Abu Bakr Siddiq (r. a.), o‘zlarining sodiqlaridan, sevikli habiblaridan bir nafas ham
sotti qilgani biror yoqqa borganlaridagina biroz fursat ajralishga majbur bo‘lardilar.
Ishlarini bitkazgach, tezdan yana do‘stlarining yonlariga qaytib kelardilar. O’zlarida
bo‘lgan bor narsalarini xoh arzon, xoh qimmat bo‘lsin, din g‘alabasi yo‘liga ayamay sarf
qulni Islom dinidan qaytarish uchun azoblayotganini, qumloq sahroga olib chiqib qaynoq
qumlarga yotqizib ustlariga og‘ir toshlarni bostirib qiynayotganini ko‘rdilar. Berilayotgan
Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
azob qulning faqat iymonini ziyoda qilardi xolos. Shunchalik qiynoq va azoblar chekib
turgan paytida ham og‘zidan yagona «AHAD», «AHAD» degan so‘z chiqardi, xolos. Abu
Bakr, Umayya shaytondan Bilol ibni Rabbox raziyallohu anhuni katta pul barobariga
sotib oladilar. Keyin esa Olloh uchun va rabbil olamin hidoyat qilib yo‘llagan Islom
muhabbati uchun uni ozod qilib yuboradilar.
Umar ibni Hattobning Zamir Rumiya ismli cho‘rilari bo‘lar edi. U ayol Umardan
avvalroq Islom diniga musharraf bo‘lgandi, Hazrat Umar uni qattiq qiynab, juda ko‘p
martaba urganlari natijasida cho‘rining ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgandi. Ammo shu holatida
ham rabbil olamin ko‘rsatgan yo‘lidan chetga toymagandi. Ko‘zidan ajralsa-da,
iymonidan ayrilmagandi. Abu Bakr bu cho‘rini sotib oladilar. Keyin esa ollohning rizoligi
yo‘lida ozod etib yuboradilar. Cho‘rining kuzlari ojiz bo‘lib qolgan paytda qurayshlar,
«mana bu mochag‘ar Lot va Manotning qarg‘ishrga qoldi», deb gap-so‘z yuritgandilar.
Ularga qarab baxtli ayol shunday degandi:
— Bu gaplaringiz behuda. Lot va Manot hech narsani bilmaydi va hech narsa
qilolmaydi ham. Mening mehribon rabbim esa hamma narsaga hatto meni ko‘zimni
qayta ochib qo‘yishga ham qodirdur!
Ertasiga tong otganda ollohning marhamati tufayli ayolning ko‘zi qayta ochilib yorug‘
dunyoni yana ko‘rishga muyassar bulgandi. Qurayshlar buni kurib, bu Muxammad ibni
Abdullohning sehridan bo‘lgan ish degandilar. Qurayshlar yolg‘on aytgandilar, buyuk
Olloh esa rost aytgandi.
Abu Bakr Siddiq (r. a.) faqat mana shu ikkovlariiigina ozod etib qolmagandilar. Balki
Omir ibni Fuxayrni, Ummu Unaysni va Abr ibni Juminaning joriyasi bo‘lgan ikki qizni ham
va bulardan boshqa yana qancha-qancha kishilarni ozod etgandilar. Shunchalik ko‘p
mollarini Olloh yo‘lida sarflaganlari sababidan hatto Olloh taolo u janob haqlarida oyat
nozil qilgandi. Mazmuni: «Kimki bersa va taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa bas, biz uni
skonlikka yo‘llab qo‘yamiz».
U janob mana shu martabaga loyiq bo‘lganlar. Islomga dohil bo‘lgan vaqtlarida
boyliklarining qiymati qirq ming dirhamga yetgandi. Mana shu ulkan boylikdan Madinaga
xijrat etayotgan paytlarida faqatgana besh ming dirxam qolgandi, xolos. Boshqasini
Olloh dinining g‘alabasi yo‘lida sarf etib yuborgandilar. Rabbilariga yo‘liqqan onlarida esa
yonlarida hech qanday boyliklari xam kolmagandi.
Do'stlaringiz bilan baham: