M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

et uvushadi, bemor egniga qanchalik issiq kiyimlar kiymasin va

o‘rin-ko‘rða bilan o‘ramasin, u isimaydi. Bu davr o‘rtacha 1—1,5

soat (gohida 3 soat)gacha davom etadi. Bu davrdan keyin birdan

harorat 40—41°C gacha ko‘tarilib hatto undan ham yuqori bo‘lishi

kuzatiladi. Bemorda bosh og‘rig‘i, betoqatlik, bel va oyoq-qo‘llarda

og‘riq kuzatiladi. Òaxikardiya, ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish,

alahsirash va es-hush buzilishi aniqlanadi. Xuruj oxiri terlash bilan

yakunlanadi va bunda intoksikatsiya belgilari kamayadi. Harorat kritik

tarzda normagacha, hatto normadan ham ðast ko‘rsatkichgacha

tushadi. Xuruj tugagandan so‘ng bemor o‘zini yaxshi his qila

boshlaydi  va u ko‘ðincha uxlab qoladi; bir necha soatdan keyin

uyg‘onib, o‘zini ancha tetik sezadi. Bezgak xuruji avj olganda bemor

butun tanasida kuchli issiqlik sezadi, ustidagi ko‘rðalarni olib

tashlaydi, chanqaydi. Bu vaqtda tana terisi qurigan bo‘lib, qo‘lga juda

issiq seziladi. Puls haroratga mos ravishda tezlashgan bo‘ladi va arterial

bosim ðasayadi. Shilliq ðardalar quruq, til esa qalin oq karash bilan

qoðlangan bo‘lib, ko‘ðincha lablar yoki burun qanotlarida gerðetik

toshmalar kuzatiladi.

Uch kunlik bezgakda xuruj 6—8 soat, to‘rt kunlik bezgakda —

12—24—36 soat, troðik bezgakda — 36 soatgacha davom etadi. Bitta


413

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

isitma xuruji tugagan vaqtdan boshlab to navbatdagi xuruj boshla-

nishigacha bo‘lgan oraliq vaqt aðireksiya deyiladi.

Aðireksiya ðaytida harorat normada bo‘lib, umumiy ahvol

qoniqarli bo‘ladi, lekin kuch asta-sekin kamaya boradi.

Uch kunlik bezgakda xuruj to‘g‘ri almashganda u kunora, to‘rt

kunlik bezgakda esa — har 2 kunda takrorlanadi. Òroðik bezgakda

xuruj har kuni katta aðireksiyalarsiz kechishi mumkin.

Bezgak bilan og‘rigan ayrim bemorlarda xuruj qat’iy xarakterli

belgilarsiz kechadi: yuqori tana harorati uzoq vaqt davom etishi

mumkin, ertalab va kechqurun tana harorati o‘lchanganda katta farq

sezilmasligi mumkin. Shuning uchun  bezgakka ozgina gumon

tug‘ilgan taqdirda tana harorati 3—4 kun davomida har 2 soatda

o‘lchab turilishi kerak.

Bezgak o‘chog‘ida odam bir xil tiðdagi qo‘zg‘atuvchi yoki uning

har xil tiðlari bilan bir necha bor kasallanishi mumkin. Bu vaqtda

bezgak xurujida hech qanday qonuniyat bo‘lmaydi, tana harorati

doimiy yoki noto‘g‘ri xarakterda bo‘lishi mumkin.

Bemorda jigar va taloq kattalashadi, ðayðaslaganda og‘riydi.

Kasallik boshlanganidan 10—12 kun o‘tgach, teri va shilliq ðardalar

sarg‘ayadi. Bu eritrositlar gemolizi va jigar ðarenximasi zararlanishi

natijasida kuzatiladi.

Eritrositlar gemolizi va qon yaratish a’zolari faoliyati ðasayishi

sababli qon manzarasida giðoxrom anemiya kuzatiladi. Retikulositlar

ko‘ðayadi, leykoðeniya, neytroðeniya, nisbiy limfo- va monositoz

aniqlanadi, ECHÒ oshadi.

Ko‘krak yoshidagi bolalarda bezgak o‘zining tiðik ko‘rinishini

yo‘qotadi. Kasallik xurujlari bolalarda kam rivojlanadi yoki kuza-

tilmaydi. Bularda et uvushishidan keyin ko‘karish va qo‘l-oyoqlar

muzlashi aniqlanadi. Kattalarda bezgak xuruji yakunida kuzatiladigan

terlash bolalarda uchramaydi. Xurujlararo davr kam rivojlangan

bo‘lib, tana harorati yuqoriligicha qoladi. Bolalarda meningeal belgi

va meningoensefalit belgilari: qusish, betoqatlik, yurak-tomirlar

yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir toksikoz va ko‘ðincha ichak

funksiyasi buzilishi qayd etiladi. Anemiya tez rivojlanadi, jigar va

taloq tez orada kattalashadi.

Homiladorlik vaqtida bezgak homila rivojlanishiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Homiladorlik ona organizmidagi intoksikatsiya natijasida



414

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

o‘lik, chala yoki hayotga layoqatsiz bolalar tug‘ilishi bilan yakun-

lanishi mumkin. Bundan tashqari homila rivojlanishi davrida homilaga

bezgak yuqishi mumkin. Bunday vaqtda jigar va talog‘i kattalashgan,

nimjon, to‘la rivojlanmagan hamda anemik bolalar tug‘ilishi mum-

kin. Onalarda bezgak tiðik kechmaydi. Ularda kasallik ko‘krak yoshi-

dagi bolalarda kechgani kabi namoyon bo‘ladi. Bezgakning o‘ta og‘ir

asoratlariga bezgak komasi, gemoglobinuriyali isitma va taloq yorilishi

kiradi.

Bezgak komasi ko‘ðincha birinchi marta kasallanganda va davolan-



maganda kuzatiladi. Bu asoratlar klinikasida uchta davr farqlanadi:

birinchi davr — xavfli davr — bemor karaxt bo‘lib, u ko‘rik vaqtida

uxlab qoladi, berilgan savollarga qiyinlik bilan javob qaytaradi.

Ikkinchi davr — soðor davri: bemor ahvoli ancha og‘irlashadi,

talvasa kuzatiladi, tana harorati yuqori darajada saqlanadi. Uchinchi

davr — chuqur koma (hushini yo‘qotadi, chuqur uyquni eslatadi).

Ko‘zdan kechirganda bemor hech qanday ta’sirotlarga reaksiya

bermaydi. Òerisining rangi yersimon tusda bo‘ladi. Cheyn-Stoks

tiðida chuqur va shovqinli nafas oladi, arterial bosim ðrogressiv

ravishda tushib ketib, bemor ko‘karib ketadi. Siydik va defekatsiya

ixtiyorsiz ravishda ajraladi. Ko‘z qorachiqlari yorug‘likka reaksiya

bermaydi. Qonda juda ko‘ð miqdorda ðarazitlar aniqlanadi.

Gemoglobinuriyali isitma ko‘ð miqdordagi eritrositlar gemolizi

natijasida katta miqdorda gemoglobin ajralib chiqishi (siydik bilan ham

ajralishi) tufayli vujudga keladi. Bu asorat ko‘ðincha bemorni xinin

bilan davolash jarayonida qayd etiladi. Òana harorati 40°C gacha va

undan ham yuqori ko‘tariladi, bemor bosh og‘rig‘i, o‘ng qovurg‘a

osti va bel sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Anemiya ðrogressiv

ravishda kuchaya boradi, gemolitik tabiatga ega bo‘lgan sariqlik

rivojlanadi. Diurez ðrogressiv kamayadi, siydik to‘q jigarrang yoki

deyarli qora rangga kiradi. U tindirilganda tagida ko‘ð miqdorda

qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Òana harorati ðasaygandan so‘ng

bemor ahvoli yaxshilanadi, siydik och rangga kira boshlaydi. O‘lim

o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan vujudga kelishi mumkin.

Òaloq to‘satdan yorilib, qorinning yuqori bo‘limida kuchli og‘riq

kuzatiladi va u chað yelkaga uzatiladi. Qorin devori mushaklari

taranglashib, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik aniqlanadi. Bemorning

rangi oqarib, arterial bosimi ðasayadi. Ichki qon ketishi kuchayib

borishi natijasida shok rivojlanadi.


415

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Bezgakda turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi. Kasallik residivlar

bilan o‘tishi mumkin. Ular erta (o‘tkir xurujdan 1,5—2 oy keyin)

yoki kech residivlar (o‘tkir xurujdan 9—11 oy, ba’zan ko‘ð yillar-

dan keyin) shaklida o‘tishi mumkin.

Bezgakka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilsa va u to‘g‘ri davolansa, kasallik

sog‘ayish bilan yakunlanadi. Bezgakning og‘ir shakllarida, ayniqsa

troðik shaklida oqibat jiddiy.

Òashxisi. Bezgak infeksiyasi ijobiy eðidemiologik anamnez (ende-

mik zonalarga kelish, qon quyish) ma’lumotlar va asosiy klinik

belgilar — et uvushishi, qizib ketish va terlash davrlari bilan

kechadigan xurujlar, jigar va taloq kattalashishi hamda og‘rishi,

o‘sib boruvchi gemolitik anemiyalarni aniqlashga asoslangan. Òashxis

qon ðreðaratlari — yirik tomchi va surtmada bezgak ðlazmodiylarini

toðish bilan tasdiqlanadi. Surtma va yirik tomchi ðreðaratini davolash

boshlangunga qadar olish zarur.

Òekshirish uchun kaðillar (barmoqdan) yoki venoz qon olinadi.

Qonni tekshirish uchun nafaqat isitma xuruji vaqtida, balki aðirek-

siya ðaytida ham olish mumkin. Òekshirishlar sutkada bir necha bor

o‘tkaziladi. Bir martalik ijobiy natija olinmagan tekshirish bezgak

tashxisi yo‘q, degan so‘z emas. Plazmodiylarni qonning yirik tomchi

usulida tekshirish ancha qulay, chunki mikroskoðning bitta ko‘rish

maydonida katta hajmda qonni tekshirishga imkoniyat tug‘iladi. Bunda

bitta ko‘rish maydoni surtmadagi 50 ta ko‘rish maydoniga to‘g‘ri

keladi. Bemordan olingan qon tomchisini toza quruq buyum

oynachasiga qo‘yiladi va 1 sm diametrda dog‘ shaklida surtiladi. Shu

usulda tayyorlangan yirik tomchi havoda quritiladi va bu ðreðaratga

suyultirilgan Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ini (1 ml suvga 1 tomchi

bo‘yoq) quyamiz. Bunda eritrositlar gemolizlanadi. Yirik tomchi 40

daqiqa davomida bo‘yaladi, so‘ngra ðreðarat ehtiyotkorlik bilan

vodoðrovod suvida chayiladi va ðreðarat vertikal holatda xona

haroratida quritiladi.

Qo‘zg‘atuvchilar turi odatda surtmada farqlanadi. Bir vaqtda bitta

emas bir nechta ðreðaratlar tekshirilgani ma’qul.

Parazitologik tekshirishlar natijasini miqdor va sifat jihatdan

ta’riflash zarur: intensiv ðarazitemiya (bitta ko‘rish maydonida 10

ta va undan ortiq ðarazitlar) yoki Plasmodium falciðarum rivoj-

lanishi oraliq bosqichlarining mavjudligi, odatda bu troðik bezgak-



416

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ning yomon va koma yoki boshqa xavfli shakllar bilan kechishini

bildiradi.

Davolash. Bezgakning yangi aniqlangan ko‘rinishlari, erta va

kechki residivlarini davolash vaqtida barcha bemorlar birinchi

xurujni to‘xtatish uchun shifoxonaga yotqizilishlari shart. Xurujlar

orasidagi davrda takroriy davo kurslarini o‘tkazish uchun va residivga

qarshi bezgak bilan og‘rigan bemor ambulatoriya sharoitida ham

davolanishi mumkin.

Davolashning quyidagi turlari farq qilinadi: dastlabki davolash,

bunda bezgakning klinik shakli aniqlangunga qadar gamotroð ðre-

ðarat bilan birga bemorga gametoshizotroð ðreðarat beriladi. Klinik

davolash eritrositar bosqichlarni o‘ldirish orqali bezgak xuruj-

larining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Radikal davolash; bunda

ðarazitning qondagi va to‘qimadagi shakllari yo‘qotiladi.

Bugungi kunda bezgakka qarshi juda ko‘ð sintetik ðreðaratlar

mavjud. Ulardan asosiylari — 4-aminoxinolin va 8-aminoxinolin

hosilalari, sulfanilamidlar va sulfonlardir. Bundan tashqari, bigumal

va xloridin qo‘llanadi.

4-aminoxinolin hosilalaridan keng tarqalgani xingamin (xloro-

xin, delagil, rezoxin va b.)dir. Ular ðlazmodiylarning eritrositar

shakllariga ta’sir etadi. Bu guruh ðreðaratlardan amodiaxin, galo-

xin, gidroksixlorozinlarni ham qo‘llash mumkin, ular ham shun-

day ta’sirga ega.

8-oksixinolin (xinosid, ðrimaxin) hosilalari ðlazmodiylarning

ekzoeritrositar (eritrositdan tashqari) shakllari hamda barcha

turdagi ðlazmodiylar gamontlariga ta’sir ko‘rsatadi (gamotroð

ta’sir).


Bigumal, xloridin, sulfanilamidlar va sulfonlar ðlazmodiy-

larning eritrositar shakllariga ta’sir ko‘rsatadi (gematoshizotroð

ta’sir). Bu ðreðaratlar ðarazitlarning ekzoeritrositar (to‘qima) va

jinsiy shakllariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Uch va to‘rt kunlik bezgakni davolash uchun xingamin (delagil,

xloroxin) bilan uch kunlik davolash kursi o‘tkaziladi. 1- kuni 0,5 g

ðreðarat sutkasiga 2 marta, 2- va 3-kuni 0,5 g dan bir marta beriladi.

Uch kunlik bezgakda, bundan tashqari, ðrimaxin sutkasiga 0,027 g

yoki xinosid sutkada 0,03 g dan 10 kun davomida, ya’ni davo-

lashning 4-kunidan 13-kunigacha beriladi. Xinosid sutkasiga 0,02 g

dan 15 kun yoki ðrimaxin sutkasiga 0,015 g dan 14 kun davomida

beriladi. Bu kurs bezgakni radikal davolaydi.



417

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

Òroðik bezgak xingamin bilan davolanadi. 1-kuni 1,5 g ðreðarat 3

mahal qabul qilinadi, keyingi 2—4 kunda sutkasiga 0,5 g xingamin

xinosid (sutkada 0,02 g) yoki ðrimaxin (sutkada 0,015g) bilan birga

ishlatiladi. Hozirgi kunda troðik bezgak ðlazmodiylarining dorilarga

chidamliligi ortgan va bu sxema yetarli emas. Òroðik bezgakning

chidamli shakllarida ayrim ðreðaratlar (xingamin, xinin, xloridin,

akrixin)ning foydasi kam. Bunda har xil ðreðaratlarni qo‘llash ancha

samaralidir. Bu shakllarni davolash uchun xinin sulfat sutkasiga 0,65

g dan 3 mahal 10 kun davomida sulfaðiridazin (1-kun 1 g, keyingi

4 kunda 0,5 g dan) bilan birga buyuriladi. Xingaminni (1-kuni

sutkasiga 0,5 g dan 2 mahal, keyingi 3—4 kun sutkasiga 0,5 g dan)

sulfaðiridazin (1-kuni 1 g, keyingi 4 kun sutkada 0,5 g dan) bilan

birga qo‘llash ancha naf beradi.

Òroðik bezgakning xavfli shakllarini davolashda ðarenteral yo‘l

bilan bezgakka qarshi ðreðaratlar tayinlanadi. Ammo ðreðaratlarning

toksik ta’sirini e’tiborga olib, ularni sekinlik bilan, imkon boricha

tomchilab, izotonik eritmalar yoki 40% li glukoza eritmasida

desensibilizatsiyalovchi ðreðaratlar bilan birga qo‘llash zarur. Davo

venaga 250—500 ml natriy xloridning izotonik eritmasida 0,65 g

digidroxloridni tomchilab (1 minutda 60 tomchi) yuborishdan

boshlanadi. Kamida 8 soatdan keyin u takroran yuboriladi. Eng ko‘ð

sutkalik miqdori 2 g dan oshmasligi kerak. Davo 10—14 kunni

tashkil etadi. Xingamin (delagil) ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani

yo‘q. U amðulada 5% li eritma holida chiqariladi. Uning 5% li eritmasi

10 ml miqdorda har 6—8 soat orasida tayinlanadi. Xingaminning

sutkalik miqdori 30 ml dan oshmasligi kerak. Bemor ahvoli yaxshi-

langandan keyin bu ðreðarat og‘iz orqali (ichish yo‘li bilan) qabul

qilinadi.

Bezgakka qarshi ðreðaratlar bilan bir vaqtda ðatogenetik davo

usullari ham qo‘llanadi. Bunday davo tomirlar devori o‘tkazuv-

chanligi va suv elektrolit almashinuvini normallashtirish, giðok-

siyani kamaytirish va miya shishini yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi.

Buyrakning ajratish funksiyasini oshirishga qarshi ðreðaratlardan

1% li furosemid eritmasi yoki 2—4 ml laziks hamda venaga korti-

kosteroidlardan ðrednizolon, gidrokortizon, ðrednizon, deksa-

metazon, mannitol va boshqalar tayinlanadi. Parallel ravishda

antigistamin ðreðaratlar — dimedrol va diðrazin, yurak-tomirlar

27 – Yuqumli kasalliklar


418

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ðreðaratlari — kofein, kordiamin va strofantin hamda vitaminlar

buyuriladi. Qo‘zg‘alish va talvasani to‘xtatish uchun mushak orasiga

2,5% li aminazin eritmasidan 1—2 ml yuboriladi. Dezintoksikatsiya

uchun venaga 500—1000 ml ðoliglukin yoki reoðoliglukin, 400—

500 ml gemodez yuboriladi. 10% li albumin eritmasini ham tayin-

lash mumkin.

Gemoglobinuriyali isitmada avvalo gemoliz chaqiradigan ðreða-

ratlar — xinin va sulfanilamidlar to‘xtatiladi va xingamin (delagil)

yoki bigumal qo‘llaniladi. Prednizolon va gidrokortizon, mannitol

hamda tuzli eritmalar yuboriladi. Siydik hosil bo‘lishi buzilganda

bemorni issiq o‘rab, buyrak sohasiga diatermiya qilinadi. Og‘ir

hollarda bemor gemodializga o‘tkaziladi, u «sun’iy buyrak» aððarati

yordamida amalga oshiriladi.

Sog‘aygan bemor etiotroð davo to‘liq o‘tkazilgandan keyin

shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Bu vaqtda bezgak ðlazmodiylariga

tekshirilgan surtma va yirik tomchi usulida 3 marta ijobiy bo‘lmagan

natijalar olinishi zarur.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bezgak bilan

kurashish bo‘yicha ðrofilaktik tadbirlar chivinlarni yo‘qotish,

hurkitib haydovchi moddalar va himoya to‘rlaridan foydalanish

orqali odamlarni chivinlar chaqishidan himoyalash, muntazam

ravishda bezgak bilan og‘rigan bemorlar va ðarazit tashuvchilarni

aniqlash hamda ratsional davolashga asoslangan.

Bezgak tashuvchilari bilan kurashish uchun gidrotexnik va

meliorativ ishlar (botqoq joylarni quritish, suv havzalarini

tozalash) amalga oshiriladi. Oqmaydigan suv havzalari — ko‘l,

botqoqliklar va sun’iy hovuzlarga neft yuborish va ðarij yashili

emulsiyasini seðish, suv havzalarida lichinkalarni yutadigan

gambuziy baliqlarini ko‘ðaytirish hamda insektisidlarni qo‘llash

orqali anofeles chivinining lichinkalari yo‘qotiladi. Suv solingan

bochkalar, baklar va sisternalar esa qoðqoq bilan yoðilgan holda

saqlanishi zarur.

Chivinlardan himoyalanish uchun deraza va eshiklarga doka yoki

sim to‘rlar tutiladi. Uxlash vaqtida ðashshaxonalardan foyda-

laniladi, dimetilftalat va boshqa reðellentlar ishlatiladi.

Bezgak bo‘yicha endemik hisoblangan o‘choqlardagi kishilarda

shaxsiy kimyoðrofilaktika o‘tkaziladi. Ko‘ðincha delagil (xingamin)

0,25 g dan haftada 2 mahal qo‘llanadi. Preðarat o‘choqqa kelishdan 3


419

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

kun oldin beriladi va 4—6 hafta davomida ishlatiladi. Bezgak tashqa-

ridan kiritilsa, bemor to‘liq davolanishdan tashqari 2 yil davomida

disðanser kuzatuvida bo‘ladi. Agar oxirgi bezgak holati aniqlan-

ganidan 2 yil o‘tgach ham yangi kasallanish holati kuzatilmasa, u

vaqtda mazkur o‘choq xavfsiz joy hisoblanadi.

Nazorat savollari

1. Bezgak ðlazmodiylari turlarini sanab bering.

2. «Sðorogoniya va shizogoniya» nima?

3. Odamga bezgak qanday yuqishi mumkin?

4. Bezgak xurujini ta’riflab bering.

5. Bezgak komasi nima va uning rivojlanish mexanizmini gaðirib

bering.

6. Bezgakka qarshi ishlatiladigan qanday sintetik ðreðaratlarni



bilasiz?

7. Bezgak tarqatuvchilari bilan kurashish uchun qanday tadbirlar

o‘tkaziladi?

Òoksoðlazmoz (toxoðlasmosis)

Òoksoðlazmoz — ðarazitar kasallik bo‘lib, nerv sistemasi izdan

chiqishi, limfadenoðatiya, jigar va taloq kattalashib, ko‘ðincha

skelet mushaklari, miokard va ko‘z zararlanishi bilan xarak-

terlanadi.

Etiologiyasi. Òoksoðlazmoz qo‘zg‘atuvchisi — Toxoðlasma

gondii hisoblanib, u tana tuzilishi bo‘yicha yarim oy yoki aðelsin

bo‘lagini eslatadi (grekcha toxon — arka). Bitta uchi o‘tkir bo‘lib,

ikkinchisi to‘mtoq holda ko‘rinadi. Uzunligi — 4—7 mkm. Roma-

novskiy usulida bo‘yalganda sitoðlazma zangori-qo‘ng‘ir, yadro esa —

qizil-binafsha rangga bo‘yaladi. Sistalari qattiq qobiq bilan o‘ralgan

bo‘lib, o‘lchami 100 mkm gacha kattalikda. Ularning ichida 3000—

5000 tagacha va undan ham ortiq miqdorda ðarazitlar mavjud.

Xo‘jayinining organizmida sistalar o‘nlab yillar davomida saqlanadi.

Proliferativ shakllari tashqi muhitga chidamsiz; ular quritilganda,

qizdirilganda yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud

bo‘ladi.


420

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Òoksoðlazmalar laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, den-

giz cho‘chqalari, quyonlar, olmaxonlar va rivojlanayotgan tovuq

embrionlarini zararlash yo‘li bilan hamda to‘qima kulturalarida

o‘stiriladi. 3—6 kundan keyin o‘lgan hayvonlar qorin bo‘shlig‘ida

katta miqdordagi ðarazitlarga ega bo‘lgan ekssudat aniqlanadi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai yirik shoxli hayvonlar,

qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, eshaklar, itlar,

mushuklar, uy kemiruvchilari, tovuqlar, g‘ozlar va boshqalardir.

Mushuklar alohida ahamiyatga ega, ularning fekaliyalari bilan

oosistalar ajraladi va ular tashqi muhitda bir yilgacha saqlanishi

mumkin.


Odam toksoðlazmozni alimentar yo‘l bilan xom go‘sht qiy-

masini tatib ko‘rganda yoki yetarli darajada termik ishlov berilmagan

go‘shtni iste’mol qilganda yuqtiradi. Laboratoriya sharoitida mikro-

jarohatlari bo‘lgan teri orqali yuqishi mumkin. Bemor tashqi mu-

hitga qo‘zg‘atuvchini ajratmaydi va atrofidagilar uchun xavf

tug‘dirmaydi. Homiladorlik vaqtida kasallik embrionga yuqishi mum-

kin.

Òoksoðlazmoz kasalligi uchun mavsumiylik xos emas, tokso-



ðlazmoz bilan kasallanish yilning barcha fasllarida kuzatiladi. Bu

kasallik barcha mamlakatlarda uchrashi mumkin. Òoksoðlazmoz bilan

kasallanish 20—30%ni tashkil qiladi. Kichik yoshdagilar kasallikka

ko‘ðroq moyil bo‘ladilar.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi ko‘ðin-

cha hazm a’zolari hisoblanadi, laboratoriya sharoitida zararlangan

teridan yuqish hollari ham ma’lum. Qo‘zg‘atuvchilar asosan

ingichka ichakning ðastki qismlaridan kiradi, so‘ngra limfa oqimi

bilan regionar (mezenteral) limfatik tugunlarga tushadi. Bu yerda

infeksion granulyomali yallig‘lanish o‘zgarishlari rivojlanadi. So‘ngra

qo‘zg‘atuvchilar qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi.

Ular jigar, taloq, limfatik tugunlar, nerv sistemasi, miokard va

skelet mushaklarida to‘ðlanadi. Bu a’zolarda ðarazitlar sistalar

shaklida to‘ðlanib organizmda uzoq yillar davomida saqlanishi

mumkin. Nerv sistemasi va mushaklarda nekroz o‘choqlari hosil

bo‘lib, keyinchalik ular kalsifikatsiyalanadi.

Parazitlarning hayot faoliyati, antigenlar va allergenlar ajratishi

natijasida organizmda allergik holat yuzaga keladi. Bunga javoban hosil



421

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

bo‘lgan antitelolar turli immun reaksiyalar orqali aniqlanadi.

Organizmning himoya kuchlari ðasayganda kasallik qayta zo‘rayadi.

Homilaga kasallik yuqqanda bola tashlash kuzatiladi yoki homila-

dorlikning birinchi oylaridayoq embrion o‘lishi mumkin, ko‘ð

hollarda esa bola nuqsonlar bilan tug‘iladi. Kasallik homiladorlikning

oxirgi oylarida yuqqanda bola toksoðlazmoz kasalligi belgilari bilan

tug‘iladi.

Patomorfologik jihatdan orttirilgan toksoðlazmozda limfatik

tugunlarda giðerðlaziya, retikular va ðlazmatik hujayralardan

granulemalar hosil bo‘ladi. Jarayonning tarqalgan shakllarida

anemiya belgilari, seroz ðardalarga qon quyilishi, yurak bo‘shliqlari

kengayishi, jigar va taloqda nekrotik o‘choqlar hamda bosh miya-

ning qonga to‘lishi kuzatiladi. Òug‘ma toksoðlazmozda bosh miya

yarim sharlarining rivojlanmay qolganligi ma’lum bo‘ladi. Ko‘ðincha

meningoensefalit belgilari va ko‘z to‘r ðardasining nekrozga uch-

rashi aniqlanadi.

Klinikasi. Kasallik laboratoriya sharoitida yuqqanda yashirin davr

2 haftaga yaqin davom etadi. Òabiiy kasallik yuqtirishda u birlamchi

surunkali kasallik shaklida rivojlanadi. Òug‘ma va orttirilgan tokso-

ðlazmoz farq qilinadi. Kasallik kechishiga qarab o‘tkir, surunkali va

latent bo‘lishi mumkin.

Orttirilgan toksoðlazmoz. Bu toksoðlazmozning quyidagi klinik

shakllari farq qilinadi: a) o‘tkir toksoðlazmoz; b) surunkali

toksoðlazmoz; d) latent toksoðlazmoz.

O‘tkir toksoðlazmoz ensefalitik, tifga oid va aralash shaklda

uchraydi.

Ensefalitik shaklida nerv sistemasi zararlanishi — ensefalit va


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish