M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

anemiya va limfoðeniya kuzatiladi. Òuxumlar tushishi (kirishi)

natijasida darvoza venasi trombozi, o‘ðka zararlanishi, diffuz hamda

o‘choqli ensefalit va meningoensefalit qayd etiladi.

Yaðon shistosomozi turli klinik simðtomlar mavjudligi bilan

xarakterlanadi. Ular orasida ichak va jigarning zararlanish belgilari

kuchliroq seziladi. Parazitlar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar

kuzatilishi mumkin, keyinchalik shistosomalar yetilishi vaqtiga kelib

kasallik simðtomlari aniq namoyon bo‘ladi. Yaðon shistosomozi

yashin tezligida o‘tishi mumkin. Bunda mahalliy belgilar bo‘lmagan

holda og‘ir simðtomlar hamda o‘tkir kolit, enterokolit va nafas

yo‘llari katari aniqlanadi. Rektoromanoskoðiyada tugunchalar va

mayda yaralar ko‘rinadi. Shistosomozning uncha bilinmaydigan va

belgilarsiz shakllari ham ma’lum.

Òashxisi. Kasallikni erta aniqlashda anamnez ma’lumotlari

(shistosomoz kasalligi bo‘yicha endemik o‘choqlar hisoblangan

joylarda bo‘lish, ochiq suv havzalarida cho‘milish), qonda eozino-

fillar sonining oshishi hamda allergik reaksiyalar mavjudligi katta


432

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ahamiyatga ega. Òanosil shistosomozida shistosomalarni aniqlash

uchun siydik bir necha marta tekshiriladi. Ayniqsa soat 10 dan 14

gacha oraliqdagi siydikni tekshirish (tuxumlarning maksimal ajrala-

digan vaqti) juda samaralidir. Siydikni tekshirish maqsadida sen-

trifuga qilinadi va hosil bo‘lgan cho‘kma mikroskoðda tekshiriladi yoki

membranali filtrlarda filtrlanadi. Sistoskoðiya o‘tkazilganda siydik

ðufagining shilliq ðardasida o‘ziga xos oqish-sariq rang va «qumsimon

dog‘lar» aniqlanadi. Kasallik boshlangandan 3—4 yil o‘tgach, siydik

ðufagi va siydik yo‘llari ohaklanadi. Ichak va Yaðon shistosomozida

najasda gijja tuxumlari ko‘ð marta tekshiriladi. Òekshirish uchun

material najas yuzasidan olinadi, chunki shu joyda tuxum ko‘ð

bo‘ladi. Najasdan tashqari ichak shilliq ðardalaridan qirib olingan

material ham shu tarzda ko‘ð marta tekshiriladi. Bulardan tashqari

rektoromanoskoðiya, bioðsiya va jigarni skanirlash usullari qo‘l-

lanadi.


Davolash. Davolash maqsadida  sutkasiga 1 kg tana vazniga 25 mg

dan niridazol (ambilgar), katta yoshdagi kishilar uchun sutkasiga 1,5

g dan ko‘ð bo‘lmagan miqdorda tayinlanadi (sutkalik miqdor 2

mahal, ya’ni ertalab va kechqurun). Davolash kursi 5—7 kun

davom etadi. Preðarat toksik ta’sirga ega. Ko‘ðincha EKG da o‘zga-

rish, holsizlik, mushaklarda og‘riq, allergik reaksiyalar va siydikning

to‘q rangga kirishi kuzatiladi. Òanosil shistosomozida metrifonat

qo‘llanadi. Preðarat 1 kg tana vazniga 7,5—10 mg miqdorda 1 mahal

tayinlanadi. Ichak shistosomozida oksamnixin 1 kg tana vazniga 10

mg dan kuniga 2 mahal buyuriladi. Shistosomozlarning barcha

turlarini davolaydigan eng foydali ðreðarat ðrazikvantel hisoblanadi.

Bu ðreðarat ichish uchun 1 kg tana vazniga 20—60 mg dan kuniga

1—3 mahal beriladi. Surma ðreðaratlaridan stibofen, antiomalin va

boshqalar hozirgi kunda shistosomozlarni davolashda  qo‘llanil-

maydi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Asosiy



tadbirlar quyidagilardan iborat: 1) shistosomoz bilan kasallangan

barcha bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash; 2) molluskalarni

yo‘qotish; 3) tuðroq va suv havzalarining odam ajratmalari bilan

ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 4) shaxsiy ðrofilaktika — shis-

tosomalar serkariyalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvni ishlatmaslik.

Maxsus ðrofilaktikasi ishlab chiqilmagan.



433

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Nazorat savollari

1. Shistosomoz nima?

2. Odamda shistosomozning qanday turlari uchraydi?

3. Shistosomoz ðatogenezi haqida gaðirib bering.

4. Ichak shistosomozi qanday kechadi?

5. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Oðistorxoz (oðisthorchosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — oðistorx (oðisthorchis felineus) birinchi marta

1884-yilda Sibirda mushuklarda aniqlangan, shuning uchun mushuk

yoki Sibir so‘rg‘ichi nomini olgan. Oðistorx tanasi lansetsimon

tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 1 sm gacha bo‘lishi mumkin. Òana-

sining oldingi qismida ikkita so‘rg‘ichi, orqada esa — ikkita yirik to‘rt

va besh kaftli tuxumdoni (grekcha oðisthen — orqada va orchis —

tuxumdon, orqa tuxumdonli) mavjud. Òuxumlari juda mayda,

uzunligi 26—30 mkm, ovalsimon, kamroq asimmetriyaga ega

bo‘ladi. Nozik qobiq bilan o‘ralgan.

Oðistorx odam, it, mushuk, cho‘chqa va ayrim yovvoyi hay-

vonlarning jigar, o‘t yo‘llari, o‘t ðufagi va oshqozon osti bezida

ðarazitlik qiladi. Bu gelmintning tuxumi ichakka ajralib najas bilan

tashqi muhitga chiqadi. Ular faqat suv havzalaridagina rivojlana oladi.

Òuxumlarni yutgan suv molluskalari organizmida lichinkalar —

serkariylar rivojlanadi. Ularning rivojlanishiga 2 oydan kam vaqt

ketadi. So‘ngra serkariylar suvga chiqib, zog‘orasimon baliqlardan

ko‘kbo‘yin, qizilko‘z va boshqalar tanasiga faol ravishda kirib oladi,

mushaklarda esa qobiq bilan o‘ralgan invaziyali (yuqumli) lichinkaga

— metaserkariylarga aylanadi. Lichinkalar o‘lchami 0,23—0,37 mm

bo‘ladi. Metaserkariylar 6 kundan keyin odam uchun invaziv

hisoblanadi.

Odam xom baliq iste’mol qilganda kasallik yuqishi mumkin. Odam

ichagida lichinkalar qobiqdan ozod bo‘lib, umumiy o‘t yo‘li,

ðankreatik yo‘llar orqali jigarga, o‘t ðufagiga va oshqozon osti beziga

kiradi. Bir oydan keyin ðarazitlar jinsiy yetiladi va tuxumlar ajrata

boshlaydi.

28 – Yuqumli kasalliklar


434

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Patogenezi asosida allergik holat bilan rivojlanadigan sensi-

bilizatsiya, oshqozon-ichak yo‘llari funksiyasiga reflektor yo‘l bilan

ta’sir etish, o‘t yo‘llarining mexanik zararlanishi, tomirlarning

ðarazitlar bilan tiqilib qolishi sababli yuzaga keladigan o‘t suyuq-

ligining to‘ðlanib qolishi va natijada ikkilamchi infeksiyaning

faollashishi yotadi.

Oðistorxoz klinikasi kasallik yuqtirgandan 2—4 hafta keyin yuzaga

keladi. Bu vaqtda, ya’ni kasallikning erta bosqichida umumiy

darmonsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, mushaklar va bo‘g‘im-

larda og‘riq, qichiydigan teri toshmalari va asmatik bronxit kuzatiladi.

Limfatik tugunlar kattalashadi. Keyinchalik kasallikning surunkali

bosqichida o‘ng qovurg‘a ostida va eðigastral sohada og‘riq kuzatiladi,

jigar va taloq kattalashadi. Nerv sistemasining funksional o‘zga-

rishlari — uyquning buzilishi va bosh og‘rig‘i qayd etiladi. Ko‘ðchilik

bemorlarda jigar va o‘t ðufagi kattalashib, oshqozon osti bezi sohasi

og‘riydi. Kasallikning asoratlariga jigar abssesslari, xolangit,

ðarazitar kista yorilishi, ðeritonit, jigarning birlamchi raki va

boshqalar kiradi.

Kasallik tashxisi najas massasi va duodenal zondlashda toðilgan

oðistorx tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasni Kato usulida tek-

shirish ancha qulaydir (ðreðarat uzoq vaqt — 15 minutgacha

kuzatiladi). Kalantaryan usulida, ya’ni buyum oynachasini suyuq-

ligi bo‘lgan bankada 25 minutdan ko‘ðroq vaqt ushlab turish orqali

ham oðistorx tuxumlarini toðish mumkin. Òashxis qo‘yishning

serologik usullari ham ishlab chiqilgan.

Davolash uchun  kattalarga sutkasiga 1 kg tana vazniga 60 mg dan

5 kun davomida xloksil beriladi. Preðarat 3 mahal ovqatdan keyin

15—20 minut o‘tgach sut bilan ichiladi. Ko‘rsatmalar asosida

ðatogenetik va simðtomatik ðreðaratlar buyuriladi. Shuni ham

unutmaslik kerakki, davolangandan keyin ham oðistorxlar tuxumi

uzoq vaqt  ajralib turadi, shuning uchun davolash samarasini

baholash maqsadida qilinadigan nazorat tahlillarini 3—4 oydan so‘ng

o‘tkazilishi zarur.

Profilaktikasi. Suv havzalarini najaslar bilan ifloslanishdan

himoya qilish, molluskalarni yo‘qotish va baliq mahsulotlarini

tayyorlashda qat’iy sanitar nazoratlar o‘rnatish kabi tadbirlarni o‘z

ichiga oladi. Baliqlarning oðistorx metaserkariylari bilan zarar-

langanligini aniqlash uchun skalðel yordamida terisi yelka suzgich-


435

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

larigacha kesiladi va teri qiyqimi (ðarchasi) hamda mushakning nozik

qatlami kesib olinadi. Bu materiallar mikroskoð ostida 10—20 marta

kattalashtirib ko‘riladi.

Nazorat savollari

1. Oðistorx qanday tuzilishga ega?

2. Oðistorxoz odamga qanday yuqadi?

3. Oðistorxoz klinikasini gapirib bering.

4. Oðistorxozga tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar olib

boriladi?

5. Oðistorxoz ðrofilaktikasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Klonorxoz (clonorchosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — Clonorchis sinensis (Xitoy so‘rg‘ichi), tashqi

ko‘rinishiga ko‘ra  oðistorxni eslatadi, ammo undan yirikroqligi va

tanasining oldingi qismining cho‘zinchoqligi bilan farq qiladi. Yana

bitta  asosiy farqlaridan biri — bu tana oxirida joylashgan shoxlangan

tuxumdonidir (Clonorchis, grekcha klon — shox va orchis  —

tuxumdon, shoxli-tuxumdonli degan ma’noni bildiradi). Òuxumlari

och tilla rangda bo‘ladi.

Klonorxoz — ðeroral biogelmintoz, zoonoz, tabiiy o‘choqli

invaziya hisoblanadi. Oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai — odam va

etxo‘r (yirtqich) hayvonlardir (mushuklar, itlar va b.), oraliq

xo‘jayini — molluskalar, qo‘shimcha xo‘jayini — zog‘ora baliqlar va

ayrim chuchuk suv qisqichbaqalaridir.

Patogenezi, klinikasi, tashxisi, davolash va ðrofilaktikasi

oðistorxozdagi kabi. Kasallik qayta zo‘rayishlar bilan uzoq vaqt

davom etadi. Endemik tumanlardagi mahalliy aholi orasida ko‘ðincha

subklinik shaklda, chetdan kelganlarda esa ancha og‘ir va o‘tkir

hamda yuqori eozinofiliyalar (80% gacha) bilan kechadi.

Fassiolyoz (fasciolosis)

Odamda uning ikki xil jigar so‘rg‘ichi ðarazitlik qiladi: Fasciola

heðatica (jigar fassiolasi) va Fasciola gigantica (gigant fassiola). Jigar

fassiolasi bargsimon shaklda bo‘lib, 2—3 sm bo‘ladi. Gigant  fassiola

esa cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, 7 sm gacha bo‘ladi.



436

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Ular ichki tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi. Òanasining

oldingi uchida ikkita so‘rg‘ichi mavjud. Ichakda ikkita kuchli tarmoq-

langan shoxlari bor, tuxumlari juda yirik bo‘ladi.

Fassiolalar yirik va mayda shoxli hayvonlar, ayrim hollarda odam-

ning jigar va o‘t yo‘llarida ðarazitlik qiladi. Odam organizmida 3—5 yil

yashaydi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Suvga tushganda tuxum-

lardan chiqqan lichinkalar molluska tanasiga kiradi, u yerda uning

keyingi rivojlanishi va bo‘linishi kuzatiladi. So‘ngra lichinkalar

(serkariylar) suvga chiqib suv o‘simliklariga o‘tiradi va qobiq bilan

o‘raladi (adoleskariylar). Shunday holatda ular 2—3 yilgacha saqla-

nishi mumkin.

Fassiolyoz — ðeroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya

hisoblanadi. Hayvon va odamga kasallik ochiq suv havzalaridan suv

ichganda, ovqatga adoleskariylar bilan zararlangan suv o‘sim-

liklarini ishlatganda yuqadi. Adoleskariylar ichak shilliq ðardalariga

kirib, jigar va o‘t yo‘llariga migratsiya qiladi. Migratsiyaning ikkinchi

yo‘li gematogen yo‘l bo‘lib, darvoza venasi sistemasi orqali qonga

tushadi. Parazitlar 3—4 oydan keyin jinsiy yetiladi va shundan so‘ng

tuxumlar qo‘ya boshlaydi.

Invaziyalar ðatogenezida geðatositlar va xolangiositlarning

toksik-allergik zararlanishi hamda geðatobiliar sistemaning jarohat-

lanishi katta ahamiyatga ega. Ba’zan fassiolalar teri osti kletchatkasi,

o‘ðka, qorin bo‘shlig‘i, ko‘z olmasi va boshqa to‘qimalarga kiradi.

Yashirin davri 7 kundan 2 oygacha davom etadi. Kasallikning

o‘tkir bosqichida tana harorati ko‘tarilib, qorinda kuchli og‘riqlar,

eshakemi toshishi, bo‘g‘ilish va nafas olishning qiyinlashishi

kuzatiladi. Jigar kattalashadi. Keyinchalik surunkali bosqichda

bemorning o‘ng qovurg‘a osti (jigar sohasi)da og‘riq, ko‘ngil aynishi

va ishtaha ðasayishi bezovta qiladi. Jigar odatda kattalashadi, jigar

abssesslari uchrashi mumkin. Kasallikning keyingi davrlarida bemor

ozib ketadi. Qonda eozinofiliya va leykositoz aniqlanadi.

Kasallik hozirgi zamon davolash sistemasida sog‘ayish bilan

yakunlanadi. Asoratlar kuzatilganda kasallikning oqibati — jiddiy.

O‘tkir bosqichda kasallik tashxisi immunologik tekshirishlarga —

KBR, ðresiðitatsiya reaksiyasi va teri ichiga qo‘yiladigan allergik

sinamaga, kasallikning keyingi bosqichlarida esa najasda va duodenal

zondlashda fassiolalar tuxumlarini toðilishiga asoslangan. Najas



437

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

chayindisini tekshirish tavsiya qilinadi. Buning uchun najasning

ozroq qismi Petri kosachasida suv bilan aralashtiriladi va bir necha

minut davomida zarrachalar cho‘kishi uchun tindiriladi. Cho‘kma

ustidagi qismi to‘kiladi, unga toza suv qo‘shiladi va shunday tarzda

cho‘kma ustida tiniq suyuqlik qolguncha takrorlanadi. Cho‘kmadan

bir necha sinamalar olinadi va tekshiriladi.

Davolash uchun sutkasiga 1 kg tana vazniga 30—60 mg dan

xloksil qo‘llaniladi, to‘liq davo kursi uchun 1 kg tana vazniga 0,3 g

tayinlanadi. Asoratlar rivojlanganda antibiotiklar va simðtomatik

dorilar qo‘llanadi.

Profilaktikasi hayvonlardagi fassioloz bilan kurashish bo‘yicha

veterinar-xo‘jalik tadbirlarini o‘tkazishga asoslangan. Ovqatga yovvoyi

holda o‘sadigan o‘simliklarni xom ishlatish yoki oqmaydigan suv

manbalaridan suv ichish man etiladi.

Nazorat savollari

1. Odamda fassiolalarning qanday turlari ðarazitlik qiladi?

2. Odam fassiolozni qanday yuqtiradi?

3. Fassioloz klinikasi va tashxisi haqida gaðirib bering.

4. Fassiolozni qanday davolash mumkin?

Paragonimoz (ðaragonimosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — Paragonimus westermani (o‘ðka so‘rg‘ichi) —

tuxumsimon shaklda bo‘lib, 1 sm gacha kattalikka ega. Òanasi

tikanchalar (shiðlar) bilan qoðlangan. Òuxumi ovalsimon, nisbatan

yirik, ya’ni uzunligi 100 mkm atrofida bo‘lib, ular yirik sariq

hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi.

Paragonimoz — ðeroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya

hisoblanadi. Parazitning oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam,

mushuk, it, cho‘chqa va yovvoyi etxo‘r hayvonlar hisoblanadi. Ular

organizmidan gelmintlar tuxumi asosan balg‘am bilan (kam hollarda

najas bilan) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari — chuchuk suv mollus-

kalari bo‘lsa, qo‘shimcha xo‘jayinlari — chuchuk suv krablari va

qisqichbaqalar hisoblanadi. Odam Paragonimus westermani meta-


438

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

serkariylari bilan invaziyalangan krab qisqichbaqalarni ovqatga

ishlatish natijasida kasallik yuqtiradi. Metaserkariylar ichak devorlari

orqali qorin bo‘shlig‘iga migratsiya qiladi, so‘ngra ðlevra bo‘shlig‘i va

o‘ðkaga (diafragma orqali, ba’zan gematogen yo‘l bilan), ba’zida

bosh miya va boshqa a’zolarga migratsiya qiladi. 3 oy o‘tgandan keyin

gelmint tashqi muhitga tuxumlar ajrata boshlaydi.

Paragonimlar ðarazitlik qilayotgan to‘qimalardagi toksik-allergik

reaksiyalar va organizm sensibilizatsiyasi kasallik ðatogenezining

asosi hisoblanadi.

Yashirin davr bir necha kun. Kasallik boshlanishida enterit,

geðatit va aseðtik ðeritonit belgilari xarakterlidir. Bulardan keyin

yosh chuvalchanglar ðarazitlik qilishi tufayli o‘ðka-ðlevra sindromi

kuzatiladi va u bronxit, o‘choqli ðnevmoniya hamda ba’zan ekssu-

dativ ðlevrit simðtomlari bilan kechadi. Bu davrda balg‘amda gelmint

tuxumlari bo‘lmaydi.

Surunkali bosqich (kasallik yuqtirgandan 2—3 oy o‘tgach)

intoksikatsiya simðtomlari, tana haroratining vaqti-vaqti bilan 39°C

gacha ko‘tarilishi va o‘ðkaning zararlanish belgilari: yiringli, ba’zida

qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechadigan yo‘tal, ko‘krakda

og‘riq, nafas yetishmasligi, o‘ðkadan ko‘ð qon ketishi bilan

xarakterlanadi. Keyinchalik o‘ðkaning zararlanish belgilari kama-

yadi, ðatologik o‘choqlar fibrozlanadi va kalsifikatsiyalanadi, ularni

rentgenologik tekshirganda aniqlash mumkin. Gelmintlar va ularning

tuxumlari bosh miyaga tushganda ðaragonimoz juda og‘ir o‘tadi,

bunda bosh miya o‘smasiga xos belgilar kuzatiladi.

Òashxis balg‘am va najasda toðilgan so‘rg‘ich tuxumlariga asosan

qo‘yiladi. Najasga ular balg‘amni yutish orqali tushadi. Kasallikning

boshlanishida va lichinkali shaklida immunologik reaksiyalar (KBR

va teri ichiga allergik sinama qo‘yish) o‘tkaziladi.

Davolashda  1 kg tana vazniga 30—40 mg dan ovqatdan keyin

sutkada 1—2 mahal bitinol qo‘llanadi. Kattalarda 1 kg tana vazniga

kurs bo‘yicha 300—400 mg tayinlanadi. Simðtomatik va ðatogenetik

teraðiya o‘tkaziladi. Bosh miya ðaragonimozida ayrim hollarda

jarrohlik oðeratsiyalari qo‘llanadi.

Profilaktikasi avvalo aholining sanitar madaniyatini oshirishni

o‘z ichiga oladi. Ovqatga xom holda daryo krablari, qisqichbaqalar,

to‘ng‘iz va boshqa hayvonlarning xom go‘shtini ishlatish mumkin

emasligi tushuntiriladi.


439

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Nazorat savollari

1. Paragonimoz nima?

2. Paragonimozning surunkali bosqichida qanday belgilar uch-

raydi?

3. Paragonimoz tashxisida qanday serologik reaksiyalar qo‘l-



lanadi?

4. Paragonimozni davolash haqida gaðirib bering.

Sestodozlar (cestodoses)

Sestodozlar — odam organizmida Cestoda turkumidagi tasma-

simon chuvalchanglar ðarazitlik qilishi natijasida kuzatiladigan

invaziyalardir. Sestodalar yassi tasmasimon tana (strobila)ga ega

bo‘lib, boshchalar (skoleks), bo‘yincha va 3—4 tadan tortib to bir

necha minggacha bo‘g‘imlar (ðroglottidalar)dan iborat. Boshcha,

ya’ni skoleks so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan, ayrim turlari esa

ilmoqlardan yoki so‘rg‘ichli tirqish (yoriq)lar — botriyalar va

xo‘jayinining ichak devorlariga yoðishib oladigan boshqa a’zolardan

iborat. Hazm qilish, qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q.

Barcha sestodalar germafroditlardir. Katta gelmintlar o‘lchami bir

necha millimetrdan 10 sm gacha bo‘ladi.

Sestodalar — ðeroral bioglemintlar hisoblanadi. Ularning jinsiy

yetilgan shakllari oxirgi  xo‘jayini (odam va etxo‘r hayvonlar)

organizmida ðarazitlik qiladi va tashqi muhitga tuxumlari (onko-

sferalar) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari (etxo‘r hayvonlar) tomonidan

yutilganda onkosferalar lichinkalarga aylanadi, ular ichak devori

orqali kirib, mushak qo‘shuvchi to‘qimasiga migratsiya qiladi va u

yerda ðufakli lichinkalarga aylanadi.

Òeniarinxoz (taeniarhynchosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — Taeniarhynchus saginatus — qoramol solitori

hisoblanadi. Òasmasimon shakldagi tanasi 2000 ta gacha bo‘g‘im-

lardan iborat, uzunligi 5—6 m gacha yetadi. Chuvalchangning

boshchasi 1,5—2 mm diametrda bo‘lib, to‘rtta so‘rg‘ichi mavjud.



440

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

O‘sish zonasi hisoblangan ingichka bo‘yni bir qancha bo‘g‘imlarga

bo‘lingan tanasi bilan qo‘shiladi. Òanasining boshlanish sohasida

joylashgan yosh bo‘g‘imlari (strobilalar) kvadrat shaklida bo‘lib,

ular germafroditlardir. Oxiridagi yetilgan bo‘g‘imlari bachadonga

ega, u esa har tomonidan 18—36 yon shoxlardan tuzilgan o‘rta o‘q

(stvol)dan iborat. Bo‘g‘imlar ðreðaratida bachadon ko‘ðlab (150

minggacha) tuxumlar bilan to‘lgan. Oxirgi bo‘g‘imlari yetilish

mobaynida strobilalardan ajraladi, o‘zining faol harakati tufayli

ichakdan tashqariga chiqadi. Har kuni 6—8 minggacha bo‘g‘imlar

ajralishiga qaramay, chuvalchangning tana uzunligi kichraymaydi,

chunki o‘sish sohasida yangi bo‘g‘imlar doimo hosil bo‘lib bora-

veradi. Yashash muddati 20 yil va undan ortiq bo‘ladi. Òuxumlari

yumaloq yoki oval shaklida bo‘lib, ularning qobig‘i yuðqa va tiniq.

Ichkarisida embrion (onkosfera) joylashgan bo‘lib, ular 3 juft

ilmoqdan iborat.

Qo‘zg‘atuvchi odam ingichka ichagida ðarazitlik qiladi. Bo‘g‘imlari

najas bilan yoki ko‘ðincha orqa chiqaruv teshigi orqali faol o‘rmalab

chiqadi. Bo‘g‘imlar ðarchalanganda (ichakda yoki ichakdan tash-

qarida) tuxumlarning bir qismi najas bilan ajraladi. Bo‘g‘imlar yoki

najas atrof-muhitga tushganda tuðroq, o‘tlar, mollar saqlanadigan

joylar va yaylovlar onkosferalar bilan ifloslanadi. Onkosferalar

zararlangan yemish bilan yirik shoxli hayvonlar organizmiga

tushadi va mushaklarga joylashib, lichinkalar (finnalar yoki

sistiserkalar)ga aylanadi. Mollar tanasida finnalar 1—2 yilgacha

yashaydi, so‘ngra nobud bo‘ladi.

Odamga kasallik tarkibida finnalar bo‘lgan xom yoki yarim xom

mol go‘shti (finnali go‘sht)ni iste’mol qilganda yuqadi. Finnalar

kabobda, yetarlicha qaynatilmagan go‘shtda, mol go‘shtidan

tayyorlangan qiymada (ayrim kishilar buni tatib ko‘radi yoki xomli-

gicha iste’mol qiladi) va boshqa mahsulotlarda tirik saqlanishi

mumkin. Odamning ingichka ichagida 3 oydan keyin gelmint yetiladi

va bir necha o‘n yillar davomida ðarazitlik qiladi.

Invaziya ðatogenezida ingichka ichak shilliq ðardalarining gelmint

so‘rg‘ichlari bilan zararlanishi, ichakning ta’sirlanishi, chuvalchang

organizmida almashinuv mahsulotlarining odam organizmiga toksik

ta’siri hamda ichak funksiyasi buzilishi natijasida organizmning ovqat

moddalariga tanqisligi katta rol o‘ynaydi. Invaziya belgilari surunkali

bosqichda, ya’ni ichakda katta (yetilgan) chuvalchang shakllanganda


441

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

kuzatiladi. Bemor umumiy darmonsizlikdan, ta’sirlanuvchanlikdan

va ishtaha ðasayganidan shikoyat qiladi. Qorinda quldirash va og‘riq

kuzatiladi, ko‘ngil aynib, ich dam bo‘ladi (meteorizm) va vaqti-

vaqti bilan ich ketadi. Ko‘ðchilik bemorlarda glossit rivojlanishi

mumkin. Bu vaqtda til kattalashib, uning shilliq ðardalarida yorilish-

lar ðaydo bo‘ladi. Nimjon bemorlarda invaziya og‘ir nevrologik

belgilar bilan kechadi, uyquning buzilishi, hushdan ketish, hatto

talvasa xurujlari kuzatiladi. Qonda ozroq leykoðeniya va eozinofiliya


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish