Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING ESHITISH



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING ESHITISH 
IDROKINI YAKKA MASHGULOTLARDA SHAKLLANTIRISH MAZMUNI 
L. Xayitov TDPU magistranti 
Eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish jarayonida zarur 
malaka va ko‗nikmalar bilan birgalikda maxsus lug‗atni o‗zlashtirish talab etiladi. 
Masalan: «Doirani chaling. Men doira chalyapman. So‗zni ravon gapir. Iroda so‗zni 
bo‗lib gapirdi. Baland ovozda, past ovozda. Tez va h.k.». namunaviy nutqiy material 
dasturda 
belgilanadi. 
Eshitish qobiliyatini rivojlantirish mashg‗ulotlarida 
qo‗llaniladigan so‗z va gaplar doimiy ishlatilishi natijasida o‗zlashtiriladi 
(yodlatilmaydi).
39
Eshitish qobiliyatini o‗stirish va talaffuzni shakllantirish ishlari 
muayyan izchillik va tizimda tashkil etiladi. Eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalarning 
og‗zaki nutqini o‗stirishda «eshitib-gapiraman» qabilidagi shartli refleks aloqasini 
shakllantirish zarur. Buning uchun ta‘limning boshidanoq bolalarga so‗zlarni ko‗rib 
eshitib, keyinchlaik eshitib qabul qilish va gapiruvchining ketidan talaffuz etish 
o‗rgatiladi. gapiruvchining ketidan gapirish orqali eshitishida nuqsoni bo‗lgan 
bolalarda ko‗rib-eshitib, eshitib nutqni qabul qilish, hamda taqlid asosida talaffuz 
malakalari rivojlanib boradi. Kattalarning nutqi bolalar uchun namuna bo‗lishi kerak. 
So‗zlarni gapirishda keragidan ortiq urg‗u berish, so‗zlarni bo‗rttirib artikulyatsiya 
qilish, bo‗g‗inlab gapirish bolalarda noto‗g‗ri talaffuz malakalarini hosil qilinishiga 
oilb keladi. Notabiiy nutqni idrok etishga o‗rgangan bolalar ravon tabiiy nutqni qabul 
qilishga qiynaladilar. Nutqiy material gaplashish balandlikdagi ovozda, normal 
tezlikda, urg‗uli bo‗g‗inni ovoz bilan ajratgan, orfoepiya qoidalariga rioya etgan 
holda gapirilishi kerak. Kattalarning nutqi ifodali, ohangdor bo‗lishi kerak. Eshitish 
qoldiqlarini rivojlantirish negizida eshitish qobiliyatini rivojlantirish hamda shartli 
39
Nazarova D. Eshitishida muammosi bo‗lgan bolalar ta‘limini takomil lashtirish. // Bolani 
maktabga tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishning ilmiy-amaliy еchimlari. Xalqaro ilmiy- 
amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2007. – B. 60-63.


197 
eshitish-ko‗rish aloqalarini shakllantirish mumkin bo‗adi. Maktabgacha tarbiya 
muassasiga kelgan kar bolalar odatda eshituv idrokidan foydalana olmaydilar, ya‘ni 
qabul qilayotgan tovushlarga hech qanday munosabat bildirmaydilar. Shu sababli 
ishni tovushli signalga munosabat bildirishga o‗rgatishdan, ya‘ni tovushga nisbatan 
shartli-harakatli reaksiya hosil qlinadi. Shartli reaksiya hosil qilish uchun nutqdan 
tashqari (doira, surnay, shiqildoq.) va nutqiy (tovushlar, bo‗g‗inlar, so‗zlar) signallar 
olinadi. Bola va tovush manbaasining o‗rtasidagi masofa qisqartirilib borishi hisobiga 
ovozning kuchi pasayib boradi. Tovushga nisbatan shartli-harakatli reaksiyani hosil 
qilish bilan bir qatorda, bolalarni o‗yinchoq tovushlariga, so‗z, so‗z birikmalari va 
gaplarni eshitib farqlashga o‗rgatiladi. farqlash uchun bolalarga tanish bo‗lgan nutqiy 
yoki nonutqiy material olinadi. Tovushini farqlash kerak bo‗ladigan o‗yinchoqlar 
(masalan doira va surnay), shuningdek, so‗zlarga mos predmet, rasm, jadvalchalar 
(non, it, baliq, «qalamani ber», «mashinani ber») qo‗yiladi. Material dastlab ko‗rib-
eshitib, so‗ng eshitib idrok etilishi uchun beriladi. So‗z, gaplarni ko‗rib-eshitib va 
ko‗rib farqlashga o‗rgatgandan so‗ng, nutqiy materialni taniy olishga o‗rgatiladi. 
Bunda nutqiy materialning o‗zi taqdim etiladi. Ya‘ni tanib farqlash uchun nutqiy 
tovushlar, so‗z va gaplar taqdim etilganda rasm, predmet, o‗yinchoqlar 
ko‗rsatilmaydi. Bola topshiriqni bajaradi. Bolaning javobi to‗g‗ri bo‗lsa, pedagog 
tegishli rasm yokui jadvalchani ko‗rsatadi. Ta‘limning 1 va 2 yilida dasturda 
belgilangan material farqlanadigan va tanib farqlanadigan bo‗lganidan so‗ng, 3-
yilning ikkinchi yarimdan notanish so‗z va gaplar farqlash uchun beriladi. So‗z va 
gaplar eshitib (ko‗rib-eshitib emas) farqlanishi va tanib olinishi kerak. Bola eshitgan 
so‗zni takrorlaydi. Uning talaffuzi bo‗g‗in, so‗z konturi yoki to‗liq so‗z ko‗rinishida 
bo‗lishi mumkin. Agarda so‗z va gaplar eshitib idrok etilmasa, material ko‗rib eshitib 
qabul qilish uchun beriladi. So‗zlar takrorlangach, yana bir bor eshitish uchun 
beriladi. Agarda bola har bir so‗zni noto‗g‗ri bo‗lsa ham takrorlashgi harakat qilsa, 
pedagog uni rag‗batlantiradi. Maqsadli, izchil ravishda tashkil etilgan mashg‗ulotlar 
natijasida bolalarning nutq va nonutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati rivojlanadi. 
Natijada surdokabinetda eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolaning eshitish qobiliyatini 
audiometrik tekshirishda eshituv darajasini, eshituv pasayishini tabiatini aniq bilib 
olish imkoniyati tug‗iladi. Nutqiy material (notanish bo‗lgan so‗z, so‗z birikmalari 
gap va matnlar) ni eshitib idrok etilishi uchun beriladi. Eshitish qobiliyatini 
rivojlantirish asosida nutqiy msuomala amalga oshiriladi. Nutqiy muomalaning 
asosiy birligi gap hisoblanganligi sababli, nutqni idrok etishda gap asosiy nutq birligi 
sifatida olinishi kerak. Maxsus bolalar bog‗chasida kelgan bolalarning nutqi umuman 
bo‗maydi, shuning uchun 1-yilda bo‗g‗in va so‗zlarni, 2-yilda so‗z va gaplarni eshitib 
idrok qilishga o‗rgatiladi. 3-yildan eshitish qobiliyatini rivojlantirishda gaplar asosiy 
nutq birligi sifatida olinadi. Talaffuzga o‗rgatishda so‗zni asosiy nutq birligi sifatida 
olinib, u ko‗rib-eshitib va eshitib idrok etilishi uchun beriladi, bolalar taqlid qilib 
takrorlashga harakat qiladilar. Fonetik ritmikada so‗zning bo‗g‗in, ritmik tuzilishini, 
tovushlar talaffuzini o‗zlashtiradilar. Bolalar gap, so‗z, bo‗g‗in, tovushlarni harakatlar 
bilan birgalikda talaffuz etadilar. Fonetik ritmika mashqlari bolalarda so‗z va 
gaplarning ritmi, ohangdorligini rivojlantirishiga xizmat qiladi, tabiiy ravon nutqni 
shakllantiradi. 


198 
Talaffuzga o‗rgatishni shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi 
bosqichda (4-4,5 yoshgacha): 
- bolalarga nutqiy va nutqsiz tovushlarga taqlid qilishga o‗rgatish; 
- o‗z istak-xohishlarini og‗zaki ravishda (imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda) 
bayon etishga undash; 
- talaffuz qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda og‗zaki muloqot qilish 
ehtiyojini tarbiyalash kerak. 
Ikkinchi bosqichda tovushlarni qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida qo‗yish, 
surdopedagog mashg‗ulotlarida bolalarning taktil-vibratsiya sezgilarini rivojlantirish 
ishlari amalga oshiriladi.Talaffuzga o‗rgatish jarayoni nutq o‗stirish tizimining 
ajralmas qismi hisoblanib, atrofdagilarga tushunarli bo‗lgan talaffuzni shakllantirish, 
hamda muloqotda og‗zaki nutqdan foydalanish ehtiyojini tarbiyalash nazarda tutiladi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish