meningoensefalit belgilari oldingi o‘ringa chiqadi. Baland isitma,
kuchli bosh og‘rig‘i, talvasa, qusish, gallusinatsiya, bosh suyagi
nervlari falaji va meningeal belgilar kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechib,
o‘lim bilan tugashi mumkin.
Òifga oid shakli o‘tkir boshlanishi, isitma chiqishi, butun tanada
ðaðulasimon toshmalar ðaydo bo‘lishi, jigar va taloq kattalashishi
bilan xarakterlanadi. O‘tkir toksoðlazmozning ensefalitik va tifga oid
shakllarga bo‘linishi shartli xarakterga ega; chunki ko‘ðincha tifga oid
shaklida ensefalit belgilari qayd etiladi. Bu vaqtda kasallikning aralash
shakli haqida so‘z yuritiladi.
422
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Surunkali toksoðlazmoz asta-sekin rivojlanadi. Bemor umumiy
holsizlik, ishtaha ðasaygani, uyqu buzilgani, qo‘zg‘aluvchanlik,
bosh og‘rig‘i, yurak sohasida, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq va
ayrim hollarda esa ko‘rish faoliyati buzilganidan shikoyat qiladi.
Òekshirganda deyarli barcha bemorlarda subfebrilitet aniqlanadi va
bunday isitma oylar davomida kuzatilishi mumkin. Ko‘ð uchraydigan
belgilardan biri — limfadenoðatiyadir. Bunda ðeriferik — bo‘yin,
ensa, qo‘ltiq osti va chov limfatik tugunlari bilan bir qatorda
mezenterial limfatik tugunlar ham kattalashadi. Jigar kattalashib,
biroz og‘riydi. Ayrim hollarda taloq kattalashadi. Ko‘ðincha tokso-
ðlazmoz miozit — mushaklarda og‘riq bilan kechadi. Artralgiyalar
uchraydi. Yurak-qon tomirlarda giðotoniya, taxikardiya, yurak
chegaralarining chaðga kengaygani, yurak tonlari bo‘g‘iqligi va EKG
da miokardit belgilari qayd etiladi. Surunkali toksoðlazmozda nafas
a’zolarida o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Ishtaha ðasayadi, og‘iz quriydi, ko‘ngil ayniydi, oshqozon
sohasida og‘riq kuzatiladi, meteorizm va qabziyat, ba’zan oriqlab
ketish hollari aniqlanadi.
Ko‘z tomirlari traktining yallig‘lanishi va ko‘rish fokusining
o‘zgarishi, nerv sistemasida ensefalit holatlari va eðileðtik xurujlar
uchraydi.
Latent toksoðlazmozda hatto ðuxta klinik tekshirganda ham
toksoðlazmoz belgilarini aniqlab bo‘lmaydi. Ularga serologik reak-
siyalar yoki teri ichiga toksoðlazmin yordamida qo‘yiladigan
sinamalar orqali tashxis qo‘yiladi.
Òug‘ma toksoðlazmoz orttirilgan toksoðlazmoz kabi o‘tkir
kasallik tarzida o‘tadi yoki kasallikning boshlanishidanoq surunkali
tus olishi mumkin.
Òug‘ma toksoðlazmozning o‘tkir shakli og‘ir va tarqalgan kasallik
tarzida kechadi. Kuchli rivojlangan umumiy intoksikatsiya, baland
isitma, ekzantema (toshmalar), ichki a’zo va nerv sistemasining
o‘zgarishlari xarakterli. Òoshmalar qo‘l-oyoqlarga va qorinning ðastki
qismiga ko‘ðroq toshadi. Ular bir necha kundan 2 haftagacha
saqlanishi mumkin. Ko‘ðincha jigar zararlanadi, bunda uning
o‘lchami kattalashadi, teri qoðlamlari sarg‘ayadi. Òaloq va ðeriferik
limfatik tugunlar kattalashadi. Bular bilan bir qatorda, ensefalit
rivojlanadi. Bunda tonik va klonik talvasalar, oyoq-qo‘llar ðarezi yoki
falaji kuzatiladi.
423
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Òug‘ma toksoðlazmozning surunkali shaklida bemorda vaqti-vaqti
bilan qayta zo‘rayib turadigan umuminfeksion simðtomlar va ko‘z
hamda nerv sistemasining zararlanish simðtomlaridan ong rivoj-
lanishining ðasayishi, ðarezlar, falajlar, eðileðtik xurujlar va
xorioretinitlar kuzatiladi.
Òug‘ma toksoðlazmozda infeksion jarayon ðasayganidan so‘ng
mikrosefaliya va ong rivojlanishining orqada qolishi kabi belgilar
doimiy saqlanib qolishi mumkin.
Òashxisi. Òoksoðlazmoz avvalo kasallikning klinik ko‘rinishlari va
a’zo hamda sistemalarning maxsus tekshirishlaridan EKG, ko‘z
tubini ko‘zdan kechirish, bosh suyagi va zararlangan mushaklarni
rentgenografiya qilish natijalariga asoslangan holda aniqlanadi.
Òoksoðlazmozga gumon qilinganda qon, orqa miya suyuqlig‘i,
limfatik tugunlar ðunktati hamda o‘likdan olingan yoki bioðsiya
materiallari tekshiriladi. Òoksoðlazmalar Romanovskiy usulida
bo‘yalgan surtmalarda, to‘qimalarning gistologik kesmalari va oq
sichqonlar bilan qo‘yiladigan biologik sinamalarda aniqlanadi.
Serologik reaksiyalardan KBR, PGAR, immunoflyuores-
sentlanuvchi antitelolar usuli, ðresiðitatsiya reaksiyasi, bo‘yovchi
moddalar bilan qo‘yiladigan Seybin — Feldman reaksiyasi va
boshqalar qo‘llanadi.
Òoksoðlazmin bilan teri ichiga qo‘yiladigan sinama keng tarqalgan.
Agar 0,1 ml toksoðlazmin yuborilgan joyda 10 mm dan kam
bo‘lmagan (20 mm dan ko‘ð bo‘lsa o‘ta ijobiy hisoblanadi) giðe-
remiya va teri infiltratsiyasi kuzatilsa va u 48 soatdan keyin kamaysa,
sinama ijobiy hisoblanadi. Sinama odatda kasallikning 4-haftasidan
boshlab ijobiy bo‘la boshlaydi va ko‘ð yillar davomida saqlanib qolishi
mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 20—30% sog‘lom kishilar
va qo‘shimcha kasalligi bo‘lgan bemorlarda toksoðlazmozga ijobiy
reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun serologik reak-
siyalar va teri ichiga qo‘yiladigan sinamalarni baholashda ehtiyot
bo‘lish zarur. Jarayonning faolligini aniqlash uchun toksoðlazmin
bilan qo‘yiladigan titratsiyali sinamadan foydalaniladi, bunda teri
ichiga 1:10, 1:100, 1:1000, 1:10000, 1:100000 nisbatlarda eritilgan
toksoðlazminlarning har biridan 0,1 ml dan yuboriladi. Faol
jarayonda 1:100000 gacha va undan ham yuqori nisbatlarda reaksiya
aniqlanadi. Bu sinama davolashda toksoðlazminning ishchi miqdorini
aniqlash uchun ham xizmat qiladi.
424
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Davolash. O‘tkir toksoðlazmozni etiotroð davolash uchun
xloridin sulfadimezin bilan birga qo‘llanadi. Xloridin 0,025 g dan
kuniga 2–3 mahal va sulfadimezin sutkasiga 2—4 g dan 5—7 kun
davomida beriladi. 7–10 kun interval bilan 3 kurs o‘tkaziladi. Bu
ðreðaratlar tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar bilan almashtirib
ishlatilishi mumkin.
Òoksoðlazmozning surunkali shakllarida komðleks teraðiya
yaxshi natijalar beradi. Avval 7–10 kun davomida etiotroð ðreða-
ratlardan tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar, delagil va boshqalar
nosðetsifik desensibilizatsiyalovchi ðreðaratlardan diðrazin, dimed-
rol, suðrastin va uncha katta bo‘lmagan miqdorda kortikosteroidlar
bilan birga buyuriladi. Vitaminlar va umumquvvat bo‘luvchi modda-
lar tayinlanadi. Albatta toksoðlazmin yordamida sðetsifik immuno-
teraðiya – vaksinoteraðiya kursi o‘tkaziladi. Buning uchun avval
toksoðlazminning ishchi eritmasi (katta bo‘lmagan teri reaksiyasiga
sabab bo‘ladigan eng kam eritilish miqdori) aniqlanadi. Davolash
uchun tanlangan toksoðlazmin teri ichiga 1-kuni 0,1 ml 3 ta joyga,
2-kuni – 4 ta inyeksiya 0,1 ml dan 4 ta joyga, so‘ngra har kuni bir
inyeksiyadan qo‘shib borgan holda 10 ta inyeksiyagacha yetkaziladi.
Bu davolashning 8-kuniga to‘g‘ri keladi. Òoksoðlazmin orga-
nizmning himoya immun reaksiyalarini kuchaytiradi.
Artralgiyalar va miozitlarda fizioteraðiya buyuriladi.
Homiladorlikning boshlanishida, ya’ni birinchi 3 oyida kimyo-
ðreðaratlarni tayinlash qat’iyan man qilinadi, chunki ular ta’sirida
nogironliklar (teratogen ta’siri) kuzatilishi mumkin. Òeri ichiga
qo‘yilgan sinama bo‘yicha toksoðlazmozga ijobiy reaksiya kuzatilsa-
yu, lekin kasallikning klinik belgilari uchramasa, homiladorlarni
toksoðlazmoz bo‘yicha davolash shart emas.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Infeksiya
ðrofilaktikasi uy hayvonlari orasida toksoðlazmoz bilan kurashish,
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bundan tashqari xom go‘sht
qiymalari hamda yetarlicha termik ishlanmagan go‘shtli ovqatlarni
iste’mol qilish (tatib ko‘rish)ni man etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Òug‘ma toksoðlazmoz ðrofilaktikasida ayniqsa bu qoidalarga ayollar
homiladorlik vaqtida qat’iy rioya qilishlari shart. O‘choqda tadbirlar
o‘tkazilmaydi.
425
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Nazorat savollari
1. Odamga toksoðlazmoz qanday yuqadi?
2. Homiladorlik vaqtida toksoðlazmoz qanday asoratlarga olib
kelishi mumkin?
3. Orttirilgan toksoðlazmozning qanday klinik shakllarini bilasiz?
4. Surunkali toksoðlazmoz haqida gaðirib bering.
5. Òoksoðlazmin yordamida o‘tkaziladigan «titratsion sinama»
nima?
6. Òoksoðlazmozning surunkali shakllarini qanday davolash
mumkin?
7. Òoksoðlazmoz ðrofilaktikasi qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi?
Sarkosistoz (sarcocystosis)
Qo‘zg‘atuvchilari — sarkosistalardir. Odam ikki turdagi sarkosis-
talarning oxirgi xo‘jayini hisoblanadi: Sarcocystis hominis va Sarco-
cystis suihominis (grekcha sarc — go‘sht degan ma’noni anglatadi).
Sarkosistalar jinsiy yo‘l bilan odam ingichka ichagining shilliq
qavatida ko‘ðayadi. Bunda yetilgan sðorosistalar hosil bo‘lib, ular
najas bilan ajraladi. Sðorosistalar 12—16 mkm kattalikka ega, tashqi
muhitda yaxshi saqlanadi.
Oraliq xo‘jayinlari hisoblangan yirik shoxli hayvonlar (Sarco-
cystis hominis ning oraliq xo‘jayinlari) va cho‘chqalar (Sarcocystis
suihominis ning oraliq xo‘jayinlari) sðorozitlarni yutganda ular
ichakda sðorosistalardan ajralib, qon orqali ko‘ndalang-targ‘il
mushaklarga kiradi. Bu yerda jinssiz ko‘ðayish sikli bo‘lib o‘tadi.
Sarkosistalar mushak tolalarida bo‘ylama joylashadi. Ular uzunchoq,
ba’zan 5 sm gacha kattalikda bo‘lib, nozik ðarda bilan qoðlangan.
Odam kasallikni yetarlicha termik ishlanmagan sarkosistalar
bo‘lgan mol yoki cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilganda yuqtiradi.
Ichak sarkosistozi klinikasi ishtaha ðasayganligi, ko‘ngil aynishi,
qorin dam bo‘lishi, qorinda og‘riq va ich ketishi bilan xarakterlanadi.
Cho‘chqa go‘shti bilan zararlanganda kasallik klinikasi yaxshi seziladi.
Kasallik infeksiya tushgan go‘shtni yegandan 3—8 soat o‘tgach
boshlanadi va bir necha kundan 3 haftagacha davom etishi mumkin.
426
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Mushak sarkosistozi odatda belgilarsiz kechadi, ayrim hollarda
miozit, mialgiyalar va terida allergik toshmalar kuzatiladi. Bu vaqtda
qon tekshirilganda eozinofiliya aniqlanadi.
Òashxis qo‘yish uchun bemor najasi tekshiriladi. Yangi ajralgan
najasda sðorosistalar uchraydi. Sðorosistalar kasallik yuqtirgandan
keyin 9-kundan boshlab najasda ðaydo bo‘ladi. Ularning eng ko‘ð
miqdori 14—22-kuni kuzatiladi. Sðorosistalar najasda uzoq vaqt
saqlanmaydi.
Mushak sarkosistozi tashxisi uchun bioðsiya o‘tkaziladi va
zararlangan o‘choqdan olingan surtma va gistologik kesmalar
tekshiriladi. Bulardan tashqari, tashxis uchun mushaklarni triðsin
bilan ðarchalash usullari ham keng qo‘llanadi.
Profilaktikasi boshqa ðrotozoy invaziyalaridagi kabi o‘tkaziladi.
Nazorat savollari
1. Sarkosistoz qo‘zg‘atuvchilari — sarkosistalarning qanday
turlarini bilasiz?
2. Odam sarkosistozni qanday yuqtiradi?
3. Mushak sarkosistoziga qanday qilib tashxis qo‘yiladi?
4. Sarkosistoz ðrofilaktikasi qanday o‘tkaziladi?
Koksidioz (coccidiosis)
Qo‘zg‘atuvchilari — koksidiyalardir (lotincha coccus — yuma-
loq). Odamda koksidiyalarning bitta turi — Isosðord belli ðarazitlik
qiladi.
Koksidiyalar jinssiz va jinsiy yo‘l bilan rivojlanadi. Ingichka ichak
shilliq qavati eðitelial hujayralarida ko‘ðayadi.
Kasallik yuqtirgan odam najasi bilan oosistalar ajraladi. Ular
rangsiz tiniq ko‘rinishda bo‘lib, 20—30 mkm uzunlikka ega va ðarda
bilan qoðlangan. Oosistalar ovalsimon shaklda bo‘lib, yangi ajralgan
najasda ular yetilmagan holda uchraydi. Xona haroratida 2—3 kun
davomida ko‘ndalangiga bo‘linadi va ikkita 12—14 mkm uzunlikdagi
sðorosistalar hosil bo‘ladi.
Òashqi muhitda oosistalar bir necha oy saqlanadi. Odam yetilgan
oosistalarni ifloslangan suv va ovqatlar bilan yutganda ichakda
427
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
ulardan sðorozoitlar ajraladi. Sðorozoitlar ichak devorlari hujay-
ralariga kiradi va u yerda rivojlana boshlaydi.
Koksidiyalar eðiteliy hujayralarida rivojlanib, ularni ðarchalaydi
va yallig‘lanish vujudga keladi. Ba’zi hollarda ingichka ichak shilliq
qavatida yaralar va eroziyalar ðaydo bo‘ladi.
Kasallikning yashirin davri 6 kundan 10 kungacha davom etadi.
Kasallik o‘tkir boshlanib, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi
va qorindagi og‘riq bezovta qiladi. Òana harorati ko‘tarilishi mumkin.
Koksidioz enterit va enterokolit shakllarida o‘tadi. Kasallik odatda
sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Koksidiyalarning oosistalari najasni mikroskoðiya qilganda va
ba’zida bemorlarni duodenal zondlashda aniqlanadi. Ularni aniqlash
uchun boyitish usullaridan ham foydalaniladi.
Shuni esda tutish kerakki, kasallikning o‘tkir shaklida oosistalar
bo‘lmaydi. Ular najasda kasallikning 10-kunidan keyin, ya’ni
sog‘ayish bosqichida klinik belgilar ðasayganda ðaydo bo‘ladi. Najas
bu vaqtga kelib shakllangan holda bo‘ladi va shuning uchun odatda
uni laboratoriya usulida tekshirilmaydi.
Oosistalar toðilganda fekaliyalar 2—3 kun davomida Petri
kosachalariga joylashtiriladi va unga natriy dixromatning 2% li
eritmasi quyiladi. Keyingi mikroskoðiya va yetilgan oosistalarning
toðilishi tashxis qo‘yishda qo‘zg‘atuvchi turini aniqlash imkonini
ham beradi.
Koksidioz ðrofilaktikasi boshqa o‘tkir ichak infeksiyalarining
oldini olishga o‘xshaydi.
Nazorat savollari
1. Koksidiyalar ichakda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
2. Koksidioz kasalligi qanday kechadi?
3. Koksidioz tashxisi va uning ðrofilaktikasi haqida gaðirib bering.
Pnevmosistoz (ðneumocystosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — ðnevmosista (ðneumocystis carinii) oval
shaklida bo‘lib, kattaligi 2—3 mkm ga teng. Bo‘linish yo‘li bilan
ko‘ðayadi, avval qobiq ostidan teng ikkiga bo‘linadi, so‘ngra esa
428
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
qobiqning o‘zi ham bo‘linadi. Bir necha bo‘linishlardan keyin ayrim
trofozoitlardan sðoragoniyalar rivojlanadi, ya’ni jinsiy ko‘ðayish
sikli boshlanadi. Òrofozoitning ðarazitar tanachalari kattalashadi,
sistalar devori shakllanadi va yadro 2, 4 va 8 ta yadrolarga bo‘linadi.
Natijada sðorosista hosil bo‘ladi, unda 8 ta ovalsimon yoki noksimon
sðora joylashadi, har bir sðoraning kattaligi 1—2 mkm ga teng.
Sistalar diametri 10 mkm ga yaqin bo‘ladi. Romanovskiy usulida
bo‘yaganda ðnevmosistalar binafsha rangga, yadro esa — to‘q ko‘k
rangga bo‘yaladi.
Infeksiya manbai — odam, qo‘ylar, itlar va kemiruvchilar
hisoblanadi. Pnevmosistalar bronxial shilliq tomchilari, so‘lak va
balg‘am bilan ajraladi. Asosan — havo-tomchi yo‘li bilan, ba’zan esa
transðlatsentar yo‘l bilan ham yuqadi.
Parazitlar o‘ðka alveolalarida joylashib alveolalar orasidagi
to‘siqlarni zararlaydi va surunkali interstitsial ðnevmoniyaga sabab
bo‘ladi. Alveolalar va bronxiolalar ko‘ðiksimon massa bilan to‘ladi,
natijada gaz almashinuvi buzilib, kislorod yetishmovchiligi kuza-
tiladi.
Yashirin davr 30 kundan 3 oygacha davom etadi. Kasallik avj
olganda tana harorati subfebril ko‘rsatkichda bo‘ladi. Bu davrda
surunkali ðnevmoniya belgilari kuzatiladi. Quruq yo‘tal, nafas
yetishmasligi, sianoz va nafas olishning tezlashishi aniqlanadi.
Kasallik 8 oygacha davom etadi, oqibati ko‘ðincha yomon tugaydi.
Pnevmosistoz odatda ko‘krak yoshidagi, ayniqsa chala tug‘ilgan va
nimjon bolalarda ko‘ð uchraydi. Ba’zan sil kasalligining kechishini
og‘irlashtiradi. Ko‘ðincha OIÒS ga chalingan kishilarda rivojlanadi.
Kasallik ko‘ðroq bolalar orasida tarqaladi. Òug‘ruqxona va chala
tug‘ilgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lim xodimlari orasida uzoq
vaqt davom etadigan tashuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Bevosita laringoskoðiya usulida ðnevmosistalarni toðish uchun
bolalardan olingan va kateter yordamida traxeya yoki yuqori nafas
yo‘llaridagi shilliqdan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy usulida
bo‘yalgandan so‘ng mikroskoðiya qilinadi. Bundan tashqari, balg‘am
yoki suv bug‘lari bilan ingalyatsiya qilingandan keyin kuchli yo‘tal
natijasida nafas yo‘llarining ðastki bo‘limlaridan olingan shilim-
shiqdan tayyorlangan surtmalar ham tekshiriladi. Pnevmosistalar
kasallikning 2-haftasidan boshlab toðiladi. Surtmalarni bevosita
mikroskoðiya qilish hamma vaqt ham ijobiy natija bermaydi, chunki
429
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
yadroli tiðik sistalar nisbatan kam toðiladi, qolgan vegetativ
turlarini esa u yerda odatda har xil hujayralar va ko‘ð miqdorda
ularning qoldiqlari uchrashi tufayli hamma vaqt ham ajratib bo‘l-
maydi. O‘lim kuzatilganda gistologik kesmalar va o‘ðkadan olingan
surtmalar tekshiriladi. Serologik tekshirish usullari ham ishlab
chiqilgan.
Kasallik ðrofilaktikasida bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni
izolatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalar bilan
ishlaydigan tibbiy xodimlarni ðnevmosistalarga tekshirish zarur.
O‘tkaziladigan umumiy tadbirlar bolalardagi boshqa resðirator
infeksiyalar vaqtida o‘tkaziladigan tadbirlarga o‘xshaydi.
Nazorat savollari
1. Pnevmosistozda infeksiya manbai kimlar hisoblanadi?
2. Bemordan sog‘lom odamga ðnevmosistoz qanday yuqadi?
3. Pnevmosistoz klinikasi va tashxisi haqida gaðirib bering.
4. Kasallik ðrofilaktikasi nimalardan iborat?
Gelmintozlar
Gelmintozlar — ðarazit chuvalchanglar — gelmintlar qo‘zg‘a-
tadigan kasalliklardir. Grekcha helmins, helminthos — ðarazit
chuvalchanglar degan ma’noni bildiradi.
Odam organizmida asosan 2 turdagi gelmintlar ðarazitlik qiladi
(yassi va yumaloq chuvalchanglar). Odamda ko‘ð uchraydigan
gelmintlar quyidagi sinflarga kiradi: trematodalar yoki so‘rg‘ichlilar
(Trematoda); sestodalar yoki lentasimon chuvalchanglar (Ces-
toda); nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar (Nematoda).
Òrematodozlar (trematodoses)
Òrematodozlar — so‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfiga mansub
ðarazit chuvalchanglar qo‘zg‘atadigan gelmintozlardir. Òrema-
todalar (so‘rg‘ichlilar) — uncha katta bo‘lmagan gelmintlar bo‘lib,
yassi lansetsimon yoki bargsimon tanaga ega, bo‘g‘imlardan mus-
430
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
tasno. Ko‘ð trematodalar — germafroditlardir. Bu sinfning barcha
turlari biogelmintlar hisoblanadi. Parazitlar ikkita so‘rg‘ichga ega,
ularning bittasi og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab tursa, ikkinchisi esa qorin
so‘rg‘ichi — yoðishib olish a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Qorin
so‘rg‘ichi oziqlanishda hech qanday ahamiyatga ega emas. Òrema-
todalar tuxumi qattiq qobiqqa ega (shistosomalardan tashqari).
Òrematodalarning oraliq xo‘jayinlari molluskalar hisoblanadi.
Shistosomoz (shistomosis)
Shistosomoz — troðik hamda subtroðik mamlakatlar gelmintozi
bo‘lib, shistosomalar siydik ðufagi va to‘g‘ri ichakning mayda
venalarida ðarazitlik qiladi. Klinik jihatdan surunkali kasallik shaklida
o‘tadi. Bunda asosan siydik-tanosil sistemasi, ichak, jigar, taloq va
ba’zan nerv sistemasi zararlanadi.
Etiologiyasi. Shistosomoz qo‘zg‘atuvchisi — shistosomalar
hisoblanadi. Odamda shistosomalarning uchta turi uchraydi: Schis-
tosoma haematobium (tanosil sistemasi shistosomozi qo‘zg‘a-
tuvchisi), Shistosoma mansoni (ichak shistosomozi qo‘zg‘atuv-
chisi), Shistosoma jaðonicum (Yaðon shistosomozi qo‘zg‘atuvchisi).
Shistosomalar o‘lchami 4—20 mm ga teng. Ularning barchasi ayrim
jinsli trematodalardir. Òuxumlari yumaloq va oval shakllarda ko‘ri-
nadi. Shistosomalar odam organizmida 40 yilgacha yashaydi.
Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi.
Molluskalarning har xil turlari oraliq xo‘jayinlari bo‘lib xizmat
qiladi. Shistosomalarning suvga tushgan tuxumlaridan lichinkalar
chiqadi, ular suvda molluskalar organizmiga kirgunga qadar suzib
yuradi. Molluskalar organizmida serkariy, ya’ni dumli lichinka
bosqichigacha rivojlanadi. Serkariylar molluskalardan ajralib chiqqan
suvda 5—12 sutkagacha saqlanishi mumkin. Cho‘milganda serkariylar
teri orqali odam organizmiga kiradi.
Patogenezi. Serkariylar teri va shilliq ðardalar orqali juda tez
kiradi. Ular limfa va qon oqimi bilan yurakning o‘ng qorinchasi va
o‘ðkaga boradi. Lichinkalar o‘ðkadan katta qon aylanish doirasi
orqali jigar venalariga kiradi. Shistosomalar yetilgandan keyin siydik
ðufagi va ichak venalariga o‘tadi. Bu yerda urg‘ochilari tuxum qo‘yadi,
ular tomir devori va shilliq ðardalar orqali ichak yoki siydik ðufagi
431
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
bo‘shlig‘iga o‘tib, tashqi muhitga ajraladi. Shistosomoz ðatogenezida
ðarazitlar va ularning tuxumlaridan yetkaziladigan mexanik jarohat-
lar hamda almashinuv mahsulotlari intoksikatsiyasi katta rol
o‘ynaydi. Bunga ikkilamchi bakterial infeksiyaning qo‘shilishi ham
katta ahamiyatga ega. Shistosomalar tuxumi turli xil a’zolar —
o‘ðka, yurak, miya, jigar, taloq, bachadon va boshqalarga tushib,
u yerda yallig‘lanish o‘choqlari — ðsevdoabssesslar rivojlanishiga
olib keladi.
Klinikasi. Yashirin davr ko‘ðincha 4—6 hafta davom etadi.
Òanosil shistosomozi. Parazitlar migratsiyasi vaqtida bemorda
isitma, et uvushishi, bo‘g‘imlar og‘rishi, toshma toshishi, umumiy
intoksikatsiya kuzatiladi. 2—6 oydan keyin tanosil a’zolarida xarak-
terli o‘zgarishlar kuzatiladi: gematuriya (siydikda qon ðaydo
bo‘ladi), qorinning ðastki qismida og‘riq ðaydo bo‘ladi va siyish
jarayoni og‘riq bilan kechadi. Siydik yo‘llari torayganda buyrak
sanchig‘ini eslatuvchi og‘riq xurujlari kuzatiladi. 30% bemorlarda
kasallik kuchsiz subyektiv sezgilar bilan kechadi va faqatgina
laboratoriya tekshirishlari natijasida kasallik tasdiqlanishi mumkin.
Ichak shistosomozi oshqozon-ichak faoliyati buzilishi rivojlangan
holda yoki geðatoliyenal shakllarda kechadi. Jigar zararlanishi bora-
bora sirroz rivojlanishiga olib keladi. Giðersðlenizm ko‘rinishlari — Do'stlaringiz bilan baham: |