Harakatlari zoe ketmadi. Nomlari
abadiyat taxtasida hurmat-ikrom martabasiga yozilib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |