O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti dekani “_____”. D.A.Nurkeldiyeva “___”___________2022-yil
KURS ISH
Mavzu: Zaif eshituvchi bolalarni oilada tarbiyalash Himoyaga tavsiya etilsin Ilmiy rahbar. Professor :
Surdapedagogika va inklyuziv ta’lim Mamarajabova Z.N
kafedrasi mudiri
P.h.D.Dotsent.v.b Urunova Z
“____”____________2022 y. “___”_____________2022 y.
Bajardi: Ergasheva Dilafruz
Toshkent – 2022
MUNDARIJA
KIRISH ………………………............................……..………………………………….3 I. BOB. Zaif eshituvchi bolalarning ilmiy nazariy asoslari………6 1.1. Zaif eshituvchi bolalarnining psixologik pedagogik xususiyatlari....................................................................................…6
1.2. Zaif eshituvchi bolalar maktabida didaktik tamoyillarning amalga oshirilishi………...............………………………………………………………13
II. BOB. Zaif eshituvchi bolalarning ilmiy nazariy metodikasi....18 2.1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada va tarbiyada tekshirish metodikasi………….........………………………………………………..…18
2.2. Zaif eshituvchi bolalar maktabida o’quv faoliyatni tashkil etish................................................................................................…30
XULOSA………………………..........................………………………………….......34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………..............…...37
KIRISH O‘zbekiston Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qilgan hamda BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan Milliy harakat dasturini qabul qilgan davlat sifatida har bir bolaning tug‘ilgan onidan boshlab oila muhitida tarbiyalanishi, uning salomatligi, aqliy va jismoniy kamoloti uchun barcha shart-sharoitlarning yaratilishi davlat ahamiyatiga molik masala ekanligini amalda ta’minlashga katta ahamiyat berib kelmoqda. Shu ma’noda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi ana shu e’tibor va g‘amxo’rlikning yana bir amaliy ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.10.2022 yildagi PQ-407-son
Ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va uning huquqiy maqomini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, undan muloqot vositasi sifatida foydalanishni rag‘batlantirib borish;
o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosida o‘qitiladigan ta’lim dasturlariga qo‘yiladigan davlat talablarini takomillashtirish;
o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosiga o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalar, innovatsion vositalar va usullarni keng qo‘llash;
ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr va boshqa madaniy tadbirlarning ular uchun qulay formatlarda bo‘lishini, shu jumladan surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini ta’minlash;
ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish.
2023-yil 1-yanvardan boshlab, talablardan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda — maxsus o‘quv kurslari) tashkil etiladi;
maxsus o‘quv kurslarida ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar — bepul, qolgan shaxslar — pullik asosda o‘qitiladi;
maxsus o‘quv kurslarida o‘qish istagini bildirgan shaxslar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining maxsus axborot platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 8 nafar talabgordan iborat bo‘lgan guruh shakllangandan so‘ng, tegishincha Xalq ta’limi vazirligi yoki Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha buyurtma joylashtiradi;
maxsus o‘quv kurslari yakuni bo‘yicha ta’lim oluvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari tashkil etiladi. Bunda, yakuniy nazorat imtihonlarini qabul qiluvchi komissiya tarkibiga majburiy tarzda hududiy karlar va ko‘zi ojizlar jamiyatlaridan vakillar hamda o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosi bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb etiladi;
maxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy nazorat imtihonlarini topshirgan ta’lim oluvchilarga tegishli darajadagi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish Davlat budjeti mablag‘lari, talabgorlarni pullik asosda o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro va mahalliy grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar:
o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda maxsus o‘quv kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikat namunasini tasdiqlasin;
maxsus o‘quv kurslarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin va ularga metodik jihatdan amaliy yordam ko‘rsatsin;
ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, maxsus o‘quv kurslarining mashg‘ulotlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi ko‘rsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi;
oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar majburiy tartibda surdotarjimon xizmatlari bilan ta’minlanadi;
b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘qituvchi lavozimiga faqat dars o‘tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.
5. O‘zbek imo-ishora tilini rivojlantirish, shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar:
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) O‘zbekiston karlar jamiyati, oliy ta’lim muassasalarining maxsus pedagogika yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar pedagoglari bilan hamkorlikda: