M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

(ayniqsa yelka, ko‘krak, qorin mushaklarida) kuchli og‘riqlardir.

Bu og‘riqlar hatto mushaklarni asta ðayðaslaganda ham kuchayadi.

Ayrim vaqtlarda og‘riqlar shunchalik kuchli bo‘ladiki, hatto bemor

qimirlay olmay qoladi.  Mialgiyalar (mushaklardagi og‘riqlar) 8—

10 kun davom etadi.

Leðtosðirozda bemorning tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos.

Kasallikning dastlabki kunlari yuz shishgan va qizargan bo‘lib,

skleralarga qon quyilishi aniqlanadi. Bo‘yin va ko‘krak qafasining

yuqori qismlari ham qizargan bo‘ladi, lab va burun qanotlari shilliq

ðardalariga gerðetik toshmalar toshadi.

Leðtosðirozning og‘irroq shakllarida kasallikning 3—5-kunidan

boshlab, skleralar va keyinroq teri sarg‘ayadi. Siydik to‘q rangda

bo‘ladi. Najas rangi odatda o‘zgarmaydi. Jigar sohasi ðayðaslab

ko‘rilganda og‘riydi, jigar kattalashadi. Òaloq ham kattalashishi

mumkin. Bu vaqtda bemorlarda ekzantema kuzatiladi. Òoshmalar

ko‘ðincha qizamiq, qizilcha yoki skarlatinasimon ko‘rinishlarda

uchraydi.

Ayrim hollarda ular o‘zaro qo‘shilib eritematoz (qizargan)

sohalarni hosil qiladi. Òoshma elementlari o‘rnida yengil ðigmen-

tatsiya (dog‘lar) qoladi. Gemorragik sindrom inyeksiya joyi va

skleralarga qon quyilishlar shaklida qayd etiladi.

Yurak-qon tomirlar sistemasida ðuls kamayishi (bradikardiya),

arterial bosim ðasayishi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi va

EKGning o‘zgarishi kuzatiladi.



348

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Nafas yo‘llari o‘zgarishlari bronxit, ayrim ðaytlarda o‘ðkaga qon

quyilishi natijasida balg‘amning qon aralash ajralishi shaklida

uchraydi.

Siydik ajratish sistemasida oliguriya, ba’zan anuriya aniqlanadi.

Nerv sistemasida intoksikatsiya belgilari — kuchli bosh og‘rig‘i va

uyqusizlik kuzatiladi. Og‘ir holatlarda ularga qo‘zg‘alishlar va

ongning buzilishi qo‘shiladi. Meningeal belgilar (ensa mushaklari

rigidligi, ijobiy Kernig va Brudzinskiy simðtomlari) kuzatilishi

mumkin. O‘lim hollari o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va uremik koma

natijasida kelib chiqadi.

Òashxisi. Eðidemiologik anamnez (botqoq, o‘tzorlarda ishlash,

cho‘milish, qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan aloqada bo‘lish) klinik

belgilar va laboratoriya tekshirishlariga asoslangan.

Qonda eritrositlar gemolizi natijasida yuzaga kelgan kuchli

anemiya aniqlanadi. Eritrositlar soni 2—3x10

12

 /l gacha, gemoglobin



— 40—50 g/l gacha kamayadi, yuqori leykositoz (20x10

9

 gacha),



limfoðeniya, ECHÒning ba’zan 50—60 mm/soatgacha oshganligi

qayd qilinadi. Òrombositlar soni 100—180x10

9

/l gacha kamayishi



mumkin. Siydikda albuminuriya, ðatologik jarayonga jigar qo‘shil-

ganda esa bilirubin va transferazalar (AlAÒ 2—4 mmol/l gacha)

oshganligi aniqlanadi.

Bakteriologik tekshirish materialni birlamchi mikroskoðiya va

leðtosðiralarning toza kulturasini olish uchun uni ekma qilishdan

iborat. Qon (kasallikning birinchi 5 kunida), orqa miya suyuqligi

(meningeal belgilar bo‘lganda) va siydik (kasallikning 10-kunidan

boshlab) tekshiriladi. Òekshiriladigan materialning bir tomchisi

buyum oynachasiga tomiziladi va qoðlagich oynacha bilan yoðiladi.

Ijobiy natija kuzatilganda qorong‘i maydonda faol va har xil hara-

katlar qilayotgan kumush rang oq iðlar shaklidagi leðtosðiralar

toðiladi.

Ekma uchun tekshirish materiali sifatida 5 tomchidan 20 tom-

chigacha qon, siydik, orqa miya suyuqligi olinadi. Bir vaqtda 3—5

ekmalar qilinadi (imkon boricha bemor yotog‘i oldida). Leð-

tosðiralarni o‘stirish uchun oðtimal harorat 28—30°C bo‘lishi

kerak. Leðtosðiralar 30 kun davomida o‘stiriladi. Ular o‘sganda

muhit loyqalanmasligini e’tiborga olib, ularning o‘sganligini aniq-

lash uchun qorong‘ilatilgan joyda muhitdan tomchi olib, har 5—7

kunda tekshirib boriladi.



349

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

Biologik tekshirish uchun yosh dengiz cho‘chqalari ishlatiladi.

Bemor qoni dengiz cho‘chqasining ko‘ðincha qorin ðardasiga 2—5

ml hajmda kiritiladi. Ijobiy biosinamada 4—6-kun hayvonlar ko‘zi-

dan yosh oqa boshlaydi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi va

umumiy sariqlik kuzatiladi. A’zo hamda to‘qimalarga qon quyilishi

natijasida hayvonlar o‘ladi. Hayvonlardan leðtosðiralarni ajratib

olish uchun qon, siydik va a’zolar ekiladi.

Leðtosðiralarning tirik kulturalari yordamida qo‘yiladigan mikros-

koðik agglutinatsiya reaksiyasi (MAR) leðtosðirozga tashxis qo‘yish-

da sðetsifik usul hisoblanadi. Mazkur reaksiya kasallikning 2—4-

haftasida qo‘yiladi. Natija 1,5—2 soatdan keyin olinadi. Ijobiy

natijalarda leðtosðiralar harakatsizlanadi. Reaksiya natijasi uch balli

shkala bo‘yicha ðlyuslar bilan belgilanadi (+++ barcha leðtosðiralar

agglutinatsiyaga uchraydi; ++ 50—75% mikroorganizmlar yoðishib

qoladi; +25% leðtosðiralar agglutinatsiyalanadi). Ijobiy hisoblanishi

uchun kamida (++) bo‘lishi kerak. Oxirgi yillarda sust gemag-

glutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo‘llanmoqda. Uning minimal

tashxis titri — 1:80 ga teng.

Davolash. Bemorlar yotoq rejimiga rioya qilishlari shart. Ovqatlar

to‘la qimmatli bo‘lishi kerak. 4-ðarhez, sariqlik shaklida esa — 5-

ðerhez tayinlanadi. Asosiy davolash usullari — antibiotikoteraðiya va

sðetsifik gamma-globulin yuborishdir. Davolash kasallikning bosh-

lanishida, ya’ni hali mikroorganizmlar qondaligida juda samaralidir.

Penitsillin sutkasiga 2000000—4000000 ÒB birlikda tayinlanadi,

og‘ir shakllarda va meningit belgilari mavjud bo‘lganda, uning

sutkalik miqdori 12000000—16000000 ÒB birlikkacha ko‘tariladi.

Òetrasiklin 0,3 g dan kuniga 4 mahal buyuriladi. Antibiotiklar 8—

10 kun davomida qo‘llaniladi. Kuchli intoksikatsiyada, sariqlik va

gemorragik sindromda antibiotiklar kortikosteroid ðreðaratlar bilan

birga yuboriladi. Kortikosteroidlardan ðrednizolon qo‘llanadi: 30—

40 mg dan 8—10 kun davomida miqdorini asta-sekinlik bilan

tushirib boriladi. Venaga tomchilab 5% li glukoza eritmasi, gemodez

va askorbinat kislota buyuriladi.

Leðtosðiroz gamma-globulin, dastlab desensibilizatsiya o‘tka-

zilgandan keyin yuboriladi. 1-kuni 0,1 ml suyultirilgan (1:10)

gamma-globulin teri ostiga, 30 minutdan so‘ng teri ostiga 0,7 ml


350

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

suyultirilgan gamma-globulin va yana 30 minutdan keyin — 10 ml

suyultirilmagan gamma-globulin mushak orasiga yuboriladi. Davo-

lashning 2- va 3-kuni mushak orasiga 5 ml dan suyultirilmagan

gamma-globulin yuboriladi.

Vitaminlar komðleksi, albatta askorbinat kislota va vitamin R

ðreðaratlari buyuriladi. Og‘ir hollarda, o‘tkir buyrak yetish-

movchiligida venaga 150–200 ml 4% li natriy gidrokarbonat eritmasi

yuboriladi. Oshqozon yuviladi va 2% li natriy gidrokarbonat bilan

huqna qilinadi. Konservativ davodan samara kuzatilmasa, gemodializ

(«sun’iy buyrak» aððarati) tayinlanadi.

Bemor odatdagiday ðarvarish qilinadi. Kuchli terlash sababli

choyshablar va bemor kiyimlari tez-tez almashtirib turiladi.

Mushaklarda kuchli og‘riq kuzatilganda isitgichlar (grelka), og‘riq

qoldiruvchi ðreðaratlar buyuriladi. Ichki a’zolar faoliyati kuzatib

turiladi. Bemorlarni shifoxonadan chiqarishda kasallik og‘irligi

(anemiya, ðroteinuriya va b.) va ko‘zda kuzatiladigan asoratlar

(iritlar, ko‘rish qobiliyatining ðasayishi)ga, buyrak (buyrak yetish-

movchiligi), nerv sistemasi (yuz nervlari ðarezi, ðolinevrit)ga

ahamiyat beriladi. Asoratlar kuzatilganda bemorlar tegishli ixti-

soslashgan statsionarda davolanishni davom ettiradilar.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik

ðrofilaktikasida suv manbalarini ifloslanishlardan saqlash, suvni

zararsizlantirish va endemik joylardagi suv havzalarida cho‘milishni

man qilish katta ahamiyatga ega. Kemiruvchilar bilan kurashish

(deratizatsiya), oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilardan himoya

qilish muhim rol o‘ynaydi. Suvli va botqoq joylarda ishlaganda rezina

etiklar kiyish, kasal hayvonlarni ðarvarish qilishda, go‘sht kom-

binatlarida ishlaganda, kanalizatsiya inshootlarida maxsus kiyim-

lardan foydalanish zarur. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini vaksinatsiya

qilish, sutni qaynatib ichish zarur.

Eðidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha odamlarni immunizatsiya qilish

mumkin. Vaksina teri ostiga ikki marta — birinchi marta 2 ml, 7

kundan keyin ikkinchi marta — 2,5 ml miqdorda yuboriladi. Bir

yildan keyin revaksinatsiya o‘tkaziladi. Bu vaqtda teri ostiga 2 ml

vaksina yuboriladi.

Bemor kishilar atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi, shifo-

xonaga faqat klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha yotqiziladi.



351

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

Nazorat savollari

1. Leðtosðirozlar qo‘zg‘atuvchilari — leðtosðiralar haqida gaðirib

bering.


2. Nima sababli leðtosðirozda sariqlik kuzatiladi?

3. Leðtosðiroz klinikasini gapirib bering.

4. Leðtosðirozga tashxis qo‘yish uchun qanday materiallar tek-

shiriladi?

5. Leðtosðirozda biologik tekshirish qanday o‘tkaziladi?

6. Leðtosðiroz gamma-globulin qanday yuboriladi?

7. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

Òularemiya (tularemia)

Òularemiya — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok-

sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar, teri, shilliq ðardalar va o‘ðka

zararlanishi bilan o‘tadi.

Etiologiyasi. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi — tularemiya tayoqchasi

bo‘lib, kattaligi 0,2—0,7 mkm, grammanfiy, harakatsiz, sðora hosil

qilmaydi, kaðsulaga ega. U ðolimorf (kokksimon shakllari ham

uchraydi). Oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi. Òuxum sarig‘i qo‘-

shilgan suyuq muhitda yaxshi rivojlanadi. Keyingi vaqtda qo‘z-

g‘atuvchini o‘stirish uchun tovuq embrionlari qo‘llanmoqda.

Òularemiya mikroblari suvda va namli tuðroqda 4 oydan ziyod,

muzlatilgan mahsulotlarda esa 3 oydan ortiq vaqt saqlanishi mumkin.

Xlorlangan suv, qaynatish, quyosh nurlari ta’sirida tez nobud

bo‘ladi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai — kemiruvchilar (sich-

qonlar, qumsichqonlar, suvda yashovchi kemiruvchilar, yumron-

qoziqlar, quyonlar)dir. Òularemiya bilan uy hayvonlari ham kasal-

lanishi mumkin. Odam turli yo‘llar bilan, ya’ni transmissiv (qon

so‘ruvchi hasharotlar orqali — masalan, kemiruvchilardan kasallik

yuqtirgan kanalarning chaqishi), aloqa (ov, o‘lgan kemiruvchilar

terisini shilib olish va ularga ishlov berish), asðiratsion (uzoq

vaqtlar davomida g‘aramlangan va kemiruvchilar siydigi bilan

zararlangan donlarni yanchishda hosil bo‘lgan changlarni yutish va

b.) va alimentar (kemiruvchilar siydigi va najaslari bilan zararlangan

mahsulotlar yoki kasal hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish hamda



352

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

infeksiya tushgan suvlarni ichish) yo‘llar bilan kasallik yuqtirishi

mumkin. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi

organizmga teri, ko‘z shilliq ðardalari, nafas va oshqozon-ichak

yo‘llari orqali kiradi. Kirish joyi ko‘ðincha kasallikning klinik

ko‘rinishini belgilab beradi. Mikrob qon oqimi bilan regionar

limfatik tugunlarga tushadi, u yerda nekrotik o‘choqli yallig‘lanish

jarayonini chaqiradi. U yerdan qonga o‘tib (bakteremiya), butun

organizm bo‘ylab tarqaladi. Bu esa umumiy intoksikatsiya va turli

a’zolar (taloq, jigar, o‘ðka)ning sðetsifik zararlanishiga olib keladi.

Allergik holat yuzaga keladi, bu kasallik ðatogenezida katta rol

o‘ynaydi.

Patomorfologik jihatdan limfatik tugunlar va ichki a’zolar

to‘qimalarida ko‘ðlab granulemalar hosil bo‘ladi. Òularemiya asorat-

lariga miya ðardalari, miya to‘qimalari va ðeriferik nervlar zararlanishi

kiradi.

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 20 kungacha (ko‘ðincha 5—8



kun) davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi, tana harorati 38—

39°C gacha ko‘tariladi. Et uvushib, bemor terlaydi. Kuchli bosh

og‘riqlari, bosh aylanishi, mushaklarda og‘riq, ayrim hollarda

ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Bemor yuzi qizaradi va kon-

yunktivit qayd etiladi. Ko‘ðincha rozeolyoz yoki ðaðulyoz toshmalar

uchraydi. Puls avvaliga tezlashadi, keyinchalik esa bradikardiya

aniqlanadi, yurak urishlari bo‘g‘iq eshitiladi. Jigar va taloq katta-

lashadi, qabziyatga moyillik namoyon bo‘ladi. Mahalliy o‘zgarishlar

kuzatiladi, bu o‘zgarishlar kasallikning turlarini bildiradi.

Òularemiya klassifikatsiyasi bo‘yicha uning quyidagi klinik

shakllari farqlanadi: jarayonning joylashishiga qarab: teri, shilliq

ðardalar va limfatik tugunlar tularemiyalari (bubonli, yarali-

bubonli, ko‘z bubonli, anginoz-bubonli); ichki a’zolar tula-

remiyasi (o‘ðkaga tegishli, abdominal, boshqa a’zolar) va tarqalgan

tularemiya. Kechish davomliligi bo‘yicha: o‘tkir, uzoqqa cho‘zi-

ladigan, residivlangan tularemiya bo‘ladi. Kasallik og‘irligiga qarab:

yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlarga bo‘linadi.

Kasallikning bubonli shaklida qo‘zg‘atuvchi teri orqali tushadi.

Kasallikning 2—3-kuni limfatik tugunlar (bubonlar) kattalashadi,

ðayðaslaganda og‘riydi. Ularning kattaligi 3—5 sm bo‘lib, ustidagi



353

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

teri o‘zgarmaydi. Ko‘ðchilik bemorlarda ular sekin, ya’ni 1—4 oy

davomida so‘riladi. Shundan keyin limfatik tugunlar normal ko‘ri-

nishga ega bo‘ladi. Qolgan hollarda 3—4 haftadan keyin bubonlar

yiringlaydi, so‘ngra yoriladi va yiring tashqariga chiqadi. Natijada

tularemiya oqma yaralari ðaydo bo‘ladi.

Òularemiyaning yarali bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi zararlangan

teri orqali kirganda yuzaga keladi (hayvon terisini shilganda, kanalar

chaqqanda va boshqa hollarda). Bu shaklida terida chuqur bo‘lmagan

yara ko‘rinadi, uning tubi seroz-yiringli modda bilan qoðlangan

bo‘lib, kam seziluvchan.

Òularemiyaning ko‘z-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchining ko‘z

shilliq ðardalariga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu shaklida kuchli

konyunktivit, qovoqlar shishishi, skleralar tomirlarining kenga-

yishi kuzatiladi. Ko‘ðincha bitta ko‘z zararlanadi. Jag‘ osti, bo‘yin va

quloq oldi limfatik tugunlari qattiqlashadi, ðayðaslaganda og‘riydi.

Ikkala ko‘z ham zararlanganda bemorning umumiy ahvoli odatda

og‘ir bo‘ladi.

Òularemiyaning anginoz-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi oziq-

ovqat mahsulotlari va suv bilan organizmga kirganda rivojlanadi.

Mazkur shaklida tomoqda og‘riq, yutinishning qiyinlashishi va

halqumning qizarishi kuzatiladi. Bodomsimon bezlar kattalashadi,

shishadi va ularda ðastda joylashgan kletchatka bilan birikib ketgan

nekrotik ðardalar ðaydo bo‘ladi. Bu ðardalar qiyinchilik bilan olinadi

va difteriyadagi ðardalarni eslatadi, lekin bodomsimon bezlardan

chekkaga tarqalmaydi. Odatda bitta bodomsimon bez zararlanadi.

Bemorlarda bo‘yin, quloq oldi, jag‘ osti bubonlari ðaydo bo‘ladi.

Ular vaqt o‘tishi bilan yiringlaydi.

Abdominal shakli qatqorinda bubonlar hosil bo‘lishi bilan

xarakterlanadi. Kasallik organizmga mikroblarning oziq-ovqatlar yoki

suv orqali tushishi natijasida ðaydo bo‘ladi. Bu shakli qorin kuchli

tortishib og‘rish bilan xarakterlanadi. Disðeðtik holatlar (qusish,

ich ketishi) odatda kuzatilmaydi.

Òularemiyaning o‘ðkaga tegishli shakli — mikroblarning bronx-

larga nafas olganda changlar orqali tushishi sababli birlamchi va

mikrobning o‘ðka to‘qimasiga qon orqali tushishi natijasida esa

ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Kasallikning mazkur shakli bronxlar

(bronxitik ko‘rinish) va o‘ðkalar zararlanishi (ðnevmonik ko‘ri-

23 – Yuqumli kasalliklar


354

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

nish) shaklida kechadi. Birinchi holatda bemorning umumiy ahvoli

kam o‘zgaradi va tana harorati subfebril bo‘ladi. Bemorlarni to‘sh

ortidagi og‘riqlar va quruq yo‘tal bezovta qiladi. Pnevmonik ko‘rinish

og‘ir va uzoq vaqt kechishi bilan xarakterlanadi. Òoksikoz kuchaygan

bo‘ladi: et uvushib, ko‘ð ter ajralishi bilan kechadigan isitma

kuzatiladi. O‘ðkada quruq va mayda ðufakli xirillashlar eshitiladi.

Rentgenologik tekshirish kasallikni aniqlashda asosiy o‘rin tutadi.

Bronxoektazlar, gangrenalar va o‘ðka abssesslari kasallikning

asoratlari hisoblanadi.

Òularemiyaning tarqalgan (seðtik) shakli quvvatsiz, nimjon

kishilarda uchraydi. U mahalliy o‘zgarishlarsiz rivojlanadi. Kasallik

tifoid holat, et uvushishi bilan kechadigan seðtik isitma va ko‘ð ter

ajralishi bilan xarakterlanadi. Arterial bosim ðasayishi, yurak tonlari

bo‘g‘iqligi, kasallikning birinchi kunlaridanoq jigar va taloq katta-

lashishi kuzatiladi. Ayrim ðaytlarda bo‘g‘imlar zararlanadi. Òerida

eritemalar shaklida toshmalar ðaydo bo‘ladi,  ular oyoq-qo‘llarda,

yuzda, bo‘yin va ko‘krakda («qo‘lqoð», «yoqa», niqob» shaklida)

uchraydi. Òoshmalar odatda 8—12 kundan keyin yo‘qoladi. Kasallik

3 haftagacha va undan ko‘ðroq davom etadi. Bemor asta-sekin sog‘aya

boshlaydi.

Òashxisi. Òularemiyaga eðidemiologik ma’lumotlar va klinik

belgilarga asosan tashxis qo‘yiladi. Qon hisobga olinadi; leykoðeniya

yoki leykositlarning normal miqdori, limfositoz, monositoz,

ECHÒ ning oshishi kuzatiladi.

Òashxisni tasdiqlash uchun agglutinatsiya reaksiyasi va allergik

teri sinamasi qo‘llanadi. Bakteriologik va biologik usullar katta amaliy

ahamiyatga ega emas.  Agglutinatsiya reaksiyasi kasallikning 2-

haftasidan ijobiy bo‘ladi. Òashxis titri — 1:100 — 1:200 ga teng.

Eng sodda va erta qo‘yiladigan tashxis usullaridan biri — teri-

allergik sinamasi bo‘lib, u kasallikning 4—6-kunidan boshlab ijobiy

bo‘ladi. Sinama qo‘yish uchun 0,1 ml tularin teri ichiga kiritiladi.

Sinama natijasi 24 va 48 soatdan keyin allergen kiritilgan joyda hosil

bo‘ladigan infiltrat kattaligiga asosan baholanadi. Òularemiya kasalligi

bilan og‘rigan bemorlarda tularin kiritilgan joyda terida ðeriferik

valikka ega bo‘lgan giðeremiya va shish ðaydo bo‘ladi (2,5—3 sm dan

kam bo‘lmagan kattalikda), ba’zan markazda to‘qima nekrozga

uchraydi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, tularemiyaga qarshi



355

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

emlangan kishilarda ijobiy reaksiya ehtimoli bo‘lishi mumkin. Ularda

teri sinamasi 10—15 yillar davomida ijobiy bo‘lishi mumkin.

Davosi. Òularemiya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun

tetrasiklin 0,3—0,5 g dan kuniga 4 mahal yoki levomitsetin 0,5 g dan

kuniga 4 mahal berish ham samara beradi. Antibiotiklar harorat

normallashgandan keyin ham 5 kungacha beriladi. Kasallik cho‘zilib

ketsa antibiotiklar vaksina bilan birga qo‘llanadi. Venaga askorbinat

kislota qo‘shib 5% li glukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmasi

yuboriladi. Bemorlarga oksigenoteraðiya va ko‘rsatma bo‘yicha yurak-

tomirlar ðreðaratlari tayinlanadi. Antigistamin ðreðaratlar va

vitaminlar buyuriladi. Ko‘z zararlanganda unga 10—15% li sulfasil-

natriy eritmasi (albutsid) tomiziladi. Anginoz-bubonli shaklida —

furasilin eritmasi (1:5000) bilan chayiladi. Bubonga mahalliy issiqlik

qo‘yiladi. Bubon yiringlaganda u ochiladi va tetrasiklinli malham

qo‘yiladi.

Bemorlar shifoxonadan kasallikning barcha klinik belgilari

yo‘qolganidan so‘ng, tana harorati normallashgandan 2 hafta

o‘tgach chiqariladilar. So‘rilmasdan qolgan og‘riqsiz bubonlarning

mavjudligi bemorni shifoxonadan chiqarmaslikka sabab bo‘la

olmaydi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kemi-

ruvchilarni ommaviy qirish, ularni suv havzalari, quduqlar va

oziq-ovqatlarga yaqinlashishining oldini olish  muhim rol o‘ynaydi.

Ochiq suv havzalaridan qaynatilmagan suvni ichish qat’iy man

etiladi. Suvda yashaydigan kemiruvchilar terisini shilib olishda barcha

ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. Donlarni yanchish bo‘yicha

ishlaydigan kishilar qo‘lqoðlar, himoya niqoblari va ko‘zoynaklar

bilan ta’minlanishlari shart.

Hozirgi vaqtda sðetsifik ðrofilaktika uchun tirik tularemiya

vaksinasi qo‘llanadi. Bir marta teri yuzasi yoki teri ichiga emlanadi.

O‘zining kasbi yuzasidan tularemiyani yuqtirishi mumkin bo‘lgan

kishi kasallikka qarshi emlanadi.

Nazorat savollari

1. Òularemiya tayoqchalariga ta’rif bering.

2. Sog‘lom kishiga tularemiya qanday qilib yuqishi mumkin?



356

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

3. Kasallikning klinik shakllarini ayting va har biriga qisqacha ta’rif

bering.

4. Qanday ma’lumotlarga asosan kasallikka tashxis qo‘yiladi?



5. Hozirgi vaqtda tularemiyaning sðetsifik ðrofilaktikasi uchun

nima qo‘llanadi?

O‘lat (ðestis)

O‘lat (toun) — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intok-

sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘ðka zararlanishi bilan

xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (Yersinia ðestis) — tuxum-

simon shakldagi tayoqcha bo‘lib, kattaligi 0,5—1,5 mkm ga teng. U

harakatchan, kaðsulaga ega, sðora hosil qilmaydi, grammanfiy.

Odatdagi suyuq va qattiq (zich) oziq muhitlarda 25—30°C da yaxshi

o‘sadi. Ekzo- va endotoksinlar hosil qiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda 3 oygacha va ðast haroratda uzoq

vaqtlargacha saqlanishi mumkin. Muzlatishga chidamli. Qaynatilganda

tez nobud bo‘ladi. Odatdagi dezinfeksiyalovchi eritmalar (5% li lizol

va 3% li karbol kislota eritmasi) va antibiotiklar (tetrasiklin) ta’sirida

tez nobud bo‘ladi.

Eðidemiologiyasi. Òabiatda asosiy infeksiya manbai kemiruvchilar

(kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kalamushlar, su-

g‘urlar, jami 200 dan ortiq turlari) hisoblanadi. Infeksiya tar-

qatuvchisi — burgalardir. Odam kasallikni bir necha yo‘llar orqali

yuqtiradi: transmissiv — infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi

natijasida, aloqa — infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruv-

chilardan terisini ajratib olish va infeksiya yuqtirgan tuyalar go‘shtini

bo‘laklaganda, alimentar — o‘lat mikroblari bilan zararlangan


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish