Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati
1. Pо‗latova P.M. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika)– T.: «G‗.G‗ulom», 
2004 
2. M.Xamidova, M.Y.Ayupova. Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi -.:T 
O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009
 
 
QО„SHISH VA AYRISH AMALLARINI О„RGANISHDA О„YIN 
TEXNGOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
  M. Xamidova TDPU dotsenti, p.f.n., 
Sh.Sh. Qalandarova TDPU talabasi

Ta‘lim mazmuni va sifatiga katta e‘tibor qaratilgan bugungi kunda har bir 
pedagog ish faoliyatini ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etmog‗i kerak. 


217 
Bilim berish bilan birga, ularda bilimga bо‗lgan qiziqishini, mehnat qilishga 
ehtiyojini tarbiyalab borish kо‗zda tutiladi. Yordamchi maktab о‗qituvchisining 
maqsadi о‗quvchilarning yosh xususiyatlari va о‗quv-biluv jarayoniga tayyorgarlik 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini 
aniqlash, avvalgi о‗rganilgan mustaqil ishlarning ketma-ketligini bilishi, darsda kerak 
bо‗ladigan jihozlarni tanlash qо‗shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda darsda muammoli vaziyatlardan chiqish yо‗llarini о‗rgatishdir. О‗qituvchi 
shuni doimo esda tutish kerakki, dars о‗quv tarbiya jarayoninnig asosiy shakli bо‗lib, 
hozirgi zamon tarbiyasi barcha jarayonlari о‗quvchilarni erkin fikrlashga, mustaqil 
faoliyat yuritish va ijod qilishga о‗rgatishdan iboratdir. 
Yordamchi maktab о‗quvchilarining aqliy rivojlanishidagi kamchiliklarni 
bataraf etish, ularning ta‘lim mazmuniga kirib borishga intilishi, axborot 
kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olishga о‗rgatish о‗qituvchilarning о‗z 
ustilarida tinimsiz izlanishlari, bugungi kun nafasi bilan yashash·hamda ta‘lim 
sohasidagi eng sо‗nggi yangiliklardan xabardor bо‗lib borishni talab etadi. 
Zamonaviy о‗qituvchi о‗z о‗quvchilarini ta‘lim jarayoniga ijodiy yondashuvi, 
darslarni tо‗g‗ri tashkil qilishi, ularni matematik bilim, kо‗nikma va malakalarini 
oshirishi va albatta darslarni ilg‗or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda 
tashkil etishi kerak bо‗ladi. 
Yordamchi maktab о‗qituvchilarini maktab hayotiga kо‗niktirib, matematik 
bilimlarni egallashlarida korreksion-pedagogik ishlarni tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish kabi 
vazifalarni hal qilib boradi. Yordamchi maktab о‗qituvchisining asl maqsadi, aqli zaif 
о‗quvchilarniig о‗quv istagi va bor bо‗lgan imkoniyatlarini shakllantirib, ularni 
barcha darslarda faol bо‗lishlariga jalb qilish, ta‘limga bо‗lgan qiziqish va mustaqillik 
tuyg‗usini uyg‗otishdir. Yordamchi maktab о‗qituvchisi ta‘lim jarayonida aqli zaif 
о‗quvchilarni faollikka undovchi yangi ta‘lim metodlarini о‗ylab topishga, ilg‗or 
pedagogik texnologiyalarni ta‘lim tizimiga tatbiq etish yо‗llarini izlashga harakat 
qiladi. Muammo shundaki, innovatsion texnologiyalarni yordamchi maktab ta‘lim 
jarayoniga tatbiq etishda ma‘lum qiyinchiliklar vujudga keladi, ya‘ni о‗qish va yozish 
malakalari tо‗liq rivojlanmagan kichik maktab yoshidagi aqli zaif о‗quvchilarga mos 
tushadigan texnologiyalarni tanlab olish yoki muayyan о‗zgartirishlar kiritib, 
yordamchi maktab ta‘lim jarayoniga moslashtirish о‗qituvchidan izlanuvchanlik va 
ijodkorlikni talab etadi. 
Pedagogik texnologiyalar bilan ishlash dars samaradorligini oshirishga yordam 
beradi va о‗quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Ta‘limning interfaol usullarini 
maktab amalyotida qо‗llash aqli zaif о‗quvchilarga matematika darslarida matematik 
tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki о‗rganib qolmasdan, balki uni keltirib 
chiqaruvchi sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. 
О‗yin texnologiyalari sonlarni qо‗shish va ayirishga o‗rgatishda aqli zaif 
о‗quvchilarning qiziqtirishni rivojlantirishning samarador vositalaridan biridir. U 
bilan birga о‗yinlar aqli zaif о‗quvchilarning aqliy faolligini tarbiyalashning qimmatli 
vositasidir. U bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, 
qiziqish о‗yg‗otadi. Bolalar uchun о‗yin eng xaqiyqiy о‗qish ekanligini 
unutmasligimiz kerak. О‗yin vaziyatni yaratish shunga olib keladiki, о‗quvchi 
о‗yinga qiziqib о‗zi bilmagan holda ma‘lum bilim va malakalar, kо‗nikmalarni 


218 
egallaydilar. О‗yinlar matematika о‗qitishda, ayniqsa biz tomonimizdan 
о‗rganilayotgan 20 ichidagi sonlarni qо‗shish va ayirishga o‗rgatish mavzusi bilan 
tanishtirishda ayniqsa zarurdir, darslarni qiziqarli, jonli chiqishiga ijobiy ta‘sir 
kо‗rsatadi.
Aqli zaif o‗quvchilarga sonlarni qо‗shish va ayirishga o‗rgatishda quyidagi 
о‗yinlardan foydalanishni tavsiya etamiz: 
Pridmetlar sanog‗i bilan bog‗liq bо‗lgan mashqlarni qarash davomida aqli zaif 
о‗quvchilarni sonlar bilan amallar bajarish va masalalar еchishga tayorlashdagi 
dastlabki qadamlar. Masalan о‗qituvchi katakli taxtachaga navbat bilan 5 ta qizil 
doirachani qо‗yadi. Bolalar xо‗r bо‗lib sanashadi va nechta doiracha qо‗yilgan, degan
savolga javob berishadi. Qizil doirachalar yoniga 3 ta kо‗k doiracha qо‗yib, sanab,
qizil va kо‗k doirachalar birgalikda nechtaligini sо‗raydi. Kо‗rsatma 
qо‗llanmalardan fodalanishi konkiretdan abstraktga sekin-asta о‗tishi masalasiga 
bо‗ysindirilgan bо‗lishi kerak. Shu sababli real narsalarni qarashdan ularning 
tekislikdagi tasvirini qarashga о‗tish, sо‗ngra abstrak qо‗llanmalar (abaklar, sonli 
jadvallar, sonli shakllar, geometirik figuralar va boshqa )ga о‗tish kerak.
О‗yin texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga tadbiq etishda yordamchi maktab 
о‗qituvchisiga quyidagi talablar qо‗yiladi: 

texnologiya tushunchasini, uning mazmun va mohiyatini bilishi; 

kiritilayotgan texnologiyalarning talim maqsadini amalga oshirishdagi о‗rnini 
va rolini bilishi; 

o‗yin texnologiyalarni yordamchi maktabda qо‗llash metodlarini bilishi; 

darsning rejasi yoki loyihasini aniq ishlab chiqishi; 

ta‘limiy va ishchanlik о‗yinlarini bilishi; 

ta‘lim jarayonidagi о‗quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish va 
ta‘minlash yо‗llarini bilishi; 

ilg‗or pedagogik texnologiyalarni qо‗llab, namunaviy darslarni о‗tishi; 

ta‘lim-tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini bilishi va egallagan bо‗lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
3. Sagatov M.I. Matematika o‗qitish maxsus metodikasi -.:T.. Fan va 
texnologiya nashriyoti, 2008 
4. M.I. Yordamchi maktabda matematika о‗qitish uslubiyati. T.: О‗qituvchi. 
1993 y. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish