I bob. Maktabgacha kichik yoshdagi 3-darajali nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy nuqsonlarini nazariy tahlili


II BOB. KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI 3-DARAJALI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNI O’QITISH VA TARBIYALASH JARAYONIDA O’QISH MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH



Download 68,76 Kb.
bet4/7
Sana26.02.2022
Hajmi68,76 Kb.
#468447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Axmetova Nazokat

II BOB. KICHIK MAKTABGACHA YOSHDAGI 3-DARAJALI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARNI O’QITISH VA TARBIYALASH JARAYONIDA O’QISH MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH
2.1. Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar xayotini tashkil qilish va ularni tarbiyalash
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar kichik guruhiga 3-4 yoshli bolalar, qabul qilinadi. Guruhda 12 kishi bo’lishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tashkilotlarida, shuningdek, ommaviy bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining nutqi to’la rivojlanmagan bolalarga mo’ljallangan ayrim guruhlarda nutq tuzatish va taʼlim-tarbiya ishlari xal qilinadi.
Logoped, tarbiyachi va musiqa rahbari nutq tuzatish tarbiyalash ishlariga ham, taʼlim ishlariga ham javobgardirlar.
Nutq tuzatish va tarbiya vazifalariga bolalarning ruhiy-jismoniy holatlarini hisobga olgan xolda, ularning umumiy xulq-atvorlari va nutqlari yaxshilanib borishi, so’zlashuv, ko’nikmalari shakllanishi ko’zda tutiladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar bilan nutq tuzatish-tarbiya va umumiy taʼlim ishlarini amalga oshirish uchun turli xil mashg’ulotlar o’tkaziladi, o’yinlar, quvnok kechalar, ko’ngil ochish tadbirlari tashkil qilinadi, kun tartibidagi kundalik ishlar; kiyinish, yechinish, navbatchilik, yengil-yelpi mexnat, o’z-o’ziga xizmat kursatish va shunga o’xshash yumushlar bajariladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar bilan logoped nutqidagi kamchiliklarni tuzatishda umumiy mashg’ulotlar, kichik guruhdardagi va yakka mashg’ulotlardan foydalanadi. Bu mashg’ulotlarning asosiy vazifasi-bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning umumiy xulq-atvor va nutqidagi kamchiliklarini bartaraf etishdan iborat.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalarning logoped nutqini rivojlantirishga doyr umumiy mashg’ulotlar sonini davrga qarab aniqlaydi. Ular 20-25 minut davom etadi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar nutqini rivojlantirishga doir kichik guruhdardagi mashg’ulotlarni logopedlar kuni o’tkazadi. Kichik guruhlardagi mashg’ulotlar ham 20-25 minut davom etadi.
12 kishilik guruh 6 kishilik ikki kichik guruhga bo’linadi. Birinchi kichik guruhdagi mashg’ulot 10 minutlik tanaffusdan keyin boshlanadi. Mashg’ulotdan keyin 1 kichik guruh bolalari mashg’ulotga kirishadi.
Yakka mashg’ulotlarni logopedlar kuni o’tkazadi, buning uchun u bo’sh qo’lgan vaqtlaridan foydalanadi. Yakka mashg’ulotlarga logoped bitta, ikkita yoki uchtadan bolani jalb qiladi.
Bir bola bilan olib boriladigan yakka mashg’ulot 10-15 minut davom etadi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar bolalar bog’chasi pedagogika jamoasi bolalarga bir xil talablar qo’yib yaqin aloqada ishlagandagina bolalardagi nutq kamchiligini bartaraf qilish mumkin. Kuning uchun logoped, tarbiyachilar va musiqa rahbarining hamkorligi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning asosiysi belgilangan mavzuni utishda vazifalarni to’g’ri taqsimlab olishdir.
Tarbiyachi o’z mashg’ulotini logopedning navbatda belgilagan mavzuiga moslab tuzadi, uning mashg’ulotidagi vazifalar logoped mashg’ulotidagi vazifalar bilan hamohang bo’ladi.
Tarbiyachi va logopedning bir mavzudagi mashg’ulotlari bir vaqtda o’tkaziladi.
Ommaviy (oddiy, umumiy) bolalar bog’chasidagi kabi tarbiyachi quyidagi umumiy taʼlim masalalarini xam xal kiladi: sayr paytidagi kuzatishlar asosida ekskursiyalarda atrof-muhit va tabiat bilan tanishish vaqtida maʼlum bir mavzuda bolalar tushunadigan tarzda bilim beradi, bolalarning suz boyligini oshirish, faoliyatini faollashtirishga oid ishlar olib borib, ularning nutqini rivojlantiradi, ularni narsalarning rasmini chizish, plastilindan xar xil buyumlar yasash, applikatsiya, loyihalash usullari va ko’nikmalariga o’rgatadi: bu ishlarni bolalarning nutqini rivojlantirishga ustalik bilan bog’laydi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalarga tarbiyachi maxsus nutq tuzatish ishlarini olib boradi. Tarbiyachilar xal qiladigan nutq tuzatishga doir asosiy vazifalar bolalarda umumiy xulq-atvor va nutqni yaxshilash ko’nikmalarini shakllantirish, nutkni rivojlantirish va qulay, mustaqil so’zlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Tarbiyachi bolalarni bo’lajak logoped mashg’ulotlariga tayyorlashda faol ishtirok etadi. Barcha mashg’ulotlarda va ulardan tashqarida tarbiyachi bolalarning so’z boyligini oshirishga ko’p vaqt ajratadi. Аtrofdagi borlikni kuzatishayotganda tarbiyachi bolalarni yangi so’zlar bilan tanishtiradi, ularning mazmunini tushuntiradi, ularning har xil vazifalarda takrorlanishiga erishadi, faollashtiradi.
Musiqa mashg’ulotlari (xaftasiga ikki marta) bolalarda kuyga monand xarakatlar qilish, kuy va oxangni farq qilish qobiliyatini ustiribgina qolmay, musiqa yordamida bolalar, diqqatini rostlash, berilgan xarakatlarni izchillik bilan takrorlash, musiqa mazmunining xarakteri, maromini xarakatlar orqali ifodalash, bir xarakatdan ikkinchisiga ravon o’tish va xokazolarga xam yordam beradi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar uchun logoped, tarbiyachi, musiqa raxbari hamohang ishlashlari uchun ular ishni birgalikda rejalashtirishlari: mavzuga doir mashg’ulotlar mazmunini uz vaqtida tanlash, har birining vazifalarini va mashg’ulotlar o’tkazish navbatini kelishib olishlari kerak. Logoped mashg’ulotlari maxsus bolalar bog’chasidagi logoped mashg’ulotlari nutq tuzatishga doir taʼlimning asosiy shakli hisoblanadi: bu mashg’ulotlarda nutqdagi barcha nuqsonlar muttasil bartaraf qilib boriladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar nutqini tuzatishga doir aniq vazifalar va bosqichlarga qarab, logopedning (umumiy) mashg’ulotlari quyidagi xillarga bo’linadi:
1.Tilning leksik-grammatik vositalarini shakllantirishga oid mashg’ulotlar: a) so’z boyligini yaratishga oid mashg’ulotlar; b) grammatikaga (ran tuzishga) doir mashg’ulotlar.
Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi bolalarni nutqni tushunishga, ularning so’z boyliklarini aniqlash va kengaytirishga, umumlashtiruvchi tushunchalarni shakllantirish, gan tuzish va so’zni o’zgartirish amaliy ko’nikmalarini shakllantirish, keng tarqalgan oddiy gaplarni hamda murakkab va sintaktik tuzilishdagi gaplarning baʼzilarini gapira olishga urgatish.
2. So’zlarni talaffuz qilishga doir mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlarning asosiy maqsadi: tovushlarni tug’ri talaffuz qilishga o’rgatish; suzlarni eshitib idrok qilishni rivojlantirish; har xil tovush — bo’g’inli suzlarni talaffuz qilish kunikmalarini xosil kilish; nutkning tushunarli va ifodali bulishini nazorat qilib turish; tovushlarni tahlil va sintez qilishga doir oddiy ko’nikmalarni o’zlashtirishdan iborat.
3. Ravon so’zlash malakasini rivojlantirishga doir mashg’ulotlar. Bu mashg’ulotlarning asosiy vazifasi bolalarni o’z fikrlarini mustakil izhor qilishga o’rgatishdir.
Kichik maktabgacha yoshdagi 3-darajali nutqi to’la rivojlanmagan bolalar nutqini tuzatishga oid taʼlim jarayoni boshdan-oyoq fikr almashinuv tarzida tashkil qilinadi. Tilning o’rganilayotgan har qaysi bosqichi bevosita muloqotga asoslanishi kerak. Bolalarni urgangan suzlari va gaplarini boshka shunga uxshash yoki yangi vaziyatlarda ishlata olish, olgan kunikmalarini xar xil faoliyatlarida ijodiy kullay bilishga urgatish juda muhimdir.
Logopedning tilning leksik-grammatik vositalarini shakllantirish va ravon gapirishni rivojlantirishga doyr mashg’ulotlari umumiy pedagogika va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pedagogikasi, shuningdek maxsus taʼlim talablarini hisobga olib tashkil qilinadi:
- mashg’ulotlar mavzui va maqsadini aniklash;
- leksik va grammatik materialni tanlashda mashg’ulotlar mavzui va maqsadini, nutq tuzatish taʼlimi bosqichini, har bir bolaning nutqiy va ruhiy imkoniyatini alohida-alohida hisobga olish;
- mashg’ulotlarning asosiy bosqichlarini belgilab olish, ularning bir-biriga bog’likligini va alokasini kursatish va xar bir bosqichning maqsadini bayon qilish;
- mashg’ulotlarga turli-tuman o’yinlar va didaktik mashqlarni qo’shib, bularni musobaqalashish tarzida o’tkazish;
- programma materialini tanlashda bolalarning fikrlash, idrok qilish, tasavvur qila olish qobiliyatlarini hisobga olish;
- bolalarga alohida-alohida yondoshilganda ularni faol so’zlashishga jalb qiladigan usullarni ko’zda tutish;
- nutqni rivojlantirishga doir o’zlashtirilgan materialni muntazam takrorlab borishni ham hisobga olish.
Har qaysi mashg’ulotda berilgan tovushni (bug’inlar, so’zlar, gaplar va matnlar yordamida) tug’ri talaffuz qilish, idrok qilish hissini rivojlantirish, oddiy tahlil va sintez qilish ko’nikmaparini rivojlantirishga doir mashqlar ko’zda tutiladi.
Barcha mashg’ulotlar bir necha bosqichdan iborat bo’lib, logoped ularning har qaysisiga anik va qisqa yo’l-yurdik beradi.
Umumiy mashg’ulotlardan faqat tug’ri talaffuz qilinayotgan tovushlar ajratib olinishini hisobga olib, mashina 3 minutdan ortik vaqt sarflamaslik tavsiya qilinadi.
Nutq tovushlarini farqdash uchun shartlarni asta-sekin murakkablashtira borish ko’zda tutiladi.
Logopedning yakka shakldagi mashg’ulotlari. Logopedning har qaysi bola bilan yakka shakldagi o’tkazadigan mashg’ulotlari samaradorligini oshirish uchun ularni aniq tashkil qilish, har bir bolaning nutq darajasini va shaxsini yaxshi bilish lozim.
Nutq nonormalligining shakli bilan mavjud nuqsonning o’ziga xos tomonlarini (alaliya, dizartriya, rinolaliya va hokazo) hisobga olish juda muhim.
Muntazam nutq kamchiliklarining alomatlari har xil bartaraf qilinadi va shu tufayli nutq tuzatish taʼlimining turli bosqichlarida turlicha namoyon buladi. Ularni bartaraf qilishning eng qulay muddatlarini aniklash kerak.
Yakka-yakka mashg’ulotlarnish asosiy maqsadi nutqning tovushni talaffuz qilish tomonini dastlabki shakllantirishdir, bu esa o’z ichiga talaffuzga oid tayyorgarlik mashqlari majmuini, noto’g’ri aytilgan tovushlarni talaffuz qilishni, bo’g’inlarni to’g’ri ko’chirishni, so’zlarni idrok qilish hissini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Yakka-yakka mashg’ulotlarning o’ziga hos tomoni umumiy logopedik mashg’ulotlarda o’rganilgunga qadar tovushlar talaffuzini oldindan ishlab chiqish va ularni dastlabki farqlashdan iborat.
Zarur fonetik material dasturga muvofiq davrlarga bo’lib taqsimlanadi.
4. Tarbiyachining bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari: 1) atrofdagi narsalar haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish asosida bolalarning nutq boyligini kengaytirish va faollashtirish; 2) bolalarda har xil muomala vaziyatlarida shakllangan ravon so’zlash malaka va k o’nikmalarini qullay olish qobiliyatlarini o’stirish;
3) logopedik mashg’ulotlar dasturiga muvofiq bolalarning bemalol mustaqil so’zlashlarini, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini, nutqning grammatik jihatdan (tovush bo’g’inlariga rioya qilib) to’g’ri tuzilishini taʼminlash (avtomatlashtirish, yaʼni o’z-o’zidan tutilmay gapiradigan qilish). Tarbiyachi bolaning nutq faolligini, aytilgan va tuzatilgan tovushlardan, ishlab chiqilgan grammatik shakllardan to’g’ri foydalanishni kuzatib turadi. Tarbiyachining nutqi ravon, tushunarli, ifodali, nutqi rivojlanmagan bolalar o’rnak oladigan o’lishi lozim. Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarda so’z boyligini oshirish va gaplarni grammatik jixatdan tug’ri tuzish ko’nikmalarini boskichma-boskich shakllantirishi kerak: a) bolalar o’rganilayotgan hodisa bilan bevosita tanishadilar; b) tarbiyachining ravon nutqi yordamida bolalar bu hodisalarni suz bilan ifodalashga o’rgatiladi; v) tarbiyachi bolalarni to’g’ri va ravon so’zlashni mashq qildirib ko’radi, bunda xodisalarni so’z bilan ifodalash ko’nikmalari pishitiladi. Har kaysi mavzuni urgatishda logoped bilan birgalikda bolalar tushunishi va amalda qo’llay olishi lozim bo’lgan lug’at minimumi belgilab olinadi.

Download 68,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish