M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

ðreðaratlari, vitaminlar, og‘riq qoldiruvchi va antigistamin ðreða-

ratlar tayinlanadi.

Antibiotiklar foyda bermaydi. Ularni ikkilamchi infeksiyalar

qo‘shilgandagina, ayniqsa, streðtokokkli va stafilokokkli infek-

siyalarda tayinlash mumkin.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik

ðrofilaktikasi infeksiya o‘chog‘ida ishlayotgan xodimlarning shaxsiy

ehtiyotkorligi va sanitar-veterinar tadbirlardan iborat. Uy hayvonlari

o‘rtasida oqsim kasalligi bilan kurashishda vaksinatsiya, karantin

tadbirlar va dezinfeksiya muhim ahamiyatga ega.

Endemik joylarda albatta sutni ðasterizatsiya qilish va qaynatish

zarur. Yog‘ ðasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan qaymoqdan

tayyorlanishi kerak. Kasal hayvonlarni ðarvarishlaganda albatta

ehtiyot choralari ko‘rilishi shart, ya’ni qo‘llarni yuvish, maxsus

kiyimlar — kleyonkali fartuk, rezina qo‘lqoðlar, etiklar va bosh-

qalar kiyish buyuriladi. Oqsim kasalligi bo‘yicha xavfli bo‘lgan

xo‘jaliklarda o‘smirlar va qo‘l terisida mikrojarohati bo‘lgan kishilar

ishga qo‘yilmaydi.

Aholi orasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib bori-

lishi zarur.

Nazorat savollari

1. «Birlamchi afta» nima?

2. Oqsim kasalligida uchraydigan xarakterli toshmalar haqida

gaðirib bering.

3. Oqsimda qanday serologik reaksiyalar qo‘llanadi?

4. Oqsimni davolash haqida gaðirib bering.

5. Oqsim ðrofilaktikasi nimalardan iborat?

Manqa (malleus)

Manqa — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, seðtik kechishi, teri,

shilliq qavatlarda ðustulalar, yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘ðlab

abssesslar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi.  Manqa qo‘zg‘atuvchisi — Pseudomonas  (Bac-

terium) mallei to‘mtoq uchli tayoqcha bo‘lib, kattaligi 2—5 mkm ga



376

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

teng, endotoksinga ega, sðora va kaðsula hosil qilmaydi, xivchinlari

yo‘q. Qo‘zg‘atuvchi odatdagi oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi. Òashqi

muhitga juda chidamli: suvda va tuðroqda 1,5 oygacha, bemor

ajratmalari va  manqadan o‘lgan hayvonlar murdalarida — bir necha

haftagacha saqlanishi mumkin. Qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va

dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez o‘ladi. Past haroratga

chidamli.

Eðidemiologiyasi. Odam uchun kasallik manbai manqa bilan

og‘rigan kasal hayvonlardan ot, eshak, tuya, xachir va boshqalar

hisoblanadi. Ayniqsa hayvonlarda manqaning o‘tkir shakli katta xavf

tug‘diradi, chunki teri qoðlamlaridagi ochiq yaralar va a’zolardan

ko‘ð miqdorda yiring ajralib turadi.

Odam manqa kasalligini kasal hayvonlarning shilliq moddasi va

yiringi teri hamda shilliq ðardalarning zararlangan joylariga tushishi

natijasida yuqtiradi. Ba’zi hollarda kasallik infeksiya tushgan suvni

ichganda va aerogen yo‘l bilan ham yuqishi mumkin. Aerogen yo‘l

bilan ko‘ðroq laboratoriya sharoitida yuqadi. Kasallik manqa bilan

kasallangan bemordan ham yuqishi mumkin. Kasallik asosan yilning

sovuq davrlarida, ya’ni hayvonlar asosan og‘ilxonalarda boqilganda

uchraydi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zarar-

langan teri qoðlamlari va burun, ko‘z, nafas yo‘llari, ba’zan hazm

yo‘llari shilliq ðardalari hisoblanadi. Infeksiya kirgan joyda manqa

tugunlari —granulemalar rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi regionar

limfatik tugunlarga kirib, u yerda yiringli yallig‘lanish jarayoniga

sabab bo‘ladi. So‘ngra qo‘zg‘atuvchi qonga tushib, gematogen yo‘l

bilan butun organizmga tarqaladi. Mushaklar va ichki a’zolarda

ikkilamchi seðtik o‘choqlar —abssesslar ðaydo bo‘ladi. Bu o‘choq-

lar ochilishi (yorilishi) ham mumkin.

Manqa surunkali kechganda tugunlarda ðroliferativ o‘zgarishlar,

ichki a’zolarda abssesslar, o‘ðkada ðnevmoskleroz, bronxoektazlar,

miya yumshoq ðardalari venalarida esa tromboflebitlar rivojlanadi.

Klinikasi. Yashirin davr ko‘ðincha 1—5 kun davom etadi. Klinik

kechishiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali manqa farqlanadi.

Manqaning o‘tkir shaklida kasallikning boshlanishidanoq et

uvushishi va tana haroratining 38—39°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi.

Harorat egri chizig‘i katta sutkalik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi,

bu infeksiyaning seðtik xarakterini ko‘rsatadi. Kasallikning umumiy


377

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

belgilariga bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, holsizlik

kiradi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda to‘q qizil rangda ðaðula hosil

bo‘ladi va uni yallig‘lanish zonasi o‘rab turadi. Paðula tezda qon

aralash massaga ega bo‘lgan ðustulaga aylanadi. 1—2 kundan so‘ng

ðustula yoriladi va yara hosil bo‘la-

di. Keyinchalik ko‘ðlab ðustulalar

ðaydo bo‘ladi, ularning ko‘ði ya-

ralarga aylanadi (49-rasm).

Ko‘ðincha yuz terisi zararla-

nadi. Burundan yashil tusda shilliq

aralash yiringli ajralmalar keladi.

Keyinchalik jarayon mushaklar va

ichki a’zolarga o‘tadi, u yerda abs-

sesslar ðaydo bo‘ladi. Ko‘krak-

dagi og‘riq va yo‘tal bemorni be-

zovta qiladi, bunda yiringli yoki

qon aralash ajralma keladi. Lablar ko‘karadi, nafas olish qiyin-

lashadi, o‘ðkada xirillashlar eshitiladi, yiringli artritlar rivojlanadi.

Yurak chegaralari kengayib, ðuls tezlashadi va giðotoniya kuzatiladi.

Jigar va taloq kattalashadi. Kasallikning keyingi davrlarida seðtik ich

ketishlar kuzatiladi. O‘tkir manqa 2—5 hafta davom etadi.

Surunkali manqa asta-sekinlik bilan rivojlanib, qayta zo‘rayishlar

va remissiyalar shaklida kechadi. Bemorlarda umumiy intoksikatsiya,

isitma, ko‘ð miqdordagi ðustulalar va ularning yaralar hosil

bo‘lishiga moyilligi kuzatiladi. Mushaklarda abssesslar hosil bo‘ladi,

ularning ochilishi (yorilishi) natijasida oqma yaralar vujudga keladi.

Ko‘ð sonli abssesslar bilan kechadigan ðnevmoniya rivojlanadi.

Manqaning surunkali shaklida bemorlarda kuchli oriqlash (kaxek-

siya) kuzatiladi.

Òashxisi. Òashxis qo‘yish xarakterli klinik belgilar va eðide-

miologik ma’lumotlarga asoslanadi. Òashxis bakteriologik tekshi-

rishlar bilan tasdiqlanadi. Bakteriologik va bakterioskoðik tekshi-

rishlar uchun yaralardan ajralgan oqmalar, balg‘am, qon, zarar-

langan limfatik tugunlardagi abssess ðunktati tekshirish materiali

bo‘lib xizmat qiladi. Material glitserinli agar yoki glitserinli kar-

toshkaga ekiladi.

Biologik sinama o‘tkazish uchun erkak dengiz cho‘chqalaridan

foydalaniladi. Òekshirish materiali qorin ðarda ichiga yuboriladi. 3—5

49-rasm. Manqa. Oyoqlarda yaralar

hosil bo‘lishi.


378

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

kundan keyin erkak dengiz cho‘chqasida orxit (Shtraus fenomeni)

rivojlanadi. 8—15 kundan keyin manqa yuqtirilgan cho‘chqalarning

ko‘ðchiligi o‘ladi. Kasallikning avj olgan davrida ular o‘ldiriladi,

ularning a’zo hamda to‘qimalaridan bakteriologik tekshirishga

materiallar olinadi.

Serologik tekshirish usullaridan KBR va PGAR qo‘llanadi.

Manqa tashxisini tasdiqlash uchun allergik sinama muhim ahami-

yatga ega. Òeri ichiga 0,1 ml malein (100 marta eritilgan manqa

tayoqchalari bulyonli kulturasining 4 haftalik filtrati) yuboriladi.

Ijobiy reaksiya kuzatilganda 24—48 soatdan keyin malein kiritilgan

joyda giðeremiya, shish, og‘riq va tana harorati ko‘tarilishi tarzida

organizmning umumiy reaksiyasi kuzatiladi. Sinama kasallikning

10—15- kunidan boshlab ijobiy natija beradi.

Davolash. Sutkasiga 5—7 g dan 1 oy davomida quvvatlantiruvchi

vositalar (vitaminlar, oksigenoteraðiya, qon o‘rnini bosuvchi

suyuqliklar) bilan birga sulfatiazol qo‘llanadi. Ikkilamchi infeksiya

qo‘shilganda antibiotiklar tayinlanadi. Simðtomatik ðreðaratlardan

yurak-tomir va og‘riq qoldiruvchi ðreðaratlar ishlatiladi. Abssesslar

rivojlanganda jarrohlik oðeratsiyalari o‘tkaziladi. Sulfanilamidlar

bilan vaksinateraðiya qo‘llash samarali usullardan hisoblanadi.

Buning uchun malein o‘sib boruvchi miqdorda teri ostiga yoki ichiga

yuboriladi.

Manqa o‘z vaqtida davolanmasa oqibati hamisha yomon tugaydi.

Surunkali manqada o‘lim hollari 50% gacha kuzatiladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Manqa

ðrofilaktikasida hayvonlar, ayniqsa otlarni veterinar nazoratdan

o‘tkazish va ularda kasallik boshlanganini o‘z vaqtida aniqlash juda

muhimdir. Otlarda manqaning ko‘ðincha surunkali va uncha rivoj-

lanmagan belgilar bilan o‘tishini inobatga olib, ularda kasallikni o‘z

vaqtida aniqlash uchun muntazam ravishda malein sinamasini

(malein konyunktivaga tomiziladi) qo‘yib boriladi. Kasallangan

hayvonlar o‘ldiriladi va yo‘q qilinadi. Infeksiya yuqtirgan, lekin hali

kasallanmagan kishilarga sutkasida 1 kg tana vazniga 0,1 g hisobida

sulfatiazol bilan 5 kun davomida tezlatilgan ðrofilaktika o‘tkaziladi.

Laboratoriyada ishlaganda o‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlash

qoidalariga rioya qilish shart (ko‘z va nafas yo‘llarini himoya qilish,

rezina qo‘lqoðlardan foydalanish). Kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda



379

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

xodimlar 21 kun davomida kuzatib turiladi. Ularga boshqa shaharlarga

chiqish va jamoa joylariga borish man etiladi. Keyinchalik kuzatuv

to‘xtatiladi, ammo 1 oydan keyin bu kishilarning manqa qo‘z-

g‘atuvchilariga qarshi hosil bo‘lgan antitelolarni aniqlash uchun

qoni tekshiriladi (KBR) va malein bilan teri sinamasi qo‘yiladi.

Kasallikning sðetsifik ðrofilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Nazorat savollari

1. Manqa nima?

2. Odamga manqa kasalligi qanday yuqadi?

3. Manqaning o‘tkir shakliga ta’rif bering.

4. Manqa kasalligini qanday davolaysiz?

5. Manqa kasalligi ðrofilaktikasi va infeksiya o‘chog‘ida o‘tka-

ziladigan tadbirlar haqida gaðirib bering.



Zoonozlar boyicha testlar va vaziyatli masalalar

1. Byurne sinamasi leðtosðirozda qo‘yiladimi?

A) ha;

B) yo‘q.


2. Leðtosðirozda odam sarg‘ayib ketishi mumkinmi?

A) ha;


B) yo‘q.

3. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi basillalarmi?

A) ha;

B) yo‘q.


4. Kuydirgida yaraga kuchliroq teginganda og‘riq kuchayadimi?

A) ha;


B) yo‘q.

5. Brucella melitensis qaysi hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadi?

A) cho‘chqalarda; B) qo‘y va echkilarda; C) qoramollarda; D)

A va C; E) to‘g‘ri javob yo‘q.

6. Brusellyozga xos belgilarni aniqlang:

A) ko‘ð terlash; B) ðeriferik limfa tugunlarining kattalashishi;

C) jigar va taloq kattalashishi; D) kasallikning qaytalab turishi; E)

barcha javoblar to‘g‘ri.

7. Byurne allergik sinamasi qanday kasallikda qo‘llanadi?

A) leðtosðiroz; B) qorin tifi; C) virusli geðatitlar; D) brusel-

lyoz; E) barcha javoblar to‘g‘ri.


380

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

8. Bola tashlash holatlari asosan qaysi kasallik uchun xos?

A) salmonelloz; B) leðtosðiroz; C) brusellyoz; D) tularemiya;

E) A va B.

9. Leðtosðiroz qo‘zg‘atuvchilari qanday shaklda ko‘rinadi?

A) tayoqchasimon; B) kokksimon; C) sðiralsimon; D) iðsi-

mon; E) barchasi to‘g‘ri.

10. Leðtosðirozga qarshi vaksina ðrofilaktika maqsadida qanday

qo‘llanadi?

A) teri ostiga 1-marta 2 ml; 2-marta 2,5 ml; B) mushak orasiga

bir marta 2 ml; C) teri ostiga bir marta 4 ml; D) mushak orasiga 1-

marta 3 ml, 2-marta 1 ml; E) venaga bir marta 3 ml.

11. O‘lat kasalligi qanday yuqadi?

A) alimentar yo‘l bilan; B) transmissiv yo‘l bilan; C) aloqa

yo‘li bilan; D) havo-tomchi yo‘li bilan; E) barchasi to‘g‘ri.

12. Kuydirgi uchun qanday xususiyat xarakterli?

A) yara umuman og‘rimaydi; B) yarada og‘riq kuchli; C) yara

qizil rangda; D) yara qora rangda; E) A va D.

13. Askoli reaksiyasi qaysi kasallikka tashxis qo‘yishda qo‘llanadi?

A) leðtosðiroz; B) brusellyoz; C) kuydirgi; D) o‘lat; E)

quturish.

14. Kuydirgi kasalligiga chalingan hayvonlar bilan aloqada bo‘lgan

kishilarga kuydirgiga qarshi gamma-globulin qancha miqdorda

yuboriladi?

A) 1—2 ml; B) 5—10 ml; C) 20—25 ml; D) 10—12 ml; E)

3—4 ml.


15. Kuydirgidan o‘lgan hayvonlar yerga qancha chuqurlikda

ko‘miladi?

A) 1 m; B) 2 m; C) 5 m; D) 10 m; E) 20 m.

16. Quturishga qarshi vaksina qaysi virus shtammidan tayyor-

lanadi va nima maqsadda qo‘llanadi?

A) yovvoyi shtamm, davolash; B) fiksatsiyalangan shtamm,

immunitet hosil qilish; C) fiksatsiyalangan shtamm, davolash; D)

yovvoyi shtamm, immunitet hosil qilish; E) B va C.

17. Quturishga xos bo‘lmagan belgilarni ko‘rsating:

A) gidrofobiya; B) aerofobiya; C) fotofobiya; D) akus-

tikofobiya; E) diðloðiya.

18. Gidrofobiya, akustikofobiya, fotofobiya deganda nimani

tushunasiz? Òartib bilan ko‘rsating:


381

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

A) suvdan, yorug‘likdan, tovushdan qo‘rqish; B) tovushdan,

yorug‘likdan, suvdan qo‘rqish; C) tovushdan, suvdan, yorug‘-

likdan qo‘rqish; D) yorug‘likdan, tovushdan, suvdan qo‘rqish; E)

suvdan, tovushdan, yorug‘likdan qo‘rqish.

19. Quturish kasalligida yorug‘lik, suv, tovush, havoning

harakati bemorga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

A) allergik toshmalar toshib ketadi; B) tomoq va hiqildoq

mushaklari talvasali qisqaradi; C) ko‘ngil aynib qusa boshlaydi; D)

qo‘l-oyoq mushaklari talvasali qisqaradi; E) A va C.

20. Quturishda kuzatiladigan Babesh-Negri tanachalari qayerda

aniqlanadi?

A) qonda; B) miyada; C) taloqda; D) jigarda; E) o‘ðkada.

21. Yuqumli kasallik hisoblangan quturishning oldini olish uchun

quturishga qarshi vaksina va zardoblar qayerda yuboriladi?

A) yuqumli kasalliklar shifoxonasida; B) travmatologik ðunkt-

da; C) gematologik ðunktda; D) onkologik shifoxonada; E) tez

yordam shaxobchalarida.

22. Bemordan sog‘lom odamga yuqmaydigan kasallikni belgilang:

A) chinchechak; B) vabo; C) o‘lat; D) oqsim; E) quturish.

23. Manqa kasalligida infeksiya yuqtirgan, lekin hali kasallik

belgilari ðaydo bo‘lmagan kishilarga qanday ðreðarat yordamida va

zudlik bilan necha kun ðrofilaktika o‘tkaziladi?

A) sulfadimezin 1 kg tana vazniga 1 g; B) sulfatiazol 1 kg tana

vazniga 0,1 g; C) sulfamonometoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; D)

sulfadimetoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; E) A va C.

24. Brusellyoz ___________

A) leðtosðiralar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib,

tana harorati ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, buyrak,

jigar va nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadi. Og‘ir hollarda sariqlik

va gemorragik sindrom kuzatiladi.

B) tayanch-harakat aððarati, nerv va jinsiy sistema zararlanishi

bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir.

C) o‘tkir virusli yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok-

sikatsiya, isitma va infeksiyaning kirish darvozasiga bog‘liq ravishda

limfatik tugunlar, teri, shilliq ðardalar va o‘ðka zararlanishi bilan

o‘tadi.

D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma,



limfatik tugunlar va o‘ðka zararlanishi bilan kechadi.

382

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

E) virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan

limfadenoðatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi hamda qon-

ning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.

25. Kuydirgi bu _____________

A) isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi yoki

o‘ðka va ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli

kasallikdir.

B) og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zarar-

lanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir (gidrofobiya xarak-

terli).

C) o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya,



og‘iz shilliq ðardalarining aftoz (mayda ðufakchalar hosil bo‘lib) va

kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.

D) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni salmonellalar qo‘zg‘a-

tadi, bakteremiya, umumiy intoksikatsiya, isitma hamda ingichka

ichak limfatik aððaratining zararlanishi bilan xarakterlanadi.

E) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, seðtik kechishi, teri va shilliq

qavatlarda ðustulalar va yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘ðlab

abssesslar ðaydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

26. Quturish bu _________

A) o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya,

isitma, limfatik sistema va o‘ðka zararlanishi bilan kechadi.

B) eðidemik toshmali tif residivi hisoblanib, bir necha yillar

o‘tgach kuzatiladi.

C) virus qo‘zg‘atadigan infeksiya bo‘lib, gidrofobiya, aero-

fobiya, fotofobiya, akustikofobiya bilan xarakterlanadi.

D) Provaseka rikketsiyalari qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli

kasallik bo‘lib, isitma va toshmalar bilan xarakterlanadi.

E) viruslar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, immunitet

tanqisligi bilan kechadi. Yashirin davri juda uzoq davom etadi.

1-masala


F. ismli 33 yoshdagi bemor ayol shifoxonaga yotqizildi. Bemor-

ning kasbi — go‘sht kombinatida ishchi. Bemorda oxirgi 4 yil ichida

ikki marta bola tashlash holati kuzatilgan. U ko‘ð terlaydi, bo‘g‘im-

lari doimo og‘rib bezovta qiladi. Òana harorati ko‘tarilib turadi.

Intoksikatsiya belgilari kuchli emas. Hayz ko‘rish sikli buzilgan. Bir

necha bor nevroðatolog, revmatolog va ginekolog huzurida bo‘lib,



383

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

davolangan, ammo samarasi sezilmagan. Bemor ko‘zdan kechi-

rilganda — ozg‘in, terisi nam. Chov va qo‘ltiqdagi limfatik tugunlar

kattalashgan, ðayðaslaganda og‘riq sezilmaydi. Jigar va taloq

kattalashgan.

1. Qanday kasallik haqida o‘ylaysiz?

2. Kasallikni aniqlash uchun eðidemiologik ma’lumotlardan yana

nimalar so‘raladi?

3. Òashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?

4. Bunday bemorlar o‘z vaqtida davolanmasa qanday asoratlar

kuzatilishi mumkin?

2-masala


Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘lat kasalligiga gumon qilingan

bemor olib kelindi. Kasallik to‘satdan boshlangan, eti uvushib, tana

harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Bemorni kuchli bosh og‘rig‘i

bezovta qilgan va ko‘ngli aynib, ko‘ð marta qusgan. Mushaklari

qaqshab og‘rigan, unda qo‘rqinch holati kuzatilgan. Yuz terisi

qizargan holda bo‘lib, og‘iz shilliq ðardalarida yaralar aniqlandi. Òil

kattalashgan, quruq, titrash kuzatiladi, gað-so‘zlari tushunarsiz.

Bemorga «o‘lat» klinik tashxisi qo‘yildi.

1. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining taktikasi nimalardan

iborat bo‘ladi?

2. Bemordan tekshirish materiallarini olishda qanday qoidalarga

rioya qilinishi shart?

3. Himoya kostyumini kiyish va yechish tartibini gapirib bering.

3-masala


Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 29 yoshdagi bemor

qabul qilindi. Bemor yuz sohasida yara borligi, holsizlanish, bosh

og‘rig‘i va isitmaga shikoyat qiladi. Kasallik o‘tkir boshlangan: tana

harorati 39°C gacha ko‘tarilgan, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i

kuzatilgan. O‘zini 5 kundan beri kasal sezadi. Yuz terisida yara

mavjud bo‘lib, qora rangda ko‘rinadi. Yaraning markazi o‘yilgan

holda bo‘lib, yara atrofi qizarib, shishgan. Yarani igna bilan teshib

ko‘rilganda ham og‘riq sezilmaydi, shish bo‘yin sohasiga tarqal-

ganligi sababli nafas olish qiyinlashgan.

1. Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?

2. Laboratoriyada tekshirish uchun qanday materiallar olinadi?

3. Yaraning yuz-bo‘yin qismida joylashishi nimasi bilan xavfli?



384

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

4-masala


Shifoxonaga X. ismli 55 yoshdagi kishi yordam uchun murojaat

qildi. Uning aytishicha, uyida it tishlagan. Itning keyingi 2—3 kun

mobaynida suv ichmasligi, og‘zidan tinmay so‘lak oqishi va bezov-

talanayotganligini ma’lum qildi. Son qismida tishlangan yara mavjud.

1. Òishlangan joyga qanday tibbiy yordam ko‘rsatiladi?

2. O‘z vaqtida to‘g‘ri yordam ko‘rsatilmasa, qanday kasallik

rivojlanishi mumkin?

3. Emlash qanday tashkil qilinadi?

5-masala

39 yoshli U. ismli bemorni shifoxonaga olib kelishdi. Ma’lum

bo‘lishicha, bemorni 1 oylar oldin ko‘chada notanish it tishlagan.

Òishlangan joy katta bo‘lmaganligi uchun hech qayerga murojaat

qilmagan. Bemorni ko‘zdan kechirganda nafas olishi qiyinlashgan.

Suv tovushi va shamol natijasida bemorda kuchli bezovtalik (bo‘g‘i-

lish) kuzatiladi. Bemor juda agressiv, bezovta, og‘zidan ko‘ð so‘lak

ajraladi.

1. Bemorda qanday kasallik belgilari mavjud?

2. Kasallikning qaysi davri boshlangan?

3. Bu davrda bemor atrofdagilar uchun xavflimi?

4. Bu davrda bemorni qanday ðarvarish qilish zarur?



385

MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar

VI. PARAZIÒAR KASALLIKLAR

Doimiy ravishda yoki vaqtincha boshqa organizmlar hisobiga

yashaydigan va ulardan oziqlanish manbai sifatida foydalanadigan

organizmlar ðarazitlar deyiladi. Odamdagi ðarazitlar, ular qo‘z-

g‘atadigan kasalliklar va ular bilan kurashish choralarini o‘rga-

nadigan fan tibbiyot ðarazitologiyasi deyiladi. Hayvon tabiatiga ega

bo‘lgan ðarazitlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar ðarazitar yoki invazion

(lotincha invasio — kirish) kasalliklar deyiladi.

Hayvonot dunyosida katta miqdorda bir hujayrali organizmlar

(sodda organizmlar — Protozoa) guruhi mavjud. Ular orasida odam

organizmida ðarazitlik qiladigan o‘nlab vakillari uchraydi. Masalan,

ichaklarda lambliyalar va amyobalar, ichki a’zolarda — toksoð-

lazmalar, ðlazmodiylar va hokazo. Shuning uchun ham ðrotozoy

kasalliklar, ya’ni ðrotozoozlar, klinik ko‘rinishlariga ko‘ra turli-

tumandir va bemorlardan olingan har xil materiallarni ðuxta

laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishni talab qiladi.

Sodda organizmlarning ðatogen turlari juda keng tarqalgan.

Masalan, bezgak bilan dunyoda har yili 100 mln dan ortiq kishi

kasallanadi. Ichakdagi sodda organizmlar deyarli hamma joyda bor.

Amyobiaz va balantidiaz ko‘ðincha troðik va subtroðik mamlakatlarda


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish