Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/69
Sana27.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#187109
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili

Qo’shnayni Eyxgorn «qo’shaloq tayoqchali fleyta» deb belgilaydi. Belyaev 

esa (xuddi o’sha saxifada)tuzatish kiritadi  va bu klarnet tipidagi (silindrik kanal va 

bitta tilcha) asbob ekanligini ko’rsatadi. U ikkita o’zaro bog’langan bir xil 

uzunlikdagi naychadan iborat bo’lib, ularning yuqori uchi og’izga olib chalinadi. 

 

Qo’shnay nafaqat yakka ijro asbobi, balki ansambl ijrosi asbobi sifatida ham 



qo’llanilgan. 

 Eyxgorn 

kolleksiyasidagi 

nay (ko’ndalang fleyta) –  xalqda mavjud bo’lgan 

yog’och yoki bambukdan emas, balki metalldan (jezdan) yasalgan. Shuning uchun 

u sarboznay (ya’ni askarcha yoki harbiy nay) deb nomlangan bo’lishi mumkin. 

Sarboznay xonliklarning harbiy orkestrlari tarkibiga kirgan. Undan Qo’qon xoni 

saroyi qo’riqchilarining tungi qorovullari foydalanishgan:»… sarbozlar qorovuli 

fleytaning (sarbozli – T.V.) bir xil tovushi orqali qo’riqchilar tetik ekanliklari 

haqida bilib olgan». Lekin sarboznay faqatgina askarlarning asbobi bo’lmagan. 

«Turkiston albomi»dagi surat («nay sarbozi» degan yozuv yozilgan) guvoxlik 

                                                 

96

 V.M.Belyaevning ta’kidlashicha, Eyxgorn tomonidan keltirilayotgan tanburlarni sozlash uning kolleksiyasidagi 



ayrim asboblarning shikastlanganligi sababli hamma yerda ham to’g’ri kelavermaydi. 


                                                                               

49

berishicha, metalldan yasalgan naylar shuningdek kundalik turmushda ham 



qo’llanilgan. 

 

Karnay – misdan yasalgan puflama asbob – Eyxgornning kolleksiyasida 

ikkita: to’g’ri tanali va tirsakli turi taqdim qilingan. 

 

Bizning davrimizgacha faqat to’g’ri karnay yetib kelgan, lekin o’tgan 



asrning oxirlarida tirsakli karnay mavjud bo’lganini tasdiqlovchi ma’lumotlar 

saqlanib qolgan. Uni Buxoro amirining harbiy ko’rigida ishtirok etgan (rus 

diplomatik missiyasining a’zosi) V.V.Krestovskiy ko’rgan va eshitgan. So’ng 

quyidagicha ta’riflagan: “Amir machit peshtoqiga yaqinlashganda, «uning 

qarshisida ulkan tunuka quvurlarining quloqni qomatga keltiruvchi na’rasi 

gumburlab ketdi. Ularning birlari bir yarim sarjincha bor, agar ikki bo’lmasa, 

tanasi to’g’ri bo’lib, og’zi peterburglik chiponlarning shoxchalariga o’xshab 

konussimon kengayib ketgan; boshqalari ham shunday uzunlikda bo’lib, o’rtasidan 

qo’shaloq to’g’ri burchakli tirsak bilan bukilgan. O’z og’zini osmonga qaratgan 

holda, bu quvurlar o’sha bitta na’rali notani burqiratib chiqarar, ularning biron 

narsa bilan taqqoslab bo’lmaydigan qattiq, bir me’yordagi na’rasi maydonning 

qolgan hamma tovushlarini bosib ketardi». 

 

Ko’rinishicha, XIX asr oxiriga kelib tirsakli karnay faqat Buxoro amirining 



marosimlarida saqlanib qolgan, amirlik qulaganidan so’ng esa, asbob o’zining 

mavjudligini to’xtatgan. To’g’ri karnayga kelsak, u o’tgan asrning oxirlarida 

olingan suratda aks ettirilgan. Buxorodagi tungi o’yin-kulgilar (Ro’za

97

 vaqtidagi) 



haqida gapirayotib, rus sayyohlari yil eslatmalarida u xaqda eslatib o’tishgan. 

 

Eyxgorn katalogining oxirgi bo’limida urib chalinadigan asboblar – doira, 



nog’ora, chindaul, safoyil, sagat va chang keltirilgan. 

 

Doira (chirmanda, childirma) ingichka yog’ochli gardishdan iborat bo’lib, 

uning bir tomoniga membrana tortilgan, ichida esa metall xalqachalar 

maxkamlangan. O’rta Osiyo xududida ikki mingga yaqin yil muqaddam paydo 

bo’lgan doira qolgan hamma asrlar davomida xalqning musiqaviy xayotida o’z 

o’rnini mustaxkam saqlab qolgan. To’g’ri, uning tuzilishi o’zgargan. O’rta Osiyo 

antik davrining ilk yodgorliklarida – doira (buben) tasvirlangan nisa ritonlari – bu 

asbob oldindan zamonaviy o’zbek doirasiga juda yaqin bo’lganligini bildiradi. 

 

Doira maqomlari ulkan xissiy ta’sir kuchiga ega. Ularning ketma-ketligi, 



dinamikani keskinlashtirishi ruxiyatni ko’tarish, dilga tetiklik baxsh etish, kuchli 

irodaviy g’ayratni xis qilish layoqatiga ega. Bu haqda tojik adibi Sadriddin Ayniy 

o’zining yoshlikdagi do’stlaridan biri – Mullo Omonning tili bilan aytib o’tgan. 

Mullo Omon doirani boshqa barcha asboblardan, shu jumladan, tanburdan afzal 

bilgan, chunki tanbur «..g’amginlikni chaqiradi, xatto ko’z yoshini keltiradi. Men 

esa yig’lashni yomon ko’raman. Balki bu men bolalikdan doira tovushi ostida 

o’sganimdandir. Bizning Rozmoz qishlog’imizda, bizning Vobkent, G’ijduvon 

rayonlarimizda shunday ajoyib doirachilar borki, ular o’zining o’yini bilan 

tinglovchilarni maftun etishlari mumkin; yurakda qandaydir yengillik paydo 

bo’ladi, barcha alamlar va tashvishlar esdan chiqadi. Axir Xofiz bejiz aytmagan: 

                                                 

97

 Ro’za – bir oylik o’zini tiyish bo’lib, musulmonlar uning davomida saxardan to kech tushgunga qadar yeyish, 



ichish va chekishdan o’zini tiyib turishi lozim. Bu oy davomida tungi bozorlar va sayrlar tashkil qilingan. 


                                                                               

50

 



 

 

                   Eshitgandim – banogox kishi ma’yuslanib qolsa gar, 



                            Doiraning ovozi qayg’udan uni xalos aylar. 

 

 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish