M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana04.10.2019
Hajmi1,82 Mb.
#22971
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya (1)

tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar. Bu kishilarga ðrofilaktika maqsadida

kuydirgiga qarshi o‘ziga xos gamma-globulin buyurilib, u kattalarga

20—25 ml, o‘smirlarga (14—17 yosh) 12 ml, yosh bolalarga 5—8

ml miqdorda tayinlanadi. Agar kasallik yuqqaniga 10 kundan ortiq

vaqt o‘tgan bo‘lsa (oziq-ovqatlar orqali yuqqanda —5 kun) gamma-

globulinni qo‘llashning hojati bo‘lmaydi.


366

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, kasallik yuqish

xavfi bo‘lgan kasb egalarining (mo‘ynado‘zlar, jun savaydigan

(tituvchi) lar, qishloq xo‘jalik va veterinar ishchilar, mol so‘-

yiladigan joydagi ishchilar, go‘sht kombinati ishchilari va b.)

mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha instruktaj o‘tkazish katta

ahamiyatga ega.

Kuydirgidan o‘lgan hayvon murdalari aholi yashaydigan joy-

lardan uzoqroqqa va 2 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikka, kovlan-

maydigan yerlarga ko‘miladi; kovlangan chuqurlikning osti va so‘ngra

hayvon murdasi ustiga xlorli ohakning qalin qoðlami seðiladi.

Nazorat savollari

1. Kuydirgi kasalligi qanday kasallik?

2. Kuydirgi ðatogenezini gapirib bering.

3. Kuydirgining teri shakli nima bilan xarakterlanadi?

4. Kasallikning o‘ðkaga tegishli shaklining qanday xususiyatlari

mavjud?

5. Kasallikning teri shaklida laboratoriya uchun nimalar tek-



shirish materiallari hisoblanadi?

6. Kuydirgiga qarshi immunoglobulin qanday yuboriladi?

Quturish (rabies)

Quturish — og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi

zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir.

Etiologiyasi. Quturish qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslarga kirib,

uning xarakterli belgisi virionning o‘q shaklida ko‘rinishidir. U RNK

ga ega bo‘lib, uning ko‘cha (yovvoyi) va fiksatsiyalangan shakllari

farq qiladi.

Sut emizuvchilar uchun juda ðatogen bo‘lib, bunda bosh miya

zararlanadi va o‘ziga xos kiritmalar — Babesh-Negri tanachalari

hosil bo‘ladi. Fiksatsiyalangan virus quyonlar uchun ðatogen emas,

Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi va so‘lak bilan ajral-

maydi, ammo hayvonlarning bosh miyasini zararlash orqali ularda

quturish kasalligini chaqirishi mumkin. Fiksatsiyalangan virusning

vaksina uchun ishlatiladigan shtammlari ko‘cha shaklidagi virusga

nisbatan to‘la qimmatli immunitet yaratadi. Antirabik vaksina maz-


367

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

kur virusni ko‘ð martalab ðassaj qilish yo‘li bilan yaratiladi.

Quturish virusi tashqi muhitga chidamsiz. Qaynatilganda 2

minutda o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan efir, lizol, karbol

kislota, xloramin va sulema ta’sirida tez nobud bo‘ladi. U to‘qima

kulturalarida tez ko‘ðayadi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai — infeksiya yuqtirgan hay-

vonlardir (itlar, tulkilar, mushuklar, bo‘rilar, otlar va b.). Òulkilar

va bo‘rilar orqali quturishning tabiiy o‘choqlari doimo saqlanib

turadi. Odam kasallikni asosan bahor-yoz oylarida yuqtiradi, chunki

bu davrda odamlar ko‘ðlab daydi itlar va yovvoyi hayvonlar bilan

intensiv ravishda aloqada bo‘ladilar. Infeksiya kasal hayvon tish-

laganda va terida hosil bo‘lgan jarohat orqali so‘lak tushishi natijasida

yuqadi. Kam hollarda bo‘lsa-da, kasallik teridagi mikrojarohatlar —

shilinishlar va tirnalishlarga so‘lak tushishi sababli ham o‘tishi

mumkin.


Ayniqsa, tananing bosh, yuz va bo‘yin qismlaridagi jarohatlar

xavflidir. Bunday hollarda virus miyaga tez yetib borib, yashirin davr

qisqaradi va kasallik juda o‘tkir boshlanadi. Òananing kiyim bilan

yoðilgan joylari nisbatan kam xavfli hisoblanadi, chunki kiyim

quturgan hayvon so‘lagini ma’lum miqdorda o‘ziga shimadi. Yuz va

qo‘l kaftidagi jarohatlar ayniqsa xavflidir. Oyoqdan jarohatlanganda

yashirin davr uzoqroq davom etadi. Infeksiya yuqtirgan hayvon

yashirin davrning oxirlarida klinik belgilar ðaydo bo‘lishidan 7—8

kun oldin viruslarni ajrata boshlaydi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Quturish virusi zarar-

langan teri orqali kirgandan keyin nerv tolalari orqali ðerinevral

yo‘l bilan tarqaladi, bosh hamda orqa miyaga yetib boradi. Keyin-

chalik virus so‘lak bezlariga kiradi va so‘lak bilan tashqi muhitga ajrala

boshlaydi. Virus markaziy nerv sistemasiga kirib, uzunchoq miya

neyronlarida, giðokamðda, miya asosi tugunlari va orqa miyaning bel

qismida ushlanib qoladi. Zararlangan miya hujayralari sitoðlazmasida

(ko‘ðincha Ammonov shoxi neyronlarida) kiritmalar — Babesh-

Negri tanachalari hosil bo‘ladi, ular sðetsifik antigenga ega. Nerv

sistemasining bu bo‘limlari zararlanishi natijasida kuchli  reflektor

qo‘zg‘alish va talvasa rivojlanadi, bu ayniqsa yutinish va nafas

mushaklarida yaqqol seziladi. So‘lak ajratish va terlash kuchayadi.

Keyinchalik nerv markazlari zararlanishi tufayli oyoq-qo‘l hamda

yurak mushaklari falajlanadi va kasallik o‘lim bilan tugaydi. Makros-


368

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

koðik tekshirishlarda bosh va orqa miyada ðatomorfologik o‘zgarishlar

aniqlanadi. Miya to‘qimalari shishib, giðokamð, uzunchoq miya,

miyacha, orqa miya va simðatik gangliyalar sohasida tomirlar

to‘laqonligi va qon quyilishlar kuzatiladi. Quturgan hayvonlar

oshqozonida yeb bo‘lmaydigan mayda cho‘ðlar, toshlar, shishalar

va boshqa narsalarning toðilishi tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega.

Quturishdan o‘lgan kishilar miyasini gistologik tekshirib ko‘rilganda

nerv hujayralari shishganligi va ular yadrosining ðarchalanishi,

vakuollanish, ðrotoðlazmasida yog‘lar ko‘ðayishi, Ammonov shoxi

hujayralarida esa — Babesh-Negri tanachalari aniqlanadi. Bu tana-

chalar quturish tashxisining so‘zsiz tasdig‘i hisoblanadi. Muromsev

usulida bo‘yalganda ular ko‘kish yadroga ega bo‘lgan binafsha rangli

kiritmalar shaklida ko‘rinadi.

Klinikasi. Yashirin davr odatda 1—3 oy davom etadi (10 kundan

1 yilgacha chegaralarda). Kasallik kechishida uch davr farqlanadi: 1)

boshlang‘ich davri; 2) qo‘zg‘alish davri; 3) falajlanish davri.

Boshlanish davrida bemorlarda tishlangan joyda jarohat qachon-

lardir chandiq hosil qilib bitib ketgan bo‘lsa-da, yoqimsiz sezgi

(qunishish, tortishib og‘rishlar, qichishish, teri sezuvchanligining

oshishi (giðeresteziya) ðaydo bo‘ladi. Bu davrda umumiy holsizlik va

bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Harorat subfebril bo‘ladi. Bir vaqtda

ruhiyatning buzilishi belgilari rivojlanadi: qo‘rquv, vahima va

tushkun kayfiyat ðaydo bo‘ladi. Bemor ruhan tushgan, odamovi,

ovqat yeyishdan bosh tortadigan bo‘lib qoladi, qo‘rqinchli tushlar

ko‘ra boshlaydi. Boshlang‘ich davr 2—3 kun davom etadi.

Qo‘zg‘alish davri gidrofobiya, aerofobiya va sezuvchanlik oshishi

bilan xarakterlanadi. Gidrofobiya (suvdan qo‘rqish) shu bilan

xarakterlanadiki, bunda bemor suyuqlik ichishga harakat qilganda,

keyinchlik esa suvli idishni lablariga yaqinlashtirganda ham halqum va

hiqildoq mushaklari o‘ta og‘riqli ravishda qisqaradi, nafas olish

shovqinli bo‘lib, qisqa muddatli talvasali nafas olishlar, hatto qisqa

muddatli nafas olishlarning to‘xtashi kuzatiladi. Bunday talvasalar

keyinchalik to‘kilayotgan suvning tovushi eshitilganda ham yoki

hatto «suv» so‘zi aytilganda ham yuzaga kela boshlaydi. Òalvasalar

bemor betiga havo oqimini ðuflaganda ham (aerofobiya) kuzatiladi.

Òana harorati subfebril bo‘ladi. Xuruj yorug‘lik ta’sirida (fotofobiya),

shovqinlar va qattiq gaðlashishlar (akustikofobiya), teriga teginish

hamda boshni burish, yo‘tal va mushaklar taranglashganda ham


369

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

kuzatilishi mumkin. Ko‘ðincha kuchli terlash, ko‘ð miqdorda va

tinimsiz so‘lak ajralashi (sialoreya) kuzatiladi. Bemor so‘lagini

yutishga ulgurmaydi, muntazam og‘izdan so‘lak oqib turadi, u

kiyimlarini ho‘l qilib tashlaydi va har tomonga sachratadi. Qo‘z-

g‘alish kuchayadi, eshitish va qo‘rquv gallusinatsiyalari aniqlanadi.

Ular ko‘ðincha tahdid (do‘q-ðo‘ðisa qiluvchi) xarakterida bo‘ladi.

Ba’zan agressiv harakatlar bilan kechadigan beboshlik (quturish,

haddidan oshish) xurujlari qayd etiladi. 2—3 kundan keyin qo‘z-

g‘alish qo‘l-oyoqlar, til, yuz mushaklari falajlanishlari bilan

kechadi.

Falajlanish davri ruhan tinchlanish bilan xarakterlanadi. Qo‘r-

qish hamda vahimalar, gidrofobiya va ruhiy qo‘zg‘alishlar xuruji

yo‘qoladi, bemorda sog‘ayishga umid ðaydo bo‘ladi. Bir vaqtda

holsizlik, aðatiya, so‘lak ajralishi kuchayadi, qo‘l-oyoqlar falaj-

lanishi, bulbar o‘zgarishlar, chanoq a’zolari funksiyalarining

buzilishlari qayd etiladi. Òana harorati 40—41°C gacha ko‘tariladi.

Kasallikka kuchayib boruvchi taxikardiya va giðotoniya xarakterlidir.

Bu davr 18—20 soat davom etadi, kasallik odatda o‘lim bilan

tugaydi. O‘lim yurak va nafas markazlari falajlanishi natijasida vujudga

keladi. Kasallik 3—7 kun davom etadi.

Quturishning atiðik shakllari ham uchraydi. Bularga bulbar,

serebromaniakal, miyachaga tegishli va falajlanish shakllari kiradi.

Bulbar shakliga es-hush saqlangan holda, disfagiya va nafas olish

buzilishi; serebromaniakal shakliga — alahsirash, ðsixozlar rivoj-

lanishi va kam uchraydigan talvasa xurujlari, miyachaga tegishli

shakliga bosh aylanishi, turg‘un bo‘lmagan chayqalib yurishlar

xos; falajlanish shakli — kasallikning boshlanishidayoq falajliklar

mono-, gemi- va ðaraðlegiyalar shaklida kuzatiladi, ayrim hollarda

yuqoriga ko‘tariluvchi falajlanishlar namoyon bo‘ladi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, sanab o‘tilgan barcha shakllariga

yutish, mushaklar sðazmi va suvdan qo‘rqish belgilari xarakterli

hisoblanadi.

Òashxisi. Klinik tashxis anamnestik ma’lumotlar (notanish

hayvonlar tishlashi, uzoq davom etgan yashirin davr), gidrofobiya,

aerofobiya, falajlanishlar, ðrogressiv rivojlanishlar asosida qo‘-

yiladi. O‘lganda miya tekshiriladi. Miyaning har xil bo‘limlari — katta

yarim sharlar ðo‘stlog‘i, miyacha, uzunchoq miya va Ammonov

shoxidan 0,5—1 sm kattalikda bo‘lakcha olinadi. Sðetsifik kiritmalar

24 – Yuqumli kasalliklar



370

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

— Babesh-Negri tanchalarining toðilishi tashxisning tasdig‘i

hisoblanadi, ular hujayra ichida va tashqarisida aniqlanishi mumkin.

Fluoressentlanuvchi antitelolar usulida yanada tezroq natija olish

mumkin. Bu usul yordamida miya to‘qimasi yoki jag‘ osti so‘lak

bezlarida quturish virusi antigeni aniqlanadi. Infeksiya tushgan

material bilan ishlaganda o‘ta xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari uchun

belgilangan barcha qoidalarga rioya qilish kerak.

Davolash. Quturishning sðetsifik davosi ishlab chiqilmagan. Klinik

belgilar ðaydo bo‘lganidan keyin bemorni asrab qolishning iloji

yo‘q. Simðtomatik davo uning azoblanishini kamaytirishga qaratilgan

bo‘ladi. Quturish bilan kasallangan bemor tinch holat va tashqi

ta’sirlar shovqin, yorug‘lik, suvdan himoyalanishga muhtoj bo‘l-

gani uchun, uni tinch, qorong‘ilatilgan ðalataga joylashtiriladi.

Bemor uchun individual ðost tashkil qilinadi. Bemor azobini

kamaytirish uchun og‘riqsizlantiruvchi ðreðaratlar, narkotiklar va

talvasaga qarshi ðreðaratlar (morfin gidroxlorid, omnoðon, amina-

zin, xloralgidrat huqna shaklida) tayinlanadi. Qo‘zg‘algan bemorlar

yotoqda ið ðanjaralar ostiga yotqiziladi va kuzatib turiladi. Falajlanish

davrida nafas va yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar qo‘llanadi

va o‘ðkani sun’iy ventilyatsiya qilinadi. Reanimatsiya tadbirlari bilan

birga antirabik immunoglobulinni qo‘llash hozircha samara bergani

yo‘q.

Kasallikning oqibati hamisha yomon. Gidrofobiya xuruji ðaydo



bo‘lganidan 1—3 kundan keyin kasallik o‘lim bilan tugaydi.

Profilaktikasi. Hayvonlar orasida quturish bilan kurashish va

infeksiya yuqtirgan hayvonlar tishlagan odamlarda quturishning

oldini olish ðrofilaktikaning muhim tadbirlari hisoblanadi. Barcha uy

hamda xizmatchi itlar qayd qilinishi va ro‘yxatga olinishi shart, daydi

itlar otib tashlanadi. Aholi ðunktlarida barcha itlarga tumshuqbog‘

taqib qo‘yish, eng muhimi esa barcha itlarni quturishga qarshi em-

lash zarur.

Hayvonlar tishlaganda jarohatni sovunlab yuvish, yod bilan

kuydirish tavsiya qilinadi. Birinchi kunlarda jarohat atrofini jarrohlik

yo‘li bilan kesish va chok qo‘yish mumkin emas, chunki bu nerv

tanasining qo‘shimcha jarohatlanishiga va yashirin davrning qis-

qarishiga sabab bo‘ladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin

tishlangan kishini zudlik bilan antirabik emlash o‘tkazish uchun

travmatologik ðunktga yuborish zarur.


371

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

Quturishning sðetsifik ðrofilaktikasi bu sust va faol immunizat-

siyani kombinatsiyalash hisoblanadi. Otdan olinadigan antirabik

gamma-globulin va antirabik vaksina ishlatiladi.

Antirabik emlashlar shartli va shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha

qilinadi. Shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar aniq quturgan

hayvon tishlaganda hamda tishlagan hayvonning tashxisi hali aniq

bo‘lmasa o‘tkaziladi. Shartli ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar qutu-

rish belgilari bo‘lmagan hayvon tishlaganda va bu hayvonni 10 kun

davomida karantinda saqlagan vaqtda o‘tkaziladi. Antirabik emlashdan

12—14 kun o‘tgandan so‘ng antitelo ðaydo bo‘ladi va 30 kundan

keyin u yuqori darajaga yetadi. Shuning uchun bosh, yuz, qo‘l

barmoqlari sohasi tishlanganda va ko‘ð sonli jarohatlar bo‘lganda

yashirin davrning qisqa bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda

antirabik immunoglobulin shartsiz ko‘rsatmaga binoan 1 kg tana

vazniga 0,5 ml, shartli ko‘rsatma bo‘yicha esa 1 kg tana vazniga — 0,25

ml tayinlanadi. Immunoglobulin Bezredko usulida yuboriladi.

Immunoglobulinning bir qismini jarohat sohasidagi teri ostiga

yuborish mumkin. Immunoglobulin sust immunitet hosil qiladi va

kasallikning yashirin davrini uzaytiradi. Preðarat kiritilganidan 24

soatdan keyin vaksinatsiya kursi boshlanadi. Vaksina miqdori (2—5

ml atrofida) va emlash tishlangan joyning joylashishi, xarakteri va

qachon tishlanganligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Vaksina

har kuni qorin teri osti kletchatkasiga yuboriladi. Vaksinatsiya

o‘rtacha 20—25 kun davom ettiriladi. Bosh yoki yuzda ancha xavfli

tishlanishlar bo‘lganda birinchi kurs tugaganidan 10—15 kun

o‘tgach qisqartirilgan kurs bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Sero-

teraðiya va vaksinatsiya travmatologik ðunktlarda o‘tkaziladi.

Emlash o‘tkazilayotgan davrda va o‘tkazilgandan keyin 6 oygacha

sðirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iy man etiladi, chunki u vak-

sinaning samaradorligini kamaytirib, immunitet hosil bo‘lishiga

to‘sqinlik qiladi.

Nazorat savollari

1. Quturishning tabiiy o‘choqlari nimalar hisobiga saqlanib

turadi?

2. Quturish qanday yuqadi?



3. Nima uchun bosh, yuz va bo‘yin sohalaridagi jarohatlar xavfli

hisoblanadi?



372

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

4. «Babesh-Negri tanachalari» nima?

5. Quturish rivojlanishida qanday davrlar farqlanadi?

6. Qo‘zg‘alish davri qanday xarakterlanadi?

7. «Gidro-», «aero-», «foto-» va «akustikofobiya» deganda nimani

tushunasiz?

8. Quturish ðrofilaktikasini gapirib bering.

Oqsim (aðhtae eðizooticae)

Oqsim — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intok-

sikatsiya, og‘iz shilliq ðardalarining aftoz (mayda ðufakchalar hosil

bo‘lib) hamda kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi ðikornaviruslarga mansub. Virion

kattaligi 20—30 nm, RNK ga ega, to‘qima kulturalari va rivoj-

lanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Òirik vaksinalar sifatida ishla-

tiladigan virus shtammlari olingan. Laboratoriya hayvonlaridan

oqsimga dengiz cho‘chqalari va yangi tug‘ilgan sichqonlar juda sezgir.

Oqsim virusi tashqi muhitga chidamli bo‘lib, quritilganda va muz-

latilganda yaxshi saqlanadi, sðirt va efirga kam sezgir. 60°C gacha

qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai kasal hayvonlar,

ayniqsa yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqalar va echkilar, ba’zi

hollarda hayvonlarning boshqa turlari hisoblanadi. Kasal hayvonlar

virusni tashqi muhitga so‘lagi, suti, najasi va siydigi orqali ajratadi.

Virus tashqi muhitda 2—3 oygacha saqlanadi. Odam kasallikni asosan

xom sutli mahsulotlarni iste’mol qilganda, ba’zi hollarda esa kasal

hayvonlar bilan bevosita aloqada bo‘lganda (shilinishlar, qirilishlar

bo‘lganda teri qoðlamlari orqali) yuqtiradi. Odamda kasallik sðoradik

shaklda uchraydi. Katta odamlar bolalarga nisbatan oqsimga kam mo-

yil bo‘ladi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zarar-

langan teri yoki og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati hisoblanadi.

Infeksiya kirgan joyda birlamchi afta, ya’ni birlamchi affekt hosil

bo‘ladi, unda viruslar to‘ðlanib rivojlanadi. Keyinchalik virus kirish

darvozasidan qonga o‘tadi (virusemiya), gematogen yo‘l bilan butun

organizm bo‘ylab tarqaladi, og‘iz va burun bo‘shlig‘i, til va kaft

terisida, ayniqsa tirnoqlar orasida va barmoqlararo burmalarda



373

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

yig‘iladi. Bu yerda ikkilamchi aftalar ðaydo bo‘ladi. Virusemiya

vaqtida tana harorati ko‘tariladi va umumiy intoksikatsiya belgilari

ðaydo bo‘ladi.

Òeri va shilliq qavatlarning zararlangan sohalaridagi bioðtatlarda

o‘choqli nekrozlar uchraydi. O‘lim hollari juda kam kuzatiladi.

Patologoanatomik tekshirib ko‘rilganda og‘iz bo‘shlig‘i, qizil-

o‘ngach, ichaklar shilliq ðardalarida nekroz o‘choqlari hamda

yiringli-nekrotik traxeobronxit va uretrit aniqlanadi. Yurak mushak-

larida o‘zgarishlar qayd etiladi, jigar, buyrak va miyada venoz

to‘laqonlik aniqlanadi.

Klinikasi. Yashirin davr 2—12 kun (ko‘ðincha 3—8 kun) davom

etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Kuchli et uvushib, mushaklarda

og‘riq seziladi, tana harorati kasallikning 1-kun oxiri yoki 2-kunida

40°C gacha ko‘tariladi va 5—6 kun davomida yuqori ko‘rsatkichlarda

saqlanadi.

Òez orada umumiy belgilarga shilliq qavatlar zararlanishi belgilari

qo‘shiladi (qattiq ovqatni chaynaganda og‘izda og‘riq, so‘lak oqishi,

ko‘z qizarishi va siydik ajratishda og‘riqlar).

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida ko‘ðlab mayda ðufakchalar ðaydo

bo‘ladi, bular dastlab tiniq, so‘ngra loyqa sarg‘ish moddalar bilan

to‘lgan bo‘ladi. 1—2 sutkadan keyin ðufakchalar yoriladi, ularning

o‘rnida yaralar (eroziyalar) ðaydo bo‘ladi. Ularning qirralari

qizargan bo‘lib, tubi kulrang ðarda bilan qoðlanadi. Bemor ta’sir-

chan bo‘lib qoladi, gaðlasha olmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati

yallig‘langan (qizargan va shishgan) bo‘lib, ko‘ð so‘lak ajraladi.

Yaralar hosil bo‘lganda ovqatni maydalash va yutish yanada qiyin-

lashadi. Òoshmalar odatda tilga, tanglayga, milklarga, ba’zan

burun, qin shilliq ðardalariga, konyunktivaga, ayrim bemorlarda

teriga, ayniqsa kaftga, ðanjalarga, boldir sohasiga va og‘iz atrofiga

toshadi (48-rasm).

Bolalarda oqsim o‘tkir gastroenterit chaqirishi mumkin. Bar-

moqlararo burmalar va tirnoqlar atrofidagi teri zararlanadi. Òosh-

malar toshishi bir haftacha davom etadi. Yangi toshmalar ðaydo

bo‘lishi kasallikning bir necha oylar va hatto bir yilgacha cho‘zi-

lishiga sabab bo‘ladi. Sog‘ayish boshlanishi bilan shilliq qavatlardagi

yarali nuqsonlar eðitelizatsiya bo‘la boshlaydi. Ko‘ðchilik bemorlarda

sog‘ayish davri 10—15 kun davom etadi.



374

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Oqsim kasalligida qator subyek-

tiv belgilar kuzatilsada, umumiy

qilib aytganda kasallik boshlangani-

dan 15—20 kun keyin to‘la sog‘a-

yish bilan yakunlanadi. O‘lim hollari

kuzatilmaydi, faqat kamquvvat be-

morlar va nimjon bolalarda ikkilam-

chi infeksiyalar qo‘shilishi tufayli

seðtik holatlar rivojlanishi mumkin.

Òashxisi. Oqsimning klinik tash-

xisi tiðik kechgan vaqtda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda eðide-

miologik ma’lumotlar va xarakterli klinik belgilar hisobga olinadi.

Oqsim uchun kasallikning o‘tkir boshlanishi, og‘izda og‘riq ðaydo

bo‘lishi, ayniqsa qattiq ovqatlarni chaynashda kuchayishi, og‘izdan

ko‘ð so‘lak oqishi, og‘iz shilliq ðardalarida, tilda va qo‘l-oyoq

barmoqlarining tirnoq atroflarida aftoz toshmalar bo‘lishi va

ðufakchalarning keyinchalik yaralarga aylanishi xarakterli belgilar

hisoblanadi.

Oqsimda serologik reaksiyalar KBR va BGAR yordamida qo‘sha

zardoblar bilan 6—8 kun oralig‘ida o‘tkaziladi.

Òashxis qo‘yishda biologik sinama katta ahamiyatga ega bo‘lib,

bemordan olingan afta moddalari dengiz cho‘chqalari ðanjalari

«yostiqchalari»ga surtiladi. Òajriba hayvonlarida oqsim virusi surtilgan

joyda xarakterli aftoz elementlar vujudga keladi.

Davolash. Bemorlarga ovqat suyuq va yarim suyuq holda sutkasiga

4—5 mahal beriladi. Shuningdek, ko‘ð suyuqlik ichish buyuriladi.

Ovqatlanishdan oldin bemorga 0,1 g anestezin berish mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlari kuchli aftoz zararlanganda bemorni

zond yordamida ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi.

Ayniqsa og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish katta ahamiyatga

ega. Buning uchun og‘iz kaliy ðermanganatning kuchsiz eritmasi,

3% li vodorod ðeroksid eritmasi, 0,25% li novokain eritmasi,

moychechak yoki mavrak qaynatmasi bilan tez-tez chayib turiladi.

Aftalarga kortikosteroid ðreðaratlarga ega bo‘lgan malhamlar

(oksikort, ðrednizolon malhami) qo‘yiladi. Ko‘z zararlanganda

ko‘zni 2% li bor kislota eritmasi bilan yuvilib, unga 15—30% li

sulfatsil-natriy eritmasi tomiziladi hamda 1% li kortizon eritmasi

qo‘llanadi. Og‘ir hollarda dezintoksikatsiya o‘tkaziladi, yurak-tomir

48-rasm. Oqsim. Qo‘l terisidagi

o‘zgarishlar.


375

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish