Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 
1. Pо‗latova P.M. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika) – T.: «G‗.G‗ulom», 
2004 
2. Sagatov M.I. Matematika o‗qitish maxsus metodikasi -.T.. Fan va texnologiya 
nashriyoti, 2008 
3. M. Xamidova, M.Y. Ayupova. Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi -.:T 
O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009
ODDIY MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH 
MASHG„ULOTLARINI TASHKIL ETISH 
  M. Xamidova TDPU dotsenti, p.f.n., 
N. Raxmatdjanova TDPU talabasi
  
Maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarida mashg‗ulotlarning xususiyatlari 
bolalarning matematik materialni o‗zlashtirish xususiyatlariga bog‘liq: materialning 


215 
abstrakt xarakterda bo‗lishi ko‗rsatma vositalarini, o‗qitishning faol usullarini to‗g‗ri 
tanlashni, mashg‗ulot davomida bola faoliyatining turli-tuman bo‗lishini, bolalarga 
yakka tartibda va tabaqalashtirib yondashishni talab etadi. 
Mashg‗ulotni o‗tkazishga tayyorgarlik ko‗rishda avvalo mashg‗ulotning asosiy 
maqsadlarini oydinlashtirib olish muhim. 
Mashg‗ulot maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning to‗g‗ri yo‗llarini 
topishda mashg‗ulotning ta‘limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalarini, aqli zaif 
bolaning ifodaviy soha sferasini, hissiyotini bilishga oid qiziqish va qobiliyatlarini 
rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlashga yordam beradi. 
Mashg‗ulotning maqsad va vazifalari belgilab olingandan keyin defektolog 
mashg‗ulotda bajariladigan ishlar mazmunini aniqlashga kirishadi. 
Mashg‗ulot mazmunini aniqlashda defektolog quyidagi talablarga rioya qilishi 
kerak: 
1. Mashg‗ulotning mazmuni dasturga mos bo‗lishi lozim. 
2. Har bir mashg‗ulot aniq mavzuni va maqsadni ko‗zda tutib tuzilgan bo‗lishi 
kerak. O‗quv maqsadi qatorida matematika mashg‗ulotlarida korreksion-tarbiyaviy 
maqsad ham kiritiladi. 
3. O‗quv materiali mazmuni o‗tilayotgan mavzu talablarga javob berishi, 
mashg‗ulotning maqsadiga mos kelishi, bolalarga tushunarli, ilmiy va hayot bilan 
bog‗lik bo‗lishi lozim. 
4. Matematika mashg‗ulotlarida ish uslubiyati va usullari bolalarning yosh 
xususiyatlariga javob bera olishi, ularning bilish faoliyatini tuzatish va rivojlantirishi, 
aqliy va amaliy taxlil va sintez qilishi, umumlashtirish faoliyatlarini shaklantirishga 
qaratilgan bo‗lishi kerak. 
5. Mashg‗ulot uchun zarur ko‗rgazmali qurollar va didaktik materiallar bilan 
ta‘minlangan bo‗lishi lozim. 
6. Har bir matematika mashg‗uloti tashkiliy aniqligi bilan ajralib turishi, ya‘ni 
mashg‗ulotning har bir qismi aniq maqsadga ega bo‗lishi va unga bo‗ysinishi, 
mashg‗ulotni puxta rejalashtirish va har bir bosqichlari orasida vaqtni to‗g‗ri 
taqsimlash kerak. 
7. Matematika mashg‗ulotlarida har bir darsda o‗tilganlarni takrorlash, ya‘ni 
uzluksiz takrorlash tamoyiliga amal qilish kerak. 
8. Har bir mashg‗ulotda defektolog bolaning nutqini o‗stirishi, so‗z boyligini 
yangi matematik atamalar, iboralar bilan boyitishi, mustaqil nutqni shakllantirishga 
ahamiyat berib borishi lozim. 
9. Matematika mashg‗ulotlari boshqa barcha mashg‗ulotlar bilan bog‗lab olib 
borilishi kerak. 
10. Matematika mashg‗ulotlari amaliy yo‗nalgan bo‗lishi, aqli zaif bolalarning 
ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiya masalalarini hal qila olishi kerak. 
11. Butun matematika o‗qitish taqqoslash asosida ko‗riladi. Takqoslash asosida 
bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o‗ngga kabi qarama-qarshi 
tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, 
sekin-asta murakkablashtirib borish muhim. 
12. Matematik mashg‗ulotlarida himoyalovchi rejim talablari amalga oshirilishi 
kerak. Mashg‗ulotda ish faoliyatining bir turi ikkinchi turi bilan almashib turilishi, 


216 
jismoniy daqiqalar o‗tkazilishi, o‗quv materiali aqli zaif bolalarning ruhiy va 
jismoniy holatlarini, ishlash qobiliyatlarini va tez charchashlarini hisobga olgan holda 
olib borilishi kerak. 
Maxsus maktabgacha tarbiya pedagogikasining asosiy vazifasi aqli zaif bolalar 
bilan korreksion-tarbiyaviy ishlar tizimi ustida ish olib borishdir. Korreksion 
tarbiyaviy ishlar mazmuniga ruhiy va jismoniy rivojlanish nuqsoni bor bolalarning 
psixikasidagi turli еtishmovchiliklarni tuzatish, ya‘ni ularni aqliy rivojlantirish 
ularning bilish faoliyatini tuzatish, ularning tafakkurini o‗stirishdan iborat. Ularni 
yordamchi maktabda matematika darslariga tayyorlashdir. 
Meyorda rivojlanayotgan maktabgacha yoshidagi bolalardan farqli ruhiy va 
jismoniy rivojlanishda nuqsoni bor bola xulq atvor normalarini mustaqil egallay 
olmaydi. Shu sababli bu bolalarning ruhiy rivojlanishi ularni o‗qitish va tarbiyalashga 
bog‗liq. Matematika mashg‗ulotlarida sensor madaniyatni tarbiyalash muhimdir. 
Sensor rivojlantirish bu predmetlarning tashqi ko‗rinishi, rangi, uzunligi, shakli, 
fazoda joylashishi, hid va mazasini bilish demakdir. Sensor rivojlanish bir tomondan 
umumiy aqliy rivojlanishga fundament bo‗lsa, ikkinchi tomondan mustaqil 
ahamiyatga ega, chunki mukammal tasavvur bolaning ba‘zida, maktabda yaxshi 
o‗qishiga va boshqa ko‗pdan-ko‗p mehnat turlarini o‗zlashtirishiga zamin yaratadi. 
Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy vazifasi matematikadan faktik 
bilimlar, ko‗nikma va malakalar tizimini to‗plash va ularni o‗zlashtirish uchun 
(masalan, son, shakl, miqdor haqida bilimlar, qo‗shish va ayirishga doir masalalar 
еchish malakalari va boshqalar) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni 
o‗zlashtirishga tayyorlashdan ham iboratdir. Eng avvalo bola shaxsini maqsadga 
yo‗naltirilgan tarzda rivojlantirish zarur. 
Bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirishda asosiy ish analiz-sintez, 
taqqoslash, umumlashtirish, klassifikatsiyalash kabi aqliy operatsiyalarni bajarish 
malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Bu ish bolalarning matematik 
nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan, bundan keyin muvaffaqiyatli 
o‗qishi uchun zarur bo‗ladigan faol so‗z boyligini to‗plash bilan uzluksiz bog‗liq 
ravishda amalga oshirilishi kerak.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish