Atom fizikasi va kvant mexanikasi elementlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#260401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11-maruza. Атом тузилиши. Микрозарраларнинг корпускуляр-тўлқин дуализми.

 

 

 26.6  Noaniqlik  prinsipi 

26.6-rasm 




Yorug’lik  (umumiy  holda  elektromagnit  nurlanish)  va  harakatlanuvchi 

zarra(ko‘pincha  “mikrozarra”  termini  ishlatiladi)lar  dualistik  hislatlarga  egaligi 

haqida  tajribalarga  asoslanib  ishonch  hosil  qilindi.  Endi  harakatlanayotgan 

mikrozarralarda  namayon  bo‘ladigan  de-Broyl  to‘lqinlarining  tabiati  haqida 

mulohaza  yuritaylik.  Ma’lumki,  elektromgnit  nurlanish,  xususan  yorug’lik  ham, 

to‘lqin nuqtai nazaridan fazoda o’zgaruvchi elektromagnit maydon tarqalishidir. De-

Broyl  to‘lqining  tarqalishi  esa  xech  qanday  elektromagnit  maydonning  tarqalishi 

bilan  bog’liq  emas.  Hatto  zaryadlanganmikrozarralarning  fazodagi  harakati  biror 

elektromagnit  jarayon  bilan  bog’liq  bo’lishi  mumkin-ku,  deb  faraz  qilaylik. 

Haqiqatdan, tezlanishga ega bo’lgan elektronning elektrmagnit to‘lqin nurlantirishi 

kuzatiladi.  Lekin  elektron  to’g’ri  chiziqli  traektoriya  bo’yicha  to’g’ri 

harakatlanayotganda  xech  qanday  elektromagnit  nurlanish  vujudga  kelmasligi 

yuqoridagi  farazni  inkor  etadi.  Xuddi  shuningdek,  de-Broyl  to‘lqininng  klassik 

fizikada  ma’lum  bo’lgan  boshqa  biror  to‘lqinga  o’xshatish  asossiz  ekanligini 

isbotlash mumkin. 

 

Umuman,  harakatlanayotgan  mikrozarralar  bilan  bog’liq  bo’lgan  de-Broyl 



to‘lqinlaprini klassik tushunchalar asosida tasavvur qilib bo’lmaydi. Haqiqatdan, 

biz  idrok  qiladigan  dunyoda  mikrozarralarga  o’xshash  ob’ekt  mavjud  emas. 

Mikrozarralar  bizning  sezgi  organlarimizga  bevosita  ta’sir  qilmaydi.  Biz 

mikrozarralarni  na  kura  olamiz,  na  seza  olamiz.  Mikrozarralar  biz  shu  vaqtgacha 

ko’rgan biror ob’ektga o’xshamaydi. U bir vaqtning o’zida ham zarra, ham to‘lqin 

xususiyatlarini  mujassamlashtirgan  maxsus  tabiatli  materiyadir.  Uning  tabiatining 

g’alatiligi  shundaki,  mikrozarra  dualistik  hislatga  ega,  lekin  u  bizning  klassik 

tasavvurimizdagi zarraga ham, to‘lqinga ham o’xshamaydi. 

 

Masalan,  yorug’lik  to‘lqin  yarim  shaffof  jismga  tushayotgan  bo’lsa,  ikki 



muhit chegarasidan yorug’lik qisman kaytadi, qisman sinib ikkinchi muhitga o’tadi. 

Boshqacha aytganda, yorug’lik to‘lqin qismlarga bo’linayapti. Agar bir muhitdan 

ikkinchi  muhitga  elektron  tushayotgan  bo’lsa,  u  ikkinchi  jismni  tashkil  etuvchi 

zarralar  bilan  ta’sirlashuvi  tufayli  yo  biror  burchakga  og’ib  harakatini  davom 

ettiradi, yo jism tomonidan yutiladi. Lekin elektronning bir qismi yutilib, bir qismi 



harakatni  davom  ettirgani,  ya’ni  uni  bo’linmaganligi  xech  qanday  tajribada 

kuzatilmagan. Demak, mikrozarraning harakati bilan bog’liq bo’lgan to‘lqin klassik 

tushunchadagi to‘lqinga o’xshamaydi. 

 

Endi  quyidagi  xayoliy  tajriba  bilan  tanishaylik.  Ikki  tasmasimon  tirqishli 



to’siqka (26.7-a-rasm) monoenergitik (ya’ni energiyalari bir xil bo’lgan) elektronlar 

oqimi  tushayotgan  bo’lsin.  Ekran  o’rniga  fotoplastinka  joylashtirilgan. 

Tirqishlardan  birini  berkitsak,  elektronlar  faqat  ikkinchi  tirqish  orqali  o’tadi. 

Fotoplastinkada  elektronlar  ko’proq  tushgan  sohalar  boshqa  sohalarga  nisbatan 

qoraroq bo’ladi. Shuning uchun elektronlar faqat ikkinchi tirqish orqali o’tgan holda 

fotoplastinkaning qorayishi 26.7-b-rasmdagidek, faqat birinchi tirqish orqali o’tgan 

holdagisi  esa  26.7-v-rasmdagidek  bo’ladi.  26.7-g-rasmda  biror  fotoplastinkaning 

o’ziga, avval faqat birinchi tirqish orqali, keyin faqat ikkinchi tirqish orqali elektron 

tushirilgan holda vujudga kelgan manzara tasvirlangan. 

Endi  ikkala  tirqishni  ham  ochiq  qoldirgan  holda  fotoplastinkaga  elektronlar 

tushiraylik. Bu holdagi manzara oldingi  holdagidek bo’lishi lozim edi. vaholanki, 

hosil bo’ladigan manzara xuddi kogerent yorug’lik to‘lqinlarining interferensiyasi 

tufayli vujudga keladigan manzaraga o’xshaydi (26.7-d-rasm). 

Bu  tajribadan  quyidagi  xulosaga  kelamiz:  har  bir  elektronning  harakatiga 

ikkala tirqish ham ta’sir ko’rsatadi. Ajablanarli darajadagi bu g’alati xulosa bizni 

«Axir elektron bo’linmas-ku! Shuning uchun u yo birinchi, yo ikkinchi tirqish orqali 

26.7-1-a, b, v, g, d, -rasm 



o’tishi  lozim»  degan  fikrga  olib  keladi.  Bunday  fikr  biz  o’rganib  qolgan  klassik 

tasavvurlarning oqibatida vujudga keldi. Aniqroq qilib aytganda, biz mikrozarrani 

o’lchamlari nihoyatda kichik bo’lgan mexanik sharcha deb tasavvur qilganligimiz 

uchun shunday fikrga keldik. Ammo o’lchamlari kichiklashgan sari mikrozarralarda 

yangi  g’alati  xususiyatlar  paydo  bo’lishini  hisobga  olgan  holda,  ya’ni 

mikrozarraning dualistik  hislatlarini hisobga olgan  holda  fikr  yuritsak,  yuqoridagi 

tajribalar  asosida  chiqarilgan  xulosa  ajablanarli  emas,  balki  mantiqan  to’g’ri 

ekanligiga ishonch hosil qilamiz. 

 

Shunday  qilib,  yuqorida  yuritilgan  mulohazalar  mikrozarralarning  harakati 



bilan  bog’liq  bo’lgan  De-Broyl  to‘lqinlarini  klassik  fizikadagi  biror  to‘lqinga 

o’xshatishdan  voz  kechish  lozimligini  ko’rsatdi.  Shuning  uchun  o’xshatish 

qidirmasdan De-Broyl to‘lqinlarining fizik ma’nosini anglashga harakat qilaylik. 

 

1926  yilda  M.Born  elektromagnit  nurlanish  hamda  harakatlanayotgan 



mikrozarralar dualistik hislatlarining umumiyligiga asoslanib De-Broyl to‘lqinining 

fizik ma’nosini statistik tarzda izohlab berdi. Haqiqatdan, fazoning biror nuqtasida 

yorug’lik  to‘lqini  amplitudasining  kvadrati  ayni  nuqtaga  tushayotgan  yorug’lik 

fotonlarining  soniga,  ya’ni  yorug’lik  intensivligiga  proportsional  edi.  Boshqacha 

aytganda, fazoning biror nuqtasiga fotonlarning tushish ehtimolligi ayni nuqtadagi 

yorug’lik to‘lqin amplitudasining kvadrati 

E

m



2

 bilan aniqlanar edi. Bunga kiyos 



qilib M.Born harakatlanayotgan mikrozarra bilan bog’liq bo’lgan de-Broyl to‘lqini 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish