Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


O„ZBEKISTONDA SURDOPEDAGOGIK NAZARIYA VA



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

O„ZBEKISTONDA SURDOPEDAGOGIK NAZARIYA VA 
AMALIYOTNING TARAQQIY ETISHI 
M.M. Fayziev, 
102 sonli zaif eshituvchi bolalar
maxsus maktab-internati o„qituvchisi
Z. Mamarajabova TDPU dotsenti 
Boy ma‘naviy qadriyatlar va madaniyatga ega xalqimizda asrlar davomida 
bolaning tarbiyasi masalalariga e‘tiborga olinishi lozim bo‗lgan omillar, uning 
maktab hamda oiladagi tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratib kelingan. Bu boradagi 
fikrlar milliy surdopedagogikaning rivojlanishida muhim manbalar vazifasini o‗tagan 
bo‗lishi, shubhasiz. Abu Nasr Forobiy axloq, odob, rasm-rusum, kasb-hunar, odat 
hamda irodaning tarkib topishida ta‘lim va tarbiyaning o‗rni beqiyosligi, shu bilan 
birga, har bir bolada yoshligidanoq tushunish, fahmlash, muhokama qilish, o‗ylab 
topish, fikrlash layoqati mavjud bo‗lishini alohida ko‗rsatib o‗tgan bo‗lsa, milliy 
pedagogikamiz asoschisi A.Avloniy yosh avlod, uning tarbiyasiga jamiyat, millatning 
kelajagi sifatida alohida e‘tibor berib, bu ishni ilk yoshdan boshlash zarurligini 
alohida ta‘kidlaydi hamda ta‘lim bilan tarbiya bir-biri bilan bog‗liq bir butun jarayon 
ekanligi, muallimga ushbu omilga alohida ahamiyat berish lozimligini uqtiradi. Olim 
til shaxs tafakkurining rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda o‗z o‗rnini topishida 
muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta‘kidlagan. A. Avloniy tarbiya masalasiga 
doir: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga: 
«Birinchi-uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi-maktab va madrasa tarbiyasi. Bu 
ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir», - kabi fikrlarni bildirgan holda
ta‘lim-tarbiyada bola yashab turgan sharoit, muhit, jamoatchilikning roli katta 
ekanligini ko‗rsatadi. Bu borada oila, maktab hamkorligi zaruratini, oilada bolaning 
sog‗lig‗iga alohida ahamiyat qaratilishi lozimligi, kasallangan farzandni darhol 
shifokorlarga ko‗rsatish, kasallikning oldini olish, vaqtida davolash muhimligini ota-
onalarga uqtiradi
36
. O‗zbek surdopedagogikasining rivojlanishi Toshkentda 1919 
yildan faoliyat yurita boshlagan O‗rta Osiyoda dastlabki barcha nuqsonli bolalar 
birgalikda ta‘lim olishlari uchun mo‗ljallangan maktabdan 1922 yilda ilk kar bolalar 
maxsus maktab-internatining ajrab chiqishi bilan bog‗liq. Maxsus tizim amaliyoti stixiyali 
ravishda tizimdagi ishning rus maxsus kar bolalar maktablari o‗quv dasturlari hamda 
umumta‘lim maktablari darsliklari asosida olib borilishi orqali rivojlana bordi. 
Eshitishida muammolari bo‗lgan bolalarni tabaqalab o‗qitish (kar va zaif eshituvchilar) 
Respublikamizda 1965 yildan boshlandi. Ushbu yildan Toshkentda rus va o‗zbek 
bo‗limlaridan iborat 102-sonli zaif eshituvchi va kech kar bo‗lgan bolalar maxsus maktab-
36
Fayziyevа U. Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‗rgatish. : ped. fan. nomz.
dis. . . . avtoref. – T.: TDPI. 1994. – 18 b.


190 
internati faoliyat ko‗rsata boshladi. Shuni aytish joiz-ki, o‗sha vaqtlarda maktablarda 
o‗qitish jarayoni original dastur va darsliklar asosida olib borilmay, Rossiya maxsus 
maktablari yoki O‗zbekistondagi umumta‘lim maktablari, ba‘zan aqli zaif bolalar 
maktablari dastur va darsliklarini biroz o‗zgartirib ishlash asosida tashkil etilar edi. 
Tabiy-ki, bir tomondan til tizimining to‗gri kelmasligi, ikkinchi tomondan me‘yorda 
rivojlanayotgan bolalar xususiyatlariga tayangan holda tuzilgan darsliklar asosida 
ishni tashkil qilish eshitishida muammolari bo‗lgan bolalar maktablari oldiga qo‗yilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini bermas edi. Faqat ilg‗or amaliyotchi 
pedagoglar o‗z faoliyatlari bilan nomutaxassis pedagoglar bilan ta‘minlangan maxsus 
kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining ishini asta-sekin olga siljita bordilar. 1968 
yilda nashr etilgan «Alifbe» darsligi kar bolalarni o‗qitish amaliyotining sifat jihatidan 
biroz yuqorilashini ta‘minladi
37
(A. Do‗stmuhammedov). Nizomiy nomli TDPI 
defektologiya fakulteti qoshida 1983 yilda o‗zbek tilida ilk bor «Surdopedagogika» 
bo‗limining ochilishi sohaning nazariy, metodik jihatdan asoslab berilishini taqozo etgan 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan maxsus ta‘lim tarmog‗i rivojining ixtisoslashgan malakali 
surdopedagog-mutaxassislar bilan ta‘minlanishi orqali jadallashuvini keltirib chiqardi. Kar 
va zaif eshituvchi bolalarni o‗qitish dastur va darsliklari, metodik qo‗llanmalarining 
yaratilishi surdopedagogikaning olg‗a ildamlanishiga omil bo‗ldi. Respublika kar va zaif 
eshituvchi bolalar maktablari ilk bor ilmiy – amaliy tadqiqot mahsuli hisoblangan 
hududiy, milliy mentalitet, o‗zbek tili qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan 
o‗quv dasturlari hamda darsliklari bilan ta‘minlandi
38
(U. Fayzieva «Alifbe», «Nutq 
o‗stirish», N. Dadaxo‗jaeva «Matematika» va b.) (1989 y.).Istiqlolga qadar 
respublikamizning eshitishida muammosi bo‗lgan bolalar ta‘lim muassasalarida 
ta‘lim-tarbiya jarayoni original dastur va darsliklar asosida olib borilmay, Rossiya 
maxsus muassasalari yoki O‗zbekistondagi umumta‘lim, ba‘zan esa, aqli zaif bolalar 
muassasalari uchun mo‗ljallangan dastur va darsliklarni biroz o‗zgartirib ishlash
asosida tashkil etilar edi. Maxsus tizim amaliyoti stixiyali ravishda tizimdagi ishning 
shu yo‗nalish asosida olib borilishi orqali rivojlana bordi. Tabiiy-ki, bir tomondan til 
tizimining to‗g‗ri kelmasligi, ikkinchi tomondan me‘yorda rivojlanayotgan bolalar, 
uchinchi tomondan aqliy rivojlanishida muammolari bo‗lgan bolalar xususiyatlariga 
tayangan holda tuzilgan dastur hamda darsliklar asosida ishni tashkil qilish 
eshitishida muammosi bo‗lgan bolalar ta‘lim muassasalari oldiga qo‗yilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini bermas edi. Respublikamizda 
surdopedagogikaning ilmiy asoslanishi o‗tgan asrning 80-yillaridan boshlandi. Milliy 
surdopedagogikamizda olib borilgan qator tadqiqotlar (N.Sh.Bekmurodov (1989 y.), 
X.M. Gaynutdinov (1990 y.), F.J. Alimxodjaeva (1992 y.), U.Yu.Fayzieva (1994 y.), 
37
Fayziyevа U. Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‗rgatish. : ped. fan. nomz.
dis. . . . avtoref. – T.: TDPI. 1994. – 18 b.
37
Qodirova F. U. Boshlang‗ich sinf kar va zaif eshituvchi o‗quvchilar nutqini shakllantirish. : Ped.
fan. nomz. dis. avtoref…– T.:TDPU, 2006. – 20 b. 
38
Qodirova F. U. Boshlang‗ich sinf kar va zaif eshituvchi o‗quvchilar nutqini shakllantirish. : Ped.
fan. nomz. dis. avtoref…– T.:TDPU, 2006. – 20 b. 


191 
N.X.Dadaxo‗jaeva (1995 y.), F. U. Qodirova (2006 y.), D.A.Nazarova (2009 y.), 
R.Rustamova (2010 y.) ) mamlakatimizda mavjud eshitishida muammosi bo‗lgan 
bolalar maxsus maktab-internatlar ta‘lim-tarbiya jarayonini hududiy sharoitlar, 
o‗zbek tili xususiyatlariga mos holda takomillashtirish yo‗l va vositalarini ilmiy 
jihatdan asoslab berishga yo‗naltirildi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish