KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI 3-DARAJALI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA O’QISH MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH
REJA:
KIRISH.........................................................................................................
I BOB. Maktabgacha kichik yoshdagi 3-darajali nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy nuqsonlarini nazariy tahlili………………
1.1. Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’liq rivojlanishning buzilishlari. Nutqning tо’liq rivojlanmaganligi fenomen……………………………
1.2. Nutqning normal va nuqsonli rivojlanishida nutq va kognitiv funksiyalarning о’zaro bog’liqligi…………………………………………………..
I Bob bо’yicha xulosa………………………………………........................
II BOB. Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonida o’qish motivlarini shakllantirish………………………………………………………………………..
2.1. Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar xayotini tashkil qilish va ularni tarbiyalash…………………………………
2.2. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion- pedagogik ish tizimi o‘qitish motivlarini shakllantirish……………………………..
XULOSALAR………………………..…………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tо’liq rivojlanmaganligini bartaraf etish zamonaviy logopediyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi: nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarni erta aniqlash va о’z vaqtida amalga oshirilgan korreksion ish bolalarning ona tilini о’zlashtirishda ortda qolishlarini oldini olish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohada tadqiqot ishlarini olib borish qator omillar bilan shartlanadi. Ulardan biri bizning fikrimizcha, eng muhimi – ta’limning maktab dasturini о’zlashtirish uchun tayyorlov ishlari muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatning Qo’shma Majlisidagi ma’ruzasi: «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi (2010 yil); O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil), “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim kontseptsiyasi”, “Bolalarni ximoya qilish Konventsiyasi”, «Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi», «Ma’naviyat haqidagi g’oyalari», Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat dasturlari. Prezident qarorlari, sharq mutafakirlarining ma’naviyat va milliy o’zlikni anglash, komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy, ahloqiy qarashlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlari, I.A.Karimovning barkamol avlod tarbiyasiga oid asarlari va nutqlari, Sharq mutafakkirlarining bolani jismonan va ruhan tarbiyalash haqidagi asarlari L.S. Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bo’lishi haqidagi ta’limoti tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida L.R.Mo’minova, E.A. Babaeva, M.Yu. Ayupova va X.M. Po’latovalar tomonidan nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni kelib chiqish sabablari, leksik, grammatik, fonetik – fonematik tomondan nutqning rivojlanmasligi va korrektsion – pedagogik tuzatish ishlarini, usullari va ahamiyati o’rganilgan. O’zbekistonda nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Bu muammo buyicha o’zbek tilida manbalar etarli emas. Muammo bo’yicha pedagogik – psixologik metodik manbalarda o’rganilmaganligi uchun biz ushbu mavzuni dolzarb muammolardan biri deb belgiladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |