I bob. Maktabgacha kichik yoshdagi 3-darajali nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy nuqsonlarini nazariy tahlili



Download 68,76 Kb.
bet2/7
Sana26.02.2022
Hajmi68,76 Kb.
#468447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Axmetova Nazokat

Kurs ishining maqsadi: Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning o’qish motivlarini shakllantirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’ekti: Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar.
Kurs ishining predmeti: Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning o’qish motivlarini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:

  • Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotirasining rivojlanmaganligining sabablarini aniqlash.

  • Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotira xususiyatlari holatini o’rganish va tahlil qilish.

  • Maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:
Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I BOB. MAKTABGACHA KICHIK YOSHDAGI 3-DARAJALI NUTQI TО’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNING NUTQIY NUQSONLARINI NAZARIY TAHLILI

    1. Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’liq rivojlanishning buzilishlari. Nutqning tо’liq rivojlanmaganligi fenomen

Nutqning birlamchi rivojlanmaganligini ta’riflashga doir kо’pgina ilmiy ishlar mavjud bо’lib, ularning kо’rsatishicha u eshitish, intellekt nuqsonlari va boshqa tashqi omillar ta’siriga bog’liq bо’lmay, о’zining mustaqil kelib chiqishiga ega. Biroq, hozirga qadar umum qabul qilingan ta’rif mavjud bо’lmay, uning mohiyati va mexanizmi haqidagi tasavvurlar xilma-xil.
Etiopatogenetik nuqtai nazardan nutqi rivojlanmagan bolalar turli xildagi guruhlarni tashkil etadi. Ba’zi vaziyatlarda mazkur holat kо’pincha genetik tabiatga ega bо’lgan konstitusional xarakterga ega. Odatda bunday bolalardagi nuqsonning klinik manzarasi jiddiy psixopatologik belgilarga, ayniqsa psixoorganik belgilarga ega bо’lmaydi. Boshqa bir holatlarda zararlanish belgilari, ya’ni psixoorganik va boshqa psixopatologik belgilar yorqin namoyon bо’ladi.
Sо’nggi о’n yilliklar davomida ingliz-amerika ilmiy adabiyotlarida «specific language impairment» - SLI (tilning о’ziga xos buzilishi) terminini uchratish mumkin. Shu bois, tilning о’ziga xos buzilishi (SLI) bu nutqiy tizimning sekinlashgan rivojlanishi-mi (ya’ni yetilmaganlik holati) yoki uning patologik rivojlanishimi? - degan savol tug„iladi. G’arb adabiyotida mazkur muammoga doir ikki xildagi qarashlar mavjud. Tadqiqotchilarning bir guruhi tilning о’ziga xos buzilishini (SLI) rivojlanishning kechikishi, biroq mantiq va til imkoniyatlari shakllanishining qonuniyatlari nuqtai nazaridan normal rivojlanish sifatida tahlil etadilar (Leonard L Miller 1979). Mualliflarning xulosalariga kо’ra nutqi rivojlanmagan bolalarda til egallashning shakllanishi tilning barcha bosqichlarida sekinlik bilan va bir vaqtning о’zida amalga oshadi. 1986 yilda R.Ye.Levina tahriri ostida chop etilgan “Osnovi teorii i praktiki logopedii” nomli monografiyada bolalardagi nutqning rivojlanmaganligini о’rganishga bо’lgan psixologikpedagogik yondashuvga asos solingan. R.Ye.Levina, N.A.Nikashina, L.F.Spirova, T.B.Filicheva, G.V.Chirkina, S.N.Shaxovskaya, A.V.Yastrebovaning tadqiqotlarida fonetik rivojlanmaganlik (FR), fonetik-fonematik rivojlanmaganlik (FFR) va nutqning tо’liq rivojlanmaganligi (Nutqi tо’liq rivojlanmagan) singari nutqning rivojlanmaganlik shakllari ajratib kо’rsatilgan.
Nutqning tо’liq rivojlanmaganligi nutqiy patologiyaning shunday shakliki, bunda nutqiy tizimning barcha komponentlarining shakllanishi buzilgan bо’ladi. R.YE.Levinaning fikriga kо’ra, nutqning tо’liq rivojlanmaganligi mexanizmiga kо’ra turlicha bо’lgan buzilishlar guruhining jamlanmasidir. Nutqning tо’liq rivojlanmaganligi turli darajalarda namoyon bо’ladi. Avvalgi yuz yillikning 60-yillarida nutqiy rivojlanmaganlikning uch darajasi ta’riflangan. 11 2000 yilda T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini ta’riflab bergan.
Nutqiy rivojlanishning I darajasi – umum qо’llaniladigan nutqning mavjud emasligi, jumlali nutqning (nutqsiz bolalar) mavjud emasligi bilan tavsiflanadi.
Mazkur darajadagi bolalar muloqot uchun sodda sо’zlardan, tovushlarga bо’lgan taqlid, maishiy mazmundagi alohida ot va fe’llardan, sodda gap bо’laklaridan foydalanib, ularning tovush tarkibi noaniq va turg„un emas. Bola о’z bayonini mimika va imo-ishora bilan mustahkamlaydi. Mazkur bolalar uchun muloqot jarayonidagi nutqiy izlanishga bо’lgan katta tashabbuskorlik va о’z nutqiga bо’lgan tanqidiy munosabat xarakterli.
Nutqiy rivojlanishning II darajasida – imo-ishora va sodda sо’zlardan tashqari, buzilgan bо’lsada biroq doimiy umumqо’llaniladigan sо’zlar paydo bо’ladi.
Bir vaqtning о’zida ba’zi grammatik shakllar farqlana boradi. Biroq mazkur jarayon turg’un bо’lmagan xarakterga ega bо’lib, nutqning qо’pol rivojlanmaganligi mazkur bolalarda yorqin ifodalanadi. Bolalar bayonlari odatda kambag’al bо’lib, bola idrok etayotgan predmet va harakatlarni sanab о’tish bilan chegaralanadi.
Maxsus korreksion ta’lim ta’sirida bolalar nutqiy rivojlanishning yangi III darajasiga о’tadilar. Mazkur daraja leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganlik elementlariga ega bо’lgan keng jumlali nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi, bu esa bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy muloqotini kengaytirish imkonini beradi.
Mazkur darajadagi bolalar atrofdagilar bilan muloqotga faqatgina ota-onalari, tarbiyachilar, ular nutqiga tegishli izohlarni kiritishga qodir kishilar ishtirokidagina kirishadilar.
Erkin muloqot juda murakkab kechadi. Bolalar tо’g’ri talaffuz eta olgan tovushlar mustaqil nutqda yetarlicha aniq jaranglamaydi. Tovushlarning differensiatsiyalashmagan talaffuzi xarakterli bо’lib, bunda bir tovush bir vaqtning о„zida mazkur fonetik guruhga mansub ikki yoki bir necha tovushlar bilan almashtiriladi.
Endilikda mazkur bosqichda bolalar nutqning barcha qismlaridan foydalanadilar, sodda grammatik shaklllarni tо’g’ri qо’llaydilar, sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplarni qurishga harakat qiladilar.
Bolaning talaffuz imkoniyatlari, turli bо’g’in tizimiga ega sо’zlarni takrorlash imkoniyatlari yaxshilanadi. Bolalar ularning hayotiy tajribalaridan yaxshi tanish bо’lgan predmetlar, harakat, belgilar, sifat va holatlarni nomlashda qiynalmaydilar. Ular о’z oilalari haqida onsonlikcha sо’zlab bera oladilar, qisqa hikoyani tuza oladilar. Og’zaki nutqiy muloqotda bolalar ular uchun qiyin bо’lgan sо’zlar va iboralarni chetlab о’tishga harakat qiladilar.
Bolalar keng jumlali nutqdan foydalanishlariga qaramay ular о’zlarining normal nutqga ega tengdoshlpariga qaraganda gaplarni mustaqi tuzishda katta qiyinchiliklarni sezadilar.
Nutqiy rivojlanishning III darajasiga ega bolalarda tovushlar talaffuzidagi barcha nuqsonlar kuzatiladi (sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm).
Logopedik ishlar davomida kо’pgina bolalarda nutqning tо’liq rivojlanmaganligini bartaraf etish imkoni mavjud, lekin ba’zi holatlarda mazkur jarayon yetarlicha samarali kechmagan, bu esa nutqiy rivojlanishning IV darajasini ajratishni talab etdi.
T.B.Filicheva nutqiy rivojlanishning IV darajasini quyidagicha ta’riflagan – nutqning leksik-grammatik va fonetik-fonematik rivojlanmaganligining yorqin tarzda ifodalanmagan elementlariga ega keng jumlali nutq.
Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar uchun mо’ljallangan logopedik guruhlarga nutqning leksik-grammatik tomonlarining buzilishlariga ega, nutqiy rivojlanishning turli darajalariga ega bolalar qabul qilinadi.
Zamonaviy tadqiqot ma’lumotlarini umumlashtirish natijasida nutqiy dezontogenezning ba’zi umumiy va о’ziga xos qonuniyatlarini ajratib kо’rsatish mumkin.
Adabiyot manbalarini tahlil etar ekanmiz, nutqning rivojlanmaganligi sо’zning tibbiy ma’nosida mustaqil nozologik birlikni ifodalamaydi degan xulosaga keldik. Bu mexanizmi, belgisi, tizimi, og’irligiga kо’ra turli-tuman bо’lgan guruhlar yig’indisidir.



    1. Download 68,76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish