vermoks (mebendazol) ham berilishi mumkin. Preðarat 3—4 kun
davomida kuniga 2 mahal 100 mg dan beriladi.
Yuqori darajada foydali dekaris (levamizol) ham qo‘llanadi.
Uning bir martalik (bir kurs) miqdori kattalar uchun 150 mg,
bolalar uchun — 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Preðarat kechki
ovqatdan so‘ng, uxlashdan oldin beriladi. Kombantrin (ðirantel
ðamoat) 10 mg/kg tayinlanadi, u ovqatlanish vaqtida bir marta
beriladi.
Askaridozning ichak bosqichida keng qo‘llaniladigan va yuqori
darajada samara beradigan ðreðarat ðiðerazin va uning tuzlari
(adiðinat, sulfat, sitrat, fosfat) hisoblanadi. U 1 g dan 2 kun
davomida kuniga 3—4 mahal tayinlanadi.
Davolashning foydasini aniqlash maqsadida 2 haftadan keyin
najas laboratoriya usulida tekshiriladi.
Askaridoz bilan kurashishdagi asosiy tadbirlardan biri — mazkur
kasallik tarqalishi gumon qilingan aholi ðunktlarida aholini ommaviy
tekshirishlar orqali invaziyalangan kishilarni aniqlashdir. Bundan
tashqari, jamoalar, ambulatoriya va statsionar sharoitidagi bemorlar
ham shunday tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kasallik aniqlangan bemor-
lar zudlik bilan degelmintizatsiya qilinadi, davolash jarayonida
najaslar tuðroqni askarida tuxumlari bilan ifloslantirmasligi uchun
xlorli ohak yordamida zararsizlantiriladi. Aholi yashaydigan joylar
najas bilan ifloslanishining oldini olish uchun obodonlashtirilgan
bo‘lishi zarur.
Nazorat savollari
1. Urug‘langan tuxum urug‘lanmagan tuxumdan qanday farq-
lanadi?
2. «Invazion tuxum» nima?
461
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
3. Askaridozning ichak bosqichi klinik jihatdan qanday xarak-
terlanadi?
4. Askaridozning asoratlarini gaðirib bering.
5. Askaridozni davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘llanadi?
Òrixosefaloz (trychoceðhalosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Trychceðhalus trichiurus hisoblanadi (grekcha
trichos — soch va keðhale — bosh). Bu nozik gelmint bo‘lib,
uzunligi 3—5 sm ga teng. Oldingi qismi nozik bo‘lib, ið yoki sochni
eslatadi va tana uzunligining uchdan ikki qismini tashkil etadi.
Òanasining orqa qismi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, unda ichak, urg‘o-
chilarida esa — bachadon joylashadi. Parazitlarning ingichka qismi
ichak devorining shilliq ðardalari tanasiga kiradi, orqa qismi esa ichak
bo‘shlig‘idan chiqib turadi. Qobig‘i silliq, qalin va ko‘ð qavatlidir.
Òuxumi mayda qumsimon ko‘rinishda.
Òrixosefaloz — ðeroral geogelmintozdir. Oxirgi xo‘jayini va
invaziya manbai odam hisoblanadi. U odamning yo‘g‘on ichagida
ðarazitlik qiladi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Faqat tuðroqda yetarli
namlik va havo harorati (15—37°C) bo‘lganda tuxumlarda invaziyali
lichinkalar rivojlanadi. Ular 2 haftadan 3—4 oygacha yetiladi.
Òuxumlar tuðroqda 1—2 yilgacha yashashi mumkin. Shakllangan
lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlar odamga yuqish va uni kasal-
lantirish xususiyatiga ega.
Odam yetilgan lichinkalarga ega bo‘lgan tuxumlarni sabzavot,
meva va suv orqali yuqtiradi. Bundan tashqari ðolizda ishlaganda,
bolalar yerda o‘ynaganda va boshqa hollarda ifloslangan qo‘llar orqali
ðarazit tuxumlarining og‘izga tushishi natijasida ham invaziyani
yuqtirib olish mumkin. Ichakda tuxumlardan lichinkalar chiqadi,
ular ingichka ichak qilchalari (vorsinkalari)ga kiradi va u yerda 3—10
sutka davomida rivojlanadi. So‘ngra lichinkalar qilchalarni yorib ichak
bo‘shlig‘iga tushadi. Undan yo‘g‘on ichakka borib, u yerda ushlanib,
bir oy davomida yetilgan (katta) bosqichga aylanadi. Organizmda
ðarazitlar soni bir nechadan mingtagacha yetishi mumkin. Gelmint
5—6 yil, ba’zan esa ko‘ðroq yashaydi. Òrixosefalyozga moyillik
umumiydir.
462
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Parazit yo‘g‘on ichakda ðarazitlik qilishi natijasida ichakni ma’lum
darajada shikastlaydi, ba’zida shilliq osti va mushak qavatlariga kiradi.
Parazitlar atrofida infiltratlar hosil bo‘lib, qon quyilishlar, shish,
ba’zan eroziya va nekrozlar aniqlanadi. Kasallik ðatogenezida orga-
nizmning ðarazit metabolitlari bilan sensibilizatsiyaga uchrashi ham
katta ahamiyatga ega.
Invaziyaning dastlabki klinik belgilari kasallik yuqqandan 1—1,5
oy keyin yuzaga chiqadi. Bu ðarazitlar ko‘ð bo‘lganda oshqozon-
ichak faoliyati buziladi. Bemorda ishtaha ðasayib, u ba’zan qusadi,
ko‘ðincha ich ketish bilan qabziyat almashib turadi, meteorizm
kuzatiladi. Bemorni oshqozon sohasi (eðigastriy)dagi kuchli og‘riq
bezovta qiladi va bu yara kasalligini eslatadi. Ko‘richak sohasidagi
og‘riq ko‘ðincha o‘tkir aððenditsitni eslatadi va bu xato tashxis qo‘-
yilishiga sabab bo‘ladi. Lekin trixosefalyozda ko‘richak invaziyalanishi
natijasida haqiqiy aððenditsit ham kuzatilishi mumkin. Kasallikda
uyqu buzilib, bosh og‘riydi, aylanadi, ish faoliyati ðasayadi,
bolalarda talvasa sindromi ðaydo bo‘lishi mumkin. Qonda eozinofiliya
aniqlanadi. Og‘ir invaziyada anemiya kuzatiladi.
Òashxis najasni mikroskoðda tekshirishga asoslangan. Para-
zitlarning tuxumlari boyitish va Kato usullarida oson toðiladi.
Òrixosefalozni davolash mas’uliyatli va murakkab masala hisob-
lanadi. Vermoks (mebendazol) 200 mg dan sutkasiga 3—4 kun
davomida buyuriladi. Defezil va bemosat ancha foydali ðreðaratlar
hisoblanadi. Ular bir xil miqdorlarda: kattalarga sutkasiga 5 g dan,
bolalarga 2—5 yoshda — 2,5—3 g, 6—10 yoshda — 3,5—4 g, 11—15
yoshda — 4—4,5 g dan 5 kun davomida tayinlanadi. Ovqatlanishdan
1—2 soat oldin 3 mahal qabul qilinadi.
Davolashdan 2—3 hafta keyin najas nazorat uchun tekshiriladi.
Kasallik bilan kurashish tadbirlari askaridozdagi kabi.
Nazorat savollari
1. Òrixosefaloz qo‘zg‘atuvchilari haqida gaðirib bering.
2. Odamga trixosefaloz qanday yuqadi?
3. Òrixosefalozning klinikasi qanday kechadi?
4. Òrixosefalozga tashxis qo‘yishda nimalarga ahamiyat beriladi?
5. Òrixosefaloz davosini gapirib bering.
463
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Ankilostomidozlar (ancylostomidoses)
Qo‘zg‘atuvchilari — ikki turdagi yumaloq chuvalchanglardir:
Ancylostoma duodenale (egri bosh) va Necator americanus (neka-
tor yoki Amerika egri boshi). Bu nematodalarning o‘lchami 1—2 sm
ga teng. Ular tuzilishiga ko‘ra juda o‘xshash. Bosh qismi og‘iz kaðsu-
lasiga ega. Erkak ðarazitlarning dum qismida qo‘ng‘iroqsimon
(jomsimon) kengayish yoki sumkacha mavjud. Ankilostomalar va
nekatorlar tuxumi tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Ular
ovalsimon shaklda bo‘lib, yuðqa tiniq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Najasda bir sutka ichida tuxumlarda lichinkalar rivojlanadi.
Ankilostomidozlar — geogelmintozlardir. Invaziya manbai bemor
odam hisoblanadi. Ankilostoma va nekator odamning ingichka
ichagida ðarazitlik qiladi. Òuxumlari najas bilan ajraladi. Òuxumlar
iliq, nam tuðroqqa tushgandan keyin 10—15 kun davomida lichin-
kalar rivojlanadi va ular bir necha oy tuðroqda yashashi mumkin.
Ankilostomalar lichinkasi sabzavot va mevalar yoki iflos qo‘llar
bilan og‘izga tushadi. Nekatorlar lichinkasi, ba’zida ankilostomalar
oyoqyalang yurganda yoki o‘tlar ustida yalang‘och yotganda
organizmga teri orqali kiradi.
Lichinkalar organizmga kirgach, qon oqimi bilan o‘ðkaga mig-
ratsiya qiladi. U yerdan alveolalar hamda bronxlar orqali halqumga
tushadi va yutib yuboriladi. Oshqozondan ingichka ichakka o‘tib, u
yerda kattalashadi. Invaziya yuqqan vaqtdan tuxum qo‘yadigan davr-
gacha rivojlanish davri 2 oyni tashkil etadi. Ankilostomalar orga-
nizmda 5—15 yil ðarazitlik qiladi.
Kasallikka moyillik umumiy. Qishloq xo‘jalik va shaxta ishchilari,
yerda ishlovchilar hamda bolalar ko‘ðroq invaziya yuqtirib, kasal-
lanadilar.
Patogenezining dastlabki bosqichlarida ðarazitar metabolit-
larning toksik-allergik ta’siri, surunkali bosqichi ðatogenezida esa —
ankilostomidalar oziqlanishining xususiyatlari tufayli temir yetish-
masligi natijasida yuzaga keladigan anemiya asosiy rol o‘ynaydi.
Ankilostomidalar og‘iz kaðsulalari yordamida 1—3 minut davomida
shilliq ðardalarga yoðishib, ichak shilliq ðardalarini zararlaydi va
bunda ajralib chiqqan qon bilan oziqlanadi. Sutkada bitta ankilostom
0,3 ml, bitta nekator — 0,1 ml qon so‘radi. Ular tez-tez yoðishish
joyini o‘zgartirib turadi va natijada o‘sha joylarda uzoq vaqt davomida
464
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
qonab turadigan yaralar hosil bo‘ladi. Bular ham anemiya rivoj-
lanishida muhim ahamiyatga ega.
Òeri orqali zararlanganda kasallikning dastlabki kunlari (soatlari)
lichinkalar kirgan joyda dermatit rivojlanadi, qayta zararlanganda bu
yanada og‘ir o‘tadi. Òurli toshmalar, teri qichishishi, ba’zida
mahalliy shishlar kuzatiladi. Òerining qashlangan joylariga ikki-
lamchi infeksiyalar tushishi juda xarakterlidir. Keyinchalik anki-
lostomidlar lichinkalari migratsiyasi va ularning almashinuv
mahsulotlari ta’siri natijasida organizmda sensibilizatsiya rivojlanadi.
Bu esa o‘z navbatida o‘ðkani zararlab, bronxit va laringit kabi
jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Invaziyaning dastlabki bosqichi yuqori eozinofiliya, ba’zan
yuqori isitma bilan kechadi. Peroral zararlanganda bu belgilar
kuzatilmaydi.
Ankilostomidozlarning surunkali bosqichida kasallikning asosiy
ko‘rinishlari gelmintning o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda
ðarazitlik qilishiga bog‘liq. Bemorni ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish
va qabziyatga moyillik bezovta qiladi.
Bemorni ba’zan eðigastral sohadagi juda kuchli, ya’ni o‘n ikki
barmoq ichakning yara kasalligini eslatadigan og‘riq bezovta qiladi.
Bora-bora temir yetishmasligi tufayli kelib chiqadigan anemiya
rivojlanadi va bunda tegishli klinik hamda laboratoriya belgilari
namoyon bo‘ladi.
Òashxis najasda toðilgan ankilostomidalar tuxumlariga qarab qo‘-
yiladi. Najas boyitish usulida tekshiriladi. Ankilostomidalar diffe-
rensiatsiyasi lichinkalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bemorlarni davolashning asosi degelmintizatsiya hisoblanadi.
Bunda ko‘ðincha quyidagi antigelmint ðreðaratlar qo‘llanadi: 1)
kombantrin (ðirantel ðamoat) bir kursga 10—20 mg/kg, ovqat
vaqtida; 2) mebendazol (vermoks) 100 mg dan kuniga 2 mahal 3
kun davomida; 3) levamizol (dekaris) 2,5 mg/kg dan (bir martalik
va kurs bo‘yicha miqdori) uxlashdan oldin; 4) tiabendazol (min-
tezol) 25 mg/dan sutkasiga 2 mahal ovqatdan keyin 2 kun davo-
mida; 5) naftamon (alkoðar) bir martalik (kurs bo‘yicha) miqdori
saharlab 5 g. Kuchli anemiyada temir ðreðaratlari va folat kislota
tayinlanadi.
Davolashdan keyin 2—3 hafta o‘tgach, najasni nazorat uchun
tekshiriladi.
465
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
Profilaktikasi ankilostomidalar bilan invaziyalanganlarni aniq-
lash va davolash bo‘yicha komðleks tadbirlar, shaxta va yer osti
inshootlarini tozalash hamda najaslar bilan ifloslantirmaslik bo‘yicha
sanitar-eðidemiologik tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari
1. Ankilostomalar ichakning qaysi bo‘limida ðarazitlik qiladi?
2. Ankilostomidozda anemiya holatining rivojlanishiga asosiy sabab
nima?
3. Ankilostomidozni davolashda qanday ðreðaratlar qo‘llanadi?
4. Ankilostomidoz ðrofilaktikasini gapirib bering.
Strongiloidoz (strongyloidosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — strongiloid yoki ichak ugritsasi (Strongyloides
stercoralis) — mayda tiniq iðsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi
2—3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida ichak kriðtalari
(liberkun bezlari) bo‘shlig‘i hamda o‘t va ðankreatik yo‘llarga kirib
yashaydi. Har bir urg‘ochi ðarazit bir sutkada 50 taga yaqin tuxum
qo‘yadi. Òuxumlardan ichakda rabditsimon (invaziv bo‘lmagan)
lichinkalar chiqadi, ularning kattaligi 0,1—0,3 mm ni tashkil qilib,
oldingi uchi — to‘mtoq, orqa uchi esa o‘tkir bo‘ladi.
Strongiloidoz — geogelmintoz bo‘lib, invaziya manbai odam
hisoblanadi. Rabditsimon lichinkalar odam najasi bilan tuðroqqa
tushib, 1—4 kundan so‘ng filariysimon (invazion) lichinkalarga
aylanadi. Ko‘ðincha rabditsimon lichinkalar erkin harakatlanuvchi
urg‘ochi va erkak ðarazitlarga aylanadi, ular esa tuðroqda uzoq vaqt
yashashi va rabditsimon lichinkalarning yangi avlodlarini ðaydo
qilishi mumkin, ular ham filariysimon shakllarga aylanadi. Odam
ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalarni iste’mol qilish
orqali filyariysimon lichinkalarni yutib yuborganda hamda ularning
teri orqali faol kirishi natijasida kasallik yuqtiradi. Filariysimon
lichinkalar odam organizmiga tushgandan so‘ng qon oqimi bilan
migratsiya qiladi va o‘ðkaga kiradi. Bu yerda kaðillarlarni yorib, ular
alveolalar bo‘shlig‘iga, so‘ngra — bronxlar va shilimshiq bilan og‘iz
bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak bilan yutilgandan keyin ichakka yetib
borib, jinsiy yetilish davrigacha rivojlanadi. Odam organizmidagi
30 – Yuqumli kasalliklar
466
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
strongiloid 17—27 sutka davomida rivojlanadi. Invaziyaga barcha
yoshdagi kishilar beriluvchandir.
Invaziya ðatogenezida, ayniqsa dastlabki migratsion bosqichda
ðarazit almashinuvi mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi
katta ahamiyatga ega. Katta urg‘ochi gelmint yoðishib, ðarazitlik
qilishi natijasida ingichka ichak mexanik jarohatlanadi. Oshqozon-
ichak yo‘llarida qon quyilishlar, eroziyalar va hatto yaralar aniq-
lanadi. O‘ðkada ðarazitar o‘choqlar, jigar va oshqozon osti bezida
distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Kasallikning dastlabki bosqichida holsizlik, bosh og‘rig‘i,
terining qichishishi, tana haroratining biroz ko‘tarilishi va toshmalar
toshishi mumkin. Bronxit va ðnevmoniya simðtomlari kuzatiladi.
Kasallikning ichak bosqichida ishtaha ðasayib, og‘izda achchiq ta’m
seziladi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, qorin, o‘ng qovurg‘a soha-
sida og‘riq va qabziyat (ayrim bemorlarda esa aksincha — ich ketishi)
qayd etiladi. Ko‘ðincha oshqozon osti bezi zararlanishi (ðankreatit)
belgilari kuzatiladi.
Strongiloidoz uchun qonda eozinofiliya xos. ECHÒ 40—60 mm/
soatgacha oshishi mumkin.
Kasallikka erta tashxis qo‘yishda qondagi ko‘rsatkichlarda bo‘lgan
eozinofiliyaga e’tibor beriladi. Migratsiya qilayotgan lichinkalarni
toðish uchun mikroskoðda balg‘am tekshiriladi. Ichak bosqichida
tashxis duodenal suyuqlik va najasni tekshirish orqali lichinkalarni
toðishga asoslangan. Najas asosan yangiligida, iloji boricha ich
suruvchi dorilar qabul qilgandan so‘ng tekshiriladi. Strongiloidozga
gumon qilinganda birinchi laboratoriya natijasi ijobiy bo‘lmasa, 5—
7 kunlik interval bilan 3—5 marta takroran tekshiriladi.
Davolashda tiabendazol (mintezol) sutkasiga 25—50 mg/kg dan
ovqatdan 30 daqiqa keyin 2 kun davomida beriladi. Shu bilan birga
desensibilizatsiyalovchi va siðtomatik ðreðaratlar qo‘llanadi.
Profilaktikasi bemorlarni aniqlash va davolash, shaxsiy gigiyena
qoidalariga amal qilish hamda tuðroqni najaslar bilan ifloslani-
shining oldini olish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari
1. Odam strongiloidozni qanday yuqtirishi mumkin?
2. Strongiloidozda qonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
467
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
3. Strongiloidozni davolash uchun qanday ðreðaratlar qo‘l-
lanadi?
4. Strongiloidoz ðrofilaktikasi nimalardan iborat?
Òrixinelloz (trichinellosis)
Qo‘zg‘atuvchisi trixinella (Trichinella sðiralis) — mayda ayrim
jinsli tirik tug‘adigan nematoda, uzunligi 1—3 mm. Voyaga yetgan
gelmintlar etxo‘r hayvonlar va odamning ingichka ichak shilliq
ðardalarida rivojlanadi. Trichinella sðiralis odatda cho‘chqa, it,
mushuk va kemiruvchilar, qator hollarda esa otlarda ðarazitlik qiladi.
Odamda Trichinella nativa ðarazitlik qiladi, u ko‘ðincha yovvoyi
hayvonlardan bo‘ri, tulki, ayiq, bo‘rsiq va to‘ng‘izlarda uchraydi.
Òrixinelloz biogelmintoz hisoblanadi. Invaziyaning tabiiy o‘choq-
larida yovvoyi hayvonlar kasallikni invaziya yuqtirgan o‘lik hayvon-
lar (bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, to‘ng‘iz, ayiq) go‘shtini yeyish natijasida
yuqtiradilar. Sinantroð o‘choqlarda cho‘chqa, mushuk, it, kala-
mush va boshqa uy hayvonlari kasallikni trixinella lichinkalari
bo‘lgan o‘ldirilgan hayvonlarning tashlandiq go‘shtlari, ovqat
qoldiqlarini yeyish tufayli yuqtiradi. Odamga invaziyalangan hayvon
go‘shtini yetarlicha termik ishlanmagan holda iste’mol qilganda
kasallik yuqishi mumkin.
Go‘sht bilan yutilgan trixinella lichinkalari xo‘jayinining oshqo-
zon va ingichka ichagida kaðsuladan ozod bo‘lib, shilliq qavatga kiradi.
U yerdan ingichka ichakning shilliq osti qavatiga kirib, 2 kundan
so‘ng jinsiy yetilgan hisoblanadi. Òrixinellalar urg‘ochisi 3—6 hafta
davomida tirik lichinkalar tug‘adi. Bitta urg‘ochi trixinella 100 dan
2000 tagacha yosh trixinellalarni tug‘adi. Ular ichak devorlari orqali
qon va limfaga tushib, butun organizmga tarqaladi, xo‘jayinining
ko‘ndalang-targ‘il mushaklarida joylashadi. Bu yerda lichinkalar
kattalashib, sðiralsimon buraladi va 3—4 haftadan keyin ular
atrofida 0,2—0,6 mm kattalikdagi qo‘shuvchi to‘qimali kaðsula
ðaydo bo‘ladi. Xo‘jayini organizmida lichinkalar ko‘ð yillar davo-
mida yashaydi. Bora-bora kaðsulalari kalsifikatsiyalanib, ulardagi li-
chinkalar nobud bo‘ladi.
Odam organizmiga ðarazitlarning almashinuv mahsulotlari va
o‘ligining sensibilizatsiyalovchi ta’siri ðatogenezning asosi hisob-
lanadi.
468
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
Patogenezda mushaklardagi sðetsifik o‘zgarishlar, ya’ni gelmint-
lar atrofida rivojlanadigan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan kaðsula
ham alohida ahamiyatga ega. Allergik vaskulitlar, ba’zan bemor ichki
a’zolarida tarqalib ketgan infiltratlar xarakterlidir.
Yashirin davr 7 kundan 4—5 haftagacha (o‘rtacha 10—25 kun)
davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanib, dastlab qorinda og‘riq,
ich ketishi va holsizlik, ba’zida tanada allergik toshmalar kuzatiladi.
Òrixinellozning kardinal belgilari qovoq va yuzning shishib
ketishi, mushaklar og‘rishi, isitma va qonda eozinofiliyalar mav-
judligidir. Shishning bo‘yin, gavda, qo‘l-oyoqlarga tarqalishi kasallik
oqibati yomonligini bildiradi. Ko‘ðincha ko‘z, chaynash, bo‘yin, bel
va boshqa mushaklarda og‘riq qayd etiladi. Mushaklarda tinch
turganda og‘riq kuzatilmaydi, salgina harakatlanganda yoki ðay-
ðaslaganda esa kuchayadi.
Intensiv invaziyada trixinelloz juda og‘ir kechib, ichki a’zolarda
asorat aniqlanadi. O‘tkir yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan
miokardit qayd etiladi. Pnevmoniya, meningoensefalit, trixinollezli
geðatit, nefrit va tromboflebitlar haqida ma’lumotlar mavjud.
Kasallik 1—2 haftadan 5—6 haftagacha davom etishi mumkin.
Òrixinelloz bir guruh kishilarda bir vaqtda uchragan va xarakterli
belgilar mavjud bo‘lganda, kasallikka tashxis qo‘yish qiyin emas.
Har qanday holatda ham laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilishi shart.
Òrixinellozga gumon qilinganda kasallikka shubha tug‘dirgan go‘sht
qoldiqlari tekshiriladi. Zarurat tug‘ilganda bemor mushaklaridan
bioðsiya olinadi. Serologik reaksiyalardan KBR, kolseðresiðitatsiya va
boshqa reaksiyalar qo‘llanadi. Reaksiya kasallik yuqtirgandan keyin
3 hafta o‘tgach ijobiy natija beradi. Òeri-allergik sinamasi ayniqsa juda
katta ahamiyatga ega.
Davolash uchun tiabendazol (mintezol) va mebendazol (ver-
moks) buyuriladi. Davo qancha erta (invaziyaning birinchi 2—3
haftaligida) boshlansa, shuncha foyda beradi. Òianbendazol kuniga 2
marta 5 mg/kg (sutkasiga 3 g dan oshmasligi zarur) dan 10 kun
davomida, mebendazol — sutkasiga 300—400 mg dan 2 hafta
davomida tayinlanadi. Desensibilizatsiyalovchi va siðtomatik ðreða-
ratlar buyuriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida kortikosteroidlar
qo‘llanadi.
Òrinxinelloz ðrofilaktikasida albatta go‘sht trixinellalarga tekshi-
riladi. Komðressoriumda 24 ta go‘sht kesmalaridan birortasida
469
MAXSUS QISM. VI. Parazitar kasalliklar
bittagina trixinella toðilsa ham, go‘sht iste’moldan chetlashtiriladi va
yo‘qotiladi. Hayvonlarni nazoratdan o‘tkazmasdan turib uy sha-
roitida so‘yish mumkin emas. Aholi orasida tushuntirish ishlarini
olib borishda go‘shtni mayda bo‘lakchalar holida kamida 2,5 soatgacha
qaynatilgandagina trixinellalar nobud bo‘lishi mumkinligi aytiladi.
Boshqa usullar — uzoq muddat muzlatish, tuzlash yoki qoqi qilish
(quritish) kabilar go‘shtni zararsizlantira olmaydi.
Nazorat savollari
1. Òrixinellalar haqida gaðirib bering.
2. Odamga trixinelloz qanday yuqadi?
3. Òrixinellozning kardinal simðtomlarini gaðirib bering.
4. Òrixinelloz tashxisida qanday serologik reaksiyalar o‘tkaziladi?
5. Òrixinelloz ðrofilaktikasi va davosi haqida gaðirib bering.
Parazitar kasalliklar bo‘ yicha testlar va vaziyatli masalalar
1. Balantidiaz gelmintozlarga kiradimi?
A) ha;
B) yo‘q.
2. Bezgak ðrotozoy kasallikmi?
A) ha;
B) yo‘q.
3. Amyoba ayrim jinslimi?
A) ha;
B) yo‘q.
4. Et uvushishi, isitma va terlash (triada belgi) bilan kechadigan
xuruj toksoðlazmozga xosmi?
A) ha;
B) yo‘q.
5. Askaridalar nafas yo‘llariga tushishi mumkinmi?
A) ha;
B) yo‘q.
6. Protozoa so‘zi nimani anglatadi?
A) gelmintlar; B) sodda organizmlar; C) sðoralar; D) sistalar;
E) xivchinlar.
7. Amyobaga xos xarakterli belgilarni ko‘rsating:
A) jinsiy yo‘l bilan ko‘ðayadi, xivchinlari mavjud; B) bo‘linish
yo‘li bilan jinssiz ko‘ðayadi; C) xivchinlari yo‘q, harakatlana ol-
maydi; D) yolg‘on oyoqlar hosil qiladi, harakatlanadi; E) B va D.
470
Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya
8. Amyobiazni davolashda ishlatiladigan asosiy ðreðarat nima? Do'stlaringiz bilan baham: |