Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


DIZARTRIYADA FONEMATIK ESHITUVINI SHAKLLANISH



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

DIZARTRIYADA FONEMATIK ESHITUVINI SHAKLLANISH 
XUSUSIYATLARI 
 
M.Yu. Ayupova TDPU professori,p.f.n., 
S. Do„stxo„jaeva TDPU talabasi
Tо‗g‗ri tovushlar talaffuzini egallash sensor va motor funksiyalarni о‗zaro 
chambarchas aloqasi asosida rivojlanib, ular nutqiy tizim birligini ta‘minlaydi. Bir 
tomondan nutqning tovush tomonini tо‗g‗ri о‗zlashtirish kо‗p tomondan idrokning 
fonematik va perseptiv darajasini rivojlanishi belgilaydi. Boshqa tomonidan nutqni 
rivojlanishi davomida eshituv analizatori nutq xarakat analizatori tomonidan ta‘sirni 
his etadi. Bola tovushlarni qanday talaffuz qilsa shunday eshitadi va idrok etadi, bola 
tо‗g‗ri talaffuz etadigan tovushlarni eshitishiga kо‗ra yaxshi farqlaydi yoki aksincha. 
Shuningdek, bola nutqni tovush tomonini tо‗g‗ri shakllanishi uchun nafaqat 
bunga artikulyatsion apparat tayyor bо‗lishi kerak balki о‗zini va boshqalar nutqidagi 
notо‗g‗ri talaffuz qilinadigan tovushlarni yaxshi eshita olishi va farqlash malakasiga 
ega bо‗lishi kerak. 
Yengil dizartriyali bolalarda fonematik eshituvni shakllanishini buzilishi 
ikkilamchi xarakterda bо‗ladi. Bu turdagi nuqsonlar patologik nutqiy 
kinestiziyalarda, nutq organlaridagi jarohatlarda ikkilamchi xarakterdagi fonematik 
eshituv еngil dizartriyali bolalarda paydo bо‗ladi, uning ifodalanish darajasi 
dizatiriyaning о‗zidagidek ifodalanish darajasiga bog‗liq. 
Bolalar aytilishiga kо‗ra yaqin tovushlarni farqlash (rasmlar asosida), berilgan 
tovushlarga rasmlar tanlash, ularni bо‗g‗inlarda tanish mashqlarni yomon bajaradi. 
Yengil dizartriyali bolalarda artikulatsion aparatdagi patalogiyalar (ginertonus, 
gipotonus, deviatsiya, gipertinezlar, gipersolivatsiya va boshqalar) tufayli 
artikulatsion 
organlar 
motorikasi 
buziladi, 
artikuliator 
xarakatlar sifatida 
yomonlashadi.
Bu motor еtishmovchilik fonematik eshituvni shakllanishiga salbiy ta‘sir 
kо‗rsatadi. Bu birinchi bо‗g‗inni buzilishi fonematik idrokni tashkil etuvchi aqlli 
operatsiyalarni о‗qitish jarayonida о‗zgartirilishiga qarshilik kо‗rsatadi. Bunga 
bog‗liq ravishda fonematik analizni aqliy doirada amalga oshiruvchi (malaka) 
fonematik malaka va kо‗nikmalar, tassavvurlar shakllanmaydi. Shuningdek, eshituv 
va nutq xarakat apparati о‗rtasidagi aloqani tuzilishi sо‗zni tovush tarkibini еtarlicha 
о‗zlashtira olmaslikka olib keladi, bu esa о‗z navbatida о‗qish va yozishni egallash 
jarayonida aks etadi. Nutq jarayonida artikulyatsiyaning aniqligini buzilishi, еngil 
dizartriyali bolalarni tushunarsiz nutqi aniq eshituv idrokini shakllanishiga imkon 
bermaydi. Kо‗pincha bolalar tovushlar talaffuzini nazorat qila olmaydi. 
Kenestik nazoratni va eshituv differensatsiyasining buzilishi nutqning prosodik 
va fonematik tomonlarini turg‗un buzilishining sababi hisoblanadi. 


73 
Yengil dizartriyali bolalarni fonematik eshituv holatini tekshirishga 
bag‗ishlangan bizning tadqiqotlarimiz shuni kо‗rsatdiki, ba‘zi bolalarda
qiyinchiliklar I - darajadayoq boshlanib ular nonutqiy tovushlarni yaxshi farqlay 
olmaydi.
Nonutqiy tovushlarni farqlay olmaslik eshituv diqqatining holatidan dalolat 
beradi va fonematik eshituvning shakllanishi sharti hisoblanadi. Anamnez 
ma‘lumotlarni о‗rganish qiziqarli kuzatish hisoblanadi. Deyarli barcha nonutqiy 
tovushlarni farqlashda muammolari bor bolalarning omoloringolog xulosasida 
adenoid о‗simtalari haqidagi tashhizlar (II-daraja) mavjud. Yana boshqa muhim 
kuzatish deb, bolalar ularga yaxshi tanish hayotda mashg‗ulotlarda kо‗p uchraydigan 
tovushlarni birinchi martta qabul qilayotgan va ularga tanish bо‗lmagan tovushlarga 
qaraganda yaxshi faqlaydi.
Kо‗pgina bolalarni ritmik qobiliyatlarni idrok qilish va ritmik qatorlarni 
takrorlashlari tekshirilganda, ularda ikkalasida ham xotaliklar kuzatiladi. Eshituv 
diqqatining turg‗un emasligi tufayli ba‘zi topshiriqlar 2 yoki xatto uch martta 
urinishdan keyin bajarildi. Bunda mator buzilish yaqqol kо‗rinadi. Ba‘zi bolalar bu 
topshiriqlarni bajara olmaydi, topshiriqlarni bajarishdan bosh tortadi. Bir xil tovush 
komplekslari va tovush tarkibiga kо‗ra yaqin sо‗zlarni farqlashi tekshirilganda еngil 
dizartriyali bolalar bir xil bо‗lmagan guruhlarni aks ettiradi. Kamchilik hammada 
kuzatiladi, ammo turli darajada ifodalanadi. Xatoliklar bilan bajarilgan topshiriqlarni 
kо‗pchilik bolalar mustaqil tо‗g‗irlashadi. Kо‗pincha bolalar xatolarini sezishmaydi. 
Tovush tarkibiga kо‗ra yaqin sо‗zlarni farqlash va ajratish bо‗yicha topshiriqlarni 
bolalar qiyinchilik bilan bajarishadi. Bunday topshiriqlarda chapak chalish talab 
etiladi. Agar logoped kо‗p sо‗zlar qatoridan biror sо‗zni xato talaffuz qilsa bola 
chapak chaladi. (shashka-sashka, chashka-shashka). Barcha bolalar bо‗g‗inlar va 
fonemalarni farqlashda qiyinchiliklarga uchraydi, faqat bir necha bor urinishdan 
keyin (2-tо‗rt martta) bolalar boshqa unlilar qatoridan berilgan unli tovushni ajrata 
oladi. Oppozitsion undoshli bо‗g‗inlarni: jarangli va jarangsiz tovushlar ishtirok 
etgan bо‗g‗inlar farqlashga barcha bolalar qodir emas. 
Bo‗g‗inlar va fonemalarni farqlash tadqiqotida bolalarning 1 tasida nutq eshituv 
xotirasining buzilganligi aniqlanadi.
Qiyinchiliklar faqatgina nozik akustiko- artikulyator belgilariga kо‗ra
farqlanadigan tovushlarni farqlashda emas balki aniq tovushlarda ham kuzatiladi. 
Ba‘zi еngil dizartriyali bolalarda asosiy qiyinchilik bо‗g‗inlar zanjirini takrorlashda
aniqlanadi. О‗ziga xos buzilishlar ikkinchi bо‗g‗inni birinchisiga moslashda
bо‗g‗inlarni bо‗g‗inlar zanjiridagi о‗rnini almashtirishda aks etadi. Kо‗pgina olimlar 
fonetik, leksik-grammatik buzulishlarni muvoffaqiyatli bartaraf etish, disorfografiya 
va disleksiyani oldini olish ularni fonematik eshituvini shakllantirishni taklif etadi 
bundan tashqari yaxshi fonematik eshituv bolalarga atrofdagilar nutqidagi prosodik 
xarakteristikani farqlashga yordam beradi va prosodika kachiliklarni muvvaffaqiyatli 
bartaraf etishga imkon beradi. 


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish