4-variant. 100 bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi. 1000 bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi Boshlang’ch sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlar mazmuni. 1-sinf matematika darsi uchun soatlik dars reja ishlanmasini



Download 349,5 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi349,5 Kb.
#414348
  1   2
Bog'liq
Xo\'sinova Gulyor 14-variant.




14-variant.

  1. 100 bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi. 1000 bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi..

  2. Boshlang’ch sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlar mazmuni.

  3. 1-sinf matematika darsi uchun 1 soatlik dars reja ishlanmasini tuzing.

  4. 2-sinf uchun matematik diktant variantlarini tuzing.(kamida 5ta)

  5. 2-sinf matematika fani ish rejasini tuzing.

Javoblar.
1. 100 ichida raqamlash metodikasi.Mavzuni o'rganish masalalari: 1.o'quvchilarni yangi sanoq birligi o'nliklar bilan tanishtirish. 2.xonalar bo'yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o'nlikdan iboratligini, bitta o'nlik esa o'nta birlikdan iboratligini o'rgatish. 3. 46 sonidagi ikkita bir sonni bildirishini tushuntirish 4.raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo'shish va ayirish ko'nikmalarini shakllantirish. 5.ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o'lchov birliklari uzunlik (dm, m) haqida tushuncha berish. 6. 100 ichida sonlani raqamlashni o'rgatishda predmetlani bittalab va guruhlab sanashga o'rgatish: 7. 100 ichida sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish xona birliklari bilan tanishtirish. raqamlashni o'rgatish ikki bosqichga ajratiladi: 11-20 sonlarni raqamlash sonlarni raqamlash. dan katta sonlami yozma raqamlash sanoqda birliklarni guruhlashga va raqamlarning o'rin qiymatlari tamoyilini qo'llanishga asoslangan: o'ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o'ringa, o'nliklar ikkinchi o'ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir malakalani mustahkamlash bo'yicha ish davomida o'quvchilar bir xonali son va xonali son atamalari («bir xonali son» va «ikki xonali son» atamalarini o'quvchilar o'zlashtirishlari, ularni tushunishini va o'z nutqlarida ulardan foydalana olishni o'rganishlari kerak) bilan tanishadilar.o'quychilarga quyidagi ko'rinishdagi topshiriqlarni berish yo'li bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak: 1) quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlami alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19… 2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini ta ortiring. ularni o'qing?. 3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so'ngra ikki xonali sonlarni yozing. 4) faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali ikki xonali son yozing.

1000 ichidagi sonlarni hosil bo'lishi va o'qilishi 1. 1) alohida turgan cho'plarni 1 dan 10 gacha sana. 10 ta cho'p 1 ta o'ntalik cho'p bo'ladi. 2) o'ntalik cho'plarni sana. 10 o'ntalik cho'p 1 ta yuztalik cho'p bo'ladi. 3) yuztaliklarni ham shunday sanash: ta yuztalik - yuz 6 ta yuztalik- olti yuz 2 ta yuztalik - ikki yuz 7 ta yuztalik etti yuz 3 ta yuztalik - uch yuz 8 ta yuztalik - sakkiz yuz 4 ta yuztalik - to'rt yuz 9 ta yuztalik - to'qqiz yuz 5 ta yuztalik - bez yuz 10 ta yuztalik - ming 2. 1) yetmishdan yüzgacha 10 tadan qo'shib sanash. 2) yuzdan oltmishgacha 10 tadan kamaytirib sanash. 3) sakkiz yuzdan minggacha 100 tadan qo'shib sanash. 4) mingdan besh yuzgacha 10 tadan kamaytirib sanash.


3. 5 m 2 dm * 2 m 5 dm 8 m 2 dm * 6 m 9 dm
6 m 7 dm * 7 m 1 dm 3 m 2 dm * 8 dm
4. O'quvchilarning ikki guruhi 42 tup olmaning hosilini yig ib olishi kerak edi.
Birinchi guruh butun ishning 1/4 qismini bajardi. Ikkinchi guruh necha tup olma
hosilini yig'ib olishi kerak?
5. Baliqchi 12 ta laqqa baliq va undan 6 ta ortiq zog'ora baliq tutdi. U tutgan
balig'ining 1/3 bo'lagini o'rtog'iga berdi. Baliqchi o'rtog'iga nechta baliq bergan?
6. Mehnat darsi uchun har biri 20 so'mdan 26 varaq yashil qog'oz va bir quti
plastilin olindi. Olingan hamma narsa uchun 1000 so'm to'landi. Bir quti plastilin
necha pul turadi?
7.
72 : 2451 : 1727 * 3 - 3980 : 5 + 28
91 : 1380 : 164 * 16 - 5832 : 2 + 16
78 : 654 : 932 : 2 + 3960 : 3 + 80
42: 368 : 418 * 4 + 1875 : 5 + 18

2.Har qanday matematik ob’yekt ma’lum xossalarga ega. Masalan: kvadrat to'rtta tomon to'rtta to'gri burchak, teng diogonallarga ega. Kvadratning boshqa xossalarini ham ko'rsatish mumkin. Ob’ektning xossalari orasida uni boshqa ob’yektlardan ajratish uchun muhim va muhim bo'lmagan xossalari farq qilinadi. Agar xossa ob’yekt uchun o'ziga xos va bu xossasiz ob’yektning mavjud bo'lishi mumkin bo'lmasa, bu xossa ob’yekt uchun muhim xossa hisoblanadi. Muhim bo'lmagan xossa – bu shunday xossalarki ularning bo’lmasligi ob’yektning mavjud bo'lishiga ta’sir etmaydi. Masalan: kvadratning yuqorida aytib o'tilgan xossalari muhim xossalardir, «ABCD kvadratning AD tomoni gorizontal holatda» xossa muhim xossa emas. Shuning uchun berilgan ob’yekt nimani anglatishini tushunib olish uchun uning muhim xossalarini bilish yetarli. Bunday holda bu ob’yekt haqida «tushuncha mavjud» deyishadi.


Ob’yektning barcha o'zaro bog’langan muhim xossalari to'plami bu ob’yekt haqidagi tushunchalar mazmuni deyiladi.
Umuman tushunchaning hajmi – bu aynan bir termin bilan belgilanuvchi barcha ob’yektlar majmuidir.
Shunday qilib har qanday tushuncha termin, hajm va mazmun bilan xarakterlanadi.
Tushunchaning hajmi va uning mazmuni orasida bog’lanish mavjud: tushunchaning hajmi qancha «katta» bo'lsa, uning mazmuni shuncha «kichik» bo'ladi va aksincha. Masalan: «to'g’ri burchakli uchburchak» tushunchasining hajmi «uchburchak» tushunchasining hajmidan «kichik», chunki birinchi tushunchaning hajmiga hamma uchburchaklar kiravermaydi, faqat unga to'g’ri burchakli uchburchaklar kiradi. Biroq birinchi tushunchaning mazmuni ikkinchi tushunchaning mazmunidan «katta»: to'g’ri burchakli uchburchak faqat barcha uchburchaklarning xossalarigagina ega bo'lib qolmay, balki faqat to'g’ri burchakli uchburchaklarga xos bo'lgan boshqa xossalarga ham ega.
Ob’yektni bilish uchun yetarli bo'lgan uning bu muhim xossalarini ko'rsatish ob’yekt haqidagi tushunchaning ta’rifi deyiladi.
Umuman, ta’rif –bu tushunchaning mazmunini ochuvchi logik (mantiqiy) opyerasiyadir.
Tushunchani ta’riflash usullari turlichadir. Dastlab oshkor va oshkormas ta’riflar farqlanadi.
Oshkormas ta’rif tenglik, ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega. Masalan, to'g’ri burchakli uchburchak – bu to'g’ri burchagi bo'lgan uchburchakdir. Agar «to'g’ri burchakli uchburchak» tushunchasini a bilan, «to'g’ri burchagi bo'lgan uchburchak» tushunchasini b bilan belgilasak, u holda to'g’ri burchakli uchburchakka berilgan maskur ta’rifning sxemasi quyidagicha bo'ladi: «a, b ning o'zi».
Oshkormas ta’rif ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega emas. Bunday ta’riflarga kontekstual va ostensiv ta’rif deb ataluvchi ta’riflar misol bo'la oladi.
Kontekstual ta’riflarda yangi tushunchaning mazmuni kiritilayotgan tushunchaning ma’nosini ifodalovchi tekst parchasi orqali, konteks orqali, konkret vaziyatning analizi orqali ochib beriladi. Kontekstual ta’rifga II – sinf uchun sinov darslarida keltirilgan tenglama va uning yechimi ta’rifi misol bo'la oladi. Bu yerda 3+x=9 yozuvi hamda sanab o'tilgan 2, 3, 6 va 7 sonlardan keyin matin keladi, «x – topilishi kerak bo'lgan noma’lum son. Tyenglik to'g’ri bo'lishi uchun bu sonlardan qaysi birini x ning o'rniga qo’yish kerak. Bu 6 sonidir». Bu tekstdan tenglama – topilishi kerak bo'lgan noma’lum son qatnashgan tenglik ekanligi, tenglamani yechish esa – x ning tenglamaga qo’yganda to'g’ri tenglik hosil bo'ladigan qiymatini topish ekanligi kelib chikadi.
Ostensiv ta’riflar ob’yektlarni namoyish qilish yo'li bilan terminlarni keltirib chiqarish uchun ishlatiladi, bunda ob’yektlar mana shu terminlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ostensiv ta’riflar yana ko'rsatish yo'li bilan ta’riflanadigan ta’riflar deb ham ataladi. Masalan: boshlang’ich maktabda tenglik va tengsizlik tushunchalari mana shunday usul bilan ta’riflanadi
2·7  2·6 9·3=27
78-9  78 6·4=4·6
39+6  37 17-5=8+4
Bular tengsizliklar Bular tengliklar.Yuqorida aytib o'tilgani dek, oshkor ta’riflarda ikki tushuncha bir biriga tenglashtiriladi. Ulardan biri ta’riflanuvchi tushuncha, ikkinchisi ta’riflovchi tushuncha deb aytiladi. Ta’riflovchi tushuncha orqali ta’riflanuvchi tushunchq mazmunini ochib beradi.
3. 1-sinf uchun 1 soatlik dars ishlanma
Dars mavzusi: 2 amalli masalalar
Ta’limiy maqsad: 2 amalli masalalar haqida oquvchilarga
tushuncha berish, oquvchilarning fikrlash faoliyatlarini
oshirish, masalar yechish usullarini orgatish va
bilimlarini boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish,
shahrimizni gullab
yashnayotganligini tushuntirish hamda masalalar yechishga qiziqtirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim, malaka va
konikmalarni oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Sayohat, musobaqa, savol-javob va hayotiy
personajlardan orinli foydalanish.
Dars jihozlari: Matematika darsligi, didaktik materiallar, magnitli
doska, televizor hamda DVD, testlar banki.
Darsning borishi: Oquvchilar 2 guruhga bolinadilar. “Qadrqimmatim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston” shiori ostida “
Epchillar” va “Chaqqonlar” musobaqasi otkiziladi.
“Salomlashuv” she’ri:
So’zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini,
Odob bog’in sharbatin,
Qalb gavharin qimmatin,
Qo’l berib shu so’z bilan.
Dillar qulfin ochamiz,
Aql nurin sochamiz –
Qaysi shirin so’z ekan?
Hamma: - Assalomu alaykum!
O’qituvchi: - Aziz bolajonlar, bugungi matematika darsimizni biz
ona yurtimiz Namangan shahrining kongil ochar joylariga sayohat qilib,
shaharni avtobusda aylanamiz. Avtobusga chiqishimizdan oldin chipta
olishimiz kerak. Buning uchun esa 2 ta guruh topshirilgan vazifani hal
etishi lozim. 1-guruh savatdagi sabzavotlarning orqasidagi misollarni
yechib, magnit taxtasidagi quyonchalar yoniga yopishtiradi. 2-guruh esa yong’oq daraxti maketidagi, yong’oqlar orqasidagi
misollarni yechib, olmaxonning yoniga qo’yadi.
Ikkala guruh misollarni yechishga kirishdi. 2-guruh tez va to’g’ri
yechdi. 1-guruh esa 1 ta xatoga yo’l qo’ydi. Shunday bo’lsa-da, chipta
qo’lga kiritildi. 2-guruh 1-shart uchun rag’batlantirildi. Demak
sayohatimiz “O’lkashunoslik” muzeyini tomosha qilish bilan
boshlanadi. Men muzeydagi tarixiy obidalar haqida o’quvchilarga
ma’lumot beraman.
Bu tarixiy obidani tomosha qilib bo’lgach, yana avtobusda
sayohatni davom ettiramiz. Yo’l-yo’lakay yana bir qiziqarli shart:
o’quvchilar qay darajada matematik atamalarni puxta bilishlarini
sinaymiz. Plakatda atamalar bo’g’inlarga ajratib yozilgan. O’quvchi shu
bo’g’inlarni biriktirib, atamani to’g’ri ayta olishi kerak. Qaysi guruh
o’quvchilari faol ishtirok etishsa , o’sha guruh shart g’olibi hissoblanadi.
O’quvchilar bu shartni ham bajarishdi. Bunda 1-guruh o’quvchilari shart
g’olibi bo’lishdi.
Sayohatimiz “Zaxiriddin Muhammad Bobur” bog’i tomon
davom etadi. Men bu inson va shu ko’ngil ochar joy haqida
o’quvchilarga ma’lumot beraman.
Endigi 3-shartimiz ham shu tarixiy bog’ bilan bog’liq. Hozirgi kunda
Namangan ko’chalari yanada chiroyli, bo’lishi uchun gullar va nihol
ko’chatlar ekilmoqda.
- Endi biz sizlar bilan nihol ko’chatlarni ekamiz.Men “Matematika”
darsligidagi 5-misolni og’zaki aytaman. Javobni to’g’ri topgan guruh
o’quvchisi plastilin yordamida nihol ko’chatini yer maketiga
yopishtiradi. O’yin shu tariqa davom etadi.
Bunda o’quvchilarning og’zaki hisobda qanchalik chaqqonligi sinaladi.
Bu o’yinda 1-guruh ishtirokchilari ko’proq nihol ko’chati ekishdi. Shu
sababli ular 3-shart g’olibi bo’lishdi. Darvoqe, ularni “Zaxiriddin
Muhammad Bobur” rasmi chizilgan kartochkalar bilan baholab bordim.
Yana sayohatimiz davom etadi. Dono xalqimizda bir hikmat bor: yurt
farovonligini bilay desang, uning bozorlariga boq. Shunday ekan, biz
parranda bozoriga tashrif buyuramiz.
Shu o’rinda magnitofon tasmasida “Jo’jalarim” qo’shig’i eshittiriladi va
ikkala guruhdan bittadan ikki o’quvchi jo’ja kiyimini kiyib, raqsga
tushadi. O’quvchilar bilan parranda to’g’risida suhbat o’tkazilgach,
darslikdagi 6-masala yozma ishlanadi.
Masala ikki amalli bo’lgani uchun bir necha usulda yechib
ko’rsatiladi.
Tovuq -15 ta
O’rdak -3 ta kam
Jami -?
Yechish: 1-usul.
1) 15-3=12 (ta)
2) 15+12=27 (ta)
2-usul.
(15-3)+15=27 (ta)
Javob: jami 27 ta
Masala ishlangach, sayohat davom ettiriladi. Hozirgi kunda
Prezidentimiz tomonida bolalar sportiga katta e’tibor berilmoqda. Shu
sababli “Paxlavon” sport majmuasiga sayohat qilamiz.
- U yerda o’quvchilarga bolalarning qanday sport turlari bilan
shug’ullanishlari haqida aytib o’tamiz. Guruhdagi qiz bolalar birbirlariga koptokni otib, she’r aytadilar. O’g’il bolalar esa fudbol o’yinini
o’ynaydilar. Bunda o’yingoh maketi, ikkala guruhda 8tadan ishtirokchi,
har bir ishtirokchilar oldida koptoklar, koptoklar orqasida esa “Amallar
ishorasini qo’yish” ga doir misollar: 7 2 1=8. Har bir guruhdagi o’g’il
bola koptokchalar orqasidagi misollarni yechib, raqib guruh darvozasiga
koptokchani tashlaydi. Bu shartda qaysi guruh o’quvchilari yutsa, o’sha
guruh shart g’olibi bo’aldi. Bunda 1-guruh qizlari she’r bahsida g’olib
chiqishdi, ammo o’g’il bolalar yutqazishdi. 2-guruhda esa aksincha. Shu
sababli bu shartda durang natija bo’ldi.
Endi o’quvchilar bilan test ishlaymiz. Mening qo’limda test
savoli va javoblari. Javoblar 3 xil rang ostida berilgan: qizil, ko’k, qora.
Savol va javob o’qilgach, o’quvchi to’g’ri javob qaysi rang ostida ekani
topadi va o’sha rangni ko’taradi. Masalan: Simba qaysi ertak
qahramoni?
Qizil rangda: “Sohibjamol va maxluq”;
Ko’k rangda: “Qirol sher”;
Qora rangda: “Buratino”.
O’yin shu tariqa davom etadi. Bunda 2-guruh ishtirokchilari g’olib
bo’ldi.
Sayohatimiz davom etadi. Keyingi sayohatimiz “Hayvonot
bog’i”
tomon davom etadi. Bu yerda o’quvchilarni ko’proq qiziqtirgan jonivor
“Tovus” bo’ldi. Tovus o’zining chiroyli qanotlarini ochganda yanada
go’zal bo’lib ketadi. “Tovus” surati chizilgan plakatda tovus qanotidagi
kartochkalar orqasida misollar berilgan. Qaysi guruh ishtirokchilari
misollarni to’g’ri bajargan bo’lsa, shart g’olibi bo’ladi. Bu o’yinda 1-
guruh ishtirokchilari g’olib bo’ldi.
Quvnoq raqs “Binafsha” guruhining “Lola” qo’shig’iga men
bilan birgalikda tushiladi.
Begona so’z o’yini, bunda charxpalak maketi yordamida
o’ynaladi. Charxpalakning bir tomonida uy hayvonlari va yovvoyi
hayvonlar. 2-tomonida meva va poliz ekinlari surati chizilgan. Guruhdan
ishtirokchilar chiqib, charxpalakni aylantiradilar. Qaysi meva yoki poliz
ekiniga tushsa, savollar beriladi. Masalan: 1)Bo’ri. 2)Tulki 3)Ot. 4)Ayiq.
Bu so’zlar orasida qaysi so’z begona va nima uchun. O’quvchilar
savollarga javob beradilar. G’olib guruh taqdirlanadi. Bu o’yinda ikkala
guruh ham barobar javob berishdi. Endi esa, darslikdagi 8-masala
og’zaki bajariladi.
Darslikdagi 9-masala poliz mahsulotlari yo’g’risida. Masala
yozma bajariladi.
Qovun – 10 kg
Tarvuz – 3 kg yengil
Ikkalasi - ?
Yechish: (10-3)+10=17 (kg)
Javob: 17 kg
Shu tariqa sayohatimiz oxirlab bormoqda. Sayohatimiz so’ngida
har bir guruhdagi kartochkalar sanaladi: 1-guruhda -6ta, 2-guruh -5ta.
Demak 1-guruh o’quvchilari g’olib bo’ldi. Sayohat darsi ham o’z
nihoyasiga yetdi.

4.






Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish