M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

uchraydi. Ko‘ð turdagi hayvon va qushlar barcha kontinentlarda

toksoðlazmoz bilan kasallangan.

Shunday qilib, ðatogen sodda organizmlar keng tarqalgan bo‘lib,

odam va hayvonlarni zararlantiradi, ular orqali qo‘zg‘atiladigan

kasalliklar esa aholi sog‘lig‘iga katta ziyon yetkazadi.

Odam uchun ðarazit chuvalchanglar va gelmintlarning juda ko‘ð

turlari ðatogen hisoblanadi. Odamda 250 dan ortiq gelmintlar kasallik

qo‘zg‘atishi mumkin.

Ko‘ð ðarazitlar, ayniqsa gelmintlar xo‘jayinini almashtirishga

muhtojdir. Xo‘jayin — bu ðarazit uchun yashash joyi va oziqlanish

manbai hisoblangan organizmdir. Parazitning yetilgan bosqichi

oxirgi xo‘jayin organizmida o‘tsa, uning lichinkali bosqichi odatda

25 – Yuqumli kasalliklar



386

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

oraliq xo‘jayin organizmida kechadi. Masalan, ho‘kiz solitori katta

lenta bosqichida odam ichagida ðarazitlik qiladi, lichinka bosqichida esa

(finnalar shaklida) — yirik shoxli hayvon mushaklarida ðarazitlik

qiladi. Mazkur holatda odam oxirgi, yirik shoxli hayvonlar esa oraliq

xo‘jayin hisoblanadi. Gelmintlarning boshqa turi — exinokokk —

katta bo‘lgan bosqichida itlar ichagida yashaydi (oxirgi xo‘jayin),

lichinkali davrida esa (ðufakchalar shaklida) — odam va qishloq

xo‘jalik hayvonlari ichki a’zolarida (oraliq xo‘jayin) yashaydi.

Ayrim gelmintlar uchun ikkita oraliq xo‘jayin mavjud bo‘ladi,

bunda ikkinchi xo‘jayin qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, keng

tasmasimon chuvalchang lichinkalari avval chuchuk suv qis-

qichbaqasi — sikloðlarda rivojlansa (oraliq xo‘jayin), so‘ngra baliqda

(qo‘shimcha xo‘jayin) rivojlanadi.

Rivojlanishi uchun oraliq xo‘jayini bo‘lishi shart bo‘lgan

gelmintlar biogelmintlar deyiladi (oðistorxoz, ho‘kiz solityori,

keng tasmasimon chuvalchang va hokazolar). Agar xo‘jayin orga-

nizmidan tashqarida, tuðroqda bo‘lishi shart bo‘lsa, bular bio- yoki

geogelmintlar deyiladi, ular atrofidagilar uchun bevosita zararli

hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, gelmintozlar (gelmintlar qo‘z-

g‘atadigan kasalliklar) biogelmintozlar va geogelmintozlarga bo‘-

linadi.


Lekin shunday gelmintlar borki (ðakana tasmasimon chuval-

chang, ostritsa), ularning tuxumlari bilan  sog‘lom odam bevosita

bemor odamdan aloqa-maishiy yo‘l bilan, asosan ifloslangan

qo‘llar orqali kasallik yuqtirishi mumkin. Shu asosda kontakt

gelmintozlar guruhi ajratiladi.

Gelmintlar odamning deyarli barcha a’zo va to‘qimalarini zarar-

laydi. Ichakda askaridalar, ostritsalar, ho‘kiz solityori, keng

lentasimon chuvalchang, o‘t yo‘llarida — jigar so‘rg‘ichi, teri osti

yog‘ kletchatkasida — rishta qo‘zg‘atuvchisi, mushaklarda — tri-

xinellalar lichinkalari, qon tomirlarda — shistosomalar ðarazitlik

qiladi.

Gelmintlar organizm sensibilizatsiyasiga sabab bo‘ladi, natijada



allergik reaksiyalar kuzatiladi. A’zo va to‘qimalar mexanik zarar-

lanadi, funksiyalari buziladi va anemiya rivojlanadi. Ular oziq

moddalar va vitaminlar so‘rilishini buzadi, boshqa kasalliklarni

qo‘zg‘aydi, ularga nisbatan vaksinalar samaradorligini ðasaytiradi.

Gelmintlar ta’sirida bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qola-


387

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

dilar, kishilarning mehnat qobiliyati ðasayadi va aqliy faoliyati

yomonlashadi.

Odamlarga gelmintlar har xil yo‘llar bilan yuqishi mumkin.

Gelmint tuxumi fekaliyalar bilan ifloslangan mevalar hamda iflos

qo‘llar orqali og‘izga tushishi mumkin. Qator gelmint lichinkalari

odam organizmiga xom go‘sht, baliq, qisqichbaqa va suv o‘tlarini

iste’mol qilish orqali tushadi. Ayrim ðaytlarda ifloslangan tuðroqda

oyoqyalang yurganda yoki gelmintlar tushgan suv havzalarida

cho‘milganda gelmintlar faol ravishda teri va shilliq ðardalar orqali

organizmga kiradi.

Xo‘jayinning qayta va ko‘ð marta gelmintlarni yuqtirishi (orga-

nizmda bo‘lgan ðarazit ustiga yana shu ðarazitning yuqishi) —

suðerinvaziya deyiladi. Ayrim ðarazitlar bilan (lambliyalar, ostrisa va

b.) qayta o‘zidan zararlanish mumkin, bunday holatga autoinvaziya

yoki autosuðerinvaziya deyiladi. Agar kasallik turg‘un immunitet

hosil qilmasa, odam sog‘aygandan keyin yana kasallik yuqtirishi

mumkin, bunga reinfeksiya deyiladi.

1925-yilda K. I. Skryabin degelmintizatsiya tushunchasini ilgari

surdi. Bu tushunchaga nafaqat bemorni davolash, balki tashqi

muhitda gelmintlar tuxumi va lichinkalarini yo‘qotishga qaratilgan

barcha ðrofilaktik tadbirlar sistemasi kiradi. 1944-yilda u devastatsiya

tushunchasini yaratdi, bu mamlakatda gelmintni tur  sifatida

umuman tugatish demakdir.

Protozoy kasalliklar

Sodda organizmlar guruhi (Protozoa) bir hujayrali ko‘ðlab

organizm turlarini o‘z ichiga oladi, ularning bir qismi ðarazitlik bilan

kun kechiradi.

Bir hujayrali sodda organizmlar tanasi sitoðlazma,  tashqi

membrana, yadro, oziqlanish,  harakatlanish va ajratish funk-

siyalarini ta’minlaydigan organellalardan tarkib toðgan. Sodda

organizmlar ðsevdoðodiyalar — soxta oyoqlar (sarkodalilar),

xivchinlar va to‘lqinsimon membranalar (xivchinlilar),  kiðriklar

(kiðrikli infuzoriyalar) hisobiga harakatlanadi.

Sodda organizmlar turli yo‘llar bilan oziqlanadi. Ayrimlari oziq

zarralarini hujayra og‘zi orqali yutsa, boshqalari ularni tanasining

xohlagan joyida ðaydo bo‘la oladigan ðsevdoðodiyalari (soxta oyoq-


388

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

lari)orqali yutadi. Bunda oziq bo‘lagi sodda organizm sitoðlazmasi-

dagi vakuola ichida qoladi va shu yerda hazm bo‘ladi. Bu jarayonga

fagositoz deyiladi. Ayrim sodda organizmlarda oziqlanish butun tana

yuzasi orqali so‘rib olish shaklida o‘tadi (ðinositoz). Ular organik

zarrachalar, mikroorganizmlar va tashqi muhitda erigan oziq

moddalar bilan oziqlanadi.

Ayrim turdagi sodda organizmlar sista hosil qilish, ya’ni qattiq

qobiq bilan o‘ralish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘lgan sistalar tashqi

muhit omillariga chidamlidir. Yaxshi (oðtimal) muhitga tushgan

sodda organizmlar  sistadan ozod bo‘ladi va ko‘ðaya boshlaydi. Sodda

organizmlar jinssiz (ko‘ndalang, bo‘ylama va ko‘ðlab bo‘linishlar

orqali) va jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi.Ko‘ðchilik ðarazit sodda

organizmlar bir qancha xo‘jayinlarda navbatlashib ko‘ðayadi.

Masalan, bezgak ðlazmodiysining hayot sikli chivin tanasi va odam

organizmida kechadi.

Odam organizmida yashaydigan sodda organizmlar quyidagi

sinflarga bo‘linadi: sarkodalilar, kiðrikli infuzoriyalar, xivchinlilar

va sðoralilar.

Sarkoidalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar

Sarkodalilarga dengizlarda, suv havzalari va tuðroqda yashay-

digan sodda organizmlarning har xil turlari kiradi.

Amyobalarning  ko‘ð turlari odam va hayvon   organizmida

yashaydi. Amyobalar tana shaklini o‘zgartirib (amyoba nomi grekcha

amoibe — o‘zgartirish so‘zidan kelib chiqqan) va qisqa muddatli

o‘smalar —ðsevdoðodiyalar, ya’ni soxta oyoqlar hosil qilib hara-

katlanadi. Amyoba jinssiz bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi. Sarko-

dalilarga dizenteriya amyobasi, odamdagi noðatogen va erkin hara-

katlanuvchi ðatogan amyobalar kiradi. Dizenteriya yoki gistologik

amyoba odamda amyobali dizenteriya, ya’ni amyobiaz kassalligini

qo‘zg‘atadi.

Amyobiaz (amoebiasis)

Amyobiaz  (amyobali dizenteriya) — ðrotozoy kasallik bo‘lib,

ichakning yarali zararlanishi, ayrim hollarda esa jigar, bosh miya

abssesslari, o‘ðka va boshqa a’zolar zararlanishlari bilan xarak-

terlanadi.



389

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — dizenteriya amyobasi

(Entamoeba histolytica)dir. Dizenteriya amyobasining hayot sikli 2

bosqichdan iborat — vegetativ va tinch bosqich (sista). Bu bosqich-

lar yashash sharoitiga qarab, bir-biri bilan almashinib turadi.

Vegetativ bosqichning 4 ta shakli mavjud (katta vegetativ, to‘qima,

bo‘shliq, sista oldi).

Katta vegetativ shakli 20—60 mkm bo‘lib, ðsevdoðodiyalar

orqali harakatchan va eritrositlarni fagositoz qilish (eritrofag)

qobiliyatiga ega. Ularning soni bitta amyobada 10—20 va undan ortiq

bo‘lishi mumkin. Parazitning mazkur shakli faqat ichak amyobiazida

bemorning yangi ajralib chiqqan najasida uchraydi.

Dizenteriya amyobasi to‘qima shaklining uzunligi 20—25 mkm ga

teng bo‘lib, u yuqori harakatchanlikka ega. Òo‘qima shakli faqat

o‘tkir amyobiazdan zararlangan a’zolar va kam hollarda bemor

najasida aniqlanadi.

Amyobaning bo‘shliq shakli kichik uzunlikka ega (15—20 mkm)

va u kam harakat qiladi. Eritrositlarni fagositoz qilmaydi. Amyo-

baning bu shakli odam yo‘g‘on ichagining yuqori bo‘limlari

bo‘shlig‘ida yashaydi. Lekin unga zarar yetkazmaydi. O‘tkir ichak

amyobiazidan sog‘ayganlar najasi yoki kasallik surunkali kechganda

uchraydi. Sista tashuvchilar yoki remissiya vaqtida bemorlarda faqat

tuzli ich suruvchi ðreðaratlar qo‘llanilganidan keyingina toðilishi

mumkin.


Sista oldi shakli 12—20 mkm o‘lchamga ega, kam harakat qiladi,

o‘tkir amyobiaz sog‘ayganlar va ich suruvchi qabul qilgan sista

tashuvchilarda uchraydi. Òuzilishi bo‘yicha bo‘shliq shaklini esla-

tadi, vakuola bo‘lmaydi, ayrim vaqtda sitoðlazmada anchagina

bakteriyalar ko‘rinadi.

Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor

najasida 30 minutdan keyin nobud bo‘ladi.

Dizenteriya amyobasining tinch bosqichi turli xil darajadagi ye-

tuk sistalar shaklida uchraydi. Sistalar harakatsiz, qobiq bilan qoð-

langan, rangsiz va sharsimon shaklda bo‘lib, o‘lchami 8—15 mkm.

Sistalar o‘tkir amyobiazdan sog‘ayganlar najasida, surunkali am-

yobiazda remissiya bosqichidagi bemorlar va sista tashuvchilarda aniq-

lanadi.

Sistalar odam ingichka ichagiga tushganda ularning qobig‘i



yorilib, ulardan to‘rt yadroli amyobaning ona shakli chiqadi, uning

390

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

bo‘linishi natijasida 8 ta bir yadroli amyobalar hosil bo‘ladi. Oðtimal

sharoitda ular ko‘ðayib, vegetativ shakllarga aylanadi va yo‘g‘on

ichakning ko‘tariluvchi qismida yashaydi. Sistalar tashqi muhit

omillariga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular nam fekaliyada

17—20°C da va suvda bir oygacha, nam tuðroqda — 8 kungacha hayot

faoliyatini saqlab qoladi. Sistalar bir necha kun davomida muzlatilgan

oziq-ovqat mahsulotlarida, mevalarda, sabzavotlar va uy buyum-

larida o‘z  hayotini saqlab qola oladi. Ularga yuqori harorat kuchli

ta’sir qiladi: 65°C da ular 5 minutda, quritilganda esa shu zahotiyoq

nobud bo‘ladi. 5% li formalinda 30 minutdan 5 kungacha hayotini

saqlab tura oladi.

Eðidemiologiyasi. Kasallik manbai amyobiaz bilan kasallangan

bemor yoki dizenteriya amyobasi tashuvchisi hisoblanadi. Odam

amyoba sistalarini najas bilan ajratadi. 1 g najasda 6 mln gacha

sistalar bo‘lishi mumkin.

Odam dizenteriya amyobasining yetilgan to‘rt yadroli sistalarini

oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, iflos suv va ularni

organizmga iflos qo‘llari orqali kiritganda zararlanadi. Kasallik

tarqatuvchi omillarga sista tashuvchilarning najaslari bilan zarar-

langan ðarvarishlash buyumlari, choyshablar, oshxona idishlari,

o‘yinchoqlar va boshqalar kiradi. Sodda organizmlar sistasini

mexanik tarqatib yuruvchilar sifatida ðashshalar va suvaraklar ham

ma’lum rol o‘ynaydi. Bu hasharotlar ichagida dizenteriya amyobasi

sistalari 48—72 soat davomida hayotlarini saqlab qoladilar.

Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, yoz-

kuz mavsumiyligi bilan xarakterlanadi. Ko‘ðincha o‘rta yoshdagi

kishilar kasallanadilar.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Sistalar oshqozon-ichak

yo‘llariga tushgandan so‘ng ingichka ichakning ðastki yoki yo‘g‘on

ichakning boshlang‘ich qismida sista qobig‘i eriydi va sista bo‘shliq

shakliga aylanadi, u yo‘g‘on ichakning yuqori qismida yashab

ko‘ðayadi. Ayrim hollarda kasallik emas sog‘lom tashuvchanlik

rivojlansa, boshqa hollarda dizenteriya amyobasining bo‘shliq shakli

ichak shilliq osti qavatiga kiradi va ðatogen to‘qima shakliga aylanadi.

Òo‘qimalarga kirib, ularni eritishi (lizis) amyobalarda alohida

moddalar — sitolizinlar va ðroteolitik fermentlar borligiga bog‘liq.

Dizenteriya amyobasi ichak devori to‘qimasida ko‘ðayib, shilliq osti

qavatlarida katta bo‘lmagan abssesslar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.


391

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Ular keyinchalik ichak bo‘shlig‘iga yorilib, va shilliq qavatda yaralar

hosil bo‘ladi. Asosan ko‘richak va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi

qismi zararlanadi.

Kasallikning dastlabki bosqichi shilliq qavat devorlari giðe-

remiyasi bilan birga uchraydi, ularda mayda eroziyalar va tugunlar

shaklida ko‘tarilib turadigan mikroabssesslar rivojlanadi.

Yaralar diametri 2—3 sm kattalikda bo‘lib, ularning atrofi

qizargan va bo‘rtib chiqqan qirralarga ega bo‘ladi. Uning tubi yiring

bilan qoðlanib, kasallik og‘ir kechganda atroflari notekis bo‘lgan

katta yaralar hosil bo‘ladi. Ichak devorlaridagi chuqur yaralar qon

tomirlari devori butunligining buzilishi natijasida ichakdan qon

ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaralarning mushak va seroz

qavatlargacha chuqurlashishi ichak devori ðerforatsiyasi (teshilishi)

va yiringli ðeritonit rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yaralarning bitishi va

chandiqlanishi yo‘g‘on ichak stenoziga olib keladi (ichak yo‘llari chala

yoki to‘liq yoðilishi mumkin).

Amyobalar qon orqali butun organizm bo‘ylab tarqalib, ichak-

dan tashqari o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ladi, ya’ni jigar, o‘ðka,

bosh miya va boshqa a’zolarda abssesslar ðaydo bo‘ladi.

Klinikasi. Yashirin davri 7 kundan 90 kungacha (ko‘ðincha 20—

40 kun) davom etadi. Kasallikning quyidagi shakllari farq qilinadi:

1) ichak amyobiazi (o‘tkir, surunkali va latent); 2) ichakdan

tashqari amyobiaz (amyobali geðatit, jigar amyobiazi, teri amyo-

biazi va b.); 3) boshqa kasalliklar bilan birga kechadigan amyobiaz

(gelmintozlar, bakterial dizenteriya bilan).

Kasallik nisbatan o‘tkir boshlanadi. Boshlanish davri umumiy

darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, ishtaha ðasayishi, qorinda og‘riq va

ko‘ngil aynishi bilan kechadi. Harorat bu davrda odatda subfebril

bo‘ladi. Keyinchalik amyobiazga xos bo‘lgan yo‘g‘on ichakda o‘zga-

rishlarning klinik belgilari yuzaga chiqadi. Kasallik boshlanishida ich

sutkasiga 4—6 marta ketib, shilliq va qon aralash bo‘ladi. Keyinchalik

ich sutkasiga 10—20 martagacha ketadi, najas o‘z xarakterini

yo‘qotadi, unda shishasimon shilimshiqlar ko‘ðayadi. Keyinchalik

qon aralash ich ketadi, bu esa malinali jeleni eslatadi. Kasallikning

o‘tkir davrida qorinda doimiy og‘riq kuzatiladi, u defekatsiya vaqtida

kuchayadi. Bemorni azob beradigan tenezmlar bezovta qiladi.

Payðaslaganda og‘riq ko‘ðroq ko‘richak va ichakning ko‘tariluvchi

qismida aniqlanadi.


392

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Yo‘g‘on ichakda endoskoðik tekshirish natijasida qirralari notekis,

diametri 2 mm dan 20 mm gacha bo‘lgan, tubi yiring qoðlagan va

burmalar uchida ko‘ðroq joylashgan yaralar aniqlanadi. Yaralar

atrofi giðeremiya bilan o‘ralgan bo‘ladi.

Ichak amyobiazining o‘tkir ko‘rinishi 4—6 kun saqlanadi. Odatda

sðetsifik davolashsiz ham bemor ahvoli yaxshilanadi. Bunday

remissiya davri bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi.

Remissiya davridan keyin barcha yoki ko‘ð belgilar yana ðaydo

bo‘ladi. Kasallik surunkali tus oladi. Sðetsifik antiðarazitar davo

o‘tkazilmasa surunkali shakllari 10 yilgacha, hatto undan ham ko‘ð

vaqt davom etadi. U residivlangan va uzluksiz klinik shakllarda o‘tishi

mumkin.

Kasallikning residivlangan shakllarida qayta zo‘rayishlar remis-



siyalar bilan almashib turadi, bu vaqtda bemorlarda disðeðsik

ko‘rinishlar (meteorizm, qorinning quldirashi, aniq joylashmagan

og‘riqlar) qayd etiladi. Qayta zo‘rayish vaqtida bemor ahvoli uncha

o‘zgarmaydi, tana harorati normada qoladi. Bu vaqtda qorinning o‘ng

sohasida kuchliroq og‘riq seziladi (ko‘ðincha xato ravishda aððenditsit

tashxisi qo‘yiladi), ich ketadi.

Surunkali amyobiaz uzluksiz kechganda remissiya davri bo‘l-

maydi. Bemorni quyidagi simðtomlar bezovta qiladi — qorindagi

og‘riq, ich ketishi (qabziyat bilan almashib turadi), tana haro-

ratining biroz ko‘tarilishi. Surunkali shakllari uzoq davom etsa

astenik sindrom, oriqlab ketish va giðoxrom anemiya kuzatiladi.

Rektoromanoskoðiyada shilliq ðardalarda har xil, ya’ni yangi

hosil bo‘lgan, chandiqlanayotgan va tuzalgan yaralar aniqlanadi.

Yaralar odatda chuqur joylashgan bo‘ladi.

Amyobiazning ichakda kuzatiladigan asoratlariga ichak ðerfo-

ratsiyasi natijasida vujudga keladigan umumiy yoki chegaralangan

ðeritonit, ichak teshilishi, ichak yo‘llarining torayishi, amyoboma,

ichakdan qon ketishi va to‘g‘ri ichak shilliq qavatining chiqib qolishi

kiradi. Amyoboma ichak devoridagi o‘smasimon infiltrat bo‘lib,

ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda yiringlashi mumkin. Ichakdan

tashqari asoratlariga jigar, miya abssesslari va terining zararlanishi

kiradi. Ko‘ðincha jigar abssessi uchraydi. Bunda doimiy  isitma

kuzatiladi, et uvushib, bemor darmonsizlanadi. Jigar abssessining

doimiy belgisi jigar kattalashishi va o‘ng qovurg‘a osti sohasidagi

og‘riq hisoblanadi. Og‘riq o‘ng yelka yoki kurak sohasiga beriladi,


393

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

og‘riq bemor chuqur nafas olganda, jigarini ðayðaslaganda va gavda

holatini o‘zgartirganda kuchayadi. Jigar abssessida yurak tonlari

bo‘g‘iq bo‘lib, arterial bosim ðasayadi va ðuls tezlashadi. Rent-

genologik tekshirganda diafragmaning o‘ng gumbazi yuqori turgan-

ligi va harakatining chegaralanganligi aniqlanadi. Jigar abssesslari,

hatto mayda kattaliklarda ham jigarni skanirlaganda aniqlanadi.

Surunkali abssesslarda intoksikatsiya belgilari kam rivojlanadi.

Jigarning amyobali abssessi atrofdagi a’zolarga yorilishi mumkin va

bu diafragma osti abssessi, tarqalgan yoki chegaralangan ðeritonit,

yiringli ðlevrit va ðerikarditlarga sabab bo‘ladi. Jigar-bronxial oqmalar

ðaydo bo‘lganda ko‘ð miqdorda jigarrang yiringli balg‘am ajraladi.

Ba’zan jigar abssesslari teri qoðlamlariga yorilishi mumkin, bunday

vaqtlarda oqma sohasida terining amyobali zararlanishi kuzatiladi.

Ba’zida o‘ðka va miya abssesslari rivojlanadi. Ular mazkur a’zolarni

rentgenologik tekshirganda aniqlanadi.

Òashxisi. Kasallikni aniqlash eðidemiologik ma’lumotlar va klinik

belgilarga asoslangan. Rektoromanoskoðiya yordamchi usul hisob-

lanadi. Mikroskoð ostida eritrositlarni fagositoz qilgan amyobaning

katta vegetativ (to‘qima) shakllarining toðilishi tashxisning labo-

ratoriya tasdig‘i hisoblanadi. Najas defekatsiyadan keyin 20 minut-

dan kechiktirilmasdan tekshirilishi zarur (amyobalarning to‘qima

shakllari tez ðarchalanadi). Òekshirish uchun najas avtoklav yo‘li

bilan zararsizlantirilgan shisha idishlarga olinadi, chunki dezin-

feksiyalovchi moddalarning arzimagan miqdordagi qoldiqlari ham

amyobalar o‘limiga sabab bo‘ladi. Serologik tashxis qo‘yishda bilvosita

immunofluoressensiya reaksiyasi (BIFR) qo‘yiladi, mazkur

reaksiya bemor zardobida sðetsifik antitelolarni aniqlashga asos-

langan (tashxis titri 1:80). Bemorlarda bu reaksiya 90—100% gacha

ijobiy natija beradi, bu reaksiya amyobalarning bo‘shliq shakllarini

tashuvchilarda ijobiy natija bermaydi. Jigar abssessida bu reaksiya

barcha bemorlarda katta titrlarda ijobiy bo‘ladi. BGAR uncha katta

ahamiyatga ega emas, chunki u dizenteriya amyobasi bilan ilgari

zararlangan bo‘lsa ham ijobiy natijani ko‘rsatadi.

Davolash. Uzoq vaqtlargacha amyobiazni davolashda emetin

gidroxlorid asosiy ðreðarat hisoblangan. Preðarat mushak orasiga 2%

li eritma holida 1,5—2 ml dan kuniga 2 mahal 5—7 kun davomida

yuboriladi, bir haftadan keyin sikl takrorlanadi. Emetin tayin-

langanda ular orasidagi vaqtda xingamin (delagil, xloroxin) 0,25 g


394

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

dan kuniga 3 mahal, xiniofon (yatren) 0,5 g dan kuniga 3 mahal

buyuriladi, tetrasiklinni 0,5 g dan kuniga 4 mahal 5—7 kun davo-

mida qo‘llash mumkin. Emetinni qo‘llaganda ko‘ðincha nojo‘ya

reaksiyalar kuzatilgani uchun keyingi yillarda uning o‘rniga degidro-

emetin (kamroq toksik ta’sirga ega) ishlatilmoqda. Degidroemetin

mushak orasiga 1 kg tana vazniga 1—2% li eritmadan 1—1,5 mg

(maksimal 90 mg/sut) hisobida 5 kun davomida tayinlanadi. Hozirgi

vaqtda amyobiazning ichak va ichakdan tashqari shakllarini davo-

lashda ancha samarali va toksik ta’sirga ega bo‘lmagan ðreðarat

metronidazol (trixoðol, flagil) qo‘llaniladi. Uni 0,5—0,75 g dan 5—

7 kun davomida kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Jigarning amyobali

abssesslarida ðreðarat abssess so‘rilgunga qadar beriladi. Abssessning

so‘rilganligi jigarni skanirlash orqali aniqlanadi. Jigardagi katta

abssesslarda yiring jarrohlik usullari yordamida chiqarib tashlanadi.

Bu vaqtda metronidazol, antibiotiklar va xingamin (delagil) bilan

birga qo‘llanilishi mumkin.  Anemiya rivojlansa, temir ðreðaratlari

va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar tayinlanadi. Òeri amyobiazi

vaqtida yatrenli malhamdan foydalaniladi.

Bemor to‘liq klinik sog‘ayganda va 1—2 kunlik oraliq bilan najas

olti marta laboratoriyada tekshirilganda ðarazit aniqlanmasagina

shifoxonadan chiqarilishi mumkin.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Amyobiaz

uchraydigan joylarda (aholi ðunktlarida) suv ta’minotini to‘g‘ri

tashkil qilish zarur. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, faqat

qaynatilgan suv ichish zarurligi, hojatxonalarni gigiyenik saqlash

va dezinfeksiyalash bo‘yicha ma’lumotlar berilishi lozim. Oziq-ovqat

mahsulotlarini dizenteriya amyobasi sistalari tushishidan saqlash


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish