Nog’ora. Uning korpusi pishirilgan loydan yasaladi. Membranasi (hayvon
terisidan) kesishuvchi kamarlar yordamida tortiladi. Katta o’lchamdagi
momaqaldirqsimon tovushli bittalik nog’ora (dol-nog’ora) maxsus vazifaga ega
bo’lgan – uning shartli signallari xon yoki amirning chiqishi yoki kirishidan xabar
bergan.
Eyxgorn kolleksiyasigi o’zi jaranglovchi asboblardan «sagat» deb
nomlangan likopchalar kiritilgan. O’rta asrlarda – bu harbiy asbob, qadim
o’tmishda esa, chamasi ibodat marosimlari bilan bog’liq asbob bo’lgan.
Boshqa o’zi jaranglovchi asbob – safoyil sayyor qo’shiqchilar,
ko’zboylog’ichlar, darveshlar tomonidan qo’llanilgan. U shuningdek raqslarga jo’r
bo’lishda qo’llanilgan va hozir ham qo’llanilmoqda.
Eyxgorn
katalogidagi
oxirgi asbob – vargan (chang deb atalgan) bo’lib, urib
chalinadigan asboblar bo’limiga tushib qolgan, lekin uni tilchali asboblarga
kiritilsa, to’g’riroq bo’lardi. U uchlari juda chizilgan metall nag’alchadan iborat
bo’lib, o’rtasida ilgaksimon bukilgan uchi bo’sh po’lat tilcha mahkamlangan.
Uning kelib chiqishi, shubhasiz juda qadimiy: metalldan yasalgan vargan ilgari
ba’zi cho’l rayonlarida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan suyakdan (tuya
suyagidan) yasalgan bo’lishi mumkin.
Shuningdek, raqslar maqomiga jo’r bo’lish uchun o’ziga xos kastanetalar –
to’rtta yassi silliqlangan plitkalar ko’rinishidagi qayroq va yog’och qoshiqlar
ko’rinishidagi qoshiqlar mavjud bo’lgan. Ularni raqqoslarning o’zlari chalishgan.
XIX asrning oxiriga kelib, O’zbekistonda rubobning alohida, xozirda
qashqar rubobi deb tanilgan turi tarqala boshlagan. O’sha davrda simbal tipidagi
asbob paydo bo’lgan va u «chang» nomini olgan, lekin tovush chiqarish uslubiga
ko’ra O’rta Osiyo changidan (arfa) juda farq qiladi. Yangi chang – trapetsiya
ko’rinishidagi torlari juda ko’p bo’lgan, yog’och cho’pchalar yordamida
chalinadigan asbobdir. N.S.Likoshkin guvoxlik berishicha, «… Toshkentda
dunganlik muxojir paydo bo’lgan, u simbalga o’xshagan yangi, hali biz ko’rmagan
asbobda ikkita cho’pcha bilan uncha murakkab bo’lmagan ohanglarni chalyapti;
uni qiziqtiruvchi yangilik sifatida baravariga yig’ilishlarga taklif qilishmoqda.
Keyin mahalliy musiqachilardan biri dunganlikdan uning asbobini sotib oldi va,
nooqil simbal texnikasini tezda o’zlashtirib olib, unda nafaqat dunganliklar ijro
etgan qo’shiqlarni, balki boshqa ko’pchilik ijro etgan, sof mahalliy ohanglarni
chaldi, bu bilan u tinglovchilarda o’zgacha yoqimli taassurot qoldirdi. Shundan
beri simbalchi torli orkestr tarkibida hamma yig’ilishlarga taklif qilinmoqda.
Shundan beri, qo’shimcha qilishimiz mumkinki, chang-simballar O’zbekistonda
(ayniqsa Farg’ona vodiysida va Toshkentda) keng e’tirofga ega bo’lmoqda va
cholg’u asboblari ansambllari tarkibida mustahkam o’rin egallamoqda
98
.
98
« Музыкальная фольклористика в Узбекистане» (Первые записи.) Эйхгорн А.Ф. Музыкально-
этнографические материалы. Ташкент, 1963.-стр.62
51
Do'stlaringiz bilan baham: |