Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

L. Gilyazova, TDPU talabasi
Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarda yosh 
avlodning barkamolligiga erishish masalalari, xususan, alohida e‘tiborga muhtoj 
shaxslar ta‘lim-tarbiyasi muammolarini hal etishga alohida e‘tibor berib kelinmoqda.
Alohida yordamga muhtoj bo‗lgan bolalar orasida u yoki bu darajada eshitishidan 
mahrum bo‗lgan bolalar ko‗pchilikni tashkil etadi. Ushbu toifa bolalariga milliy 
qadriyat va hududiy shart-sharoitlarimizdan kelib chiqqan holda maxsus ta‘lim 
muassasalarida korreksion yordam ko‗rsatish (umumiy va xususiy maqsadlari, 
vazifalari, ta‘lim-tarbiyalashning mazmun va tamoyillari, ushbu bolalar 
imkoniyatlariga mos bo‗lgan ish metodlari)ning ilmiy asoslarini to‗liq ishlab chiqish 
maxsus ta‘lim tizimining kun tartibida turgan hamda o‗zining tezkor еchimini 
kutayotgan bosh muammodir. Eshitishida muammosi bo‗lgan bolalar ta‘lim-tarbiyasi 
zamonaviy tizimining mohiyati, uning o‗ziga xosligini tushunish hamda maxsus 
ta‘lim, xususan, maxsus ravishda tilga o‗rgatish tizimining samaradorligiga erishish, 
uni takomillashtirishda surdopedagogikaning rivojlanish tarixini: turli davrlarda 
yashab o‗tgan ilg‗or surdopedagog va olimlar tomonidan ilgari surilgan g‗oyalar, 
yondashuvlarni chuqur o‗rganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, 
taniqli olim va pedagog F.F.Rau ta‘kidlaganidek: «O‗tmish surdopedagoglarning 
tajribasi, ya‘ni surdopedagogikaning rivojlanish tarixi haqida to‗liq ma‘lumotlarga 
ega bo‗lgan surdopedagoggina o‗tmish xatoliklarini takrorlash, shuningdek, kulgili 
ravishda «yangitdan Amerikani kashf qilish»dan kafolatlanadi hamda ishiga ijodiy 
yondasha olish va o‗z g‗oyalarini ishonchli tarzda olg‗a sura olish imkoniga ega 
bo‗ladi»
43
. Kar va zaif eshituvchi bolalar ta‘lim-tarbiyasi nazariya va amaliyotining 
muammolari uzun tarixga ega bo‗lib, turli yondashuvlar bilan tavsiflanadi. Antik 
43
M. Marschark, Harry G. Lang, John Albertini - Educating deaf students - Oxford University
Press, 2006, 303p 


203 
davrdan bizgacha еtib kelgan ma‘lumotlarga ko‗ra bu vaqtlarda maxsus ta‘lim-tarbiya 
tizimi mavjud bo‗lmagan bo‗lib, qadimgi Yunoniston va Rimda kar-soqovlar 
jamiyatning to‗laqonli a‘zolari sifatida tan olinmagan hamda ular «o‗qitib 
bo‗lmaydiganlar» deb hisoblanganlar. Masalan, eramizdan avvalgi YI asrdagi 
Yustinian Kodeksida «to‗laqonli bo‗lmaganlar» ustidan vasiylik o‗rnatilishi 
lozimligi, tug‗ma karlar mustaqil faoliyat yurita olmaydiganlar sifatida qayd etilgan. 
Ya‘ni bunday shaxslar «gapira olmaydigan, fikrlarini esa yozma va og‗zaki bildira 
olmaydiganlar» bo‗lganlari uchun o‗z mulklarini boshqara olmaydiganlar, deb 
hisoblanganlar. Antik davr tibbiyot fanida karlik g‗ayrioddiy tabiatga ega hamda uni 
tuzatib bo‗lmaydi, degan fikr hukm surgan. Qadimgi yunon faylasufi Arastu (er.av. 
384-322 y.y.) o‗zining «Xis etuvchilarning xissiyotlari» va «Xissiy idrok va uning 
ob‘ektlari» kabi asarlarida sezgi organlarning o‗zaro tobelik sabablari haqida fikr 
yuritib, karlik va soqovlikni bolaning aqliy layoqatlariga salbiy ta‘sirini ochib berar 
ekan, soqovlikni tug‗ma karlikning oqibati ekanligini qayd etadi. Olims sezgi 
a‘zolaridan biri faoliyatining izdan chiqishi insonning umumiy rivojlanishiga yo‗l 
qo‗ymasligini alohida ta‘kidlaydi hamda eshitish analizatoriga quyidagicha baho 
beradi: «Tovush fikrlash vositasi bo‗lib, eshitish atrof olamni anglashning muhim 
organidir. Shu bilan bog‗liq ravishda aytish mumkinki, tug‗ilgandan boshlab 
eshitmagan inson, tabiiyki, soqov bo‗ladi». Faylasufning aynan mana shu fikrlari, 
uning o‗zi bilmagani holda, surdopedagogik ta‘limotning yuzaga kelishiga asos 
bo‗ldi. Eshitishida nuqsoni bo‗lgan shaxslarni o‗qitish bo‗yicha dastlabki urinishlar 
XY asrga to‗g‗ri keladi. Uyg‗onish davrida karlarning bilish imkoniyatlariga nisbatan 
ilg‗or (progressiv) qarashlarning yuzaga kelishi bilan G‗arbiy Yevropada yuzaga 
kelgan karlarni o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti o‗sha davrdagi 
ko‗pchilik olimlarni o‗ziga jalb qila bordi.Niderlandiyalik olim Rudolf Agrikola 
(1443-1485) o‗zining «Dialektika kashfiyoti haqida» nomli kitobida maxsus metod 
va usullar yordamida karlarni yozma nutqqa o‗rgatish haqida fikr yuritadi va aniq 
misollar keltiradi
44
.Karlarni o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi hamda amaliyotida 
muhim o‗rin egallagan italiyalik professor Jerolamo Kardano «Nafisliklar haqida», 
«Sezgilar fiziologiyasi haqida», «Mening hayotim haqida» kabi asarlarida tarixda 
birinchi bo‗lib karlik va soqovlikning fiziologik asoslarini ko‗rsatib, uning 
sabablarini va karlik kasallik oqibatida yuzaga kelishi, soqovlik esa karlik oqibatida 
yuzaga kelishini ko‗rsatib o‗tdi. Olim o‗z farzandlari bilan o‗tkazgan uzoq yillik 
tajribalari asosida karlarni o‗qitishda sog‗lom sezgi a‘zolariga tayangan holda ish olib 
borilsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligini isbotlab berdi. U ilk bor o‗qitishga 
eshitish qobiliyatining darajasi va nutqning rivojlanish darajalarini hisobga olgan 
holda tabaqalashgan yondashuv g‗oyasini ilgari surdi. J.Kardano, shuningdek, tarixda 
karlikning dastlabki tasnifini ishlab chiqqan olim sifatida nom qoldirdi
45
. Ushbu 
44
M. Marschark, Harry G.Lang, John Albertini - Educating deaf students - Oxford University
Press, 2006, 303p 
45
Шматко Н.Д. Коррекционная работа с глухими и слабослышащими детми раннего возраста 
// Всесоюзный институт переподготовки и повышения квалификасии кадров образования М., 
1991 


204 
tasnifga ko‗ra karlar quyidagi toifalarga bo‗linadi: tug‗ma karlar; gapirishni 
o‗rgangunga qadar eshitishni erta va kech yo‗qotganlar; nutqi saqlangan holda 
eshitishni kech yo‗qotganlar. J.Kardano tomonidan ilgari surilgan g‗oyalarning 
keyingi rivojiga ispan olimi Pedro Ponso De Leon (1520-1584) o‗z xissasini qo‗shdi. 
U karlarni o‗qitishning original metodini yaratadi va kibor oilalarning farzandlarini 
yakka tartibda o‗qitish tajribasini mufaqqiyatli tadbiq etadi. P. Ponso o‗z 
metodikasida nutqning turli: og‗zaki, yozma, daktil va imo-ishora ko‗rinishlarini 
qo‗llaydi.X.P.Bonet (1579-1633) o‗zining 1620 yilda yozilgan «Tovushlar tabiati va 
kar-soqovni gapirishga o‗rgatish san‘ati» asarida karlarni o‗qitish va tarbiyalashning 
o‗sha davrdagi maqsad va vazifalarini ko‗rib chiqar ekan, ularni so‗zlashuv nutqiga 
daktil va og‗zaki nutq orqali o‗rgatish lozimligi haqida so‗z yuritadi
46
. U kar bolalarni 
maxsus ravishda tayyorgarlikka ega bo‗lgan o‗qituvchi o‗qitishi, ta‘lim jarayonida 
nutqni va aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan ishlar savol-javob shaklidan 
foydalangan holda olib borilishi alohida e‘tiborli omil sifatida qaraydi. X.P.Bonnet 
g‗oyalarining keyinchalik taraqqiyotiga Angliyalik J Vallis (1616-1703) va J.Bulver, 
Shveysariyalik J.K.Amman (1669-1724), Niderlandiyalik F.M.Van Xelmont (1614-
1699), Italiyalik F.L.Tersiy (1631-1687) kabi amaliyotchi olimlar karlarni o‗qitishga 
alohida urinishlar sifatida o‗z xissalarini qo‗shdilar.E.R.Karrion (1579-1652) o‗z 
zamondoshlari boy tajribasidan unumli foydalangan holda ularning g‗oyalarini 
rivojlantirar ekan, karlar ta‘lim-tarbiyasida taktil-vibratsiya sezgilariga hamda 
eshitish qoldig‗iga tayangan holda ish olib boradi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish