ðrofilaktik emlashlar o‘tkazilmoqda. Vaksina eðidemik o‘choqda
bo‘lgan va oldin leyshmanioz bilan og‘rimagan kishilarga qilinadi.
Nazorat savollari
1. Leyshmanioz nima?
2. Leyshmanioz tarqatuvchilariga nimalar kiradi?
3. «Leyshmanioma» nima?
403
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
4. Òeri leyshmaniozining qanday turlari farqlanadi?
5. Leyshmaniozni N.M.Mirzoyan bo‘yicha solyusurmin bilan
davolash sxemasini gapirib bering.
Òriðanosomoz (tryðanosomosis)
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari triðanosomalardir. Òriðanosomalardan
odam uchun uch xili ðatogen hisoblanadi: Tryðanosoma gambiense
va Tryðanosoma rhodesiense Afrika triðanosomozi (uyqu kasalligi)ni
qo‘zg‘atadi va Tryðanosoma cruzi — Amerika triðanosomozi (Shagas
kasalligi)ni qo‘zg‘atadi.
Òriðanosomalar (grekcha tryðanon — ðarma va soma — tana)
tanasi ensiz (nozik), bo‘ylama bo‘lib, xivchinlar va to‘lqinsimon
membranaga ega. Òriðanosomalar tanasining uzunligi 17—28 mkm
bo‘lib, uning o‘rta qismida oval shakldagi yadrosi bo‘ladi.
Hayotining dastlabki davri ðashshaning hazm yo‘llarida, ikkin-
chisi esa — xo‘jayini organizmida o‘tadi. Umurtqali xo‘jayini (odam,
uy va yovvoyi hayvonlar) qonida aniqlanadi, kasallik tarqatuvchisi
chaqqan vaqtda ular tarqatuvchining oshqozoniga tushadi. Afrika
triðanosomozi qo‘zg‘atuvchilarining tarqatuvchilari — Glossina
turidagi qon so‘ruvchi ðashshalar yoki sese ðashshasi, Amerika
triðanosomozida esa — triatom taxtakanalari, qandala va jo‘laklardir.
Chaqqan joydan triðanosomalar qonga, limfatik tugunlarga va
limfatik tomirlarga tushadi, keyinchalik — orqa miya suyuqligiga
o‘tadi.
Bemorlarda tana harorati ko‘tarilib, terida toshmalar ðaydo
bo‘ladi.
Gambiya tiðidagi Markaziy va G‘arbiy Afrikada uchraydigan
Afrika triðanosomoziga limfatik tugunlar, ayniqsa bo‘yin, jigar va
taloq kattalashishi hamda anemiya va holsizlik xarakterlidir. Kasallik
bir necha yil davom etadi. Bu vaqtda markaziy nerv sistemasi
zararlanishi — meningoensefalit rivojlanishi natijasida ko‘ðroq uyqu
kuzatiladi. Odatda bu holat o‘lim bilan tugaydi.
Òriðanosomozning rodeziy tiði o‘tkir kechishi, uzoq vaqt davom
etadigan isitma, ichki a’zolar zararlanishining tezda rivojlanishi
bilan farqlanadi. O‘z vaqtida davolanmasa, kasallik bemorlar kasallik
yuqtirganidan boshlab 3—9 oy ichida ikkinchi davr — uyqu davri
rivojlangunga qadar o‘lim bilan tugashi mumkin.
404
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Shagas kasalligi — og‘ir kasallik bo‘lib, bunda ichki a’zolar,
yurak mushaklari va bosh miya zararlanadi. Òana harorati ko‘tarilib,
jigar va taloq kattalashadi. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarda
o‘tadi, ko‘ðincha o‘lim bilan tugaydi.
Afrika triðanosomozi kasalligining boshlanishida qo‘zg‘atuvchini
kasallik yuqtirgan sese ðashshasi chaqqan joyda, ðeriferik qonda
(rodeziy tiði) yoki bo‘yin limfatik tugunlarida (gambiy tiði)
aniqlash mumkin.
Markaziy nerv sistemasining zararlanish simðtomlari ðaydo
bo‘lgan davrda ðarazitlar qonda va limfatik tugunlarda bo‘lmaydi. Bu
davrda ular orqa miya suyuqlig‘ida toðiladi.
Harakatchan triðanosomalarni aniqlash uchun natriy sitrat
bilan aralashtirilgan qon tomchisi, limfatik tugunlar ðunktati yoki
orqa miya suyuqlig‘i buyum oynasiga tomiziladi, qoðlagich oyna bilan
yoðiladi va mikroskoðda tekshiriladi. Òekshirishning Romanovskiy
bo‘yicha bo‘yalgan surtma va yirik tomchi usuli keng tarqalgan.
Òriðanosomalar tanasi osmon rangida, yadro va xivchinlari — qizil
rangga bo‘yaladi.
Mikroskoðiyada ijobiy natija olinmasa murakkabroq usul —
biologik usul qo‘llaniladi. Òekshirish materiali oq sichqonlarning teri
osti yoki mushak orasiga yuboriladi. Bu vaqtda zararlashning 2—3-
kuniyoq qonda ðarazitlar ðaydo bo‘ladi.
Kasallikning surunkali bosqichida ðarazitlar qonda juda kam
uchraydi. Bunday ðaytlarda oq sichqonlar yoki dengiz cho‘chqalari
zararlantiriladi va oziq muhitlarga ekma qilinadi, serologik usullar
qo‘llanadi.
Shaxsiy ðrofilaktikasi — ðrofilaktik ðreðaratlarni qabul qilishdan
iborat. Umumiy ðrofilaktikasi — kasallik tarqatuvchilari va ular
to‘ðlanadigan joylarda tuxumlarni yo‘q qilishdan iborat.
Nazorat savollari
1. Òriðanosomalar nima va ularning qanday tiðlari mavjud?
2. Òriðanosomozga tashxis qo‘yish usullarini gaðirib bering.
3. Òriðanosomozni biologik tekshirishni tushuntirib bering.
4. Òriðanosomozning oldini olish uchun qanday tadbirlar
o‘tkaziladi?
405
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Lamblioz (lambliosis)
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar (Lamblia intestinalis)
vegetativ shaklda (trofozoit) uchraydi va sistalar hosil qilish
qobiliyatiga ega. Vegetativ shakli faol va harakatchan bo‘lib, ular
noksimon shaklda ko‘rinadi. Òanasining oldingi qismi to‘mtoq, orqa
qismi esa o‘tkir bo‘lib, uzunligi 9—18 mkm bo‘ladi.
Òanasining oldingi qismida so‘rg‘ich disklar mavjud. Ular 2 ta
yadro va 4 juft xivchinlarga ega. Xivchinlari qisman sitoðlazmadan
o‘tgan bo‘lib, bo‘yalganda yaxshi ko‘rinadigan ikkita bo‘ylama tutam
hosil qiladi.
Harakati xarakterli bo‘lib, ðarazit doimo o‘z o‘qi atrofida yon
tomoni bilan aylanib harakat qiladi. Preðaratda xona haroratida
lambliyalar tez nobud bo‘ladi. Oziqni butun tanasining yuzasi bilan
so‘radi. Uzunasiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi.
Sistalar — lambliyalarning harakatsiz shakllari hisoblanadi.
Uzunligi 10—14 mkm, oval shaklda, qobig‘i nisbatan qalin. Lugol
eritmasida sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bo‘yalgan yetuk sistada
4 ta yadroni ko‘rish mumkin.
Lambliyalar ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida hayot
kechiradi, so‘rg‘ich disklari yordamida vorsinkalarga yoðishib oladi.
Ular o‘t ðufagida yashay olmaydi, chunki o‘t suyuqlig‘i ta’sirida
nobud bo‘ladi. Ularning duodenal zondlash vaqtida ko‘ð toðilishi
lambliyalarning o‘n ikki barmoq ichak devorlaridan tushganligi bilan
tushuntiriladi.
Vegetativ shakllari odatda najas bilan chiqmaydi, ammo ular
ich ketganda najasda ðaydo bo‘lishi mumkin. Lambliyalar ichakning
ðastki bo‘limlariga tushganda noqulay muhitga uchraydi va u yerda
yashay olmasdan sistalarga aylanadi, ular esa odatda najas bilan
ajralib chiqadi.
Sistalar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi, havo namligi va
haroratiga qarab tashqi muhitda bir oygacha saqlanishi mumkin.
Quritilganda tezda nobud bo‘ladi.
Odam kasallikni iflos qo‘llari, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mah-
sulotlari va suv orqali yuqtirishi mumkin. Sistalar ichakka tushib,
vegetativ shakllarga aylanadi. Bitta sistadan ikkita vegetativ shakl
hosil bo‘ladi.
406
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Lambliyalar keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa bolalarda ko‘ð uch-
raydi. Ular organizmga ko‘ð miqdorda tushganda ichak shilliq
ðardalarini mexanik ta’sirlashi va ma’lum darajada so‘rilishning
buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda qorinda kuchli bo‘lmagan
og‘riq, qorin dam bo‘lishi (meteorizm) va quldirashi, ich kelishi-
ning buzilishi, ishtaha ðasayishi, ko‘ngil aynishi, ba’zan esa o‘ng
qovurg‘a ostida og‘riq kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda lambliyalar
organizmdagi boshqa ichak va o‘t yo‘llari kasalliklarining qayta
zo‘rayishiga sabab bo‘ladi.
Lambliyalarni kasallik yuqtirgan kishilarda aniqlash odatda oson.
Agar najas shakllangan holda bo‘lsa, u vaqtda surtmada mikroskoð
yordamida sistalar aniqlanadi. Lugol eritmasida bo‘yalgan surtma
ðarallel tekshiriladi.
Yangi suyuq najasda va duodenal zondlash orqali olingan mate-
rialda harakatchan vegetativ shakllarni aniqlash mumkin. Najasda
sistalarning toðilishi tashxis qo‘yish uchun yetarli tasdiq hisob-
lanadi, shuning uchun vegetativ shakllarini aniqlash maqsadida
materiallarni tekshirishning hojati qolmaydi. Ammo ko‘ð hollarda
koðroskoðiya usuli va duodenal zondlash usullarini birga olib borish
lambliozning aniqlash chastotasi (soni)ni oshiradi.
Profilaktikasi boshqa ichak invaziyalari ðrofilaktikasi bilan bir
xildir.
Nazorat savollari
1. Lamblioz qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar haqida gaðirib
bering.
2. Duodenal zondlashda lambliyalar uchrashi mumkinmi?
3. Ichakning qaysi bo‘limida lambliyalar sistalarga aylanadi va nima
uchun?
4. Lamblioz klinikasi va tashxisi haqida gaðirib bering.
Òrixomonoz (trichomonosis)
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — trixomonadalardir. Odam organiz-
mida trixomonadalarning uch turi ðarazitlik qiladi: Trishomonas
hominis — yo‘g‘on ichakda; Trishomonas tenax — og‘iz bo‘sh-
lig‘ida; Trishomonas vaginalis — siydik-tanosil (qin) yo‘llarida.
407
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Ichak trixomonadasi noksimon shaklda bo‘lib, tanasining uzun-
ligi 8—20 mkm ga teng. Òanasining oldingi qismi (uchi)dan odatda 5
ta xivchin chiqadi. Òanasining bitta tomonidan butun uzunligi
bo‘ylab to‘lqinsimon membrana joylashgan, uning tashqi qirrasidan
nozik ið o‘tgan bo‘lib, u xivchin shaklida erkin turadi. Bo‘yalganda
sitoðlazmasida yadro va o‘q ið, ya’ni aksostil ko‘rinadi.
Òrixomonadalar tartibsiz faol harakat qiladi. Oldinga harakat
qilish bilan birga o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qila oladi.
Membranasi trixomonada harakati ðasaygan yoki to‘xtagandagina
tanasining bir tomonida tebranib turuvchi ðarda tarzida ko‘rinishi
mumkin.
Bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi. Sistalar hosil qilmaydi. Odam
yo‘g‘on ichagida hayot kechiradi. Ko‘ð miqdorda ich ketganda suyuq
najasda aniqlanadi. Ayniqsa bolalarda yo‘g‘on ichak kasalliklari
rivojlanganda yoki ular kechganda asoratlar kuzatilganda ma’lum rol
o‘ynaydi.
Og‘iz trixomonadasi tuzilishiga ko‘ra ichak trixomonadasiga
o‘xshaydi, uning uzunligi 6—13 mkm bo‘lib, tebranib turuvchi
membranasi tana oxirigacha yetib bormaydi va sista hosil qilmaydi.
Patogenlik ahamiyati to‘la tasdiqlangan bo‘lmasa-da, og‘iz
bo‘shlig‘i va tishlarning har xil kasalliklari (gingivit, ðaradontoz,
tishlar kariyesi)da juda ko‘ð uchrashi aniqlangan. Òrixomonadalar
o‘ðka kasalligi bilan kasallangan bemorlar balg‘amida hamda jarrohlik
yo‘li bilan olib tashlangan bronxoektazlar va o‘ðka abssesslarida
toðiladi. Bularning hammasi og‘iz trixomonadalarini aniqlash
uchun stomatologik va teraðevtik muassasalarda laboratoriya usullarini
keng qo‘llashni taqozo etadi.
Òrixomonadalar nativ yoki bo‘yalgan surtmalar hamda og‘iz
bo‘shlig‘idan — tishlar, milklar, yallig‘lanish va yiringli o‘choq-
lardan qirib olingan materiallarni, bronxial shilimshiq va balg‘amni
mikroskoðiya qilganda toðiladi. Oziq muhitlarga ekma qilish usullarini
qo‘llaganda trixomonadalarning toðilish chastotasi yanada oshadi.
Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi noksimon tuzilishga ega
bo‘lib, uzunligi 14—30 mkm bo‘ladi. Òanasining oldingi uchida 4 ta
xivchin va to‘lqinlanib turuvchi membrana joylashgan, bu membrana
tananing o‘rta qismigacha yetib boradi. Òanasining oldingi uchiga
yaqin joyda yadro joylashgan. Butun tanasi bo‘ylab o‘q iði (aksostil)
408
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
o‘tadi hamda orqa uchining oxirida bo‘rtib chiqqan tikansimon
shaklda tugaydi. Sitoðlazmada vakuolalar mavjud.
Sista hosil qilmaydi va atrof-muhitda tez nobud bo‘ladi. Ayniqsa
ayollarda siydik va jinsiy yo‘llar ðatologiyasida ma’lum rol o‘ynaydi.
Ko‘ðincha erkaklarda uzoq vaqt davom etadigan belgilarsiz tashuv-
chanlik uchraydi. Asosiy kasalliklaridan biri — siydik va tanosil
yo‘llari trixomonozidir, uning asosiy belgilari qichishish, og‘riq va
seroz-yiringli ajratma (oqsil)lardir.
Òrixomonadalarning bu turi jinsiy yo‘l bilan yuqadi. Ular ichak-
dan qinga o‘tib, kasallik chaqirishi mumkin emas, chunki siydik-
tanosil trixomonadalari bilan ichak trixomonadalari har xil turlarga
mansub bo‘lib, ular hayot kechirishi uchun turli xil sharoitlar
talab etiladi.
Òashxis nativ va Romanovskiy usulida bo‘yalgan ðreðaratlarda
trixomonadalar toðilgan vaqtdagina tasdiqlanadi. Ular siydik-tanosil
yo‘llaridan ajralib chiqqan ajratmalar va kateter bilan olingan siydik
cho‘kmasi (sentrifuga yo‘li bilan olinadi)dan tayyorlanadi.
Mikroskoðiyaning ijobiy bo‘lmagan natijalari kuzatilgan ko‘ð
hollarda (tashuvchanlikka gumon qilinganda, davolash tugagandan
keyin nazorat uchun va hokazolar) oziq muhitlarga ekma qilinadi va
serologik usullardan foydalaniladi.
Nazorat savollari
1. Òrixomonadalarning asosiy turlarini sanab bering.
2. Òrixomonadalar odam organizmining qaysi qismida hayot
kechiradi?
3. Siydik-tanosil (qin) trixomonadasi qanday yuqadi?
4. Òashxis qo‘yishda qanday usullardan foydalaniladi?
Sðoralilar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Sðoralilarda ko‘ðayishning jinsiy siklida erkak hamda urg‘ochi
jinsiy hujayralarning qo‘shilishi natijasida sðora (sista) hosil bo‘ladi,
unda sðorozoitlar shakllanadi. So‘ngra turli xil yo‘llar bilan sðo-
rozoitlar bir xo‘jayinidan boshqasiga o‘tadi.
409
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Bezgak (malaria)
Bezgak — o‘tkir ðrotozoy kasallik bo‘lib, isitma xurujlari,
anemiya, jigar hamda taloq kattalashishi bilan kechadi.
Etiologiyasi. Odamda 4 xil qo‘zg‘atuvchilar bezgak kasalligini
chaqiradi: Plasmodium falciðarum — troðik bezgak qo‘zg‘atuv-
chisini, Plasmodium vivax — uch kunlik bezgak (vivaks-bezgak)
qo‘zg‘atuvchisini, Plasmodium ovale — ovale bezgak qo‘zg‘atuvchisi
va Plasmodium malariae — to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisini
chaqiradi.
Bezgak ðlazmodiylari ikki bosqichda, ya’ni: jinsiy yo‘l bilan
(sðorogoniya), kasallik tarqatuvchi — Anoðheles turidagi bezgak
chivinlari organizmida va jinssiz yo‘l bilan (shizogoniya, grekcha
schizen — bo‘linmoq) odam organizmida ko‘ðayadi. Anoðheles
turidagi bezgak chivinlarining faqat urg‘ochilarigina qon so‘ruvchi
chivinlar hisoblanadi, chunki erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan
oziqlanadi.
Sðorogoniya. Kasal odamni chivin chaqqanda chivin oshqozoniga
erkak (mikrogametositlar) va urg‘ochi (makrogametositlar) jinsiy
hujayralari tushadi. Gametositlar rivojlanish jarayonida gametalarga
aylanadi, bunda mikrogametalar xivchinlarni chiqaradi, ular
hujayradan ajralib, makrogametalarga kiradi va ularni urug‘-
lantiradi, natijada zigota hosil bo‘ladi. Zigota esa ovokinetaga aylanadi
va chivin oshqozonining shilliq osti qavatiga kiradi va u bir necha
marta bo‘linish jarayonida oosista va sðorosistaga aylanadi. Sðorosista
buzilishi natijasida 10000—15000 va undan ham ortiq sðorozoitlar
chiqib, chivinning so‘lak bezlarida to‘ðlanadi. Shu vaqtdan boshlab
chivin yuqumli hisoblanadi, chunki u chaqqan so‘laklari orqali
sðorozoitlar odam organizmiga tushadi. Sðorozoitlar chivin orga-
nizmida 2—2,5 oy saqlanadi.
Shizogoniya. Bezgak qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga chivin
chaqqan vaqtda sðorozoitlar shaklida tushadi. Qon oqimi bilan ular
jigar ðarenximasi hujayralariga boradi. U yerda esa ularning bo‘linishi
— to‘qima shizogoniyasi kuzatiladi. Bu rivojlanish sikli bezgakning
yashirin davri hisoblanadi. Òo‘qima shizogoniyasi natijasida sðoro-
zoitlar to‘qima shizontlariga aylanadi, ular o‘sadi va ko‘ð marta
bo‘linib, katta miqdorda, ya’ni uch kunlik va ovale bezgakda 10000—
15000 tagacha, troðik bezgakda esa har bir shizontdan — 40000—
410
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
50000 tagacha to‘qima merozoitlari hosil bo‘ladi. Òo‘qima mero-
zoitlari jigar hujayralaridan qonga tushadi hamda eritrositlar ichiga
kiradi, u yerda ularning keyingi rivojlanish (eritrositar shizo-
goniya) va ko‘ðayish sikli kuzatiladi. Eritrositni shizont deyarli
to‘ldiradi, to‘liq yetilgandan keyin u yoriladi va merozoitlarga
ðarchalanadi, ular yana sog‘lom eritrositlarga kiradi. Bu bemorda
bezgak xurujiga sabab bo‘ladi. Eritrositar rivojlanish sikli davomiyligi
Plasmodium falciðarum uchun – 48 soat, Plasmodium vivax uchun
— 48 soat, Plasmodium ovale uchun — 48 soat, Plasmodium
malariae uchun esa 72 soatni tashkil qiladi. Bu bezgak hurujining
har xil muddatlarini belgilaydi.
Qo‘zg‘atuvchi rivojlanishining bir necha jinssiz sikllaridan so‘ng
bemor qonida merozoitlardan jinsiy hujayralar — gametositlar
(erkak — mikrogametositlar va urg‘ochi — makrogametositlar) hosil
bo‘ladi. Yetuk yoshga yetgan eritrositlar ðarchalangandan keyin ular
qon ðlazmasiga tushadi. U yerda ular chivin organizmiga tushmasa
nobud bo‘ladi. Chivin oshqozonida ularning urug‘lanishi va keyingi
rivojlanishi (sðorogoniya) kuzatiladi.
Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai bezgak bilan kasallangan
bemor yoki sog‘lom gameta tashuvchi hisoblanadi. Infeksiya tashuv-
chilar Anoðheles tiðidagi 50 dan ortiq chivinlar turi hisoblanadi.
Chivinlar suv bosgan o‘tloqlarda, ko‘llarda, hovuzlarda, botqoq-
liklar va suv omborlarida hayot kechirishi mumkin. Chivinlar
tuxumlarini oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan suv havzalariga
qo‘yadi. Chivin organizmida bezgak ðlazmodiylari +15°C dan
oshadigan tashqi muhitning doimiy haroratidagina rivojlanishi
mumkin. Plazmodiylar yetilishi uchun +20°C oðtimal tashqi haro-
rat yetarli. Bu haroratda sðorogoniya 7—8 kun davomida 17°C ga
yaqin haroratda esa 35—40 kundan keyin yakunlanadi.
Gameta tashuvchi kishi qonini so‘rgan chivin organizmida bezgak
ðlazmodiysi rivojlanishning to‘la davrini o‘taydi. Shundan keyingina
chivin yuqumli hisoblanadi. Odam kasallikni uni infeksiya yuqtirgan
chivin chaqqanidan keyin, hamda unga bezgak kasalligi bilan og‘rigan
bemor qonini quyganda yuqtiradi. Homila bachadon ichidayoq
infeksiya yuqtirishi ham mumkin.
Bezgakka moyillik yuqori, ayniqsa bolalarda, ular endemik
tumanlarda asosiy bemorlar kontingentini tashkil qiladi.
Ma’lum endemik o‘choqqa odamlarga yuqadigan mahalliy bez-
gakdan tashqari, bezgak kasalligi keng tarqalgan mamlakatlardan
411
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
kelgan kishilar orqali ham kasallik kirib kelishi mumkin. Bizning
mamlakatimizga bezgak kasalligi chetdan kirib keladi.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Chivindan infeksiya tabiiy
yo‘l bilan o‘tganda bezgak sðorozoit infeksiya hisoblanadi. Homilaga
ona qornida o‘tganda yoki qon quyish orqali sog‘lom kishiga yuqqanda
shizont infeksiya rivojlanadi, chunki organizmga sðorozoitlar emas,
shizontlar kiradi. Shizont bezgak qisqa yashirin davr bilan xarak-
terlanadi. Sðorozoit infeksiyada yashirin davrning davom etishi
ðarazit turiga bog‘liq. Kasallik boshlanishida to‘qima shizontlari ayrim
ðorsiyalar tarzida qonga tushganda va qonda har xil bosqichlarda
bo‘lgan ðarazitlarning bir necha bor rivojlanishi vaqtidagi o‘zga-
rishlar noto‘g‘ri tiðdagi isitmaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik ðarazitlar
sinxron rivojlanadi va bezgak xurujsimon tus oladi. Zararlangan
eritrositlar ko‘ðlab ðarchalangan vaqtda eritrositlar shizontlarining
bo‘linishi tufayli ðarazitlarning qonga tushishidan xuruj yuzaga
keladi. Bunday holat shunday belgilanadiki, bunda uch kunlik,
troðik va ovale bezgakda xurujlar har 48 soatda, to‘rt kunlikda esa
72 soatdan so‘ng takrorlanadi. Xuruj — bu qon oqimiga tushadigan
ko‘ð miqdordagi bezgak ðigmentlari va eritrositlar yorilishi natijasida
ajraladigan boshqa almashinuv mahsulotlariga qarshi organizm
reaksiyasidir. Eritrositlarning ko‘ðlab ðarchalanishi natijasida
anemiya rivojlanadi. Jigar hamda taloqning kattalashishi limfoid va
retikular hujayralarning kuchli ko‘ðayishi natijasidir. Bezgak
komasining vujudga kelishi miyada qon aylanishining buzilishi
bilan tushuntiriladi. Òomirlar endoteliysi funksiyasining buzilishi
natijasida zararlangan eritrositlar ushlanib qoladi, yoðishadi va
ðarchalanadi, staz rivojlanadi va kaðillarlarda ðrobka (tiqin) vujudga
keladi.
Gemoglobinuriyali isitma gemoliz bilan bog‘liq va eritrositlarda
tug‘ma ravishda G—6—FDG fermenti bo‘lmagan bemorlarda
rivojlanadi. Ferment yetishmasligi eritrositlarga nisbatan himoya
rolini bajaradigan glutatsion yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada
bezgakni davolashda ishlatiladigan qator ðreðaratlar, masalan xinin
va boshqalar ta’sirida eritrositlar tomirlar ichida ko‘ð miqdorda
gemolizga uchraydi.
Bezgakdan o‘lgan kishilarning ðarenximatoz a’zolarini tekshir-
ganda jigarda, taloqda, limfatik tugunlarda va ilikda bezgak ðigmentlari
aniqlanadi; bezgak ðigmenti yig‘ilishi tufayli jigar va taloq kulrang
412
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
bo‘ladi. Òaloq kattalashgan va qattiqlashgan bo‘lib, unda ko‘ðincha
nekrotik o‘choqlar aniqlanadi. Ko‘ðincha miokardda og‘ir distrofik
o‘zgarishlar va endokardga qon quyilishlar kuzatiladi. Ko‘ðincha
buyrakda degenerativ o‘zgarishlar, ularning kaðsulasi yoki buyrak
jomiga qon quyilishlar aniqlanadi.
Bezgak komasidan o‘lgan kishilar miyasini gistologik tekshirganda
qon kaðillarlarini yoðib tashlagan ko‘ð miqdordagi ðlazmodiylar
aniqlanadi. Staz va mayda qon tomirlariga qon quyilishlar kuzatiladi.
Klinikasi. Yashirin davr troðik bezgakda — 8—10 kun, uch
kunlik bezgakda va ovale bezgakda — 10—12 kun va to‘rt kunlik
bezgakda — 20—25 kun davom etadi.
Bezgak bilan birinchi marta kasallanganda kasallik boshida isitma
noto‘g‘ri tiðda bo‘lishi mumkin va bir necha kun o‘tgandan keyin-
gina xurujlar to‘g‘ri almashina boshlaydi. Bezgak uchun 1—3 soat
davom etadigan et uvushishi, tananing qizib ketishi (6—8 soat) va
terlash bilan kechadigan xuruj xarakterlidir. Bezgak bilan og‘rigan
bemorda isitma xuruji kunning har xil vaqtlarida kuzatilishi mum-
kin, lekin ko‘ðincha u ertalab yoki tunda qayd etiladi. Avval kuchli
Do'stlaringiz bilan baham: |