Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO„LIQ RIVOJLANMAGAN



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO„LIQ RIVOJLANMAGAN 
BOLALAR NUTQINING GRAMMATIK TOMONINI O„YINLAR ASOSIDA 
SHAKLLANTIRISH 
M.Yu. Ayupova TDPU professori ,p.f.n.,
Sh. Shоabduraximova TDPU magistranti
Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik 
tomonini ko‗rgazmali o‗yinlar asosida shakllantirishning uslubiy tamoyillari o‗zaro 
bog‗langan talablar (yoki qoidalar) tizimidir. Uslubiy jihatdan muhim bo‗lgan ikki 
qoida ushbu tizimga asos qilib olindi. Bir tomondan, tilni maxsus o‗qitishda 
me‘yordagi tilni o‗zlashtirishning eng umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqish, 
ikkinchi tomondan esa, maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar 
nutqining rivojlanishida til umumiy qonuniyatlarining o‗ziga xosligini hisobga olish 
zarur deb topildi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining 
grammatik jihatdan to‗g‗ri shakllanishi, rivojlanishi kechadigan pedagogik jarayon 
maxsus ravishda tashkil qilindi. U muqarrar ravishda (tilni o‗zlashtirishning 
me‘yorda borishiga nisbatan) sun‘iy, ya‘ni maxsus tashkillashtirilgan jarayon tusiga 
kiradi. Bunday vaziyatda alohida pedagogik shart-sharoitlar ta‘minlanib, 
kompensatorlik funksiyalarini bajaradigan pedagogik va texnik vositalardan 
foydalaniladi.Didaktik jihatdan kommunikatsiya tamoyili nutqni muloqot vositasi va 


67 
fikrlash quroli sifatida shakllantirish maqsadidan kelib chiqadi. U til o‗qitish 
jarayonining amaliy yo‗naltirilganligini ta‘minlashi lozim. Bu tamoyil til materialini 
qo‗llash jarayonida undan (bevosita va bilvosita, o‗qish va yozish tarzida) muloqot 
qilish, atrof dunyo to‗g‗risida bilim orttirish maqsadida foydalanish jarayonida 
o‗zlashtiriladi.Kommunikatsiya tamoyili maxsus maktabda o‗qitishning dastlabki
paytida maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining bolaning 
deyarli mutlaqo nutqi bo‗lmagan hollarda ayniqsa izchil ifodalanadi. Nutqi nisbatan 
shakllangan 
maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalarda 
kommunikatsiya tamoyili nutqni tuzatish, rivojlantirish va takomillashtirish talabi 
bilan qo‗shilib namoyon bo‗ladi. Tilni amaliy o‗zlashtirib, undan keyingina uni fan 
sifatida o‗rganishga kirishish mumkin. Biroq keyinchalik ham nutq rivojidagi 
kamchiliklarning o‗rnini to‗ldiradigan katta ishlarni amalga oshirish kerak 
bo‗ladi.Nutqning rivojlanmaganligi semantik (ma‘noviy) tusdaligi hisobga olinib, til 
o‗qitishdagi kommunikativ yo‗naltirilganlik tamoyili maktabgacha yoshdagi nutqi 
to‗liq rivojlanmagan bolalarning ongini atrof dunyo to‗g‗risidagi tasavvur va 
tushunchalar bilan boyitib boradi, ularning nutqini fikrlashining mazmuniy tomonini
rivojlantirish bilan uzviy ravishda bog‗lagan holda o‗stiradi. Nutqiy faoliyat 
maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar o‗zlashtirishi uchun 
murakkab faoliyat bo‗lib, bu faoliyat o‗quv rejasidagi barcha mashg‗ulotlarda 
shakllantirilishi kerak. Bolalar faoliyatining barcha turlari ularning nutqini o‗stirishga 
xizmat qilishi darkor. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar 
nutqining grammatik tomonini shakllantirish jarayonida o‗yinlarni qo‗llash bilan 
belgilanadi. Zero, hozirgi kunda o‗yinlar o‗quv jarayonining asosiy komponentiga 
aylanib bormoqda. Ta‘lim jarayonida o‗yinlardan foydalanish mashg‗ulotlarni 
rag‗batlantirish, qiziqarli tashkil etish bilan birga maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq 
rivojlanmagan bolalar fikrlashi doirasini, tafakkurini kengaytiradi, o‗quv materialini 
chuqur o‗zlashtirish imkonini yaratadi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq 
rivojlanmagan bolalar nutqining grammatik tomonini shakllantirish jarayonida 
o‗yinlarni qo‗llash, mashg‗ulotlarni qiziqarli tashkil etish bilan birga bolalarni 
fikrlashi doirasini, tafakkurini kengaytiradi, o‗quv materialini chuqur o‗zlashtirish 
imkonini yaratadi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalar shaxsiy 
sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni amalga oshirishda
o‗yinlarning ahamiyati katta. Ma‘lumki, rolli o‗yinlar ob‘ektiv olamdagi inson amaliy 
faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‗yinlar maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq 
rivojlanmagan bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‗yin maktabgacha 
yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan bolalarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. 
Shuning uchun ta‘lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‗llash ko‗nikmalarini hosil 
qilishda mashg‗ulotlarni maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan 
bolalarning yosh hususiyatlariga muvofiq o‗yin tariqasida uyushtirishga e‘tibor 
berilmokda. Haqiqatan ham, bola har kanday mashg‗ulotga qaraganda, o‗yinga tez 
intiladi va qiziqadi. O‗yin xar doim shaxsning ma‘lum bir faoliyati bo‗lgan 
qiziqishni orttiradi.O‗yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ 
muloqot madaniyatini egallshga yordam beradi. Shaxsning o‗z iqtidori, qiziqishi 
bilimini va o‗zligini namoyon etishga imkon yaratadi Xayotda va o‗yin jarayonida 


68 
yuz beradigan turli qiyinchiliklarni еngishga mo‗ljalni to‗g‗ri olish ko‗nikmalari 
tarkib topadi.O‗yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq - atvorni egallash, 
kamchiliklarga barxam berish imkoniyati yaratiladi. Sxaxs strukturasiga tegishli 
o‗zgartirishlar kiritiladi, ya‘ni ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin 
tayyorlaydi.Insomiyat uchun axamiyatli bo‗lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa ijtimoiy, 
ma‘naviy – madaniy qadriyatlarni o‗rganishga e‘tibor qaratiladi O‗yin 
ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‗zda tutiladi. O‗yin 
faoliyati o‗zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: O‗yin ishtirokchilari 
rollarni, vazifalarni tanlash natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya‘ni 
o‗quvchilarning o‗z faoliyatini taxlil qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan 
xollarda o‗z faoliyatidan ko‗ngli to‗lishi, o‗z bilim va kuchiga ishonch vujudga 
keladi.Ijtimoiy muxit tarkib topadi. O‗yin ishtirokchilari muammolarni xal etishda
tegishli ijtimoiy va musaqil faoliyatga ega bo‗ladilar. O‗yin davomida musobaqa, 
raqobat, xamkorlik, o‗zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda xis-xayajonli vaziyat 
paydo bo‗ladi. Xis – xayajonga yog‗rilgan bilim, ko‗nikmalar inson xotirasida bir 
umr muxirlanib qoladi. O‗yin davomida belgilangan qonun – qoidalarga amal qiladi. 
O‗yin ishtirokchilarida ijtimoiy normalarga mos ongli intizom vujudga kelishiga 
zamin tayyorlaydi. O‗yin mazmuni, boorish, ketma-ketligi, vaqt balansi va 
o‗quvchilarning muammolari vaziyatlarni zudlik bilan xal etish, mo‗ljalni to‗g‗ri 
olishga o‗rgatadi.Shu sababli, maktabgacha yoshdagi nutqi to‗liq rivojlanmagan 
bolalar nutqining grammatik tomonini o‗yinlar asosida shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish