201
mumkin. ―Ku-ku‖ o‗yini o‗tkaziladi: qo‗ng‗iroq avval shirma ustida ko‗rinadi,
so‗ngra undan o‗ngda, yana shirma ustida, yana undan o‗ng tomonda ko‗rinadi
(ekranda qo‗g‗irchoq bir yo‗lni takrorlaydi). Bolalar,
uni kuzatib yuqorida, o‗ng
tomonda paydo bo‗lishini kutishlari lozim. Ammo kar va zaif eshituvchi bolalarda
unday bo‗lmaydi. Kar va zaif eshituvchi bolalar ekran ortidagi qo‗ng‗iroqning
yo‗lini tasavvur qila olmaydilar, shuning uchun qo‗ng‗iroq bo‗lganidan keyin o‗sha
tomonga qaratadilar. Bolalarda kuzatib turishga qiziqish uyg‗otish uchun ikkinchi-
uchinchi mashg‗ulotlarda bolalarda qo‗ng‗iroq hozir qaerda ko‗rishini ko‗rsatish
so‗raladi. Bolalar ko‗rsatganlaridan so‗ng qo‗ng‗iroq ko‗rinadi
va ularning
taxminlarini tasdiqlaydi (yoki rad etadi). So‗ngra pedagog bolalarga qo‗ng‗iroqning
ekran orqasida qanday harakat qilishini ko‗rsatadi. Buning uchun bolalar ekran
orqasiga o‗tadilar. So‗ngra bolalar o‗z joylariga qaytadilar va o‗yin davom etadi.
Kar va zaif eshituvchi bola maktabgacha tarbiya muassasasiga kelganda unda
ixtiyoriy diqqat shakllanmagan bo‗ladi – u ongli ravishda o‗z irodasi bilan unga
berilgan dastur materialni eslab qola olmaydi. Bu bola
hech narsani eslab qolmaydi
degani emas, bola ixtiyorsiz ravishda unga taassurot uyg‗otganlarini eslab qoladi.
Ehtiyoriy eslab qolishni bolada o‗akllantirishi lozim. Buning uchun bolalar bilan esda
saqlab qolish asta sekin murakkablashib boradigan didaktik o‗yinlar o‗tkaziladi.Biz
tavsiya etayotgan usulda faqat diqqatni emas balki, nutqni ham rivojlantirish ko‗zda
tutiladi. Bola qachonki buyumlarni nomini nomlasagina ularni diqqat bilan
eshitsagina ularni yaxshi eslab qoladi.. Bilish faoliyatini rivojlantirish maktabgacha
tarbiya, bilim muassasalari, psixologlari uchun odatiy va ko‗proq ishlab chiqilgan ish
yo‗nalishi xisoblanadi. Bu faktning ob‘ektiv sabablari mavjud: maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolani bilish jarayonida xotira va diqqatda tubdan o‗zgarishlar yuz beradi.
Bu jarayonda ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanadi. Bu
bola ongida esda olib qolish,
ajratib olish ahamiyat berish kabi maqsad ajralib chiqib u ana shu maqsadga еtishish
uchun faol intilishga o‗rganadi. Xotira inson shaxsini birligi va bir butunligini
ta‘minlaydi. Diqqat esa shaxs uchun ma‘lum ahamiyatga ega bo‗lgan ob‘ekt ustida
to‗planishdan iboratdir. Eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar
bolalarda esa diqqat
sustligi yaxshi rivojlanmaganligi sababli diqqatini rivojlantirishda didaktik o‗yinlarni
qo‗llash katta axmiyatga egaEshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar bolalar diqqatini
rivojlantirishda didaktik o‗yinlarni qo‗llash ahamiyati isbotlandi xususan,diqqatni
rivojlantirishga qaratilgan o‗yinlar voqelikning ma‘lum
jihatlariga qarata diqqatni
to‗plashga o‗rgatadi. (Diqqatni to‗plamasdan hech bir ishni bajarish mumkin emas).
Bu o‗yinlar turkumi orqali maktabgacha yoshda bola diqqatining turg‗unligi,
ko‗chuvchanligi, bo‗linuvchanligi kabi xususiyatlari shakllantiriladi. Quyida
diqqatini rivojlantirishda qo‗llanadigan didaktik o‗yinlarni namunalar berildi:.
Do'stlaringiz bilan baham: