2. Bunday bemorlarni qanday ðarvarish qilish zarur?
3. Bu kasallikda o‘lim hollari nima sababli kuzatiladi?
22 – Yuqumli kasalliklar
338
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
V. ZOONOZ KASALLIKLAR
Nafaqat odamlar, balki hayvonlarning ham ayrim turlarini
zararlaydigan yuqumli kasalliklar zoonoz kasalliklar deyiladi.
Odam uchun eðidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan turli xil
kasalliklar orasida qishloq xo‘jaligi hayvonlari, ayniqsa yirik va mayda
shoxli hayvonlarni zararlaydigan kasalliklar ham katta ahamiyatga
egadir.
Odam kasal hayvonlar bilan yaqin aloqada bo‘lganda yoki
ularning go‘shti, suti hamda shu sutdan tayyorlangan mahsulotlarni
iste’mol qilganda kasallik yuqtirishi mumkin. Ayrim hollarda infek-
siya, masalan kuydirgi, sog‘lom odamga kasal hayvonlar terisi yoki
junidan tayyorlangan buyumlar orqali yuqadi.
Zoonoz infeksiyalar bilan asosan kasal hayvonlar bilan ko‘ðroq
aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik aholisi zararlanadi.
Shu bilan bir qatorda zoonoz kasalliklar mo‘yna fabrikalarida, teri
zavodlarida, go‘sht kombinatlarida ishlaydigan ishchilar o‘rtasida
ham kuzatilishi mumkin (kuydirgi). Shaharda yashaydigan, qishloq
xo‘jaligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan kishilar ham brusellyoz
kasalligi bilan og‘rigan echki yoki sigirning xom sutini ichishi orqali
brusellyoz kasalligiga chalinishi mumkin.
Bu infeksiya kasal hayvon odamni tishlaganda yoki zararlangan
teriga shu hayvonning so‘lagi tushganda yuqadi. Quturish kasalligi
ham zoonoz kasallikga kiradi.
Brusellyoz (brucellosis)
Brusellyoz (qora oqsoq) — tayanch-harakat aððarati, nerv va
jinsiy sistemaning zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli
kasallikdir.
Etiologiyasi. Brusellyoz qo‘zg‘atuvchisi — brusellalar mayda,
ya’ni 0,3—2,5 mkm kattalikdagi harakatsiz bakteriyalar bo‘lib,
339
MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar
tayoqchasimon shaklda, sðora hosil qilmaydi, grammanfiy, odat-
dagi oziq muhitlarida o‘sadi, anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘ya-
ladi.
Brusellalar tashqi muhitga juda chidamli: ðast harorat, hatto
muzlatishga bardosh beradi. Sutda, sutli mahsulotlar va go‘shtda 7—
10 kunlar davomida, suvda va nam tuðroqda — 2 oygacha o‘z hayot
faoliyatini saqlab qoladi. Brusellalar yuqori haroratga chidamsiz:
60°C gacha qizdirilganda 30 minutdan keyin, qaynatilganda esa shu
zahotiyoq o‘ladi. Quyosh nuri va barcha dezinfeksiyalovchi moddalar
(3% li lizol eritmasi, 5% li xlorli ohak eritmasi va b.)ga sezgir.
Hozirgi vaqtda odam uchun ðatogen hisoblangan brusellalarning
3 turi ma’lum: 1) Brucella melitensis — mayda shoxli hayvonlar
(echkilar, qo‘ylar); 2) Brucella abortus — yirik shoxli hayvonlar;
3) Brucella suis — cho‘chqalarda kasallikni qo‘zg‘atadi.
Eðidemiologiyasi. Odamlar uchun infeksiya manbai kasal hay-
vonlar hisoblanadi. Shoxli hayvonlarda brusellyoz embrion zarar-
lanishi va bola tashlashlar bilan kechadi. Hayvonlar qo‘zg‘a-
tuvchilarni najasi, siydigi, suti, embrion oldi suyuqligi va ðlasentasi
bilan ajratadi. Brusellyoz bilan kasallangan kishilar infeksiya
yuqtirmaydilar va kasallik manbai sifatida hech qanday ahamiyatga
ega emaslar.
Kasallik odam xom sut ichganda, kasal hayvonlar brinzasi
(sho‘rtang ðishloq) va go‘shtini iste’mol qilganda kelib chiqadi.
Zararlangan teri va shilliq ðardalar orqali ham kasallik yuqishi
mumkin: brusellalar teridagi kesilishlar yoki yorilishlar, lab va
burun shilliq qavatidagi shilinishlar orqali ham yuqadi. Sut sog‘uv-
chilar, chorvadorlar va veterinar xodimlar ham aloqa yo‘li bilan
kasallikni yuqtiradilar. Agar kasal hayvonlarni ðarvarishlaydigan
kishilar rezina qo‘lqoðlar va etiklar, kleyonka fartuklar, maxsus
niqoblar va kombinezonlar bilan ishlamasalar, brusellyoz bilan
kasallanishlari muqarrar. Aerogen (havo orqali) yuqish yo‘li ham
ma’lum — ya’ni brusellyoz mikroblari yuqori nafas yo‘llariga jun,
tuðroq zarrachalari orqali tushishi ham mumkin.
Brusellyoz bilan kasallanish odamlar o‘rtasida yuqori emas.
Kasallanish asosan hayvonlarning qo‘zilash davrida ko‘ð uchraydi.
Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga
hazm yo‘llari, zararlangan teri yoki shilliq ðardalar orqali kirib,
limfatik va qon tomirlari orqali butun organizm bo‘ylab va jigar,
340
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
taloq, ilik va boshqa a’zolarga tarqaladi, u yerda ikkilamchi o‘choqlar
ðaydo bo‘ladi. Ular uzoq vaqt saqlanib turadigan bakteremiya
o‘choqlari hisoblanadi va organizmda allergik o‘zgarishlar rivoj-
lanishiga sabab bo‘ladi. Natijada sinovial ðardalar, bo‘g‘imlar
xaltalarining shilliq qavatlari, fassiyalar, ðaylar, qo‘shiluvchi
to‘qima hamda mayda qon tomirlari zararlanadi. Bularning hammasi
bemor organizmida umumiy klinik va ðatomorfologik o‘zgarishlarni
vujudga keltiradi.
Kasallikdan o‘lgan kishilar jigarini gistologik tekshirganda toksik
o‘zgarishlar aniqlanadi. Òaloq odatda kattalashgan bo‘lib, kasal-
likning boshida ðroliferatsiya kuzatilsa, keyinchalik fibroz rivojlanadi.
Patomorfologik o‘zgarishlar boshqa a’zo va to‘qimalarda ham
kuzatiladi, nerv sistemasi (meningoensefalitlar rivojlanishigacha),
jinsiy sistema, ilik, tomir va qo‘shiluvchi to‘qimalar ko‘ðroq
zararlanadi.
Klinikasi. Yashirin davr 7 kundan 30 kungacha (ko‘ðincha 14—
18 kun) davom etadi. Kasallik klinikasi turli belgilar bilan namoyon
bo‘lishi mumkin. Kasallikning xarakterli klinik belgilari rivoj-
lanishidan oldin ðrodromal davr (boshlanish davri) kuzatiladi. Bu
davrda umumiy holsizlik, ishtahaning ðasayishi, uyquning buzi-
lishi, bosh og‘rig‘i, ta’sirlanuvchanlik kuzatiladi. So‘ngra bemorning
tana harorati 3—7 kun ichida 38—39°C gacha ko‘tariladi. Kasallik
odatda asta-sekin, ammo 15—20% hollarda o‘tkir boshlanadi.
Brusellyozda harorat egri chizig‘i har xil bo‘lishi mumkin. 1)
to‘lqinsimon (Brucella melitensis qo‘zg‘atadigan brusellyozga xos);
2) remittirlovchi; 3) intermittirlovchi; 4) doimiy (bunda ertalabki
va kechki harorat oralig‘idagi farq o‘rtacha 1°Cni tashkil qiladi).
Oxirgisi juda kam uchraydi.
Kasallikning birinchi 7—10 kunida yuqori harorat bilan bemor
ahvolining mos kelmasligi kuzatiladi, ya’ni tana harorati yuqori
bo‘lgan bir ðaytda bemor o‘zini ancha yaxshi his qiladi va bunda
mehnat faoliyati saqlangan bo‘ladi. Brusellyozning bu davri uchun
bel va bo‘yindagi og‘riq xarakterlidir. Qayta-qayta va ko‘ð terlash
bemorni holdan toydiradi. Chunki bu belgilar tana harorati normada
bo‘lgan taqdirda ham kuzatiladi. Kasallikning birinchi kunlari yuz
terisi odatda qizargan bo‘lib, keyinchalik oqaradi.
Òerida toshmalar kasallik boshlanishida kam uchraydi. Ba’zan
rozeola va ðetexiyalar shaklida oyoqlarda ðaydo bo‘lishi mumkin.
341
MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar
Kasallikning 2-haftasi oxirida brusellyozning barcha belgilari kuchli
rivojlangan bo‘ladi. Bu davrda tana harorati yuqori ko‘tarilib,
bemorlar juda ta’sirchan bo‘lib qoladilar. Ular ko‘ð terlaydilar va
og‘riqlar endi nafaqat belda, balki ayrim yirik bo‘g‘imlarda ham
kuzatiladi. Ko‘ð bemorlarda qo‘ltiq osti, chov va boshqa ðeriferik
limfatik tugunlar kattalashadi. Ular ðayðaslaganda ozroq og‘riydi va
o‘zaro yoki teri bilan birikmagan bo‘ladi. Jigar va taloq kattalashadi.
Bo‘g‘imlardan ko‘ðroq tizza, so‘ngra boldir-ðanja, chanoq-son,
yelka, ba’zan tirsak bo‘g‘imlari zararlanadi. Zararlangan bo‘g‘imlar
uzoq vaqt og‘rib turadi va harakatlanganda og‘riq kuchayadi.
Zararlangan bo‘g‘im konfiguratsiyasi o‘zgaradi, ya’ni uning yum-
shoq to‘qimalarida shish va yallig‘lanish jarayoni ðaydo bo‘lishi
tufayli ular silliqlashgan (yassilashgan) ko‘rinishga ega bo‘ladi
(ðeriartrit). Bo‘g‘imlar ustidagi teri issiq bo‘lib, och qizg‘ish rangga
kiradi.
Payðaslab ko‘rilganda bel-dumg‘aza sohasida, bo‘g‘imlar atro-
fida, sonda, qovurg‘alarda, o‘mrov usti va ostida ko‘ðincha mayda
qattiq tugunlar va qo‘shiluvchi to‘qimaning qattiqlashgani (fib-
rozitlar va sellyulitlar)ni aniqlash mumkin.
Brusellyozning o‘tkir davri 2—3 haftadan 3 oygacha davom etadi.
Agar bemor erta va samarali davolansa kasallik o‘tkir davrida
sog‘ayish bilan tugashi mumkin. Davolash o‘tkazilmagan taqdirda
kasallik o‘tkir davrdan surunkali davrga o‘tishi mumkin. Kasallikning
bu davrida tayanch-harakat sistemasidan tashqari nerv sistemasida
ham ðatologik belgilar qayd etiladi; bemor ta’sirchan bo‘lib qoladi,
ko‘ð yig‘laydi, injiqlanadi. Bundan tashqari, jinsiy a’zolar zarar-
lanishi mumkin, ya’ni erkaklarda — orxitlar va eðididimitlar,
ayollarda — ooforitlar (tuxumdon yallig‘lanishi), endometritlar,
hayz ko‘rish davrining buzilishi va homilador ayollarda esa bola
tashlashlar aniqlanadi. Jigar va taloq uzoq vaqtgacha kattalashgan
holda qoladi. Kasallikning bu davri 2—3 oygacha davom etadi.
Surunkali brusellyoz residivlar shaklida yoki tayanch-harakat
sistemasining turg‘un buzilishlari shaklida kechishi mumkin. Jigar
va taloq kattalashgan va qattiqlashgan holda aniqlanadi. Brusellyoz
bilan surunkali kasallanish 3—5 yil va undan ortiq davom etishi
mumkin. Bo‘g‘imlar va umurtqa ðog‘onasining og‘ir zararlanishi
nogironlikka olib kelishi mumkin.
342
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Òashxisi. Òashxis qo‘yish eðidemiologik anamnez yig‘ish, klinik
belgilar (isitma, ðoliadenit, geðatoliyenal sindrom va b.) va labo-
ratoriya tekshiruvlariga asoslanadi.
Brusellyoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda qonda asosan
leykoðeniya, trombositoðeniya, limfositoz va monositoz kuzatiladi,
ECHÒ kamroq oshadi, ba’zan anemiya aniqlanadi.
Brusellyoz tashxisida qon, ilik, ba’zan o‘t suyuqligi hamda
limfatik tugunlardan qo‘zg‘atuvchilar kulturalarini ajratib olish hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Ammo bu usul murakkab va uzoq, ayrim
ðaytlarda 30 kungacha vaqtni oladi, bundan tashqari u maxsus
laboratoriyalardagina o‘tkaziladi. Gemokultura uchun venadan 5—10
ml qon olinadi. Gemokulturani ajratishda deyarli 90% hollarda ijobiy
natijalar olinadi.
Biologik tashxis usuli yot mikroflora (siydik, najas, sut va h.k.)lar
bilan ifloslangan materialdan brusellalar kulturasini ajratish uchun
hamda tekshirish materialida brusellalar juda kam miqdorda bo‘lganda
qo‘llanadi. Òekshirish materiali tajriba hayvonlaridan oq sich-
qonlarning chov qismidagi teri ostiga 0,5 ml dan ko‘ð bo‘lmagan
miqdorda yuboriladi. Oq sichqonlar zararlangandan keyin 20 kun
o‘tgach yorib ko‘riladi va bir vaqtning o‘zida bu hayvon qoni
muhitlarga ekiladi. Keyinchalik brusellyozga xos bo‘lgan o‘zga-
rishlarni aniqlash uchun limfatik tugunlar va ichki a’zolar tek-
shiriladi.
Brusellyoz infeksiyasini aniqlashda Rayt agllutinatsiya reaksiyasi
qo‘llanadi, u xuddi qorin tifidagi Vidal reaksiyasi kabi qo‘yiladi.
Ijobiy natija kasallik boshlanganidan 3—5 kun o‘tgach kuzatiladi.
Antitelolar titri tekshirish zardobida kamida 1:200 bo‘lsa va keyin-
chalik osha borsa, reaksiya ijobiy hisoblanadi.
Òezlatilgan serologik tashxis qo‘yish uchun ðlastinkada Xeddlson
AR qo‘llanadi. Reaksiya qo‘yishda bemor zardobi shisha ðlastinkaga
0,08, 0,04, 0,02 va 0,01 ml hajmlarda olinadi, u shartli ravishda
Rayt reaksiyasining 1:50, 1:100, 1:200 va 1:400 nisbatda suyul-
tirishlariga mos keladi. Reaksiya sðetsifik bo‘lib, kasallikning erta
davridanoq ijobiy bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanib qoladi. Plastinkada
qo‘yiladigan AR ning ðrobirkada o‘tkaziladigan Rayt reaksiyasidan
afzalligi shundaki, uni har qanday laboratoriyada o‘tkazish mum-
kin va tezda natija olinadi.
343
MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar
KBR surunkali brusellyoz qayta zo‘rayganda, undan keyingi
remissiya hamda unchalik bilinmaydigan shakllarida katta ahamiyatga
ega. Lekin KBR ning o‘tkazilishidagi mavjud murakkabliklar
uchun u odatdagi sharoitlarda kam qo‘llanadi.
Byurne allergik sinamasi brusellalar bulyonli kulturasi filtrati,
ya’ni brusellin yordamida qo‘yiladi. Brusellin 0,1 ml miqdorda bilak
terisi kaft yuzasining o‘rta qismiga teri ichiga yuboriladi. Agar
brusellin yuborgan joyda 8 soatda yoki undan keyinroq shish ðaydo
bo‘lsa va 48—72 soat saqlansa, sinama ijobiy hisoblanadi; bunda
qizarish va og‘riq bo‘lishi shart emas. Shish 1 sm gacha bo‘lsa,
sinama gumonli, 1 sm dan 3 sm gacha — sust ijobiy, 3 sm dan 6 sm
gacha — ijobiy, 6 sm dan yuqori bo‘lganda — o‘ta ijobiy hisoblanadi.
Reaksiya kasallikning 2-haftasidan ijobiy bo‘la boshlaydi va ko‘ð
oylar, ayrim vaqtda hatto yillar davomida saqlanadi; reaksiya qat’iy
sðetsifik hisoblanadi.
Davolash. Brusellyoz bilan kasallangan bemorlar o‘tkir davrda va
residiv vaqtida shifoxonaga yotqiziladi. Bu bemorlarga alohida
ðarvarish va e’tibor zarur, chunki bu bemorlar ta’sirlanuvchan,
ayrim vaqtda esa tez yig‘laydigan bo‘lib qolishadi. Ovqatlar to‘la
qimmatli va turli xil bo‘lishi zarur.
Brusellyozning o‘tkir davrida levomitsetin, tetrasiklin, streð-
tomitsin, monomitsin kabi antibiotiklar odatdagi miqdorda 10—15
kun davomida tayinlanadi. Kasallikning boshlarida bu antibiotiklar
jarayonni to‘xtatadi, lekin residivlarning oldini olish uchun
davolash kursi 10—15 kundan keyin takrorlanadi. Kechroq tashxis
qo‘yilganda, davolash samarasi yetarli bo‘lmaganda davolash kursi
3 marta 10—15 kunlik interval bilan takrorlanadi. Qayta davolashlarda
antibiotiklar almashtiriladi. Kasallikning o‘tkir ko‘rinishlari yo‘qol-
gandan so‘ng vaksinoteraðiya qo‘llanadi. Vaksinoteraðiya kasallikning
surunkali shakllarida asosiy davolash usullaridan hisoblanadi.
Vaksina turli yo‘llar bilan yuboriladi (teri ichiga, teri ostiga,
mushak orasiga va venaga). Òeri ichiga yuborganda avval vaksinaning
«ishchi miqdori» tanlanadi, undan 0,1 ml yuborilganda katta
bo‘lmagan giðeremiya va shish shaklida mahalliy reaksiya kuzatiladi.
Keyinchalik bu vaksinaning «ishchi miqdorini» navbat bilan 3, 4, 5
va hokazo joylarga, oxirgisi 10 ta inyeksiyagacha yuboriladi. Òeri
ostiga yuborganda vaksinaning oshib boruvchi miqdori tayinlanadi:
344
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
10—20—40—80—150—250—400—600—900 mln mikrob hujay-
rasi, hammasi bo‘lib 3—4 kunlik oraliqlarda 8—10 inyeksiya qilinadi.
Venaga yuborish ancha samarali, lekin vaksinadan keyingi kuza-
tilishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarni hisobga olgan holda uni juda
ehtiyotkorlik bilan yuborish zarur.
Artritlar, radikulitlar va boshqalarda fizioteraðevtik muola-
jalardan diatermiya, solluks, ultrabinafsha nurlar, ðarafinli aððli-
katsiyalar, massaj, davolash gimnastikasi hamda sanatoriy-kurort-
larda davolanish buyuriladi. Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun
bemorlar isitma va brusellyozning boshqa o‘tkir ko‘rinishlari
bo‘lmagan vaqtda hamda ular yo‘qolganidan kamida 6 oy keyingina
yuboriladi. 10—12 marta sulfid vannalari buyuriladi. Muolaja vaqti
5—15 minutni tashkil qiladi. Muolajalar 1—2 kun oralatib o‘tka-
ziladi. Buni gormonal ðreðaratlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Brusellyoz
o‘chog‘ida o‘tkaziladigan muhim ðrofilaktik tadbirlar qishloq xo‘jalik
hayvonlari ustidan ðuxta veterinar nazorat o‘rnatish, kasal hay-
vonlarni maxsus brusellyoz xo‘jaliklarida izolatsiya qilish, bu
xo‘jaliklarda ishlaydigan kishilar mehnatini muhofaza qilish: hay-
vonlarni ðarvarish qilish yoki ularga bola tashlash vaqtida yordam
ko‘rsatishda rezina qo‘lqoðlar, yengliklar, rezina etiklardan foy-
dalanishdan iborat.
Chorvachilik xo‘jaliklarida ishlaydigan kishilar qo‘l va ðanja
terisining butunligi va tozaligi ustidan qat’iy nazorat qilishlari zarur,
chunki infeksiya organizmga juda mayda yorilishlar va shilinishlar
orqali ham kirishi mumkin.
Doimo mahsulotlarni nazorat qilib borish shart. Sigir va echkilar
sutini qaynatilgandan yoki ðasterizatsiyadan keyingina iste’mol
qilish zarur. Barcha sut mahsulotlari (chuchuk qatiq, tvorog, kefir,
qaymoq, sariyog‘) ðasterizatsiya qilingan sutdan tayyorlanishi
zarur. Brusellyoz tarqalishi xavfi bo‘lgan tumanlarda brusellyozga
qarshi tirik vaksinalar yordamida emlashlar o‘tkaziladi. Chor-
vachilikda doimiy va vaqtincha ishlaydigan barcha kishilar va go‘sht
kombinatlari ishchilari emlanishlari shart. Òeri yuzasi bir marta
emlanadi. 8—12 oydan keyin belgilangan vaksina miqdorining yarmi
bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi.
345
MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar
Nazorat savollari
1. Brusellalarning tashqi muhitga chidamliligi qanday?
2. Odam uchun ðatogen bo‘lgan qanday brusellalar turini bilasiz?
3. Brusellyozda infeksiya manbai kim?
4. Brusellyozning ðrodromal davrida, qanday belgilar uchraydi?
5. Brusellyozning avjiga chiqqan davri uchun qanday belgilar
xos?
6. Byurne allergik sinamasi qanday qo‘yiladi?
7. Brusellyozning surunkali shakllarini vaksinalar bilan davolash
yo‘llarini gapirib bering.
Leðtosðiroz (leðtosðirosis)
Leðtosðiroz — har xil turdagi leðtosðiralar qo‘zg‘atadigan o‘tkir
yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy
intoksikatsiya belgilari, buyrak, jigar va nerv sistemasi zararlanishi
bilan o‘tadi. Og‘ir hollarda sariqlik va gemorragik sindrom kuzatiladi.
Etiologiyasi. Leðtosðiroz qo‘zg‘atuvchilari — leðtosðiralarning
har xil turlaridir. Barcha turdagi leðtosðiralar morfologiyasi (tuzi-
lishi) bir xil. Leðtosðiralar mayda, ko‘ðlab (15—20) o‘ramlardan
iborat (lotincha leðtos — mayda, sðira — o‘ram). Ularning uzunligi
6—15 mkm atrofida bo‘lib, tanasining oxirlari ilmoqsimon qayrilgan
va kengaygan. Birlamchi o‘ramlardan tashqari tanasi bukilishi
natijasida ikkilamchi o‘ramlar hosil bo‘ladi, bu esa leðtosðiralarga S
harfi ko‘rinishini beradi. Leðtosðiralar harakatchan bo‘lib, ularda
ildam, aylana va egik harakatlar kuzatiladi. Ular grammanfiy bo‘lib,
ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘ðayadi.
Leðtosðiralar suv havzalarida 25 kungacha, tuðroqda — 3
oygacha, yog‘ va sut kabi oziq-ovqat mahsulotlarida — bir necha
kungacha saqlanadi. Leðtosðiralar dezinfeksiyalovchi eritmalarda
hamda qizdirilganda tez nobud bo‘ladi. Penitsillin, tetrasiklin kabi
antibiotiklar va levomitsetinga sezgir. Laboratoriya hayvonlaridan
dengiz cho‘chqalari leðtosðiralarga moyildir.
Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai kemiruvchilar, uy hay-
vonlaridan yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar, itlar hisoblanadi.
Odam xom suv ichganda, zararlangan suv havzalarida cho‘mil-
346
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
ganda, suv bostirilgan o‘tzorlarda ishlaganda, uy hayvonlarini
ðarvarish qilganda va infeksiyasi bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol
qilganda kasallikni yuqtirib oladi. Kasallik odatda kasbga bog‘liq.
Ko‘ðincha deratizatorlar, chorvachilik fermalari ishchilari, sut
sog‘uvchilar, cho‘ðonlar va veterinarlar kasallanadi. Leðtosðiroz
uchun mavsumiylik xos bo‘lib, u asosan avgust oyida ko‘ð uchraydi.
Patogenezi va ðatologik anatomi-
yasi. Hazm yo‘llari shilliq ðardalari,
konyunktiva va zararlangan (shilin-
gan, tirnalgan) teri qo‘zg‘atuvchi
kirish joyi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi
kirgan joyda yallig‘lanish jarayonlari
kuzatilmaydi. Leðtosðiralar qonga
tushadi va qondan har xil a’zolarga
tarqaladi (47-rasm). A’zolarda ular-
ning to‘ðlanishi va ko‘ðayishi kuza-
tiladi (bu vaqt yashirin davrga to‘g‘ri
keladi). Ayniqsa jigar, taloq va buyrak
hujayralarida leðtosðiralar intensiv
ravishda ko‘ðayadi. Ular gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va orqa
miya suyuqligida toðilishi mumkin. Orqa miya suyuqligida leð-
tosðiralarning to‘ðlanishi meningit rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
A’zolardan leðtosðiralar yana qonga tushadi va kasallikning klinik
ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi, ya’ni isitma va intoksikatsiyaning
boshqa belgilari rivojlanadi.
Kasallik ðatogenezida qon tomirlari devorining zararlanishi —
kaðillarotoksikoz katta ahamiyatga ega. Buning natijasida ðaren-
ximatoz a’zolar, miya to‘qimasi va teri qoðlamlariga qon quyiladi.
Bundan tashqari gemorragik sindrom rivojlanishida qon ivuv-
chanligining kamayishi ham katta rol o‘ynaydi. Eritrositlar gemolizi
natijasida anemiya va sariqlik kuzatiladi. Buyrak kanalchalari eðiteliysi
zararlanishi natijasida siydik hosil bo‘lish va ajralish jarayoni buziladi.
Bu hol bemorlarning bevosita o‘limiga sabab bo‘luvchi o‘tkir buyrak
yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. O‘lgan kishi yorib ko‘ril-
ganda turli xil a’zolar, shilliq ðardalar va teriga qon quyilganligi
aniqlanadi. Jigarda geðatositlarning distrofik o‘zgarishlari va jigar
to‘qimasida shish qayd etiladi. Buyrak kattalashgan bo‘lib, kesilganda
kaðsula tagi va a’zo to‘qimasiga qon quyilgani ko‘rinadi.
47-rasm. Leðtosðiralar.
347
MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar
Skelet mushaklari, bronxlar, o‘ðka to‘qimasi, yurak mushaklari,
markaziy nerv sistemasida yallig‘lanish va distrofik o‘zgarishlar
aniqlanadi.
Klinikasi. Yashirin davri 4 kundan 20 kungacha (ko‘ðincha 7—
12 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, kuchli et uvushadi
va tezda tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi. Harorat egri chizig‘i
to‘lqinsimon tus oladi. Kasallikning dastlabki kunlari isitma doimiy
xarakterda bo‘ladi; 6—10-kunlarga kelib, tana harorati qisqa lizis
bilan tushadi. Leðtosðiroz uchun isitma residivi xos, ya’ni ayrim
bemorlarda 3—12 kundan keyin isitmaning qayta ko‘tarilishi kuza-
tiladi.
Kasallikning birinchi kunidayoq kuchli umumiy holsizlik, bosh
og‘rig‘i va chanqash seziladi. Alohida belgilari — bu mushaklardagi Do'stlaringiz bilan baham: |