Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


O„ZBEKISTONDA KORREKSION-PEDAGOGIK YORDAMNI



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
O„ZBEKISTONDA KORREKSION-PEDAGOGIK YORDAMNI 
RIVOJLANTIRISH TIZIMI MUAMMOSI 
G.K. Alimova
TDPU katta o„qituvchisi 
O‗zbekistonda 
korreksion-pedagogik 
yordamni 
rivojlantirish 
tizimi 
muammosini o‗rganish pedagogik ijtimoiy-psixologik asoslarga ega. Korreksion-
pedagogik yordamga jalb qilingan bola uning uchun ta‘sir ko‗rsatish ob‘ektiga, 
ijtimoiylashuvning o‗zi esa - madaniyat talablari, bolaning oilaviy va jamiyat 
qadriyatlarini faol o‗zlashtirishi, kelajakda ularni individ sifatida, jamiyatda shaxs 
sifatida xulq-atvori va o‗rnini (pozitsiyasini) belgilab beruvchi tizimga 
shakllantiruvchi bola shaxsini modellashtirish jarayoniga aylanadi. V.A.Yadov 
fikricha, Ontogenezning turli davrlarida individ ijtimoiy ta‘sirga turlicha javob 
beradi. Maktabgacha bo‗lgan yoshda, shaxsning kognitiv sohasi hali еtarlicha 
rivojlanmagan bir paytda ijtimoiylashuv ta‘siri bola tomonidan unchalik ongli 
ravishda qabul qilinmaydi, birinchi navbatda ijtimoiy ob‘ektlarga, jumladan, o‗zini 
baholashga munosabati, ularning ma‘nosi va qimmati to‗g‗risida kerakli tasavvursiz 
o‗zlashtiriladi[1,2]. Avvalo, quyidagilar bunday ta‘sirni o‗zlashtirishning psixologik
mexanizmiga aylanadi: ota-onalarga aynan o‗xshatish (identifikatsiya), ularga taqlid 
qilish, ulardan maqtov olish, jazolanishdan qo‗rqish va hokazo, bunda oila shaxs 
tomonidan guruhga mansublikning asosiy extiyojlarini bajarish funksiyalarini amalga 
oshiruvchi, uning muhofazasi, o‗zini i dentifikatsiyalash uchun imkoniyat taqdim 
etuvchi va o„z orzularini amalga oshirish imkoniyatini ta‘minlovchi ijtimoiy 
identifikatsiya birlamchi ob‘ekt sifatida namoyon bo‗ladi. Bola shaxsining rivojlanish 
jarayonida eng muhim ijtimoiy- psixologik xususiyat shuki, dastlab ilk va o‗ziga xos, 
so‗ngra еtakchi institut va ijtimoiylashuv manbai oila va ota-onalar hisoblanadi. Ular 
bilan muloqot sub‘ekt faolligining mustaqil shakli bo‗lib, bu jarayonda faoliyatlar, 
tasavvurlar va his-tuyg‗ular o‗rtasida o‗zaro ayirboshlash ro‗y beradi hamda uning 
uchun sub‘ekt-sub‘ekt o‗zaro harakat ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Rus 
psixologiyasida korreksion-pedagogik yordamning turli jihatlariga doir keng 
qamrovli tadqiqotlar ham mavjud. Xususan, klinik psixologiya nuqtai nazaridan 
tarbiyaning ijobiy va salbiy turlari ajratib ko‗rsatilgan bo‗lib, bunda tushunmovchilik, 
qabul qilmaslik, kelishilmaganlik, samaradorlik, xavotirlilik, dominantlik, kuchli 
ijtimoiylashuv-gipersotsiallik, qattiq nazorat yoki nojo‗ya ishlarga beparvolik asosiy 
patogen hislatlar deb tan olingan. Xususan, V.I.Garbuzov tomonidan korreksion-
pedagogik yordamning to‗rt xil turi; E.G.Eydemiller va A.E.Lichko tomonidan - 
anomal rivojlanishga olib keluvchi ota-ona munosabatlari tiplari , A.A.Bodalev 
tomonidan - bir xil bo‗lmagan ota-ona munosabatlari tiplari, A.I.Zaharov tomonidan 
- nevrotik bolalar onalarining shaxsiy xususiyat tiplari ajratib ko‗rsatilgan, 
A.Ya.Varga tomonidan esa har xil qutbli shkalalar bo‗yicha aniqlanuvchi ota-ona 


53 
munosabati tiplari ko‗rib chiqilgan[3,4]
. A.S.Spivakovskaya ota-onalarning har xil 
(adekvatlik, dinamiklik va bashorat qilinuvchanlik tavsifnomasi bo‗yicha) 
pozitsiyalari va bolalar bilan o‗zaro aloqalarning har xil tiplarini belgilab beruvchi 
oilaviy tarbiyaning motivatsion tendensiyalarini tavsiflaydi[]. Ye.O.Smirnova va 
M.V.Bыkova ota-onalarning bolalar bilan munosabatlarida еtakchilik qiluvchi xulq-
atvor usullarini ajratib ko‗rsatadi. A.D.Kosheleva esa bolaga nisbatan ko‗p pog‗onali 
onalik pozitsiyasini ko‗rib chiqar ekan, onalik munosabatining muhim tarkibiy qismi 
sifatida uning asosiy determinanta onaning chuqur bilimga egaligi, uning yordam 
ko‗rsatish layoqati va amaliy faoliyatga moyilligini ko‗rsatadi. U onalik pozitsiyasini 
amalga oshiruvchi xulq-atvorni belgilab beradi va I.Yu.Ilina bilan birgalikda, onalik 
munosabati tiplarini ajratib ko‗rsatadi. V.I.Pereguda va G.A.Sverdlova ona va bola 
o‗rtasidagi o‗zaro aloqa tiplarini tavsiflab beradi. G.G.Filippova onalik munosabati 
turlarini - adekvat munosabatdan tartibga soluvchi, tashvishli va ambivalent 
munosabat orqali affektiv rad etuvchi munosabatlarga quyidagi mezonlar bo‗yicha 
ajratib ko‗rsatadi[1,4]: 1) emotsional hamrohlik tipi, 2) bolaning sub‘ektivizatsiya 
darajasi, 3) onalik kompetentligi shakllanish harakteri, 4) yangi vaziyat va rolga 
moslashuvchanlik, 5) oila hayot tarzining o‗zgarishi yoki bolani mavjud vaziyatga 
o‗rgatish, 6) o‗zidan va o‗ziga munosabatdan, bola va unga atrofdagilarning 
munosabatidan qoniqqanlik. Rus tadqiqotchilari qarashlarining o‗ziga xosligi 
shundaki, oilada bolaning kattalar bilan o‗zaro aloqalari mustaqil tadqiqot ob‘ekti 
sifatida ko‗rib chiqiladi, bunda ota-onalar xulq-atvori bolaning rivojlanish manbai, 
bilib olish faolligi, muloqot va o‗zini anglash sub‘ekti sifatida baholanadi. Bu bir 
tomondan - bolaga muhabbat va munosabatlarning affektiv tarkibiy qismi sifatida u 
bilan chuqur aloqa, boshqa tomondan esa shaxsning qimmatli hislatlari va jamiyat 
tomonidan maqullanuvchi xulq-atvorini shakllantirishga yo‗naltirilgan ob‘ektiv 
baholash munosabatidir. Chet el va rus olimlarining tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni 
bo‗lgan bolaning ta‘limi va tarbiyasi hamda ularga korreksion-pedagogik yordam bu 
jarayonda oilaning o‗rni, shuningdek oilaga bu borada ko‗rsatilishi lozim bo‗lgan 
yordam turlari bilan bog‗liq masalalar tadqiqi etilgan bo‗lsada, va eshitishda nuqsoni 
bo‗lgan bolalar oilasining korreksion-pedagogik yordam muammolarning еchimlari
tadqiq etish dolzarb muammolardan sanaladi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish