Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/69
Sana27.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#187109
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili

                                               Bob yuzasidan xulosa: 

 

 

Musiqa asboblarning evolyusiyasini o’rganish – tarixiy musiqashunoslikning 



eng qiziq bo’lgan jihatlaridan biridir. Musiqa asboblari doim u yoki bu mamlakat 

(xalq) musiqa madaniyatining zaruriy tarkibiy qismi bo’lib kelgan (hozir ham 

bo’lib qolmoqda). Ularning xalq ijodiyoti, uning musiqasining shakllari va janrlari, 

odamlarning butun musiqaviy turmushi bilan aloqasini rad qilib bo’lmaydi. 

B.V.Asafev yozishicha, musiqa asboblari, ularning materiali, tuzilishi, tembri, 

ularni chalish texnikasi – musiqaviy shakllanish jarayoni va jarayon natijasi – 

asarga ta’sir ko’rsatuvchi favqulodda muxim omildir. 

          Xitoy  yozma  manbalari  va arxeologik topilmalarni taqqoslab, Pikken 

shunday xulosaga keladi: Xitoyda kalta udning (tuxumsimon korpusli) paydo 

bo’lishini V asr boshidan oldingi sonni belgilash mumkin emas va uning kelib 

chiqish joyini Markaziy Osiyodan, ehtimol, g’arbga tomon, masalan Parfiyadan 

izlash lozim. Pikkenning fikrlari e’tiborga loyiq. Ma’lumki, eramizning birinchi 

asrlarida Sharqiy Turkistonda so’g’d koloniyalari yuzaga keldi. Ko’chirib kelingan 

so’g’diylar o’zlari bilan o’zlarining musiqa asboblarini, shuningdek udni ham olib 

kelgan bo’lishlari ham ehtimoldan holi emas. Sharqiy Turkistondan ud osongina 

Xitoyga borib qolgan bo’lishi mumkin. 

          O’z ko’zlari bilan shohid bo’lgan, VII asr boshida So’g’dga tashrif buyurgan 

buddiy rohibning so’ziga qaraganda, Samarqand axolisi qo’shiq va raqslar bilan 

o’tkaziladigan tantanali bayramlarni juda yaxshi ko’rishgan. Xitoylik sayyoh 

tomonidan keltirilgan samarqandliklarning musiqa asboblari nomlari 

N.Ya.Bichurinning mashhur asarida: «Katta va kichik doiralar, gitara, beshtorli 

gusli, katta gusli, fleytalar» deb ko’rsatilgan. Bichurin matnini xitoycha asl nusxasi 

bilan (Beysha, 97-bob) solishtirganda, tarjimaning «erkinligi» aniqlandi. Xitoycha 

matnda so’zma-so’z aytilgan: «ularda (samarqandliklarda) katta va kichik 

barabanlar (gu), udlar (pipa), beshtorli arfalar (wu xiang konghou), sitralar (katta 

konghou)lar mavjud. Gu – (xitoy lug’atlariga muvofiq) – baraban, ba’zida esa 

doira ham. Aftidan xronika muallifi, «katta gu»lar haqida gapirganda aynan 

barabanni nazarda tutgan, «kichik gu» “xiaogu” 

小鼓 ostida esa doirani tushungan.  

 

 



       


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish