60
mazmuni hamda uni amalga oshirishda qo'llanuvchi usullarni belgilab beradi.
Maxsus maktab, maktab-internatlari o'quvchilarni ishlab chiqarishga tayyorlash bilan
birga ularning nuqsonlarini kamaytirish uchun mehnatdan asosiy korreksion-
pedagogik jarayonni amalga oshirishuvchi omil sifatida foydalaniladi. Maxsus
maktab, maktab-internatlaridagi mehnat ta'limi o'quvchilarning psixofizik
nuqsonlarini tuzatishda asosiy vositalardan biri sanaladi. Yordamchi maktablardagi
mehnat ta'limi nuqsonli o'quvchilarni umumtexnik, kasb - hunar va xo'jalik-maishiy
bilimlari, ko'nikma, malakalari bilan qurollantirish va boshlang'ich sinf o'quvchilarida
mehnat darslari orqali qo'l barmoqlari harakatchanligini rivojlantirish ni o'z oldiga
maqsad qilib qo'yadi va maktablarda shu maqsad asosida ish olib boriladi. Barcha
turdagi mehnatning mazmuni, mohiyati, tashkil qilinishi aqli zaif o'quvchilarni
amaliy faoliyatga tayyorlash, ularda tehnik qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik,
faolliklarini tarbiyalashga qaratiladi. Turli toifagi nuqsonli o'quvchilarning jismoniy,
ruhiy rivojlanish xususiyatlari maxsus maktablardagi mehnat ta'limining mazmunini,
usullarini belgilab beradi. Maxsus maktablar o'z o'quvchilarini ishlab chiqarishga
tayyorlash bilan birga ularning nuqsonlarini kamaytirish uchun mehnatdan asosiy
pedagogik vosita sifatida ham foydalanadi. Nogiron bolalarni kasb hunarni egallash
va unga yo'llash, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalari bilan juda ko'p olimlar
fikr bildirganlar. Chunonchi aqli zaif bolalarda mehnat darslari orqali qo'l
barmoqlari harakatchanligini rivojlantirish axamiyati haqida Ye.K.Grachova,
M.P.Pastavskaya, G.U.Grashin, V.P.Kashenka, G.N.Rossalimo, D.I.Azbukin,
A.I.Grabov va boshqa defektologlarning ishlarini tahlil qilsak, ularning har biri u
yoki
bu
asnoda
qo'l
mehnatiga
alohida
e'tibor
berganlarini
ko'ramiz.
V.P.Kashenkaning takidlashicha, qo'l mehnati "asosiy еtakchi fan sifatida tan olinishi
va barcha tarbiyaviy va ta'limiy ishlarimizning asosi bo'lishi lozim". Bundan tashqari
muallif qo'l mehnatini boshqa fanlarda ham alohida ish usuli sifatida foydalanishni
tavsiya etgan. Bizningcha, qo'l mehnatining ijobiy tomonlari A.N.Graborov ishlarida
bir muncha kengroq va izchilroq aks etgan. Kar bolalarni kasbga yo'llash va mehnat
faoliyati, ijtimoiy hayotga tayyorlash masalalari bilan shug'ullangan olimlardan
A.P. Gozova, N.I.Bukun, E.L.Burmenko, A.I.Ivaneskiy, o'zbek defektolog olimlari
S.Sh.Aytmetova, X.M.Gaynutdinovlar "Bola tafakkuri bilan uzviy aloqa bor. Nogiron
bola ishlay turib, narsalar ishlab chiqara turib, topshiriqlarni bajarib borib o'zida
ishonch tarbiyalaydi hamda shaxsini takomillashtirib boradi". Demak bola mehnat
faoliyatida o'z-o'zidan rivojlanib borar ekan. Insonning mehnat faoliyatida harakatlar
zaruriy qismlardan bo'lib, insonga xos bo'lgan faoliyatning maqsadga qaratilganligi
bilan ajralib turadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida mehnat darslari orqali qo'l
barmoqlari harakatchanligini rivojlantirishda mana shu usullardan samarali
foydalanilsa o'qituvchi o'quvchilarning mehnat ta'limi va tarbiyasining malaka va
ko'nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: