Asosan jo‘jalarda uchraydigan gelmintoz kasallik Assarida galli parazitlari chaqiradi va gelmint ichaklarda parazitlik qiladi. Tovuqlar, kurkalar, tovus hamda sesarkalar ham kasallanadi. - Asosan jo‘jalarda uchraydigan gelmintoz kasallik Assarida galli parazitlari chaqiradi va gelmint ichaklarda parazitlik qiladi. Tovuqlar, kurkalar, tovus hamda sesarkalar ham kasallanadi.
- Kasallangan jo‘jalar shilliq pardalari oqarishi, holsizlanish, hazm jarayonlarining buzilishi, oriqlash, patlar hurpayishi, qanotlari pastga tushib turishi va o‘sishdan ortda qolishi kabilar qayd etiladi.
- Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra Respublikamiz miqyosida tovuqlar yoshiga qarab 53,7-78,7% gacha askaridoz bilan kasallanadi
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tuzilishi. Gelmintlarning uzunligi 2,5 dan 12 sm gacha (erkaklari 2,5-7 sm, urg‘ochilari 12 sm gacha) bo‘ladi. - Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tuzilishi. Gelmintlarning uzunligi 2,5 dan 12 sm gacha (erkaklari 2,5-7 sm, urg‘ochilari 12 sm gacha) bo‘ladi.
- Gelmintlarning boshi uchta katta lab bilan o‘ralgan, dumida qanoti va 10 juft o‘simtasi hamda xitinlashgan jinsiy spikulasi bor. Urg‘ochilarida tanasining o‘rtasidan pastki tomonga qarab jinsiy teshigi ochiladi. Tuxumi oval shaklda.
- Rivojlanishi. Urg‘ochi askaridiy tovuqning ingichka ichagiga tuxum qo‘yadi. Tashqi muhitga tushgandan keyin issiqlik va namlik yetarli bo‘lganda, lichinka paydo bo‘ladi. U tullagandan keyin etilib, invazion shaklga aylanadi.
- Tovuq ozuqa yoki suv bilan invazion tuxumni yutib yuborib zararlanadi. Tovuqning jig‘ildonida tuxum po‘sti parchalanib, ichidan chiqqan lichinkasi ichak bo‘ylab harakat qiladi, u ingichka ichakda joylashadi.
- Tovuqning liberkyun bezlarining ichida lichinkalar 18-20 kun davomida rivojlanib, ingichka ichakka o‘tgach, jinsiy voyaga etadi. Buning uchun 28-40 kun vaqt talab qiladi (yozda-28, kuzda-35, qishda-40, bahorda-30 kungacha).
Klinik belgilari. Kasal tovuqlarning askaridiylar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq. Jo‘jalarning tojlari oqarib, ko‘rinarli shilliq pardalari qonsizlanadi, hazm qilish jarayonlari buziladi, ichi o‘tadi, anemiya kuzatiladi. - Klinik belgilari. Kasal tovuqlarning askaridiylar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq. Jo‘jalarning tojlari oqarib, ko‘rinarli shilliq pardalari qonsizlanadi, hazm qilish jarayonlari buziladi, ichi o‘tadi, anemiya kuzatiladi.
- Patologoanatomik o‘zgarishlar. Askaridiy lichinkalari ichaklarga mexanik ta’sir qilib, uning devorlarini jarohatlaydi. Ichaklar shilliq pardalarida yallig‘lanish va qon quyilishlar ko‘zga tashlanadi. Zararlangan ichaklardan patogen mikroskop va viruslarning organizmga tarqalib ketishiga yo‘l ochiladi.
- Askaridiylar tiqilib qolgan hollarda ichaklar yorilib ketishi ham mumkin. Tovuq organizmi askaridiylarning zaharli moddalari ta’siri natijasida surunkali ravishda zaharlanib boradi, ular rivojlanishdan qolib, kam tuxum qiladi
Davolash, oldini olish va qarshi ko‘rashish tadbirlari. Tovuq askaridiozini gelmintsizlantirish maqsadida tetramizol (20%)-200 mg/kg t.v.ga, atsetamizol-300 mg/kg t.v.ga, piavetrin (piperazin)-100-200 mg/kg t.v.ga, panakur-10 mg/kg t.v.ga (2 kun ketma-ket), panakur granulalari (em bilan) jo‘jalarga-2 g/bosh, tovuqlarga 3 g/bosh miqdorlarda 12 soatlik ochlik dietasidan keyin ertalab nahorida omuxta em (o‘rtacha 10 g/boshga) bilan guruhli usulda bir martadan berilganda samarali ta’sir etadi (Davlatov R.B.). - Davolash, oldini olish va qarshi ko‘rashish tadbirlari. Tovuq askaridiozini gelmintsizlantirish maqsadida tetramizol (20%)-200 mg/kg t.v.ga, atsetamizol-300 mg/kg t.v.ga, piavetrin (piperazin)-100-200 mg/kg t.v.ga, panakur-10 mg/kg t.v.ga (2 kun ketma-ket), panakur granulalari (em bilan) jo‘jalarga-2 g/bosh, tovuqlarga 3 g/bosh miqdorlarda 12 soatlik ochlik dietasidan keyin ertalab nahorida omuxta em (o‘rtacha 10 g/boshga) bilan guruhli usulda bir martadan berilganda samarali ta’sir etadi (Davlatov R.B.).
- Shuningdek, keyingi avlod antigelmintiklaridan alben tabletkasi-36 kg t.v.ga 1 dona, maydalangan holda em bilan 2 kun ketma-ket, albazen (2,5%) suspenziyasi-200 ml/100 litr suvga aralashtirilib qo‘llanilishi mumkin.
- Noyabr oyidan boshlab tovuqlarni gelmintsizlantirish kerak. Tovuqxonalarni muntazam ravishda tozalab turish, uning tezagini biotermik usulda zararsizlantirish ham muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tovuqlarni yayratish maydonchalari tashlandiqlardan tozalanib, haydalib, so‘ng unga xlorli ohak sepilishi zarur.
- Dorilangan joylarda tovuqlarni 7-10 kungacha saqlash-boqish mumkin emas. Yozda parrandalarni yayratish maydonchalari har 20-30 kunda almashtirilishi lozim. Hamma holatda jo‘jalar tovuqlardan ajralib boqiladi. Kasallikning oldini olish maqsadida, tovuqlarga har oyda bir marta ertalab yoki kechqurun antigelmintik berib borilsa, tovuq organizmidagi gelmintlar voyaga etmay chiqib ketadi.
- Shunda tashqi muhit ham asta-sekinlik bilan askaridiylar va ularning tuxumlaridan tozalanadi.
Askaridiozni davolashda ishlatiladigan dorilar
Do'stlaringiz bilan baham: |