Atom fizikasi va kvant mexanikasi elementlari


  Frank va Gers tajribasi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#260401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-maruza. Атом тузилиши. Микрозарраларнинг корпускуляр-тўлқин дуализми.

26.4  Frank va Gers tajribasi 

1914  yilda  Frank  va  Gers  tomonidan  moxirona  amalga  oshirilgan  tajriba 

atomdagi  turg’un  holatlarni,  ya’ni  diskret  energetik  sathlarning  mavjudligini 

tasdiklandi. Bu tajribaning sxemasi 26.4-rasmda tasvirlangan. Havosi so’rib olingan 

idish  ichiga  simobning  bug’lari  kamalgan.  Katod  (K)  qizdirilishi  natijasida 



termoelektronlar  ajralib  chiqadi  va  ular  katod  hamda  tur  (T)  oralig’idagi  elektr 

maydon ta’sirida tezlatiladi. Katod va tur orasidagi potensiallar farqi bo’lsa, turdan 

o’tayotgan elektronning energiyasi bo’ladi.  

 Tur va anod (A) oralig’ida to’xtatuvchi kuchsizgina maydon hosil qilingan. 

Agar elektron katod va tur oralig’ida simob atomi bilan noelastik to’qnashmasa, u 

bemalol bu kuchsiz maydonni engib anodga etib keladi. 

  

Aksincha,  simob  atomi 



bilan 

noelastik 

to’qnashuv 

tufayli  energiyasini  yo’qotgan 

elektron  to’xtatuvchi  maydonni 

enga olmaydi va turga tushadi. 

To’rga 

tushayotgan 

elektronlar 

qanchalik 

ko’p 

bo’lsa  anod  zanjiriga  ulangan 



galvanometr qayd qilayotgan tok shunchalik kamayib ketadi. Tezlatuchi potensial 

ning  qiymati  reostat  yordamida  o’zgartirilishi  mumkun.  ning  qiymatiga  bog’liq 

ravishda anod tokning o’zgarishini ifodaluvchi egri chiziq 26.5-rasmda tavirlangan. 

Tezlatuvchi  potensialni  ortishi,  ya’ni  elektronlarning  kinetik  energiyasini  ortishi 

bilan, avval, tok ham orta boshlaydi  

26.5-rasm     

 

(xuddi elektron lampalardagidek). Lekin bu o’sish elektrnlar energiyasining 4, 9 eV 



qiymatigacha davom etadi. Shundan so’ng tok keskin kamayadi. Keyinchalik, tok 

yana o’sa boshlaydi, lekin elektrnlar energiyasi 9, 8 eV ga etganda, yana tok keskin 

kamayib ketadi. Tokning keyinchi keskin kamayishi elektronlar energiyasining 14,7 

eV qiymatida sodir bo’ladi. Tajribaning ko’rsatishicha, tok qiymatlarining keskin 

26.4-rasm 



kamayishi  elektronning  energiyasi  4,9  eV  ga  karrali  bo’lagan  hollarda  amalga 

oshyapti.  Bundan  simob  atomini  quyi  energetik  sathdan  yuqori  energetik  sathaga 

ko’tarish  uchun  4,9  eV  energiya  lozim,  degan  xulosaga  kelamiz.  Boshqacha 

aytganda, simob atomiga elektron faqat ma’lum ulush energiyani (ayni misolda 4,9 

eV ni) beradi 9,8 va 14,7 eV li elektronlar esa mos ravishda simobning ikki va uch 

atomi bilan to’qnashsa, har bir to’qnashuvda 4,9 eV dan energiya berib, ularni yuqori 

energetik  sathaga  ko’taradi.  Shu  tariqa  Frank  va  Gerts  tajribasi  atomning  turg’un 

holatlari haqidagi Bor g’oyasini isbotladi. 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish