Mavzu: O’quvchilarning darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari



Download 41,08 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi41,08 Kb.
#309495
Bog'liq
fizika



Mavzu: O’quvchilarning darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari.

Reja:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.

  2. O’quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi.

  3. O’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishga ko’nikmalarini oshirish.

  4. O’quvchilarning fizikadan uy mustaqil ishlari

  1. Xulosa .

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish


Respublikamiz birinchi Prizidenti I.Karimov O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylari ishtirokidagi 2010-yil 30-sentabrdagi majlisida qilgan ma’ruzasida shunday degan edi: Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ,,Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo`lining beminnat charog`bonidir’’ degan hikmatli so`zlari beixtiyor yodimizga tushadi. Bunday yuksak haqoniy baho farzandlarimizni jismonan va manan yetuk, barkamol insonlar etib o`stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va mas’uliyatlik ishni o`z zimasiga olgan yurtimizdagi ming-minglab jon kuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz shaniga munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz.

Darhaqiqat ko`z nuri va qalb qo`rini butun ongli hayotini yosh avlodga tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topdirishga bag`ishlangan, bir so`z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlarning kundalik olijanob mehnatingiz oldida ta`zim etsak arziydi, albatta.

Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta`lim sohasidagi eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadryat va an`analarimizga, jahon ilg`or tajribalariga asoslanib hayotimizni tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta`lim-tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratib bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yo`lda safarbar etmoqdamiz.

Mohiyati va ahamiyatiga ko`ra chindan ham noyob ,, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va uning uzviy davomi bo`lgan ta`limni rivijlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o`tib, o`z hosilini berayotgani halqaro jamoatchilik tomonidan e`tirof etilayotgani barchamizga haqli ravishda g`urur iftixor bag`ishlaydi. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo’lida yaratilgan

barcha imkoniyatlar keng e’tirof etilyotgan bir paytda, biz eng avvalo bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og’ir va mas’uliyatli mehnatining o’rni va ahamiyati chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy e’tiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz.

Davlat umummilliy dasturining asosiy maqsadi va vazifalaridan biri ta’lim muassasalarini malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash ularning salohiyatini oshirib o’qituvchilar tayorlash tizimini takomillashtirishdir. Mazkur tamoilga jiddiy munosabat bilan e’tibot qaratadigan bo’lsak o’qituvchilar uchun juda katta mas’uliyat talablar, vazifalar va ishonch mavjudligini e’tirof etamiz.

Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Buni birinchi yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning quydagi fikirlarida yaqqol ko’ra olamiz:

,, Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga bu keng jamoatchilik butun halqimizning ishtiroki va qollab-quvatlanishini talab qiladigan umumiy masaladir “

Yurtimizda boshlangan islohotlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazish muammolarining asosiy yechimlaridan biri malakali, fidoyi bakalavr darajasiga ega bo’lgan o’qituvchilarni tayorlashdir. Bunda ularga quydagi asosiy talablar qo’yiladi: har bir bakalavr darajasidagi o’qituvchilar o’z ishiga bo’lgan mas’uliyatni tubdan o’zgartirish ularda tashabuskorlik pedagogik faoliyatga bo’lgan ijodiy munosabatini shakillantirish shaxsiy javobgarligini oshirish; ularning o’z sohasida kompetentli yani o’z ishining ustasi bo’lishi o’z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilishi zarurligi.

Fizika fani o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakillantirishda tayanch fan fizika darslari esa uning ahamiyatli manbasi hisoblanadi. O’quvchilar dunyoqarashi tabiati haqidagi tushunchalari fizika fani qonunlarini o’rganish jarayonida amalga oshirilsa ikkinchidan bu jarayonda ularga bilim va tarbiya berishda psixo-pedagogik asoslarni hosil qilish davomida amalga oshiriladi. Dunyoqarashni shakillantirishda o’qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qilinadi. Bunda dars o’tish jarayonida turli metodlardan yangi innovatsion pedagogik texnalogiyalarni qo’llash ko’zda tutilgan.

Ta’lim berish tizimida qo’lga kiritilgan natija va uning tarmoqlari turlicha sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin. Ularni aniqlash tahlil qilish va o’lchash uchun xar xil kriteriyalar ishlab chiqilgan. O’quvchilarning bilish ko’nikmasining rivojlanishi bilan bog’liq holda V.P.Bespalko bilim xizmati natijasining to’rt darajasini aniqlagan va ularning ahamiyatini quydagicha yoritib bergan:

I daraja - tanishish: o’quvchilar boshqa shunga o’xshash obyektlar qatorida ushbu obyektni anglash farqlashi, ularni o’zlashtirish qobilyatlariga qarab farqlanadi. Tanishish darajasidagi o’zlashtirish ko’pincha o’rganish obyekti haqidagi umumiy qarashlar, fikirlash bo’lsa suhbat turidagi javoblar ,,ha-yoq”, ,,yoki” bilan chegaralanadi.

II daraja - reproduksiya: bu darajada o’quvchilar o’rganish obyekti bilan bog’liq harakatlarni og’zaki bayon qilib berish imkoniyati darajasidagi asosiy tushunchalarni o’zlashtiradi turli harakatlar va har xil tadbirlarni tahlil qiladi.

III daraja - to’liq o’zlashtirilgan bilim ko’nikmalar: bunda o’quvchilarning xizmati va bazi bir sinf ishlarini yechish uchun o’zlashtirilgan ma’lumotlarni egallash ko’nikmalariga ega bo’lishi.

IV daraja - transformatsiya : u o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakasini qo’llay bilish orqali turlicha qiyinchilikdagi vazifalarni yecha oladigan ma’lumotlarni egallashni ko’zda tutadi.

O’quv – tarbiya jarayonining yutug’i o’quvchilarning har bir darsga faol qatnashishi bo’lib hisoblanadi. Faollik bo’lsa o’quvchilar o’zlari qiziqib darslarni qoldirmay o’qituvchining aytganlarini tinglash yangiliklar bilan tanishish, ma’lumotlarini eshtish va mavzularni o’z vaqtida tushunib borishga intiladi.

O’quvchilarda bunday xususiyatlarni hosil qilish uchun o’qtuvchidan kuchli bilim izlanish va katta mahorat talab qilinadi. Demak :


  • Har bir darsni rejalashtirishda uning didaktik maqsadlarini aniqlab olish;

  • Mavzuga tegishli nazariya va amaliy tushunchalarni chuqur va har tarafdan o’rganib tayyorgarlik ko’rish, dars matni va uni bayon etishning ketma-ketligini tuzish;

  • Ko’rgazmaliy qurollar, tajribalar, mashg;ulotlar o’quv filmlaridan dars jarayonida o’rinli foydalanish;

  • Darsga bo’g’liq tarqatma didaktik materiallarni tayyorlash;

  • Mavzuning didaktik maqsadi, mazmuni, hajmi va fizika xonasining material - texnik ta’minlanishiga qarab dars usullarini tanlash.

O’quvchilarning darsga qatnashishini yaxshilash uchun sinalgan usullarning biri;

  • Darsni muammoviy o’qitish usuli

  • Darsning nositandart formasi;

  • Ilmiy izlanish usuli;

  • Darslik ustida ishlash;

  • Masalalar yechish;

  • Tajriba va topshiriqlarni bajarish.

O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.

Oliy o’quv yurtidagi o’quv - tarbiyaviy jarayon, umumtalim tizimidagi ushbu jarayondan tubdan farq qiladi. Oliy maktablarda o’rta ta’lim tizimidan farqli ravishda, har kuni beriladigan uy vazifalari va o’tilgan materialni takrorlash yo’q.

Ikkinchidan, auditoriyadagi ma’ruza va mashg’ulotlar qanchali yuqori darajada o’tkazilmasin, talabalar bilimining sifati, ularning mustaqil ishlashiga bevosita bog’liq. Mustaqil ish o’qituvchi tomonidan aniqlanadi va tegishli ko’rsatmalar berilib, bajarilishi nazorat qilib boriladi.

Umumiy fizikadan talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi: konspekt o’quv kitobi, qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, muataqil bilim olish malaka va ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat.

Talabalarni bunday ishlarga o’rganish oliy o’quv yurtida o’qitish boshqattan kundan boshlanishi zarur. Chunki ,, Mutaxasislikka kirish” kursidan boshlab, o’quv ishini tashkil qilishning barcha shakillariga : maruza, seminar amaliy mashg’ulotlar va boshqalar davom etadi. Bulardan talaba qanday mustaqil ishlarni bajarishi va ularning sifati o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Oliy o’quv yurtining har bir talabasi mustaqil ishlarni o;zi rejalashtirishi kerak, reja kundalik yoki haftalik bo’lishi mumkin. Mustaqil ishlarni rejalashtirish boyicha talabalarning tajribasi hisobga olinsa haftalik reja maqsadga muvofiq keladi, u quydagilarni o’z ichiga oladi:


  • Qaysi kuni, qaysi soatda, qaysi predmentni o’qiydi?

  • Qaysi kuni, qaysi soatda jamoat ishlariga qatnashadi?

  • Qaysi kuni, qaysi soatda, mustaqil ishlarni bajaradi?

  • Qaysi kuni qaysi vaqtda, to’garakga qatnashadi?

  • Qaysi kuni qaysi vaqtda, sport bilan shug’ullanadi?

Har bir haftaning oxirgi kunida talaba bir hafta davomida bajargan ishlari tog’risida xulosa chiqarib, o’zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak. Bunday xulosa chiqarishda, talaba, o’z ishiga haqoniy yondoshsa yo’l qoyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish oson kechadi.

Talaba mustaqil ishlarni bajarishda o’zining kuchigagina ishonishi zarur. U oldinda ko’p qiyinchiliklar kutayotganini esdan chiqarmasdan, ularni yengishga o’zini tayorlashi kerak.

To’g’ri yo’nalishdagi mutaxassislarning kasbiy tayorgarligiga qoyiladigan talablar, ularning ,, Mutaxassislik tavsifnomasida” ko’rsatilgan bo’ladi. Ularda, quydagicha talablar mavjud:


  • Bilimini muntazam o’stirib va rivojlantirib borish:

  • Ilmiy-texnik axborotlarni qidirishda va qo’llashda samarali usullardan foydalanish:

  • Mutaxassislik yo’nalishiga mos exsperiment o’tkazishni bilish.

Bular, talabalarning bilish faoliyatiga oid ,, umumlashgan usullar” ni tuzish kerakligini taqozo qiladi. Agar, bunday usullar qaysidir piredmentni o’rganishda shakillansa va boshqalarini o’rganishda, amaliy ishlarni bajarishda erkin qollaniladigan bo’lsa ularni ,, umumlashgan usullar” - deb atash mumkin. Boshqacha aytilganda ,, umumlashgan usul” deb keng qo’llanuvchi, ummumiy xususiyatga ega bo’lgan usullarga aytiladi.

Talabalarga umumlashgan usullarning, shakillanishi, birinchidan, o’quv jarayoniga sarflanadigan vaqtni tejashga, ikkinchidan, bilimlarni yuqori darajaga yetishiga uchunchidan, topshiriqlarni tezroq bajarishga ya’ni aqliy mehnatning samaradorligini oshirishga olib keladi. Masalan, talabaning bilimini mustaqil tarzda oshirishga asosiy o’rinni o’quv adabiyotlari egallagani uchun ilar bilan samarali ishlashga, quydagi usullarni shakillantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi;



  • O’quv materiallarini mantiqiy tahlil qilib uning asoslarini ajratib olish;

  • Hodisa va jismlarning xossalarini ko’rsatuvchi fizik kattaliklarning o’zro bog;lanishini ifidalovchi formulasini matematik yo’l bilan chiqarishini mustaqil bilish;

  • O’qilgan matnni, grafiklarini va jadvalini tushunish;

  • O’qib chiqanlarni o’z so’zi bilan aytib berish;

  • Darslikda berilgan materialni boshqa kitoblardan o’qiganlari bilan to’ldirish;

  • Katalik bilan ishlashni va bibliografiya tuzushni bilish;

  • O’qiganlarini konspekt qilishni ma’ruza tezisini yozishni va bayon qilish rejasini tuzishni bilish;

  • Bir nechta adabiyotlar bilan ishlashni bir masala bo’yicha turli qarashlarni tahlil qilishni, materialni umumlashtirish va xulosa chiqarishni blishi zarur.

Talabalar o’quv adabiyotlari bilan ishlashning umumlashgan rejasini tuzishni ilmiy bilimlarning asosiy tarkibiy elementlarini topishni bilishdan boshlash kerak .

So’ngra talabalarni bilimlarining har bir elementini o’zlashtirishiga oid qo’yiladigan talablar bilan tanishtirish zarur.

Darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ishlash madaniyatining ayrim ijtimoiy elementlari bilan talabalarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun talabalarga juda zarur bo’lgan quydagi tavsiyalarni keltiramiz:

1. Kitob bilan to’g’ri ishlash uchun energiyani vaqtni ortiqcha sarf qilmaslik talab qilinadi. Ishlash jarayonida vaqtdan va ish vazifasidan to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. O’qigan materialni esda saqlab qolish uchun ertalab yani inson miyyasi charchamagan holatda samarali bo’lishi hammaga ma’lum. Talabalar ertalabki simenada o’qishsa ular mashg’ulot tugagandan so’ng 1.5 soat o’tgach kitob bilan ishlasa, unumli bo’ladi. Aqliy mehnatni unumli bo’lishni bosh omili, ish joyini qulay bo’lishini ta’minlovchi shartlardir.

Talabalar o’zlarini kitoblarini yozuv qo’g’ozlarini chizma va yozuv qurollarini har doim toza va ehtiyot qilib saqlashi zarur. Ish joyining chap tomonidan yetarli darajada yorug’lik tushib turishi kerak.

2. kitobni o’qishni boshlashdan avval quydagi ishlarni amalga oshirish zarur, kitobni qisqacha tafsifnomasi bilan tanishish, mualliflarning familasi, ismi-sharifini nomini, bosmaxonasiga nashr qilingan shahri va yilini, nechanchi marta nashr qilinganini bilib olish, maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlarning ahamiyati katta bolib ular kitob togrisida umumiy tushuncha beradi; qanday kitob, yangimi yoki eskimi u o’qilayotganini bildiradi; u kmlarga moljallab yozishganini bilishga imkon beradi.

Shundan so’ng kitobning birinchi varaqlaridan, uning rejasi va tarkibi bilan tanishib chiqish mumkin. Kitobning kirish qismi bilan tanishish, uning mazmuni to’risida va uning boblari, bo’limlari paragraflari mavzularga bo’lingan materiallarni qanday tizimga solinganligi to’g’risida tasavvur qilishga imkon beradi. Talabaga ushbu axborotlarni bilib olish, kitob to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishga va uni o’qib o’rganishga qulaylik to’g’diradi. Kitob bilan oldindan tanishib chiqish, ya’ni rasm, diagramma va jadvallarga nazar tshlash foydali hisoblanadi.

3 Kitobni boblar bo’yicha o’qishni boshlashdan avval, o’qib o’rganish zarur bo’lgan bobni korib chiqish kerak. Natijada uning umumiy mazmuni materialni qanday darajada bayon qilinishi va ko’rgazmaliligi namoyon bo’ladi. Bunday ko’rib chiqishga 10-15 daqiqa vaqt saflanadi.

4 Paragraflar bilan ishlash maxsus metodikani talab qiladi. Chunki har bir paragraph bir-biri bilan mantiqiy bo’g’langan to’laqonli savollarni o’z ichiga oladi. Fizika kursining ayrim paragraflari fizik hodisa va kattaliklarga, ular orasidagi bog’lanishni ifodalovchi qonunlarga, formulalarga, nazariyalarga, texnik jarayonlarga bag’ishlangan bolishi mumkin.

Kitob matni bilan ishlashga ijodiy yondoshish samarali bo’lishi uchun uni mexanik darsda o’qish, maqsadga muvofiq emas. Matnni diqqat bilan ishlab chiqish talaba o’z so’zi bilan uni tizimli ishonchli qilib aytib va tushuntirib berishga intilish, yaxshi natija beradi. Talabalarning bilimini malaka va ko’nikmalarini nazorat qilish ularning bilimini o’stirishga va predmentni samarali o’qitishni boshqarish quroli bo’lib hisoblanadi.

Kibernetik nuqtai – nazardan qaraganda, talabalarning bilimlarni o’zlashtirishni nazorat qilish o’qitishda teskari bog’lanish prinsipini qo’llash bo’lib hisoblanadi. O’qitish jarayonida tashqi (o’qituvchilarni shaxsiy nazorati) va ichki ( talabaning shaxsiy nazorati ) nazoratlarning bo’lishi maqsadga muvofiq. O’qituvchining nazorati har bir talabaga, o’zining bilim olish natijasini ko’rishga imkon beradi. Nazoratni kompleks tarzda qo’llanilishi o’quv – tarbiyaviy jarayonning sifatini oshirishga olib keladi.

Nazoratning quydagi funksiyalari mavjud:



  1. O’qitish –amalga oshirilayotgan teskari bog’lanish tufayli talaba bilan o’qtuvchiga bilim, malaka va ko’nikmalarning darajasini, ularda mustaqillikni va o’zlashtirishda faollikni shakillantirib, o’quv jarayoniga sezilarni ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  2. Nazorat - talabalarning o’quv faoliyatini jadallashtirishga va natijasini kuzatib borishga imkon beradi.

  3. Rivojlantirish - talabalarning muvafaqiyatli o’qishini, ularga tasdiqlashni, asoslashni, hodisadagi bo’g’lanishlarni topishni va qonunlarni amalda qo’llashni bilishini talab qiluvchi savollar orqali nazorat qilinadi.

  4. Tashkillashtirish - tralabalarni hayot tarzini yetarli darajada tashkil qilishga erishish va o’quv qurollari bilan muntazam ishlashini amalga oshirish bilan ularda mustaqillikni va masuliyatni shakllantirish.

O’quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi

O’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qtuvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi. Bu vaqtda o’qtuvchi kuzatib rahbarlik qilib turadi.

Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quydagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin:


  • O’quv va ma’lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash;

  • Masala yechishda turli ish shakkillari ;

  • Labaratoriya amaliy ishlar;

  • Qiduruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar;

  • Tarqatma materiallar bilan ishlash;

  • Kinematik sxemalar bilan ishlash ;

  • O’rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va refaratlar tayorlash;

  • Tajribalarni kuzatish va undan xulosalar chiqarish;

  • Asboblar va ko’rgazmalar tayorlash va hokazo

Mustaqil ish qanday bo’lishidan qatiy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi. U mustaqil ishning hajmi va mazmunini, darsdagi o’rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o’uvchilarga yo’llanma beradi o’z – o’zini nazorat qilishga o’rgatadi. Mustaqil ishlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi lozim.

Agar o’qituvchi o’quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko’rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa, o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi shakillanib boradi.

Darslik o’quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlaridagi asosiy vositadir. O’rta maktabda o’qish davrida o’quvchilar kitob bilan ishlaganda quydagi ko’nikma va malakaga ega bolib chiqishlari lozim.


  1. Hodisalarni asosiy belgilarini qonunlarning mohiyatini ajrata olishlari;

  2. Rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;

  3. O’qiganlarni rejalarini tuza olishlari;

  4. O’qiganlarini o’z tillari bilan mantiqan ketma –ket va boshqa materiallar bilan to’ldirilgan holda bayon qila olishlari;

  5. Mustaqil ravishda formulani kelib chiqishlarini tushuna olishlari;

  6. Mundarija nom va ism ko’rsatkichlaridan foydalana olishlari;

  7. Katalog bilan ishlay olishari va bibliografiya tuza olishlari lozim.

Kitob bilan yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichga amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichning vazifasi o’quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang’ich ko’nikma va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o’quvchilarga soddda materiallar berilib o’quvchilar uni o’qib o’qituvchi oldindanqo’ygan savollarga javob topadilar.

Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qo’yilib o’quvchilar oldindan tayorlab qo’yilgan, bir turdagi ko’pgina matnlarga oid bo’lgan ummumlashtiruvchi rejalar asosida matndagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning ummumlashgan rejalari quydagichadir.

Fizik hodisani o’rganish rejasi



  1. Hodisaning belgilari, uning ta’tifi.

  2. Hodisaning sodir bo’lish va kuzatish sharoiti.

  3. Hodisaning hozirgi zamon tasavurlari asosida tushuntirish.

  4. Hodisani boshqa hodsalar bilan bo’g’lanishi.

  5. Hodisaning amalda qo’llanishi.

Fizik kattaliklarni o’rganish rejasi

  1. Berilgan fizik kattalik ifodalaydigan xossa

  2. Kattaliklarning boshqa kattaliklar bilan bo’g’lanishini ifodalovchi formula

  3. Kattaliklarning ta’rifi.

  4. O’lchov birligi.

  5. O’lchash usullari.

Fizik qonunlarni o’rganish rejasi

  1. Berilgan qonun qanday kattaliklar orasidagi bo’g’lanishni ifodalashi.

  2. Uning ta’riflanishi.

  3. Qonunlarni tasdiqlovchi tajribalar va eksperimental faktlar.

  4. Qonunni hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida tushuntirish.

  5. Qonunni amalda qollanishiga misollar.

Uchinchi bosqichda o’quvchilar tomonidan matn turini aniqlash mahorati mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilar matndagi asosiylarini aniqlab aytib berish rejasini tuzadi. Ularni nutq madaniyatlari ham o’sadi.

To’rtinchi bosqishda o’quvchilarning aralash matnlar bilan ishlash mahorati shakkilanib boradi. Masalan, hodisa va uni xarakterlovchi kattaliklar, asboblarning tuzulishi va ishlatilishi.

Beshinchi va oltinchi bosqichlarda o’quvchilar mustaqil ravishda kanferensiyalarga ma’ruzalar tayorlaydilar, referatlar yozadilar.

Mustaqil ishlash qanday bo’lishidan qatiy nazar uning natujasi doim tekshirishi va muhokama qilib borishi lozim. So’rash individual frontal masala yechishda tajriba o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin.

O’qituvchi o’quvchilarni kitob bilan ishlashini tashkil qilgan holda yangi materialni o’rganish strukturasini bir necha variantini ko’rib chiqadi. Darslik yandi axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Darslik bilan ishlash asosiy o’rinni egallab darsda o’quvchilar faoliyatini qanday tashkil qilishga bog’liq boladi. Bir misol ko’rib chiqaylik.

Dars mavzusi ,, Elastiklik kuchi “

O’qituvchi avval o’quvchilar oldiga bu darsda hal qilishi lozim bo’lgan muammoni qo’yadi, so’ngra ularni ishga jalb qiladi va darsdagi materialdan foydalanish kerakligini ta’kdlaydi. Umumlashtirib qoyilgan vazifani hal qilish yo’llarini tahlil qiladi. Bir vaqtning o’zida materialning asosiy masalalarini ko’rsatib o’tadi.

Dars vazifasini ilgari surish

Quydagi hodisalarni so’zlab beramiz; stol ustida yotgan kitob yerning tortish kuchiga qaramay undan tushib ketmaydi. Ma’limki stolni biroz qiya holatga keltirsak ham kitob sirpanib tushib ketmaydi. Bunday faktlarni har qadamda uchratamiz va bolalikdan ularga ko’nikib qolganmiz.

Bu hodisalarni sababi nima? Bu savol oddiy emas. Avval bu holatlarda namoyon bo’ladigan kuchlarning umumiysini qidiramiz.

O’quvchilarni qo’yilgan vazifani hal

qilishga kirishtirish

O’quvchilarga darslikdan ,, tabiatdan kuchlar “ bobining krish qiismini o’qib chiqib, qo’yilgan savolga javob toppish taklif qilinadi. Darslikdagi matnda to’g’ridan -to’g’ri javob yo’q. u yerda ,, elektiro magnit kuchlar “ tushunchasi yoritiladi va elastiklik kuchi haqida bilim beriladi. Ammo elastiklik kuchining paydo bo’lish sababining yoritishning dars boshlanishda qo’yilgan savolga javob berish imkonini beradi.

O’qituvchining ummumlashtirishi

O’qituvchi ko’rib chiqilgan material tahlilni so’hbat uslubi bilan olib boradi. So’hbat ko’rib chiqilgan rejasi bo’yicha olib boriladi.


  1. ,, Elektiromagnit kuchlar “ atamasining yoritilishi:

  1. Qanday kuchlar elektirik kuchlar deyiladi? ( bu kuchlar ta’sirini namoyon qiluvchi belgilar; bu kuchlarning yuzaga kelish sharti: bu kuchlar kattaligining nimaga bog’lig’ligi).

  2. Harahatdagi elektr zaryadlari tinch holatdagi elektr zaryadlariga nisbatan qanday xususiyatga ega?

  3. Elektiro magnit kuchlar deganda nimani tushuniladi?

  1. Elektiromagnt kuchlarning yuzaga kelish sababi, ya’ni ularni tabiati:

  1. Qanday holatda jism elektr jihatdan neytral bo’ladi?

  2. Atomlararo o’zaro ta’sir kuchini yuzaga keltiruvchi tashqi sabablar.

Qo’yilgan vazifaning o’qituvchi

tomonidan bajarilishi

Elastiklik kuchining harakterli tomonlarining yoritilishi:


  1. Elastiklik kuchining tabiati : ( O’quvchilar rejaga asosan elastiklik kuchi tabiatiga ko’ra elektr kuchlari ekanligini asoslaydilar.)

  2. Kuchning asosiy belgilari va ularni aniqlash :

  • Uning hosil bo’lishini harakterlovchi hodisa;

  • Kuchning yo’nalishi;

  • Kuch qo’yilgan nuqta.

O’quvchilar o’qigan materialni o’qituvchi umumlashtirib, o’quvchilar etiborini elastiklik kuchini matnda ko’rsatilgandek aniqlashga qaratadi va elastiklik kuchining umumiy belgilari bilan solishtirgan holda ta’kidlaydi.

  1. Deformatsiya jismlar, jismlar qisimlarnin o’zaro ta’sirining xarakteristikasi sifatida:

  • Jismlarning deformatsiyalanishiga olib keluvchi o’zaro ta’sir xarakteristikasi sifatida:

  • Deformatsiya sababi; deformatsiya jism qismlarining bir – biriga nisbatan harakati jarayoni;

  • Deformatsiya oqibatlari uning natijasi – elastiklik kuchi;

  • Deformatsiyaning yuzaga kelish sharti;

  1. Deformatsiyani xarakterlovchi kattaliklarning o’zaro aloqasi:

  • Deformatsiyaning qattiqlikka va ko’chish vektorining moduliga bog’liqligining tajribada tasdiqlanishi;

  • Guk qonuni ( deformatsiyani xarekterlovchi kattaliklarning miqdriy bog’lanishi).

O’quvchilarni mustaqil ishga qiziqishlarini

Rivojlantirish

Fizika o’qitishning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:


  1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish – asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o;quvchilar oldiga bizni o’rab turgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini shakillantirish; asosiy tabiy ilmiy qildirish metodlari bilan tanishtirish.

  2. Materialni o’rganish jarayonida o’quvchilarning xotiralarini boyitish bilan birga ularning ijobiy qobilyatlarini ham rivojlantirish.

  3. O’quvchilarning ilmiy dunyo qarashlarini shakillantirish.

  4. Fizika asoslarini o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalab borish; g’oyaviy – siyosiy, harbiy- vatanparvarlik, baynalmillat, axloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish.

  5. O’quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishini amalga oshirish.

Bularning birorytasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo’lmaydi. Ular hammasi o’qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlarini mustahkamlash orqali o’quvchining dialektik- materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyo qarawlari shakillanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.

Fizika darslarida o’quvchilar ongiga dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabiatdagi hodisalar bir-birida bog’langanligi; moddiy dunyo xossalarining bitmas – tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini to’g’ri shakillantirish demakdir.

O’quvchilar moddalarning atom va molekullalardan tuzilganligini o’rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko’rinishi – maydon haqiqati tushuncha bilan ham tanishadilar.

Butun fizika kursi davomida materiya o’zaro bog’langan ikki ko’rinishda, ya’ni modda va maydon ko’rinishida namoyon bo’lishini ko’rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o’quvchilar oldiga to’g’ri shakillantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko’rib chiqish muhim ahamiyatga egadir.



  1. Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham ,, modda “ ham ,, maydon” zarralarini xarakterlaydi.

  2. Korpuskulyar to’lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taaluqlidir. Korpuskulyar va to’lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristilkasidir.

  3. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.

  4. Har ikkala ko’rinishdagi zarralar barqaror bolishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo’lishlari ham mumkin.

O’quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar ( atom, molekula, makro-qism…) hosil qilishiga qaratilmog’I lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Zarralar o’zaro maydon orqali tasirlashadi.

O’qituvchi fizika darslariga turli harakatlarni sekin- asta o’rgatib borishi orqali o’quvchilarni harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.

Maktabda avval o’quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekulyar harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektro magnit induksiya hodisasini o’rganish vaqtida mexanik harakat ( o’tkazgichning magnit maydondagi harakati ) bilan elektronlar harakati orasidagi bog’lanishdir.

Nazariy fikrlashni rivojlantirishga deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga bo’lgan diqqat kuchaytiriladi. Bu yerda modda tuzulishning malekulyar – kunetik nazariyasi, elektron nazariya elementlari o’rganiladi, ular asosida turli agregat xolatlardagi moddalarning fizik xossalari tushuntiriladi va turli muhitlarda sodir bo,ladigan elektron hodisalar o’rganiladi. Yaxshi nazariya faqat xodisalarni tushunish vositasi bo’lib qolmasdan, shu bilan birga ularni keyinchalik xotirada qayta tiklash vositasi hamdir.

Hosil bo’lgan ko’nikmalar yetarlicha yuqori bosqichgacha rivojlantiriladi, natijada o,quvchilarning bilish qobilyatlari o’sadi. Shu tufayli borgan sari hajmi ortib borayotgan ilmiy axborotni o’zlashtirishga va qayta tiklashga o’quvchilar tayyorlangan bo’ladi. Ular fizikada olgan bilimlarni boshqa predmentga ko’chira oladigan bo’ladilar.

Qiziqish – o’qish yangilikni bilish uchun eng muhim ommilardan biridir. Uning ta’sirida faollik ortadi, xotira takommilashadi, tasavur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to’plash o’sadi.

Fizikani o’rganishda o’qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o’qituvchilar o’rganishga qizishishni rivojlantirish maqsadida turli usullarni qo’llaydilar. Yaxshi tayorlangan namoish tajribalardan foydalanish va mustaqil eksperiment o’tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llanilishini ko’rsatadigan masalalar yechish o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.

Masalan, o’quvchilarni quydagicha masalalar qiziqtiradi;



  1. Faqat suvli menzurka yordamida yog’och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin?

  2. Faqat toshlari bilan tarozi va suvli idish bilan jism hazmini qanday aniqlash mumkin?

O’quvchilarga quydagicha loyihalash elementlari bo’lgan masalalarni taklif etish mumkin.

O’quvchilarni ilmiy bilimlarini bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobilyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quydagilarni ko’rsatish mumkin;



  • O’quv materialini ilmiy va qat’iy sistemad bayon qilish;

  • Darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo’ilgan muammoni hal etishga o’quvchilarni jalb qilish;

  • Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib boorish;

  • O’quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi topshiriqlarni bajarib borilishi;

  • O’quvchlar o’zlari qiziqgan masalalarni ilmiy ommabob adabiyotlardan o’rganganligini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;

  • O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o’qish, kino va telefilmlarni ko’rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika xodisalarini kuzatish orqali javob topishlari.

Fanda chuqur va mustahkam qiziqish yoqotish uchun o’quvchilarning fikrlash qobilyatlarini va diqatini faollashtiruvchu, ilmiy texnika revalutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qollash lozim.

O’quvchilarning fanqa qiziqishlarini tarbiyalash ko’pgina texnik masalalarni hal qilishlarida yordam beradi.

O’quvchilarni fizikada qiziqishlarini yoqotishdagi asosoy manba – o’qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o’quvchilarning bilish faoliytlarini tashkil qila olishdir.

O’quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib berishi lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakillantirish uchun avval o’qituvchining o’zi o’sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishi aniq tasavur qilmog’i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma – ketligini tuzib keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar ( amallar) bajariladi.

Ilmiy bilimlarning tuzulma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o’zlashtirilishda bo’lgan umumiy talablar o’rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo’yiladi. O’quvchilar anashu rejaga ko’ra amallarni bajarib boradilar. Masalan; hodisani o’rganish rejasi taxminan quydagicha:


  1. Hodisani boshqa shunga o’xshash hodisalardan ajratish mumkin bo’lgan tashqi belgilarni aniqlash.

  2. Hodisani sodir bo’lish sharoitini aniqlash.

  3. Labaratoriya sharoitida hodisani kuzatish ( agar uni bajarish mumkin bo’lsa ).

  4. Hodisani boshqa hodisalar bilan bog’lanishini o’rganish.

  5. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodir bo’lish mexanizmini tushuntirish.

  6. Hodisaning miqdiriy tasnifini uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlash.

  7. Hodisaning amaliyotda qo’llanishlari bilan tanishing.

  8. Hodisaning uy sharoitida va tabiatda kuzatish ( agar bunga imkon bo’lsa ) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash.

  9. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo’llari bilan tanishish.

Bu reja hamma hodisalarni o’rganish uchun umumiydir.

Fizik tajribalarni bajarishda umumlashgan faoliyat quydagicha;



  1. Tajribaning maqsadining aniqlashtirishga.

  2. Tajriba asosida yechilishi mumkin bo’lgan muammoni ta’riflash.

  3. Tajribani bajarish uchun zarur bo’lgan sharoitni aniqlash.

  4. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o’ylab topsh.

  5. Ish stolida tajribani o’tkazish uchun zarur bo’lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o’tkazish uchun zarur bo’lgan asboblarni mustaqil ravishda topish.

  6. Tajriba qurulmasini yig’ish.

  7. Tajribani bajarish tartibini o’ylab topish, qanday o’lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma ketligini aniqlash.

  8. Kuzatilgan hodisaning va o’lchashlar natijasini o’zi yozishning eng ratsional usulini aniqlash.

O’qituvchilarni fizikadan uy mustaqil ishlari

O’quvchilarning uy mustaqil ishlari o’quv jarayoninig zaruriy elementlaridan biridir. Uy mustaqil ishlari faqat kitobni olib kelish va masala yechish bo’lmay ko’proq ijodiy xarekterdagi topshiriqlardan iborat bolishi kerak.

Uy ishini mazmuni va hajmini aniqlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi lozim.

O’qituvchi uy ishini bajarishga oid ko’rsatmalar berishda ishning maqsadi va ahamiyatini ochib beradi. Uni bajarishda oid tavsiyalar beradi. Mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va uni bartaraf qilish yo’llarini aytib o’tadi, o’z – o’zini nazorat qilishning maqsadga muvofiq keladigan usulini tavsiya qiladi.

Ba’zan uy vazifani ikki, uch variantda berish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda fizikada qiziqmagan o’quvchilarni qiziqtirish imkoni tug’uladi. Ular ishlarning o’zlariga yoqqanini tanlab bajaradilar. Ular uy ishi haqida qisqacha hisobot yozadilar. Bu esa fikirlarini aniq va qisqa bayon etishga o’rgatadi. Kuzatgan hodisa va tajribalarni tasvirlashga o’quvchilar chuqur o’ylab, asosiylarni ajratishga o’rganadilar.

Nazariya material o’quvchilardan frontal yoki doska oldida shaxsan so’ralishi mumkin. Uy ishlarini qaydarajada bajarganlari o’quvchilar daftarlarini o’zaro tekshirish yoki savol javob orqali aniqlanishi ham mumkin.

Masala yechishning tekshirishning oxshash masalani ishlatish yoki vazifani yechish yo’lini o’rnidan turg’izib so’rash orqali amalga oshirish mumkin. O’quvchilarning uy mustaqil ishlarini daftarlarini davriy ravishda tekshirib, baholab boorish, daftarlariga bir necha baho qoyilgandan keyin ularni ummumlashtirib jurnalga ham baho qoyib borilishi lozim.

Uy vazifalarni yangi mavzudan oldin, uni o’tish paytida, masala yechish, tajriba o’tkazish, dars oxirida, takrorlash darslarida tekshirish mumkin.

Sinfdan tashqari ishlar maktabning o’quv – tarbiyaviy faoliyatining ajralmas va muhim qismidir. Uning maqsadi fan, texnika, madaniyat sohasida o’quvchilarnng ijodiy qobilyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarda fizikani o’rganishda qiziqish uyg’otadi, fan texnikaning yangi yutuqlari bilan tanishtirib boradi, tashabbuskorlikni, mustaqillikni, jamoatdoshlik va o’rtoqlik hissini qo’yilgan maqsadga erishdagi qat’iylikni tarbiyalaydi.

Sinfdan tashqari ishlar ikki guruhga bo’linadi; 1) yaxshi o’zlashtirmaydigan p’quvchilarga konsultatsiya va qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazish ekskursiyalar tashkil etish; 2) fizika, fizika – texnika to’garaklari, fizika kechalari, konferensiyalar, olimpiada va tanlovlar, maktabda fizika haftaligi, devoriy gazetalar chiqarish, ko’rgazmalar tshkil qilish, fizik asboblar tayorlash va hokazo. Guruh mashg’ulotlari to’garaklardir. Ommaviy mashg’ulotlar fizika kechalari tanlovlar fizika haftaligi…

To’garak - fizika va texnikadan muntazam ravishda o’tkazilgan sinfdan tashqari ishlarning asosiy shaklidir. Uni fizika va texnikaga qiziquvchilar uchun tashkil qilinib, mavzusini o’quvchilarning moyilligiga qarab uzoq muddatga mo’ljalandan holda tanlanadi. To’garaklar a’zolari 10-15 tagacha bo’ladi. Agar hohlovchilar soni ko’p bo’lsa, ular guruhlarga bo’linadi; bir oyda ikki marta to’garak a’zolari bilan, ikki marta guruhdagi o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashg’ulot vaqti 6 – 7 sinflarda 1 – soat yuqori sinflarda 1.5-2 soat, amaliy ishlar 1-3 soat bo’ladi.

Birinchi yig’ilishda tashkiliy ishlar ko’rilib to’garak oqsoqoli saylanadi, asboblarni tarqatib, yig’ishtirib oluvchi shaxs va redkollegiya tayinlanadi.

6- 7 sinf o’quvchilarni fizika – texnika to’gariga asosan radiotexnika elektrotexnika va boshqa texnika asoslari bilan tanishtirish mo’ljal qilinadi. Buning uchun avval murakkab bo’lmagan asboblar yig’ib keyin o’rganiladi. Bunday yo’l 6 – 7 sinflar uchun qo’llaniladi.

Fizika kechasi maktabda fizikadan sinfdan tashqari ishlarni ommalashtirishni eng oson amalga oshiriladigan samarali, ko’p mehnat talab etiladigan tadbirlardir. Bir necha o’quvchi ma’ruza tayorlaydi boshqalari tajriba o’tqazadi, devoriy gazeta chiqaradilar, o’zlari asboblar tayyorlaydilar. Kechani o’tkazishda turli sinf o’quvchilari qatnashadi. Asosiy ishlarni fizika to’garagi a’zolari bajaradi.

Maktablarda ko’p hollarda quydagicha kechalar o’tkaziladi; qiziqarli fizika kechasi; rizika va texnikaning ayrim muammolarga bag’ishlangan kechalar, u yoki bu omillarning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan kechalar, ijodiy mushoirlar va hokazo.

Kechaga tayorlanishni o’qituvchi shunday tashkil etish kerakki, u ijodiy va o’ziga jalb etuvchi jarayonga aylanib ketsin. Unda har bir o’quvchi o’zini mahorati va bilimini ro’yobga chiqara olsin. Kechaga tayorlanish rejasi quydagilarni o’z ichiga olishi lozim.


  1. Kecha dasturini tuzish.

  2. Boshqaruvchi va ma’ruzachilarni aniqlash.

  3. Tajribalarni tanlash.

  4. Konkurs va viktorinaga savol va masalalar tanlash.

  5. Tasvirlovch material tayorlash va uni namoish qilish vositalarini aniqlash.

  6. Badiy qism qatnashchilarining tayyorgarligini o’tkazish.

  7. Xonani jihozlash, chiroyli e’lon chiqarish taklifnoma tayyorlash.

  8. Kecha o’tayotgan paytida navbatchilik tashkil qilish.

  9. Tanlovlar natijasini baholash uchun hayat tashkil qilish.

  10. Tanlovda g’olib chiqanlarga mukofotlar tayorlash.

Kecha o’tkazishga misol tariqasida bionikadan ,, muxandis va tabiat “ mavzusiga oid kompleks kechani qisqacha ko’rib o’taylik. Kechani musobaqa shaklida o’tkazish ham mumkin. Buning uchun to’rtta sinfdan bitta jamoa tuzuladi. 7 – 8 tadan o’quvchi bo’ladi. Har bir jamoaga alohida mavzu beriladi. Jamoalar mavzularni chek tashlash yo’li bilan oladilar.

Bu kurs ishidan asosiy xulosa o’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlarini tashkil qilishga qaratilganligi muhim jihatlaridir. O’quvchilarga mustaqil ishlar o’qituvchi tomonidan berilib nazorat qilib boriladi.O’qituvchi mustaqil ish berayotganda o’quvchilarning yoshiga qarab va ular bu mustaqil ishni bajara olishlarini bilishi kerak va mustaqil ishlar qiziqarli tarzda olib borilishi kerak.Agar o’qituvchi o’quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko’rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi shakillanib boradi. O’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni malum vaqt ichida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi. Muataqil ishlar turli ko’rinishda bo’ladi misol uchun fizika fanini olsak ; o’quv va malumotnoma adabiyotlar bilan ishlash, masala yechishda turli ish shakllari, labaratoriya amaliy ishlari qiduriv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar tarqatma materiallar bilan ishlash v.h.

O’rta talim bilan oily talim tizimi o’rtasida sezilarli farq bor. O’rta talimda o’quvchiga mustaqil ish o’qituvchi tomonidan berilib unga ko’nikma va bilim berilib boriladi va nazorat qilinadi.Oliy talimda talaba mustaqil ishlarini o’z ko’nikma va tajribalariga asoslanib bajarib boradi.Har bir haftaning ohirgi kunida talaba bir hafta davomida bajargan ishlari to’g’risisda xulosa chiqarib,o’zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak.Eng muhimii o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishni taminlash undan tashqari o’quvchilarni o’z ustlarida ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatish o’qituvchilarning vazifalaridan biridir

Foydalanildan adabiyotlar ro’yxati



N. Sadriddinov, A. Rahimov, A. Mamadaliev, Z. Jamalova Fizika o’qitish uslubi asoslari Toshkent - ,, O’zbekiston “ – 2006

  1. Maxamatrasul Djo’rayev Fizika o’qitish metodikasi Toshkent ,, Abu matbuot – konsalt “ 2015

  2. Tursunov , T. Jumaev, Ch. To’shpo’latov ,,Fizika o’qitish metodikasi” Qarshi-2010 y.

Download 41,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish