Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR NUTQINI



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR NUTQINI 
О„STIRISHDA BADIIY ADABIYOTLARNING AHAMIYATI 
 
 M. Xamidova TDPU dotsenti, p.f.n., 
K. Payziyeva TDPU talabasi  
Prezident О‗zbekistonni rivojlantirish bо‗yicha harakatlar strategiyasini 
tasdiqladi. Harakatlar strategiyasining tо‗rtinchi bosqichi ―Ijtimoiy sohani 


213 
rivojlantirishning ustuvor yо‗nalishlari‖, - deb nomlanib, uning 4.4 bandi ta‘lim 
va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Ana shu bandda maktabgacha ta‘lim 
muassasalari tarmog‗ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik 
va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan 
yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va 
uning qulayligini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini 
yuksaltirish masalasiga alohida tо‗xtalib о‗tilgan
50
.
Shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda 
maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari tо‗g‗risidagi
qarori pedagoglar oldiga katta vazifalarni yuklaydi. 
Mamlakatimizda rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarning sog‗lom teng 
qurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari, aqliy, ma‘naviy-ahloqiy, jismoniy 
jihatdan kamol topishlari, jamiyatda, ijtimoiy hayotda о‗z о‗rinlarini topish 
masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda.
Ichki dunyosi, ma‘anaviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, 
madaniyati uning tili orqali namoyon bo‗ladi. Chunki har qanday kishining 
madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, faxm-farosati, fikrlash doirasining kengligi 
yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor emasligi nutqida o‗z aksini topadi. 
Kimning tili boy bo‗lsa, kim so‗zlarni adabiy til asosida to‗g‗ri, aniq, ravon, ifodali 
va tushunarli talaffuz qilsa, o‗z ona tiliga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarasa, u 
bilimli sanalib, kishilar orasida obro‗-e‘tibor qozonadi. 
Yoshlikdan badiiy adabiyotga mehr qo‗yish, uni o‗qishga ko‗nikma hosil qilish 
va ko‗p o‗qish va o‗z fikrlarini kerakli joyda to‗g‗ri ayta bilishi yuksak 
ma‘naviyatlikni, boy, go‗zal, ta‘sirchan tilga ega bo‗lishni ta‘minlaydi. 
Kishi dunyoga mukammal inson bo‗lib kelmaydi. U tug‗iliboq ertak yoki 
dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo‗lib qolmaydi. Inson tevarak 
atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go‗zal qo‗ynida, hayvonot 
dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, ular bilan 
muloqotda bo‗ladi, o‗sib ulg‗ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat oladi, 
yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari intiladi. Bu 
intilishlarni o‗quvchi ilk va kichik yoshligidan boshlab o‗ziga o‗zlashtirishga intiladi. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun hikoyalar, ertaklar aytib berish 
yoki suratlarga qarab ertak o‗ylab topish katta samara beradi. O‗qituvchi nutq 
o‗stirish darslarini shunday o‗tish kerak-ki, o‗quvchining o‗z tasavvur olamlarida bu 
narsalarni hayolan hosil qilishlari kerak. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar 
uchun yaratilgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o‗rab turgan yashil va jumboqli 
tabiatni asrab-avaylashga, hayovonot dunyosini bilishga va sevishga, murg‗ak 
qalblarini mehrga to‗ldiradi, onglarini rivojlantiradi. Shular asosida o‗quvchining 
lug‗at boyligi ortadi va nutqini o‗stiradi. 
50
Sh.M.Mirziyoyev ―Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖ 
T.: 2017 


214 
Qiziqarli ertaklar o‗quvchiga yaxshi ta‘sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga 
o‗rgatadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning og‗zaki nutqini rivojlantirish 
yoki o‗stirishda ertak, afsona, dostonlarning roli katta. Bunday asarlarda so‗zlar aniq, 
sermazmun, to‗g‗ri, jumlasi sodda va o‗quvchi xotirasiga qabul qila olishiga 
mo‗ljallangan qilib yoziladi. O‗qituvchi nutq o‗stirish darslarida shunday 
adabiyotlardan foydalanishlari darkor. Hozirgi chop etilayotgan deyarli barcha 
kitoblar o‗quvchining qanday yoshda ekanligini hisobga olgan holda tuzilgan hamda 
ertakning mazmunini tushunishga yordam berish bilan birga nutq madaniyatining 
tarkib topishida ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni 
ko‗rsatadiki, meyorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, 
nuqsonga ega bo‗lgan tengdoshlari ham, albatta bosib o‗tadilar, lekin bu jarayonlar 
ularda kechikibroq kechadi. 
Ruhiy va jismoniy kamchiligiga ko‗ra ijtimoiy hayotdagi faoliyatining 
cheklanganligi bolalikdan nogironlik deb ataladi. 
Meyordagi va nogiron shaxsning zamon talabi darajasidagi rivoji uchun 
nutqning ahamiyati beqiyos, kattadir. Chunki nutq - kishilararo aloqa quroli, barcha 
sohalarda qudratli muomala vositasi, fikrlashning ichki mexanizmidir. Maxsus 
pedagogika fanida nutq va tafakkur birligi tamoyili intellektni baholashning bosh 
mezoni sifatida ommaviy tarzda tan olinishi bejiz emas. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar lug‗atini boyitish, nutqining ravon, silliq 
va ta‘sirchanligini ta‘minlashda o‗quvchilar badiiy asarlar ustida ishlash juda yaxshi 
natija beradi. Defektolog biror bir badiiy asarni o‗qishda uning mazmunini, 
o‗quvchining yoshiga mosligini, so‗zlarning soddaligiga va o‗quvchining ongiga 
qanday ta‘sir qilishini inobatga olmog‗i shart. Bunda o‗qitilayotgan badiiy asarning 
ayrim so‗z va iboralar bilan ishlash, bir tomondan, badiiy asarning mazmunini oson 
hamda to‗liq o‗zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‗quvchilar lug‗atini 
boyitish, undagi hodisalarni anglash ko‗nikmalarini tarbiyalaydi, so‗z va gaplarni 
o‗zida o‗zlashtirishga imkon yaratadi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish